Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
“Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 8-fevraldagi PQ-2761-son qaroriga muvofiq:
normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari imzolangan sanadan eʼtiboran bir kun mobaynida va zarur boʻlgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallar (normativ-huquqiy hujjatning konsepsiyasi bayon etilgan tushuntirish xati, oʻzgartish va qoʻshimchalar tushuntirilgan holdagi taqqoslash jadvali va boshqalar) ularni qabul qilgan organlar tomonidan qogʻozda va elektron shaklda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi;
normativ-huquqiy hujjatlarni va zarur boʻlgan taqdirda ularga doir axborot-tahliliy materiallarni boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlarini ular vazirlikka kelib tushgan kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha elektron shaklda yoʻllash orqali amalga oshiriladi.
2. Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati (keyingi oʻrinlarda Roʻyxat deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlar hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan xabar beruvchi funksiyali elektron tizim (keyingi oʻrinlarda elektron tizim deb ataladi) orqali yuboriladi.
4. Roʻyxatda koʻrsatilgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar:
normativ-huquqiy hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilib olish va ularni rahbarlar va xodimlar eʼtiboriga yetkazish uchun masʼul shaxsni belgilasinlar;
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, oʻz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtirib borsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni ular kelib tushgan kuni oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga elektron shaklda yetkazilishini taʼminlasinlar;
oʻz faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar matnlaridagi normalarning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga doir, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasini yuksaltirishga qaratilgan zarur ishlarni tashkil etsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning elektron tizim orqali oʻz vaqtida qabul qilib olinishi va oʻz tarkibiy va hududiy boʻlinmalariga yetkazilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshirsin;
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilib olishda va ijrochilarga yetkazishda aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralar koʻrsin;
qonun hujjatlarining tarqatilishi, aholi va ijrochilarga ularning mazmun-mohiyati tushuntirilishining amaliy taʼsirini muntazam ravishda hamda har tomonlama monitoring va tahlil qilinishini taʼminlab, zarurat boʻlganda ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy baza shakllantirilganligi hamda ushbu sohada qabul qilingan buyruq (qaror)lar asosida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini muntazam monitoring va tahlil qilib borsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-oktabrdagi 623-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
zarurat boʻlgan taqdirda, hujjatning mazmunidan kelib chiqib Roʻyxatda nazarda tutilmagan tashkilotlarga normativ-huquqiy hujjatlarni yuborish huquqi berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 22-dekabr,
1013-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar* matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning
ROʻYXATI
1. Markaziy muassasalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
3. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenesi
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 429-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1021-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti
(10 va 11-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti
13. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi
15. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
17. Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil
20. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi
21. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Oldingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyundagi 370-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son)
2. Vazirliklar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi
10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi
11. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 777-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
181. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan 18 va 181-bandlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
3. Davlat qoʻmitalari
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-iyundagi 393-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 215-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
15. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
4. Agentliklar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
3. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
5. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
5. Qoʻmitalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi
6. Markazlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-fevraldagi 87-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son)
7. Inspeksiyalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 342-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-sentabrdagi 759-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi
8. Xoʻjalik boshqaruvi organlari
1. “Oʻzdonmaxsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
3. “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-oktabrdagi 666-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)
6. “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati
7. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati
8. “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati
9. “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati
Oldingi tahrirga qarang.
10. “Oʻzsharobsanoat” aksiyadorlik jamiyati
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyuldagi 539-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)
11. “Oʻzkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati
12. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati
Oldingi tahrirga qarang.
13. “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-maydagi 416-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son)
Oldingi tahrirga qarang.
131. “Oʻzagroservis” aksiyadorlik jamiyati
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 806-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-dekabrdagi 766-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son)
15. “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi
16. “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi
17. “Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi
18. “Oʻzbekoziqovkatzaxira” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
19. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi 555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/555/1540-son)
20. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi
21. Yongʻoq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
22. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 367-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son)
9. Mahalliy davlat hokimiyati organlari
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
10. Jamgʻarmalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasi
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi
5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi
11. Nodavlat notijorat tashkilotlari
1. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy uyushmasi
5. Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
6. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti
7. Oʻzbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi
8. Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi
9. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi
10. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
11. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
12. Oʻzbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
14. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi
15. Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi
16. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
17. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi
18. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi
12. Boshqa tashkilotlar
1. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi
2. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
4. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son)
* Davlat sirlarini tashkil etuvchi va “Xizmatda foydalanish uchun” grifi ostidagi hujjatlar bundan mustasno
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013 -son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 33-modda) 20-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar, oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlar matnlari tarqatilishini taʼminlashi shart.
Vazirliklar va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda eʼlon qilib borilishi shart”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 22-martdagi 242-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 5-avgustdagi 304-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 47-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-342-son Qonuni)” 2013-yil 7-dekabrdagi 323-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 88-modda) ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish va tarqatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son Farmoni)” 2014-yil 8-iyuldagi 183-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 68-modda) ilovaning 2-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son; 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 08.06.2018-y., 09/18/429/1330-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son, 19.07.2018-y., 09/18/555/1540-son, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 25.09.2018-y., 09/18/759/2026-son, 09.10.2018-y., 09/18/806/2014-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 17.12.2018-y., 09/18/1021/2335-son; 25.03.2019-y., 09/19/242/2820-son, 30.04.2019-y., 09/19/367/3037-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 17.05.2019-y., 09/19/416/3146-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 18.02.2020-y., 09/20/87/0177-son, 18.02.2020-y., 09/20/88/0178-son, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 29.05.2020-y., 09/20/342/0686-son, 11.06.2020-y., 09/20/370/0746-son, 19.06.2020-y., 09/20/391/0777-son, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son, 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; 16.02.2021-y., 09/21/68/0115-son, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2021-y., 09/21/373/0559-son; 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son; 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son; 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son; 29.05.2023-y., 09/23/215/0299-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)