29.05.2021 yildagi SQ-311-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi yuborish masalasini koʻrib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga parlament soʻrovi ilovaga muvofiq yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi parlament soʻrovini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 2021-yilning 5-avgustiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yozma javob taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (B. Sayfullayev) parlament soʻroviga kelib tushgan javobni tahlil qilib, shu yilning 20-avgustiga qadar Oliy Majlis Senati Kengashiga axborot kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 29-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-311-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 29-maydagi SQ-311-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARLAMENT SOʻROVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan yurtimizdagi taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy baza yaratilgan va tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasida aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri etib yoshlarni, ayniqsa qishloq joylardagi yoshlarni, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar, oliy taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — OTM) bitiruvchilarini ishga joylashtirishni taʼminlash boʻyicha choralarni amalga oshirish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat kodeksining 68-moddasiga muvofiq davlat oʻrta maxsus taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining va OTMning davlat grantlari boʻyicha taʼlim olgan bitiruvchilariga qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlasa, 84-moddasiga koʻra birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda 2021-yil 1-yanvar holatiga mavjud boʻlgan 19 mln 100 ming nafar mehnat resursining 14 mln 800 ming nafari iqtisodiy faol aholi hisoblanadi. Shundan 13 mln 200 ming nafari oʻz ish-joyiga ega, 1 mln 600 ming aholi bandligini taʼminlash talab etiladi (805 ming kishidan ortigʻi 16 — 30 yoshdagi ishsizlardir).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, mehnat bozoriga 2021-yilda jami 560 ming bitiruvchi (103 ming nafari OTM, 438 ming nafari umumtaʼlim maktablari, 18 ming nafari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari) kirib keladi. Natijada 2021-yilda yoshlar bandligini taʼminlash uchun ehtiyoj 1 mln 365 ming nafardan ortiqni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada 131 ta OTMda bakalavriatda 134 ta taʼlim yoʻnalishi, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan tashkil qilingan. Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini 2030-yilga qadar 50 foizga yetkazish belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda 2020/2021 oʻquv yili kollej va texnikumlarga qabul qilingan dastlabki oʻquvchilar 2022-yilda mazkur muassasalarni bitiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlash yil sayin yanada dolzarb ahamiyatga ega boʻlib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lekin hozirda respublikada aynan tarmoqlar kesimida oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan talabni oʻrganish tizimi joriy etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy oʻquv yurtlariga qabul kvotalarini belgilash va kadrlar tayyorlashda mehnat bozori talablariga yetarli darajada eʼtibor qaratilmayotgani oqibatida bitiruvchilarning aksariyati oʻz kasbi boʻyicha ishlamayapti. Natijada oliy maʼlumotga ega boʻlgan 28 minga yaqin bitiruvchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan yuritiladigan Yagona Milliy Mehnat Tizimida korxona va tashkilotlarda kadrlarga boʻlgan ehtiyoj bilan bogʻliq jami 116 mingdan ortiq boʻsh ish oʻrinlari (Toshkent shahrida 23 417 ta, Toshkent viloyatida 21 449 ta, Andijon viloyatida 10 634 ta, Fargʻona viloyatida 9 460 ta, Samarqand viloyatida 8 644 ta, Buxoro viloyatida 8 524 ta) qayd etilgan. Biroq mazkur tizimdan yoshlar yetarli darajada xabardor emas. Qolaversa, mavjud boʻsh ish oʻrinlariga taklif qilinayotgan ish haqi kontrakt asosida taʼlim olgan bitiruvchilarni qanoatlantirmaydi. Jumladan, oliy maʼlumot talab etadigan 19 177 ta boʻsh ish oʻrni uchun 1 mln soʻmgacha, 26 754 ta boʻsh ish oʻrni uchun 2 mln soʻmgacha ish haqi taklif etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, respublikadagi boʻsh ish oʻrinlari, ulardagi ish haqi, ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni real vaqt rejimida kuzatib boradigan xizmatlar yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda jami band boʻlganlarning 82 foizi yoki 11 mln 100 ming nafar aholi xususiy sektorda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Bu esa tadbirkorlik subyektlari va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida maqsadli kadrlar tayyorlash, kadrlarga buyurtma berish tizimida bevosita toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat granti asosida tahsil olayotgan bitiruvchilarni ishga taqsimlash OTMni tamomlashdan bir oy avval komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olganlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha aniq maqsadli choralar belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat granti asosida tahsil olgan bitiruvchilar diplom olishi uchun kelgusida faoliyat olib boradigan ish joyidan uch tomonlama (talaba, OTM, ishga qabul qiluvchi) shartnoma olib kelish talabi, mazkur jarayonni koʻp hollarda soxta maʼlumotlar ortishigagina xizmat qilyapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun. AQSH universitetlaridagi “Ishga qabul qilish markazlari” bitiruvchilar va ish beruvchilarni birlashtiradi. Muntazam ravishda rezyumelarni shakllantirish, dastlabki suhbatlardan qanday oʻtish yuzasidan turli trening va seminarlar orqali talabalarda koʻnikmalar hosil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, asosan texnik universitetlarda “Rekruting markazlari” tashkil etilgan boʻlib, ular Apple, Google, Amazon kabi yirik kompaniyalar uchun talabalarni jalb qilishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya universitetlaridagi “Karyera markazlari” tomonidan muntazam ravishda VKontakte, Facebook yoki Telegram guruhlarida talabalar uchun boʻsh ish oʻrinlari va amaliyotlar haqida maʼlumotlar chop etiladi. Shuningdek, eng yaxshi ish beruvchilar bilan birga maʼruzalar, master-klasslar va vorkshoplar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazlar barcha talabalar, shu jumladan, nogironligi bor shaxslarga keng imkoniyatlarni yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Finlyandiyadagi oliy taʼlim muassasalaridagi maxsus bandlik xizmatining asosiy faoliyati — mehnat bozoridagi mutaxassisliklarga boʻlgan talabni oʻrganish va talabalarni kasbiy yoʻnaltirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaponiyada har yili aprel oyida tanlov shaklida ishga qabul qilish amalga oshiriladi.Tanlovdan oʻtgan talaba toʻrt haftagacha majburiy qisqa muddatli oʻquv kursini oʻtaydi va tashkilot faoliyati bilan chuqur tanishtiriladi. Yaponiyada “umrbod bandlik tizimi”, deb nomlangan dastur mavjud boʻlib, unga koʻra bir kishining bitta kompaniyada 55 — 60 yil davomida ishlashiga kafolat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avstraliyadagi Sidney universiteti talabalari real sanoat loyihalarida ishtirok etishlari mumkin hamda Sidney bilim markazida startaplar, notijorat va korporativ tashkilotlar bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Polshada bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida hukumatning “Birinchi ish” dasturi faoliyat koʻrsatib, bitiruvchi maqomi bitiruv kunidan boshlab 12 oy davomida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qozogʻistonda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida “Diplom bilan qishloqqa” dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur loyiha taʼlim, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy taʼminot, madaniyat va sport, veterinariya yoʻnalishlarida tahsil olgan bitiruvchilarga qoʻshimcha imtiyozlar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bandligini taʼminlashdagi yana bir muammo ish beruvchilarning namunaviy shtat birliklari zamonaviy mehnat bozori talablariga javob bermasligi bilan bogʻliq. Shuning uchun davlat va boshqaruv organlari, vazirliklar namunaviy shtat birliklarini tahlil qilish zarurati mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun. 2004-yildan buyon oliy maʼlumotli Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari) bakalavrlari va magistrlari tayyorlanib kelayotgan boʻlsa-da, ijtimoiy himoya muassasalari — Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylari, Bandlik markazlarining namunaviy shtatlar birliklarida ushbu yoʻnalishdagi oliy maʼlumotli kadrlar nazarda tutilmagan. Xususan, ijtimoiy-madaniy faoliyat bakalavrlari va magistrlari Madaniyat vazirligi tomonidan namunaviy shtat jadvaliga kiritilmagani natijasida mazkur yoʻnalishda tahsil olgan bitiruvchilar ishga joylasha olmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huddi shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi mashgʻulotlar Milliy standart tasniflagichida koʻrsatilgan siyosatshunos, sotsiolog kabi oliy maʼlumotli kadrlar ham tegishli ish beruvchilarning namunaviy shtat birliklariga kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi sobiq Ittifoq davridagi namunaviy shtat jadvali asosida, Xalq taʼlimi va Maktabgacha taʼlim vazirliklari 1996-yildagi namunaviy shtat jadvali asosida faoliyat olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNISEF tomonidan 2020-yil 11-dekabrda eʼlon qilingan maʼruzada Oʻzbekistonda yoshlarning salmoqli ulushi (54,6%) oʻqimasligi, ishlamasligi va oʻrta taʼlim olganidan soʻng kasbiy tayyorgarlikdan oʻtmay qolayotgani alohida koʻrsatib oʻtilgan. Minglab yoshlar norasmiy ravishda himoyalanmagan mehnat bilan bandligiga eʼtibor qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash orqali yoshlarning oʻz-oʻzini band qilishini taʼminlash masalasi ustuvor vazifa sifatida belgilanganiga qaramay, sohada qator muammolar saqlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan “Yoshlar orasida tadbirkorlik muhiti va uning muammolarini aniqlash” mavzusida oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, 31 foiz yosh tadbirkorlar bir vaqtning oʻzida tadbirkorlik va davlat sektorida faoliyat koʻrsatadi. Bunga mehnat staji, tadbirkorlikning ertangi kuniga ishonch mustahkam emasligi va tadbirkorlikda muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ijtimoiy himoyalanish zarurati sabab sifatida koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, tadqiqotda ishtirok etgan yoshlar tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining toʻliq asosda ijro etilmasligi, byurokratizm, ijtimoiy adolat tamoyilining buzilishi, dastlabki mablagʻning yoʻqligi, imtiyozli kredit mablagʻlarining oʻz vaqtida berilmayotganligi kabi omillar yoshlar tadbirkorligiga toʻsiq boʻlayotganini bildirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 12-moddasi hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlarini shakllantirishda hududlar kesimida aholi soni dinamikasi, barcha ish beruvchilar, ayniqsa, xususiy sektorning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini prognoz-tahlillar asosida aniqlash va inobatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Doimiy ravishda yoʻnalishlar, mutaxassisliklar boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida, hududlar kesimida oliy va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari bitiruvchilariga boʻlgan talabni monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquv rejalarini tuzishda ish beruvchilar va zamonaviy mehnat bozori, ishlab chiqarish talablariga muvofiqligiga eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektlari va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida maqsadli kadrlar tayyorlash, kadrlarga buyurtma berish tizimi mavjudligini oʻrganish;

5. Umumiy oʻrta, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha maxsus kurslar joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. OTM bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan tashkil topgan elektron baza mavjudligini va uning amaliy imkoniyatlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabalarni kelgusidagi mehnat faoliyatiga yoʻnaltirish borasida OTMlarda tashkil etilgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Korxona va tashkilotlarda talabalarning amaliyot oʻtashi uchun yetarli shart-sharoit tashkil qilish va kelgusida mehnat shartnomalarini tuzish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kollej va texnikumlarni 2022-yilda tamomlaydigan bitiruvchilar bandligini taʼminlash yuzasidan koʻrilayotgan choralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xizmatchilarning lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini takomillashtirish hamda unga kiritilgan oʻzgarishlarning ish beruvchilar namunaviy shtat birliklari bilan mosligini oʻrganish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat xizmatlari agentligi tomonidan yosh tadbirkorlar uchun kredit olishda hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini soddalashtirish maqsadida tizimni qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yosh tadbirkorlar uchun “huquqiy maslahatxonalar”, “biznes inkubatorlar” xizmatini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mehnat bozorida mavjud boʻsh ish oʻrinlari ulardagi ish haqi, ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklarni real vaqt rejimida kuzatib boradigan elektron resurslarning zamon talablariga muvofiqligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vaqtincha, mavsumiy va bir martalik ishlarda band boʻlgan fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnatini muhofaza qilish, ularga mehnat qurollari, shaxsiy himoya vositalari va maxsus kiyimlar bilan taʼminlash xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda koʻzda tutilayotgan rejalar toʻgʻrisida yozma ravishda asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazaringizni bayon qilish talabi qoʻyilgan parlament soʻrovi bilan murojaat etadi va javobingiz Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinib, uning yakunlari boʻyicha qaror qabul qilinishi maʼlum qilinadi.