03.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2910
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining qarori, 03.08.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2910
Кучга кириш санаси
07.08.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BANDLIK VA MEHNAT MUNOSABATLARI VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2910]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2829-son “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53/QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A. ABDUXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-Q/Q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2017-yil 30-iyundagi 53/QQ va 20-Q/Q-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Akademik litseylarga oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom akademik litseylarda boʻsh (vakant) boʻlgan oʻqituvchi lavozimlariga tanlov oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 6-Q/Q-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 8-apreldagi 6-2024/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2910-2, 26.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 10/24/2910-2/0306-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom barcha akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi, harbiy akademik litseylar bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-sonli hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2910-1, 26.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Akademik litseylarda oʻqituvchi lavozimiga nomzodlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Tanlov boʻsh (vakant) boʻlgan oʻqituvchi lavozimlariga eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlov mazkur Nizomga asosan tuziladigan Akademik litseyning oʻqituvchi lavozimiga nomzodlarni tanlab olish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda Tanlov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Akademik litseylarning oʻqituvchi lavozimiga oʻtkaziladigan tanlovda oliy maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar ishtirok etadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-sonli hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2910-1, 26.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Akademik litseylarga soatbay haq toʻlash shartlarida jalb etiladigan oʻqituvchilar tanlovda ishtirok etmagan holda rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademik litseylarda oʻqituvchi lavozimini egallash uchun oʻtkaziladigan tanlovda nomzodlar oʻz arizalariga asosan ishtirok etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida qayd etilgan shaxslar tanlovga qoʻyilmaydilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 6-Q/Q-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 8-apreldagi 6-2024/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2910-2, 26.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 10/24/2910-2/0306-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Akademik litseylarda oʻqituvchilar tanlovini oʻtkazish boʻyicha taxminiy savollar majmui akademik litseylardagi har bir oʻqituvchi mutaxassisligi boʻyicha alohida tegishli oliy taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-sonli hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2910-1, 26.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlov oʻtkazishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Akademik litseylarda oʻqituvchi lavozimi boʻshagan kundan boshlab 10 kun ichida akademik litseyning manzili va murojaat etish uchun telefon raqamlari koʻrsatilgan holda boʻsh (vakant) oʻqituvchi lavozimiga tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz)da va akademik litseyning rasmiy veb-saytida eʼlon beriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 9-apreldagi 6-Q/Q-son hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 8-apreldagi 6-2024/QQ-sonli qarori (roʻyxat raqami 2910-2, 26.04.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 10/24/2910-2/0306-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan onlayn ariza, soʻrovnoma (rezyume)larni ommaviy axborot vositalarida, milliy vakansiyalar bazasi (ish.mehnat.uz)da va akademik litseyning veb-saytida qabul qilish eʼlon berilgan kundan boshlanadi va 20 kun davom etadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-sonli hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2910-1, 26.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11 — 13-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-sonli hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2910-1, 26.05.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish muddati tugaganda tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlarni topshirgan nomzodlarning soni 1 nafardan oshmasa, tanlov oʻtkazilmaydi va akademik litsey tomonidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon qaytadan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlovni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov oʻtkazish uchun akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan toq sondagi kamida 5 kishidan iborat quyidagi tarkibda komissiya tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya raisi — akademik litsey direktori (u boʻlmaganda, uning vazifasini bajaruvchi shaxs);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya raisi oʻrinbosari — oliy taʼlim muassasasi taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi xodimi;
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-sonli hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2910-1, 26.05.2021-y.) asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya kotibi — akademik litseyning kadrlar boʻyicha inspektori;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolari — akademik litseyning direktor oʻrinbosari, tegishli oliy taʼlim muassasasi va akademik litseyning 3 nafar tajribali pedagogik ish stajiga va malaka toifasiga ega boʻlgan oʻqituvchilar.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-sonli hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2910-1, 26.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tanlov ikki bosqichda — test va suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish tugagandan keyin 10 kun ichida va har bir bosqich boʻyicha alohida kunlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov boʻlib oʻtadigan kuni va vaqti haqida tanlov oʻtkazilishidan kamida 3 kun oldin komissiya kotibi tomonidan nomzodlarga xabar beriladi va bir vaqtning oʻzida akademik litseyning eʼlonlar taxtasiga osib qoʻyiladi hamda akademik litseyning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Test savollari tanlov oʻtkazilayotgan oʻqituvchi lavozimi mutaxassisligi boʻyicha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Test savollari komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Test savollari va ularning javoblari komissiya kotibida saqlanadi va u ularning oshkora qilinmasligi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tanlov oʻtkazish uchun akademik litsey tomonidan alohida auditoriya ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tanlov oʻtkazilayotgan auditoriyaga mikrokalkulyator, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nomzodga test topshiriqlarini bajarish uchun 40 ta test savoli beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Test savollarini yechish uchun 2 soat vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nomzodlarga beriladigan test savollari kitob shaklida boʻladi va uning titul varagʻida nomzodning F.I.O., tanlov oʻtkazilgan kun, test savollariga berilgan javoblarni tekshirish natijalari va tekshirgan shaxsning (shaxslarning) F.I.O. va imzosi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Har bir test savolida 4 tadan javob varianti beriladi. Nomzodlar test savollarini yechishda faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻgʻri javob test savoli kitobidagi test savolining oʻzida belgilanadi. Bunda test savolida berilgan variantlardan (A, B, C, D) biri havorang pastali sharikli ruchkadan foydalanilgan holda doiraga olish orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javoblarni belgilashda oʻchirish va tuzatishlarga hamda bir nechta javobni belgilashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida nomzodning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan auditoriyada nomzodlar va komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval komissiya kotibi nomzodlarga tanlov oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajargan yoki test topshiriqlarini bajarish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzodlar test materiallarini komissiya kotibiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Komissiya aʼzolari test sinovlari oʻtkazilgandan soʻng 3 soat ichida test savollariga berilgan javoblarni tekshirib, natijalarni (toʻgʻri va notoʻgʻri javoblar soni) tegishlicha har bir nomzodning test kitobi titul varagʻiga yozib qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nomzodning test savollariga bergan toʻgʻri javoblari komissiya tomonidan berilgan har bir toʻgʻri javob uchun — 2,5 ball bilan baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Test sinovlari natijalari test sinovlari oʻtkazilgan kunda nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Test sinovlari natijalariga koʻra 71 balldan yuqori ball toʻplagan nomzodlar test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan hisoblanadi va ular tanlovning keyingi bosqichiga qoʻyiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2021-yil 20-maydagi 15-2021-sonli hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2021-yil 20-maydagi 30-2021-Q/Q-sonli qarori (roʻyxat raqami 2910-1, 26.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Suhbat tanlov oʻtkazilayotgan oʻqituvchi lavozimining mutaxassisligi va pedagogika boʻyicha savol-javob shaklida oʻtkaziladi. Bunda savollar biletida 5 ta savol beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Savollar bileti komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Nomzodlar suhbat oʻtkaziladigan auditoriyaga kiritilgan vaqtda savollar biletlari orasidan birini tanlab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Nomzodlarga savollar biletidagi savollarga tayyorlanish uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Biletdagi savollarga belgilangan muddatdan oldin javob berish uchun tayyor boʻlgan yoki biletdagi savollarga tayyorlanish uchun ajratilgan vaqt tugagach, nomzod komissiya aʼzolariga oʻz biletidagi savollarni navbat bilan oʻqib eshittiradi va ushbu savollarga ogʻzaki javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Nomzodning savollarga bergan toʻgʻri javoblari komissiya tomonidan berilgan har bir toʻgʻri javob uchun — “20” ballik tizimda baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Nomzod tomonidan savolga javob berilgandan soʻng, komissiyasining har bir aʼzosi nomzodga oʻzining bahosini qoʻyadi. Komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, oʻquvchiga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Suhbat natijalari suhbat yakunlangandan soʻng nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Oʻrtacha arifmetik balli “60” balldan kam boʻlgan nomzod suhbatdan oʻtmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Suhbatdan muvaffaqiyatli oʻtgan (oʻrtacha arifmetik balli “60” va undan yuqori boʻlgan) nomzodlar komissiya qaroriga asosan tanlovdan oʻtgan hisoblanadi va akademik litseyning oʻqituvchisi lavozimiga tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Tanlov oʻtkazish natijalari komissiya bayoni bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tanlovga kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha tanlov oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Tanlov natijasidan norozi boʻlgan nomzodlar akademik litsey direktorining buyrugʻi bilan tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga komissiya faoliyatida ishtirok etmagan akademik litsey xodimlari orasidan komissiya raisi va kamida toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzod tanlov natijasidan norozi boʻlgan taqdirda, tanlov natijasi eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya berishi mumkin. Nomzod tomonidan berilgan apellyatsiya apellyatsiya komissiyasi tomonidan 24 soat ichida koʻrib chiqilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 31-son, 787-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2021-y., 10/21/2910-1/0488-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 27.04.2024-y., 10/24/2910-2/0306-son)