Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov, Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-may,
286-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-maydagi 286-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
“1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi, “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”, “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda SYAER deb ataladi) shakllantirish, yuritish, yangilash va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. SYAER Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshga toʻlgan (shu jumladan saylov kuni), doimiy yoki vaqtincha yashash joyi manziliga ega boʻlgan, muomalaga layoqatli, ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlari uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanmayotgan fuqarolari (keyingi oʻrinlarda saylovchi fuqarolar deb ataladi) kiritiladigan davlat axborot resursi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda boʻlsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi (davlat tilida, lotin yozuvida), tugʻilgan sanasi (yyyy.oo.kk), doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning yashash joyi manzili va uning kadastr raqami Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan taqdim etiladigan saylovchi fuqarolar toʻgʻrisidagi axborotlar hisoblanadi”.
2. 4-bandda:
a) toʻrtinchi xatboshidagi “roʻyxatlarga” soʻzi “SYAERga” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“SYAERdagi maʼlumotlarni saylov uchastkalari chegaralari doirasida avtomatik ravishda taqsimlash”.
3. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi SJBAT va uning tarkibiga kiruvchi SYAER egasi hamda SJBAT va SYAERni yanada takomillashtirish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi”.
4. 7-bandning ikkinchi xatboshisidan “yaratish” soʻzi chiqarib tashlansin.
5. 8-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “bir yilda” soʻzlari “har olti oyda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 9-bandda:
a) “a” kichik bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar toʻgʻrisida”;
b) “b” kichik bandga “Adliya vazirligi” soʻzlaridan keyin “huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi” soʻzlari qoʻshilsin;
v) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
vazirlik tizimidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan fuqarolar toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan ikki oy avval;
muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan, harbiy qism hududidagi kazarmalar, yotoqxonalar va xizmat turar joylarida yashayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan toʻrt oy avval;
oylik harbiy yigʻin oʻtayotgan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatchilari toʻgʻrisida — saylov oʻtkaziladigan oyning ikkinchi oʻn kunligiga qadar”;
g) “d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
yashash davlatini (Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarini) koʻrsatgan holda doimiy yoki vaqtinchalik konsullik hisobida turgan fuqarolar toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari tomonidan saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan oʻsha davlat hududida turgan fuqarolar toʻgʻrisida;
d) quyidagi mazmundagi “e” va “j” kichik bandlar qoʻshilsin:
“e) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi — fuqarolarning koʻchmas mulk obyektlari kadastr raqamlari, ular joylashgan manzili va geolokatsiya (geokod) toʻgʻrisida;
j) Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
vazirlik (tashkilot) tizimidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan fuqarolar toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan uch oy avval;
muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan va harbiy qismlardagi fuqarolar toʻgʻrisida — saylov boshlanishidan toʻrt oy avval”.
7. 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Vakolatli organlar ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq DPMga maʼlumotlarni elektron shaklda jismoniy shaxsning identifikatsiya raqamini (agar mavjud boʻlsa), pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda boʻlsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqami, tugʻilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi, millati, familiyasi, ismi va otasining ismini (davlat tilida, lotin yozuvida) koʻrsatgan holda, fuqarolarning yashash joyi manzili (davlatlar, Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlari, tumanlari, aholi punktlari va koʻchalari, kadastr raqamlari, ular joylashgan manzili va geolokatsiya (geokod) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni esa DPM va Operator bilan oʻzaro kelishilgan texnik yoʻriqnomadagi maʼlumotnomalar (keyingi oʻrinlarda maʼlumotnomalar deb ataladi) asosida yuboradilar”.
8. 11-bandning ikkinchi xatboshisiga “maʼlumotlarni olish” soʻzlaridan keyin “va shakllantirish” soʻzlari qoʻshilsin.
9. 12 va 13 bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. SYAERni yangilash DPM tomonidan Operatorga harbiy xizmatchilardan tashqari, saylovchi fuqarolar toʻgʻrisidagi roʻyxatni elektron shaklda uzatish yoʻli bilan quyidagilarni koʻrsatgan holda amalga oshiriladi:
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti (agar saylovchi fuqaro chet davlatda boʻlsa, xorijga chiqish pasporti yoki diplomatik pasporti) yoki identifikatsiya ID-kartasining seriyasi va raqami;
davlat tili lotin yozuvida familiyasi, ismi va otasining ismi;
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining tugʻilgan sanasi (yyyy.oo.kk), jinsi va millati;
maʼlumotnomalar asosida joylashuv (yashash) joyi manzillari.
“13. SJBAT “Oʻzbektelekom” AKning maʼlumotlarni qayta ishlash markazida belgilangan tartibda joylashadi”.
10. 14-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Elektron hukumat” tizimidan foydalanuvchilarni Identifikatsiyalashning yagona” soʻzlari “avtorizatsiya” soʻzi bilan almashtirilsin.
11. 15-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan taqdim etilgan saylov uchastkalarining dislokatsiyalari asosida saylov uchastkalariga tegishli hudud chegaralari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan saylov okruglari va uchastkalarining geolokatsiyali elektron xaritasi tuziladi”.
12. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Saylovchi fuqarolar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida hammaning tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Saylovchi fuqaro oʻzi biriktirilgan saylov uchastkasi, manzili va jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini yoki pasport yoxud identifikatsiya ID-kartasi seriyasi va raqamini kiritish yoʻli bilan MSK rasmiy veb-sayti orqali saylov uchastkasining joylashuvi (dislokatsiyasi)ga oid axborot bilan tanishish imkoniyatiga ega.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxatini saylovga oʻttiz yetti kun qolganidan boshlab, saylovga besh kun qolguniga qadar uyma-uy yurib aniqlik kiritadi. Oʻrganish davomida saylovchining shaxsiga yoki yashash joyiga oid maʼlumotlar oʻzgarganligi aniqlangan taqdirda, SYAERga tegishli oʻzgartirish kiritadi”.
13. 18-bandga “MSKning rasmiy veb-saytida” soʻzlaridan keyin “hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali” soʻzlari qoʻshilsin.
14. Ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron roʻyxatini shakllantirish va yuritish
SXEMASI
”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/286/0433-son)