07.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3299
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-son “O‘zbekiston Respublikasining “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, ikkinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilar, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining rasmiy veb-saytida budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash bo‘yicha ma’lumotlarni joylashtirish tartibini belgilaydi.
budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochiq ma’lumotlar (bundan buyon matnda ochiq ma’lumotlar deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 1661-moddasiga va “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida” Qonunining 14-moddasiga muvofiq rasmiy veb-saytlarda e’lon qilinadigan, shuningdek budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalarining daromad va xarajatlari, davlat subsidiya va grantlarining miqdorlari va oluvchilari haqida ma’lumotlar;
g) o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga, asosiy vositalarni xarid qilish uchun o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlarni xarid qilish uchun o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va amalga oshirilgan davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 5-ilovasiga hamda qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakllarda joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda va birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilar tomonidan mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq shaklda o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtsodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hamda Bojxona qo‘mitasi soliq va bojxona imtiyozlari ro‘yxatini mazkur Nizomning 9 va 10-ilovalariga muvofiq shaklda, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlarining miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 11 va 12-ilovalariga muvofiq shaklda o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga har chorakda chorakdan keyingi oyning 25-sanasidan, yillik hisobotlarni yil yakunlari bo‘yicha keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay joylashtirib boradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
7. Davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan ma’lumotlar bilan birga davlat maqsadli jamg‘armalaridan subsidiyalar va kredit oluvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasidan kechiktirmay o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boradi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan xarid qilingan tovarlar va xizmatlar, qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari olib borilayotgan obyektlar ro‘yxati, shuningdek qurilish-ta’mirlash ishlarining moliyalashtirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mazkur Nizomning 15-ilovasiga muvofiq shaklda har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 10 sanasiga qadar tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan majburiy tartibda o‘z rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Tuman va shahar hokimliklari tashabbusli budjetlashtirish natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni mazkur Nizomning 16-ilovasiga muvofiq shakllarda “Ochiq budjet” axborot portali hamda o‘zlarining rasmiy veb-saytlariga har chorak yakunlariga ko‘ra, keyingi chorak birinchi oyining 25-sanasiga qadar joylashtirib boradi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 28-dekabrdagi 80-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3299-1, 14.01.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/3299-1/0028-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 6-iyuldagi 51-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3450, 31.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 10/23/3450/0546-son)
13. Tuman va shahar hokimliklarining rasmiy veb-saytlari mavjud bo‘lmagan hollarda mazkur Nizomning 2 va 7-bandlarida belgilangan ma’lumotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi. Bunda ochiq ma’lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi, dolzarbligi va o‘z vaqtida joylashtirilishi yuzasidan javobgarlik tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklatiladi.
14. Hududiy budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning rasmiy veb-saytlari mavjud bo‘lmagan hollarda mazkur Nizomning 2 va 7-bandlarida belgilangan ma’lumotlarni tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shaharlar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
* Ushbu qatorda mazkur ma’lumotning 1-ilovasidagi Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasiga haqiqatda o‘tkazilgan mablag‘lar ustunining Jami ajratiladigan mablag‘lar qatoridagi mablag‘lar aks ettiriladi.
** Ushbu qatorda mazkur ma’lumotning 2-ilovasidagi Ajratilgan mablag‘lar ustunining jami qatoridagi mablag‘lar aks ettiriladi.
(16-ilova O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 28-dekabrdagi 80-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3299-1, 14.01.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.01.2022-y., 10/22/3299-1/0028-son)