19.06.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3311
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi hamda “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga muvofiq buyuraman:
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
8. Mazkur Qoidalarning 7-bandi “a”, “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar ularni qabul qilgan organlar tomonidan Adliya vazirligiga imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, o‘zgartirish va qo‘shimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali) elektron shaklda yuboriladi.
Mazkur Qoidalarning 7-bandi “d” kichik bandida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar elektron shaklda Adliya vazirligining Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi tomonidan “Adolat” markaziga elektron shaklda taqdim etiladi.
Ushbu Qoidalarning 7-bandi “e” kichik bandida ko‘rsatilgan normativ-huquqiy hujjatlar “Adolat” markaziga qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
normativ-huquqiy hujjatni qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lgan hujjatlarning rekvizitlari 1-ilovaga muvofiq jadvalga kiritilib, mazkur hujjat rasmiy matnining oxirgi sahifasidan keyin joylashtirib boriladi;
20. Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Qoidalarning 18-bandida ko‘rsatilgan xodimlar tomonidan mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarning elektron shakldagi reyestriga kiritilib, doimiy ravishda davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida normativ-huquqiy hujjatlarning matnlariga havola qilgan holda e’lon qilib boriladi. Rasmiy veb-saytga ega bo‘lmagan hududiy yoki tarkibiy bo‘linmalarga tegishli ma’lumotlar yuqori turuvchi tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3469, 31.10.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.11.2023-y., 10/23/3469/0824-son)
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari normativ-huquqiy hujjatlarning bir turi hisoblanadi. Shu bois, ularda qanday masalalar ko‘tarilishidan qat’i nazar, ularning barchasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.