03.06.2021 yildagi 346-son
Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan hollarda tegishlicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar yoki ularning affillangan shaxslari monopoliyaga qarshi organga oldindan rozilik olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
6. Ariza beruvchi monopoliyaga qarshi organga arizani ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda asoslangan hujjatlar bilan birga taqdim etadi.
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan toifaga kirmaydigan davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda), ularning faoliyat turini o‘zgartirishda, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishda:
Ushbu bandning “b” kichik bandi beshinchi va oltinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan talablar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarida hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
11. Monopoliyaga qarshi organ davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish bo‘yicha harakatlar mazkur Nizomning 10-bandi “b” kichik bandi talablariga muvofiq rad etish holatlarini keltirib chiqarganda ham tovar yoki moliya bozorida raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini isbotlovchi dalillar va (yoki) hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, ushbu arizani qanoatlantirishi mumkin.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Monopoliyaga qarshi organga ariza taqdim etadi.

O‘z ixtiyoriga ko‘ra

2-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Davlat ishtirokidagi korxona va uning affillangan shaxslarining faoliyat turi besh va undan ortiq xususiy tadbirkorlik subyekti tovar yoki moliya bozorida faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi) rejalashtirilayotganini aniqlaydi.

Besh kun ichida

3-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning tegishli faoliyat turi (litsenziyalash, ro‘yxatga olish, akkreditatsiyalash, ruxsatnoma berish) bo‘yicha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotganini hamda tovar bozorida to‘siqlar (tegishli bozordagi faoliyatni tartibga soluvchi nizomlar) hujjatlar mavjud�igini besh kun ichida aniqlaydi.

Besh kun ichida

4-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan) davlat ishtirokidagi korxonaning affillangan shaxslarining muassisi yagona yetkazib beruvchi yoki bunday huquq berilgan yoxud ustun (monopol) mavqega ega davlat ishtirokidagi korxona ekanligi va faoliyati muassisi tovarlaridan (resurslaridan) yoki tarmoq infratuzilmasidan foydalanish bilan bog‘liq ekanligini hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan raqobatlashadigan faoliyat bilan shug‘ullanishini aniqlaydi.

Besh kun ichida

5-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Qo‘shimcha faoliyat bilan shug‘ullanishi rejalashtirilayotgan davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat sohasida raqobat rivojlangani va uning faoliyati asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaganini aniqlaydi.

Besh kun ichida

6-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan aksiyalar (ulushlar) olinadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyat sohasida raqobat rivojlanganini aniqlaydi.

Besh kun ichida

7-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Tashkil etiladigan (qayta tashkil etiladigan), faoliyat turi o‘zgartiriladigan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinadigan davlat ishtirokidagi korxona, uning affillangan shaxslari faoliyat yuritadigan tovar yoki moliya bozori va uning chegaralarini besh kun ichida aniqlaydi.

Besh kun ichida

8-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha so‘rovnomalarni yuboradi:

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ro‘yxatdan o‘tgan bir turdagi ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni to‘g‘risida;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni, ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmlari bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasiga davlat ishtirokidagi korxonaning faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan tovar bozorida tovarlarning eksporti va importi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ro‘yxati va hajmlari bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga davlat-xususiy sheriklik asosida loyihani amalga oshirish bo‘yicha.

O‘n besh kun ichida

9-bosqich

Monopoliyaga qarshi organ

Arizani o‘rganish jarayonida to‘plangan ma’lumotlar asosida xulosa tayyorlaydi va ushbu xulosa maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etishga (qayta tashkil etishga), ularning faoliyat turini o‘zgartirishga, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olishga monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini berish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va ariza beruvchiga yuboradi.

O‘n kun ichida

Ariza beruvchi

F.I.O., manzili, telefon raqami hamda vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatiladi.

1.

Xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish (qayta tashkil etish), faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish maqsadi

Xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkil etilishi (qayta tashkil etilishi), uning faoliyat turi o‘zgartirilishi, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalarni (ulushlarni) olish asoslari sanab o‘tiladi. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilga� tovarlar (ishlar, xizmatlar) xususiy sektor yoki davlat sektorlari tomonidan sotilmayotgan sabablari ko‘rsatiladi.

2.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-huquqiy shakli va toifasi (kichik, o‘rta yoki yirik tadbirkorlik subyekti)

Tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatiladi.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning (uning toifasini aniqlash maqsadida) o‘rtacha yillik ishchi kuchi va o‘rtacha yillik daromadi ko‘rsatiladi.

3.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turi

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyat turi sanaladi (statistika kodlari bilan birga).

4.

Tashkil etilayotgan, (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ta’sischilari (ishtirokchilari) to‘g‘risida ma’lumot

1) Jismoniy shaxslarning F.I.O. yoki yuridik shaxsning to‘liq nomi (STIRi ko‘rsatilgan holda).

2) Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat org�nlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) soni va ularning nominal qiymati.

3) Tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ovoz beruvchi umumiy aksiyalar (ulushlar)ning ulushdor (aksiyador)larining foizdagi aksiyalari (ulushlari).

4) Tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning huquq va vakolatlari.

5.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan birga bitta shaxslar guruhiga kiruvchi shaxslar to‘g‘risida ma’lumot

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir ta’sischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning nomi, manzili va faoliyat turi ko‘rsatilgan ma’lumotlar.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir ta’sischilarini (ishtirokchilarini) bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi shaxslarning boshqa yuridik shaxslardagi, jumladan, xorijiy yuridik shaxslardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumot, ularning nomi, manzili va faoliyat turi.

6.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqaradigan tovar (ish, xizmat)ning salohiyatli iste’molchilari ro‘yxati

Barcha salohiyatli iste’molchilar sanab ko‘rsatiladi. Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning har bir faoliyat turi bo‘yicha umumiy bozor hajmidagi ulushi 25 foizdan oshgan xizmati iste’molchilari to‘g‘risidagi ma’lumot alohida taqdim etiladi.

7.

Xo‘jalik yurituvchi subyektni O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmini amalga oshirish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (e’lonlar, so‘rov natijalari, jamoatchilik muhokamasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining xulosasi va boshqalar).

8.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyat yuritishi rejalashtirilgan ayni bozordagi yoki o‘rnini bosuvchi bozordagi subyektlar to‘g‘risida ma’lumot

Ushbu bozor geografiyasi chegaralari doirasida ayni yoki tovar o‘rnini bosuvchi tovar yoki moliya bozorida faoliyat ko‘rsatayotgan raqobatchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.

9.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt realizatsiya qilishni rejalashtirayotgan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) realizatsiya qilingan umumiy hajmi

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar, davlat ishtirokidagi korxonalar va ularning affillangan shaxslari tomonidan aksiyalari (ulushlari) olayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z mahsulotining (tovar, ish, xizmat) realizatsiya qilinish hajmi, tovar, ish, xizmatlarining realizatsiyasi, eksporti va importi hajmlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.

Realizatsiya hajmlari natural va qiymat shaklida oxirgi kalendar yil uchun statistika va bojxona kodlari ko‘rsatilgan holda taqdim etiladi.

10.

Tashkil etilayotgan (qayta tashkil etilayotgan), faoliyat turi o‘zgartirilayotgan, shuningdek, aksiyalari (ulushlari) olinayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning rejalashtirilayotgan tovarlar eksporti va importining umumiy hajmi

11.

Arizani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar

Tashkil etilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustavi nusxasi.

Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilayotgan bo‘lsa, uning amaldagi ustavi nusxasi va biznes rejasi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rasmi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

VA ISTE’MOLChILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISh QO‘MITASI

QAROR

_______________________________________

(harakatning nomi)ga monopoliyaga qarshi organning

oldindan roziligini berish to‘g‘risida

20__ y. “___” _________ dagi ____-son

______________________________________

(ko‘rib chiqish sanasi)

(ko‘rib chiqish joyi)

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining maxsus komissiyasi

_____________________________________________________________________________________________

(komissiyaning nomi)

____________________________________________________________________________________, tarkibida

(komissiya raisi va a’zolarining F.I.O., lavozimi ko‘rsatilgan holda)

________________________________________________________da taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib

__________________________(ariza kelib tushgan sana)

Monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish bo‘yicha ____________________________________

______________________________________________________________________________________________

(ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshiruvchi yuridik shaxsning va harakatning nomi)

Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq

ANIQLADI:

_______________________________________________________________________________________________

(hujjatlarni ko‘rib chiqishda aniqlangan ish holatlari yoziladi)

Yuqoridagilarga ko‘ra hamda Davlat ishtirokidagi korxonalarni va ularning affillangan shaxslarini tashkil etish (qayta tashkil etish), ularning faoliyat turini o‘zgartirish, shuningdek, ular tomonidan aksiyalar (ulushlar) olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asoslanib, Komissiya

QAROR QILDI:

______________________________________________________________________________ rozilik berilsin.

(harakatning nomi)

Maxsus komissiya raisi __________________________________________________________________________

_________________________________________________(imzo)__________ _________(F.I.O.)

Komissiya a’zolari: _____________________________________________________________________________

_________________________________________________(imzo)__________ _________(F.I.O.)

(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/663/0940-son)
a) 12-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
v) 5-ilova quyidagi mazmundagi 1-18-2-pozitsiya bilan to‘ldirilsin: