28.04.2021 yildagi 913-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi, Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qoʻshma qarori, 28.04.2021 yildagi 913-IV-son
Кучга кириш санаси
28.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlamentlararo tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada faollashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 271-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlamentlararo Ittifoq bilan uzoq muddatli istiqboldagi amaliy hamkorlik rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi-davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik rejasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik rejasi 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari A. Saidov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qoʻshma qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
913-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-220-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-aprelda qabul qilingan 913-IV/KQ-220-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlamentlararo Ittifoq bilan uzoq muddatli istiqboldagi amaliy hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

t/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakillarini Parlamentlararo Ittifoq (bundan buyon matnda — PI deb yuritiladi) qoʻmitalarining muddati tugagan aʼzolari oʻrniga kiritish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari aʼzolarini PIning qoʻmitalariga kiritishning milliy manfaatlarga mosligi va amaliy maqsadga muvofiqligi masalasini oʻrganish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari aʼzolarini PIning ushbu qoʻmitalariga kiritish masalasini kelishib olish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalari aʼzolarining qoʻmitalarga kiritishga oid arizalarini PIga yuborish.

2021-2022-yillar

Qonunchilik palatasi,

Senat,

TIV

2.

PI Assambleyasining 142-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlament delegatsiyasining ishtirok etishi.

2021-yil 24 — 27-may.

(onlayn shaklida)

1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining PI Assambleyasi sessiyasida ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy–protokol masalalarni hal etish.

3. PI Assambleyasi sessiyalarida ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish.

tadbirdan bir oy oldin


tadbirdan
2 hafta oldin

ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida

Qonunchilik palatasi,

Senat,

QMPTI,

TIV

3.

Elektron parlament boʻyicha Butunjahon konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlamenti delegatsiyasining ishtirok etishi.

2021-yil 16 — 18-iyun.

1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish.

tadbirdan bir oy oldin


tadbirdan
2 hafta oldin

ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida

Qonunchilik palatasi,

Senat,

TIV,

QMPTI

4.

BMTning yuqori darajadagi siyosiy forumi doirasida
boʻlib oʻtadigan Parlament forumida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlament delegatsiyasining ishtirok etishi.

2021-yil 12-iyul.

1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish.

tadbirdan bir oy oldin


tadbirdan
2 hafta oldin

ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida

Qonunchilik palatasi,

Senat,

TIV,

QMPTI

5.

Ayol spikyerlar sammitida ishtirok etish.

2021-yil 6-sentabr

1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish.

tadbirdan bir oy oldin


tadbirdan
2 hafta oldin

ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida

Senat, Qonunchilik palatasi,

TIV,

QMPTI

6.

Parlament spikyerlarining 5-Butunjahon konferensiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining ishtirok etishi.

2021-yil

7-8-sentabr.

1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

3. Ishti�ok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish.

tadbirdan bir oy oldin


tadbirdan
2 hafta oldin

ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida

Qonunchilik palatasi,

Senat,

TIV,

QMPTI

7.

BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasining ochilishi munosabati bilan boʻlib oʻtadigan ushbu sessiyaning parlament majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi parlament delegatsiyasining ishtirok etishi.

2021-yil

22-sentabr.

1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish.

tadbirdan bir oy oldin


tadbirdan
2 hafta oldin

ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida

Qonunchilik palatasi,

Senat,

TIV,

QMPTI

8.

PI Assambleyasining 143-sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasining ishtirok etishi.

2021-yil

6 — 10-noyabr,

Ruanda, Kigali sh.

1. Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining respublika manfaatlariga javob beradigan tadbirlari roʻyxati va uning ishtiroki darajasini belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

3. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish.

tadbirdan bir oy oldin


tadbirdan
2 hafta oldin

ishtirok etish yakunlari boʻyicha uch kun davomida

Qonunchilik palatasi,

Senat,

TIV,

QMPTI

9.

PI rezolyutsiyalarini implementatsiya qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Ishchi guruh tashkil etish.

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish masalasini koʻrib chiqish.

qabul qilinishiga qarab

Qonunchilik palatasi,

Senat,

TIV,

QMPTI

10.

PIga aʼzolik badalini har yili toʻlash.

1. Toʻlovni amalga oshirish uchun invoys olish.

2. Invoysga asosan Moliya vazirligi gʻaznachiligi orqali toʻlovni amalga oshirish.

har yili dekabr-yanvar oylaridan
20-martga qadar

Qonunchilik palatasi,

Moliya vazirligi,

TIV

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-aprelda qabul qilingan 913-IV/KQ-220-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

t/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijrochilar

1.

Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi tarkibini Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo Assambleyasining (bundan buyon matnda — MDH PA deb yuritiladi) kelgusi yalpi majlislarida va uning doimiy komissiyalari majlislarida ishtirok etishi uchun kengaytirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi tarkibini kengaytirish masalasini ishlab chiqish va kelishib olish.

2. MDH PA Kotibiyatini Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining yangi kengaytirilgan tarkibi haqida xabardor qilish.

2021-yil

I-II choraklari

Senat,

Qonunchilik palatasi

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini MDH PAning doimiy komissiyalariga kiritish masalasini ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasi aʼzolarining MDH PA doimiy komissiyalari ishida ishtirok etishi maqsadga muvofiqligini oʻrganish.

2. Oʻzbekiston parlamenti vakillarining ishtiroki respublika uchun eng koʻp manfaatli hisoblangan MDH PA doimiy komissiyalarini belgilash.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini aniqlash va MDH PA doimiy komissiyalari tarkibiga kiritish masalasini kelishib olish.

4. MDH PA Kotibiyatini MDH PAning u yoki bu doimiy komissiyasida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston parlament delegatsiyasi aʼzolari haqida xabardor qilish.

2021-yil

I-II choraklari




kelishuvga qarab

Senat,

Qonunchilik palatasi

3.

MDH ishtirokchi davlatlarining Yoshlar parlamentlararo assambleyasi (YoPA) tarkibiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasini tuzish.

1. Qoida tariqasida, Oliy Majlis palatalari vakillari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Yoshlar parlamenti aʼzolaridan iborat 30 yoshgacha boʻlgan 6 kishidan tashkil topgan Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasi tarkibini belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasi tarkibini kelishib olish.

3. MDH PA Kotibiyatini Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasi tarkibi haqida rasman xabardor qilish.

2021-yil

I-II choraklari



2021-yil

I-II choraklari

Senat, Qonunchilik palatasi,

aloqador vazirliklar va idoralar

4.

Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi vakillarining MDH PA doimiy komissiyalari majlislarida ham ishtirok etishi masalasini ishlab chiqish.

1. MDH PAdagi Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi vakilining reja-topshir�gʻini tayyorlash.

2. MDH PAdagi Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi vakilining tegishli komissiya majlisi kun tartibidagi bandlar boʻyicha nuqtai nazarini kelishib olish.

3. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

2021-yil
yanvar — may

2021-yil
sentyabr-noyabr

Senat, Qonunchilik palatasi

5.

Oʻzbekiston Respublikasi bolalar delegatsiyasining MDH ishtirokchi davlatlarining “Hamdoʻstlik bolalari” xalqaro madaniy–maʼrifiy forumida ishtirok etishi masalasini ishlab chiqish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining 12 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan bolalardan iborat delegatsiyasi tarkibini belgilash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi bolalar delegatsiyasi tarkibini kelishib olish.

3. MDH PA Kotibiyatini Oʻzbekiston Respublikasi bolalar delegatsiyasi tarkibi haqida rasman xabardor qilish.

MDH PAdan taklif olinishiga qarab

Senat,

Qonunchilik palatasi,

Vazirlar Mahkamasi,

TIV,

Moliya vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar

6.

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi pozitsiyasi haqidagi Maʼlumotnomani shakllantirish.

1. Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan Oʻzbekistonning haqida Maʼlumotnoma tayyorlash.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillari bilan ularni joriy mintaqaviy va xalqaro muammolar boʻyicha respublikaning nuqtai nazari toʻgʻrisida xabardor qilishga doir ishlarni amalga oshirish.

3. Maʼlumotnoma qoidalarini muntazam ravishda yangilab turish.

2021-yil

I-II choraklari


bir yilda bir marta

TIV,

Senat,

Qonunchilik palatasi

7.

Uchinchi Yevroosiyo xotin-qizlar forumi hozirgi zamon jamiyatida xotin–qizlar rolini muhokama qilish uchun eng yirik xalqaro maydon ishida qatnashish

(2021-yil 13 — 15-oktabr,

Sankt-Peterburg shahri).

1. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi reja-topshirigʻini tayyorlash.

2. Forum kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekiston oʻrnini kelishish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi rahbarining forumda soʻzlaydigan nutqi tezislarini tayyorlash va kelishish. Xorijiy hamkorlar bilan suhbatlar uchun materiallar toʻplash.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini tayyorlash.

5. Tashkiliy-bayonnoma masalalarni hal qilish.

2021-yil avgust

2021-yil Avgust-sentyabr

2021-yil sentyabr



tadbirdan ikki hafta oldin

2021-yil oktyabr

Senat,

Qonunchilik palatasi,

Vazirlar Mahkamasi,

TIV,

Moliya vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar

8.

Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining MDH PAning kuzgi yalpi majlisida ishtirok etishi.

1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining reja-topshirigʻini tayyorlash.

2. Oʻzbekistonning kuzgi majlis kun tartibi bandlari boʻyicha nuqtai nazarini kelishib olish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqiga tezislar tayyorlash va uni kelishib olish, shuningdek xorijiy hamkorlar bilan boʻladigan suhbatlar uchun materiallar toʻplash.

4. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

2021-yil

avgust

2021-yil sentyabr-oktyabr


2021-yil oktyabr

tadbirdan
2 hafta avval

2021-yil

noyabr

Senat,

Qonunchilik palatasi,

Vazirlar Mahkamasi,

TIV,

Moliya vazirligi, aloqador vazirliklar va idoralar

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar parlamenti delegatsiyasining MDH ishtirokchi davlatlari Yoshlar parlamentlararo assambleyasi majlisida ishtirok etishi.

1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining reja-topshirigʻini tayyorlash.

2. Majlis kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekistonning nuqtai nazarini kelishib olish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqiga tezislar tayyorlash va uni kelishib olish, shuningdek xorijiy hamkorlar bilan boʻladigan suhbatlar uchun materiallar toʻplash.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasini tayyorlash.

5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

2021-yil

avgust

2021-yil sentyabr-oktyabr


2021-yil oktyabr



tadbirdan
2 hafta avval noyabr

Senat, Qonunchilik palatasi,

Vazirlar Mahkamasi,

TIV,

Moliya vazirligi

10.

MDH PAning tadbirini Oʻzbekistonda oʻtkazish.

1. MDH PA Kotibiyati bilan Assambleyaning tadbirlaridan birini Oʻzbekistonda oʻtkazish yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazish (belgilangan davrda rejalashtirilgan tadbirlar, tashkiliy masalalar, moliyaviy jihatlar va hokazolar).

2. MDH PA Kotibiyati bilan Assambleyaning tadbirlaridan birini Oʻzbekistonda oʻtkazish masalasini kelishib olish.



2022-yil

Senat,

Qonunchilik palatasi

11.

MDH PA ishtirokchi davlatlarida oʻtkaziladigan saylovlar/referendumlarda MDH PAning kuzatuvchilari missiyasi tarkibida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakillari delegatsiyasini shakllantirish.

1. MDH PA ishtirokchi davlatlarida oʻtkaziladigan saylovlar/referendumlarda MDH PA kuzatuvchilari missiyasi tarkibiga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalaridan nomzodlar koʻrsatish.

2. MDH PA ishtirokchi davlatlarida oʻtkaziladigan saylovlar/referendumlarda ishtirok etish uchun Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibini kelishib olish.

MDH PAdan taklif olinishiga qarab

Senat, Qonunchilik palatasi,

MSK

12.

MDH PAga yillik aʼzolik badalining oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash.

1. MDH PA Kengashi Kotibiyatidan rasmiy invoysni olish.

2. Aʼzolik badalini toʻlash.

2021-yil

II-III choraklari

Senat,

TIV,

Moliya vazirligi

13.

Keyingi kalendar yiliga moʻljallangan Oʻzbekistonning MDH PA bilan oʻzaro amaliy hamkorlik qilish rejasini tasdiqlash.

1. Oʻzbekistonning MDH PA bilan keyingi kalendar yiliga moʻljallangan oʻzaro amaliy hamkorlik qilish rejasini tuzish, kelishish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan Rejani aloqador vazirlik va idoralarga yuborish.

3. Qabul qilingan Reja ijrosini monitoring qilish.

2021-yil

IV choragi

yarim yilda bir marta

Senat,

Qonunchilik palatasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-aprelda qabul qilingan 913-IV/KQ-220-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament Assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijrochilar

1.

Oʻzbekiston tashqi siyosatidagi ustuvor yoʻnalishlarga mos hamda respublikada olib borilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalariga muvofiq boʻlgan masalalar boʻyicha Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament Assambleyasi (bundan buyon matnda — EXHT PA deb yuritiladi) rezolyutsiyalari loyihalari yuzasidan takliflar va tashabbuslar bilan chiqish amaliyotini joriy etish.

1. Kelgusidagi rezolyutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida eng dolzarb masalalarni aniqlash maqsadida respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari ishtirokida maslahatlashuvlar oʻtkazish.

2. Rezolyutsiyalar loyihalari yuzasidan takliflar tayyorlash va kelishish ishlarini olib borish.

3. EXHT PAning Xalqaro kotibiyati va Assambleyaning ishtirokchi davlatlari delegatsiyalari bilan tegishli rezolyutsiya loyihasini ilgari surishga yoʻnaltirilgan manzilli ishlarni olib borish.

doimiy asosda

Senat,

Qonunchilik palatasi,

tegishli vazirliklar va idoralar

Hozirgi davrdagi dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar boʻyicha EXHT PA rezolyutsiyasini qabul qilish masalalari yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. EXHT PAning rejalashtirilayotgan rezolyutsiyasi loyihasi mavzusini ishlab chiqish.

2. EXHT PAning rezolyutsiyasi loyihasini tayyorlash.

3. Masalani tegishli tartibda kelishish.

4. Assambleyaning kuzgi va qishki majlislari davomida EXHT PA ishti�okchi davlatlarining delegatsiyalari bilan rezolyutsiya loyihasini ular tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi borasida maqsadli ishlarni olib borish.

5. Assambleyaning navbatdagi sessiyasida EXHT PAning qabul qilinishi kutilayotgan rezolyutsiyasi loyihasiga takliflar kiritish.

2021-yil

iyul-avgust

2021-yil

sentyabr-oktyabr


2021-yil

noyabr


2022-yil

iyun

EXHT PA bilan kelishish jarayonida

2.

Assambleyaning har yilgi yozgi sessiyalarida qabul qilinadigan EXHT PAning rezolyutsiyalari loyihalariga takliflar tayyorlash.

1. EXHT PA rezolyutsiyasi loyihalari mazmun-mohiyatining Oʻzbekistonning milliy manfaatlariga mosligini oʻrganish hamda ushbu hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2. Assambleya majlislari davomida �XHT PA ishtirokchi davlatlarining delegatsiyalari bilan ularning Oʻzbekiston tomoni taklif qilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarni qoʻllab-quvvatlashiga erishish yuzasidan maqsadli ishlarni olib borish.

3. Tegishli rezolyutsiya loyihasini oʻzgartirish va unga qoʻshimcha kiritish boʻyicha takliflar kiritish.

Rezolyutsiya loyihasi kelib tushishi jarayonida



EXHT PA yigʻilishlari davomida

har yilgi yozgi sessiyadan ikki hafta avval

Senat,

Qonunchilik palatasi,

tegishli vazirliklar va idoralar

3.

Oʻzbekistonning Ipak yoʻlini qoʻllab-quvvatlash guruhi doirasida oʻzaro hamkorlik qilishga doir tadbirlar rejasi loyihasini ishlab chiqish.

1. Oʻzbekistonning Ipak yoʻlini qoʻllab-quvvatlash guruhi doirasida oʻzaro hamkorlik qilishga doir ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash.

2. EXHT PAning ishtirokchi davlatlarida oʻzaro hamkorlikda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar roʻyxatini tuzish.

3. Oʻzbeki�tonning Ipak yoʻlini qoʻllab-quvvatlash guruhida samarali va natijador ishtirok etishiga doir aniq takliflar ishlab chiqish.

2021-yil

may

Senat,

Qonunchilik palatasi,

TIV,

ITSV,

Transport vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

4.

EXHT PAning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan Oʻzbekistonning Assambleya faoliyati doirasidagi hamkorligi va oʻzaro aloqalarini faollashtirishning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash nuqtai nazaridan maqsadli siyosiy–diplomatik ish olib borish.

1. EXHT PA Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili R. Lapatka (Avstriya) bilan EXHT PA doirasida respublikamizning amaliy hamkorlik qilishiga doir ustuvor yoʻnalishlarni muhokama etish maqsadida Oʻzbekistonning Vena shahridagi Elchixonasi orqali uchrashuv tashkil etish.

2. EXHT PAning Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili bilan bu mamlakatlar uchun oʻzaro manfaatli qoʻshma tadbirlarni tashkil etish masalalarini muhokama qilish uchun ishchi muloqotlarni oʻrnatish va olib borish.

2021-yil

iyul

doimiy asosda

TIV,

Senat,

Qonunchilik palatasi

5.

Oʻzbekistonda EXHT PAning tadbirlaridan birini oʻtkazish masalasini oʻrganish.

1. Oʻzbekistonda EXHT PAning tadbirlaridan birini oʻtkazish ehtimoli masalasini ishlab chiqish.

2. EXHT PAning yozgi majlisi (Vena/Kopengagen shahri, 2021-yil iyul) davomida EXHT PAning tadbirlaridan birini Oʻzbekiston hududida oʻtkazish, uning mavzusi, konsepsiyasi, tartib-taomillari va moliyaviy jihatlarini dastlabki tarzda muhokama etish.

3. Oʻzbekistonda EXHT PAning tadbirlaridan birini oʻtkazish masalasini kelishish.

2021-yil

iyun

2021-yil

iyul

(tomonlar kelishuviga koʻra)

Senat,

Qonunchilik palatasi,

TIV,

Vazirlar Mahkamasi

6.

EXHT PAning majlislari doirasida Oʻzbekistonning xalqaro tashabbuslarini ilgari surishga qaratilgan va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan maqsadli tadbirlarni (taqdimotlar, davra suhbatlari, brifinglarni) oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

1. EXHT PAning majlisi doirasida rejalashtirilayotgan maqsadli tadbirning yoʻnalishi/mavzusini belgilash.

2. Maqsadli tadbirni oʻtkazish masalasini belgilangan tartibda kelishish.

3. Oʻzbekiston delegatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirning dasturi va ssenariysi, tarqatma materiallarini tayyorlash.

4. Taqdimotlar yoki bir vaqtga belgilangan tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha zarur tashkiliy masalalarni hal etish.

2021-2022-yillar

oʻtkaziladigan tadbirdan bir oy avval

oʻtkaziladigan tadbirdan ikki hafta avval

Senat,

Qonunchilik palatasi,

Vazirlar Mahkamasi,

tegishli vazirliklar va idoralar

7.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini EXHT PAning umumiy qoʻmitalari va maxsus komissiyalariga kiritish maqsadga muvofiqligi masalasida umumiy nuqtai nazarni shakllantirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini EXHT PAning umumiy qoʻmitalari va maxsus komissiyalariga kiritishning milliy manfaatlarga mosligi va amaliy maqsadga muvofiqligini oʻrganish.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari vakillarini EXHT PAning umumiy qoʻmitalari va maxsus komissiyalariga kiritilishi ehtimoli masalasini kelishish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ?alatalari vakillarini EXHT PAning umumiy qoʻmitalari va maxsus komissiyalariga kiritish uchun arizalarni EXHT PAga yuborish.

2021-2022-yillar

Senat,

Qonunchilik palatasi,

TIV

8.

Oʻzbekistonning EXHT PA bilan keyingi kalendar yildagi oʻzaro amaliy hamkorligi rejasini tasdiqlash.

1. Oʻzbekistonning EXHT PA bilan keyingi kalendar yilga oʻzaro amaliy hamkorligi rejasini tuzish, kelishish va tasdiqlash.

2. Tasdiqlangan Rejani tegishli vazirliklar va idoralarga ijro uchun yuborish.

3. Qabul qilingan Reja ijrosini monitoring qilish.

2021-yilning

IV choragi

doimiy asosda

Senat,

Qonunchilik palatasi

9.

EXHT PAga yillik aʼzolik badali oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash.

1. EXHT PAning xalqaro kotibiyatidan rasmiy invoysni olish.

2. Aʼzolik badalini toʻlash..

har yilning

I choragi

Senat,

Moliya vazirligi,

TIV

10.

EXHT PAning yozgi sessiyasida ishtirok etish (Vena/Kopengagen shahri, 2021-yil).

1. Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash.

2. Yozgi sessiya kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekiston yondashuvini kelishish.

3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash.

4. EXHT PAning rezolyutsiyalari loyihalari boʻyicha ovoz berish borasida Oʻzbekistonning nuqtai nazarini koʻrib chiqish.

5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

2021-yil

may

2021-yil

iyun

Senat,

Qonunchilik palatasi,

Vazirlar Mahkamasi,

TIV,

Moliya vazirligi

11.

EXHT PAning har yilgi kuzgi sessiyasida ishtirok etish

(Dublin shahri,

2021-yil).

1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash.

2. Kuzgi sessiya kun tartibi bandlar� boʻyicha Oʻzbekistonning nuqtai nazarini kelishish.

3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasini tayyorlash.

5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

2021-yil

sentyabr

2021-yil

oktyabr

Senat,

Qonunchilik palatasi,

Vazirlar Mahkamasi,

TIV,

Moliya vazirligi

12.

EXHT PA qishki sessiyasida ishtirok etish

(Vena shahri,

2022-yil, fev?a?).

1. Oʻzbekiston Respublikasi parla�ent delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash.

2. Qishki sessiya kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekistonning nuqtai nazarini kelishish.

3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash.

4. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

2022-yil

yanvar

2022-yil

fevral

Senat,

Qonunchilik palatasi,

TIV

13.

EXHT PAning yozgi sessiyasida ishtirok etish

(Birmingem shahri,

2022-yil).

1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash.

2. Yozgi sessiya kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekiston nuqtai nazarini kelishish.

3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash.

4. EXHT PAning rezolyutsiyalari loyihalari boʻyicha ovoz berish borasida Oʻzbekiston nuqtai nazarini koʻrib chiqish.

5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

2022-yil

may

2022-yil

iyun

Senat,

Qonunchilik palatasi,

Vazirlar Mahkamasi,

TIV,

Moliya vazirligi

14.

EXHT PAning har yilgi kuzgi sessiyasida ishtirok etish

(Sofiya shahri,

2022-yil).

1. Oʻzbekiston Respublikasi parlament delegatsiyasining Reja-topshirigʻini tayyorlash.

2. Kuzgi sessiya kun tartibi bandlari boʻyicha Oʻzbekiston nuqtai nazarini kelishish.

3. Oʻzbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi majlisdagi nutqi uchun tezislarni tayyorlash va kelishish hamda xorijiy hamkorlar bilan oʻtkazilishi ehtimoli boʻlgan suhbatlar uchun materiallar toʻplash.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishi loyihasini tayyorlash.

5. Tashkiliy-protokol masalalarni hal etish.

2022-yil

avgust

2022-yil

sentyabr

Senat,

Qonunchilik palatasi,

Vazirlar Mahkamasi,

TIV,

Moliya vazirligi

15.

EXHT PAning Xalqaro kotibiyatiga Assambleyaning missiyasi 2021-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovini kuzatishda ishtirok etishi uchun taklifnoma yuborish.

1. 2021-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovini kuzatish uchun EXHT PAning missiyasini taklif qilish masalasini kelishish.

2. EXHT PAning Xalqaro kotibiyatiga taklifnoma yuborish.

2021-yil

avgust

2021-yil,

sentyabr

MSK,

TIV

16.

EXHTning ishtirokchi davlatlarida oʻtkaziladigan saylovlar/referendumlarda EXHT PAning kuzatuvchilari missiyasi tarkibida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakillari delegatsiyasini shakllantirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalaridan xorijiy mamlakatlarda oʻtkaziladigan saylovlarni kuzatish boʻyicha EXHT PA miss?yasi tarkibiga kiritish uchun nomzodlarni belgilash va koʻrsatish.

2. EXHT PAning kuzatuvchilari missiyasida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibini kelishish.

EXHT PAdan taklif kelib tushishga qarab

Senat,

Qonunchilik palatasi,

MSK,

TIV

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 28-aprelda qabul qilingan 913-IV/KQ-220-IV-sonli Qoʻshma qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning Turkiy tilli davlatlar Parlament assambleyasi bilan 2021-2022-yillarga moʻljallangan amaliy hamkorlik rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

t/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijrochilar

1.

Turkiy tilli davlatlarning Parlament assambleyasiga (bundan
buyon matnda — TurkPA deb yuritiladi) aʼzo boʻlish bilan bogʻliq masalalarni nihoyasiga yetkazish.

1. TurkPAga aʼzo boʻlib kirish boʻyicha yakuniy xulosani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2. TurkPAga aʼzolik bilan bogʻliq hujjatlarni tayyorlash va ularni qonunchilikda belgilangan tartibda kelishish.

3. Qabul qilingan qaror yuzasidan yakuniy xabarnomani TurkPAning Kotibiyatiga yuborish.

2021-yil

15-may

2021-yil
15-avgust

2021-yil
15-sentabr

Senat,

Qonunchilik palatasi,

TIV,

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi

2.

TurkPAning tadbirlarida ishtirok etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan Oliy Majlisning doimiy faoliyat koʻrsatuvchi delegatsiyasini shakllantirish.

1. Oliy Majlisning doimiy delegatsiyasi tarkibi boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Parlament delegatsiyasi tarkibini belgilangan tartibda kelishib olish.

3. Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qoʻshma qarori bilan Oliy Majlisning doimiy delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash.

4. Oliy Majlisning doimiy delegatsiyasi tarkibini shakllantirish yakunlari toʻgʻrisida TurkPAning Kengashini xabardor qilish.

2021-yil
1-oktabr

2021-yil
1-noyabr

2021-yil
15-noyabr

Senat,

Qonunchilik palatasi, TIV

3.

Parlament assambleyasining 2021-yilgi ish jadvalini hisobga olgan holda TurkPAning tadbirlarida Oliy Majlis doimiy delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash.

1. Oliy Majlisning doimiy delegatsiyasi respublika manfaatlariga mos keluvchi tadbirlari roʻyxatini va uning ishtirok etish darajasini belgilash.

2. Har bir tadbirning kun tartibi boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

3. TurkPAning tadbirlarida Oliy Majlis delegatsiyasining ishtirok etishi uchun materiallar tayyorlash va tashkiliy-protokol masalalarni hal qilish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

5. Ishtirok etish yakunlari boʻyicha takliflar kiritish.

2021-yil

1-iyun

kun tartibi loyihasining kelib tushishiga qarab,

tadbirdan ikki hafta oldin

tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasining ishtirok etishiga qarab

jadvalga muvofiq

Senat,

Qonunchilik palatasi,
TIV

4.

Oʻzbekistonda 2021-yilda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovini kuzatishda ishtirok etishi uchun TurkPAning Kotibiyatiga taklifnoma yuborish.

1. Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Prezident saylovini kuzatish uchun TurkPAning missiyasini taklif qilish masalasini belgilangan tartibda kelishish.

2. TurkPAning Kotibiyatiga taklifnoma yuborish.

2021-yil

sentyabr

2021-yil, oktyabr

MSK,

Senat,

Qonunchilik palatasi,,
TIV