Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
Qarori
Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 26-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2910-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017-yil 30-iyundagi 53/QQ va 20-Q/Q-son qarori (roʻyxat raqami 2910, 2017-yil 3-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 787-modda) bilan tasdiqlangan Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-may,
15-2021-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-may,
30-2021-Q/Q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim
vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-son hamda
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-son qaroriga
ILOVA
vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-son hamda
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining
2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-son qaroriga
ILOVA
Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom barcha akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi, harbiy akademik litseylar bundan mustasno.”.
2. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Akademik litseylarning oʻqituvchi lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar ishtirok etadi.”.
3. 8-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi” degan soʻzlar “tegishli oliy taʼlim muassasalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 9-banddagi “ommaviy axborot vositalarida, shuningdek akademik litseyning rasmiy veb-saytida (agar mavjud boʻlsa)” degan soʻzlar “ommaviy axborot vositalarida, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz)da va akademik litseyning rasmiy veb-saytida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan onlayn ariza, soʻrovnoma (rezyume)larni ommaviy axborot vositalarida, milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz)da va akademik litseyning veb-saytida qabul qilish eʼlon berilgan kundan boshlanadi va 20 kun davom etadi.”.
6. 11 — 13-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. 15-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“komissiya raisi oʻrinbosari — oliy taʼlim muassasasi taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi xodimi”;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshidagi “tegishli kafedra mudiri, kamida 5 yil” degan soʻzlar “tegishli oliy taʼlim muassasasi va akademik litseyning 3 nafar tajribali” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8. 34-banddagi “55” raqami “71” raqami bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son)