04.10.2018 yildagi PQ-3961-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida saylov jarayonini yanada takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda SYAER deb yuritiladi) joriy etishga qaratilgan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini yaratish hamda uni shakllantirish va undan foydalanishda idoralararo o‘zaro hamkorlik tartibini reglamentlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi eksperiment tartibida 2017-yil dekabr oyida Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov davomida sinovdan o‘tkazildi hamda xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan ijobiy baholandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, o‘tkazilgan tahlil saylov jarayoniga SYAERni to‘laqonli joriy etishni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, respublika ko‘lamida SYAERdan foydalanish amaliyotining mavjud emasligi bir saylovchining bir vaqtning o‘zida bir nechta ro‘yxatlarga kiritilishiga olib kelmoqda va “bir saylovchi — bir ovoz” prinsipiga to‘liq rioya qilinishini ta’minlamayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, saylovchi-fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari to‘g‘risida haqqoniy bo‘lmagan axborot fuqarolarni tegishli saylovchilar ro‘yxatlariga avtomatik kiritishda aniqlikni ta’minlash imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrining mavjud emasligi, shuningdek, Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestridagi eskirgan va manfaatdor idoralar tomonidan foydalanilmaydigan axborot saylovchilarni uchastkalar bo‘yicha taqsimlash jarayonini avtomatlashtirishga to‘sqinlik qilmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, saylov uchastkalarining zamonaviy kompyuter uskunalari bilan jihozlanishi va ularning internet tarmog‘iga ulanishi darajasi pastligicha qolayotgani saylov jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkonini bermayapti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, joylardagi saylov komissiyalari a’zolarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga doir bilim va ko‘nikmalari darajasi pastligi saylov jarayonini raqamlashtirish va avtomatlashtirishda qiyinchilik tug‘dirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishni ta’minlash, shuningdek, Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish va SYAERdan samarali foydalanish uchun zarur apparat-dasturiy infratuzilmani yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining mamlakatimizning butun hududida saylov jarayoniga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish va SYAERdan foydalanish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. SYAERni shakllantirishda Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar axborot bazasiga, Ko‘chmas mulk obyektlari yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestriga muvofiq saylovchi-fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi yagona axborotdan foydalanilishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi mamlakatning butun hududida Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy etish va SYAERdan foydalanish bo‘yicha faoliyatga umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish va SYAERdan foydalanishda yagona texnologik yondashuvni, shuningdek, ularning hududlarda samarali ishlashini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini yuritish uchun javobgar organ hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UNICON.UZ” — “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari” DUK Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini yaratish, yanada takomillashtirish va unga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi, shuningdek, uning samarali va uzluksiz ishlashini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni uyma-uy yurib o‘rganish orqali ularning pasport ma’lumotlarini ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar axborot bazasidagi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari to‘g‘risidagi axborotni to‘liq dolzarblashtirishni o‘tkazishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari rahbarlarini uyma-uy yurib o‘rganishni tashkil etishga jalb etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda fuqarolarning pasport ma’lumotlarini ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar axborot bazasini Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestriga va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestriga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar muddatda ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazsin va xatlov natijalariga ko‘ra Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini shakllantirish jarayonini yakuniga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu qarorning 4-bandiga muvofiq uyma-uy yurib o‘rganish natijasida to‘plangan axborotni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar axborot bazasiga kiritish uchun kompyuter uskunalari bilan jihozlangan zarur xonalar va xodimlarni ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining talabnomalariga ko‘ra ushbu qarorning 4-bandiga muvofiq uyma-uy yurib o‘rganish natijasida to‘plangan axborotni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar axborot bazasiga kiritish uchun ajratilgan xonalarning belgilangan tartibda ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reyestrining “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov uchastkasini aniqlashtirish va uni o‘zgartirish imkoniyatini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni hisobga olgan holda Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimining “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Markaziy saylov komissiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2018-2019-yillarda saylov komissiyalari vakillarini Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi, shu jumladan, SYAER bilan ishlash ko‘nikmalariga o‘qitishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazishni hamda Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini shakllantirish bo‘yicha — 20 foizi Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, 80 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar axborot bazasini modernizatsiya qilish bo‘yicha — vazirlikning budjetdan tashqari mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalarni ushbu qarorning 4 va 7-bandlariga muvofiq ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulash bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga — fuqarolarni uyma-uy yurib o‘rganish orqali ularning pasport ma’lumotlarini ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda Ichki ishlar vazirligining axborot bazasidagi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari to‘g‘risidagi axborotning to‘liq dolzarblashtirilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga — ko‘chmas mulk obyektlarining to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi hamda Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini shakllantirish bo‘yicha ishlarning yakuniga yetkazilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sodiqov zimmasiga — Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimining yanada takomillashtirilishi va to‘liq ishlashi, shuningdek, saylov komissiyalari saylov vaqtida ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga uzluksiz ulanishini ta’minlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga — fuqarolarning yashash joylari manzillari to‘g‘risidagi axborotni dolzarblashtirish va saylov vaqtida saylov komissiyalari Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan samarali foydalanishi uchun zarur xonalar, zamonaviy uskunalar va xodimlar taqdim etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.E. Abdusalomov zimmasiga — saylov komissiyalari vakillarini Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlash ko‘nikmalariga o‘qitish va davlat organlarining ular zimmasiga saylov jarayoniga SYAERni joriy etish uchun zarur sharoitlarni yaratishga doir yuklangan majburiyatlarining bajarilishi ustidan ta’sirchan nazoratni amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3662-son qarorining 8-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 4-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3961-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-oktabrdagi PQ-3961-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirish va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLARI REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

SYAERni shakllantirish va undan foydalanish tartibini ko‘zda tutadigan normalarni ishlab chiqish va Saylov kodeksi loyihasiga kiritish.

Kodeks loyihasi

2018-yil

1-dekabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Saylovchilarning elektron ro‘yxatini tuzish, aniqlashtirish va O‘zbekiston Respublikasida saylovlarda undan foydalanish.

MSK qarori

2019-yil

1-yanvargacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

3.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatini shakllantirishda idoralararo o‘zaro hamkorlik reglamentlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

O‘zaro hamkorlik qilish reglamentlari

2019-yil

1-martgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), DPM (N. Turaxodjayev), IIV (P. Bobojonov), Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), TIV (A. Kamilov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Oliy sud (K. Kamilov)

II. Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi infratuzilmasini rivojlantirish

4.

Manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasidagi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi axborotni to‘liq dolzarblashtirish hamda Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini shakllantirish maqsadida fuqarolarni uyma-uy yurib o‘rganish grafigini tasdiqlash.

Idoralararo hujjat

2018-yil

1-dekabrgacha

IIV (P. Bobojonov), Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Bosh prokuratura (O. Murodov), DSQ (B. Musayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar bazasidagi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi axborotni to‘liq dolzarblashtirish hamda uni Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestriga muvofiq holga keltirish tartibi to‘g‘risidagi idoralararo hujjatni tayyorlash.

Idoralararo hujjat

2018-yil

1-noyabrgacha

IIV (P. Bobojonov), Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Bosh prokuratura (O. Murodov), DSQ (B. Musayev), DPM (N. Turaxodjayev), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

6.

Uyma-uy yurib o‘rganish natijalari bo‘yicha axborotni Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlar axborot bazasiga kiritish uchun kompyuter uskunasi bilan jihozlangan zarur bo‘lgan xonalarni, xodimlarni ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2018-yil

1-noyabrgacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, IIV (P. Bobojonov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), MSK (M. Abdusalomov), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Ma’muriy-hududiy chegaralarni belgilagan holda Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini yaratish va shakllantirish, shu jumladan:

Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqish;

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
25-noyabrgacha

Vazirlar Mahkamasi (Z. Mirzayev)

tumanlar (shaharlar)ning aholi punktlaridagi ko‘chalarni va ko‘chmas mulk obyektlarini inventarizatsiya qilish ishlarini tez va sifatli o‘tkazish maqsadida mobil geoaxborot ilovasini ishlab chiqish;

2018-yil
25-noyabrgacha

tumanlar (shaharlar)ning aholi punktlaridagi ko‘chalarni va ko‘chmas mulk obyektlarini inventarizatsiyasini o‘tkazish va ularga manzillar (geokodlar)ni berish;

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-aprelgacha

Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini yaratish va shakllantirish hamda ularni geoaxborot portalida aks ettirish;

2019-yil
1-aprelgacha

Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini yaratish va shakllantirish hamda uni respublika toponimik reyestriga integratsiyalash.

2019-yil
1-aprelgacha

8.

SYAER bilan ishlashni osonlashtirish maqsadida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini to‘ldirish, shu jumladan foydalanuvchi interfeysini takomillashtirish va uning mobil versiyasini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-iyulgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), MSK (M. Abdusalomov)

9.

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimining apparat-dasturiy ta’minotini modernizatsiyalash, shu jumladan uning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha server uskunasini xarid qilish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

15-iyulgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), MSK (M. Abdusalomov)

10.

Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestrini va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalash.

Chora-tadbirlar rejasi

2019-yil

1-sentabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi (A. Abdullayev)

III. Saylov uchastkalarini jihozlashni tashkil qilish

11.

Saylovlarni o‘tkazish uchun okrug va uchastka saylov komissiyalarini joylashtirish uchun belgilangan binolar va xonalarning ma’lumotlar bazalarini shakllantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

15-noyabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

SYAERdan foydalanish uchun saylov uchastkalarini texnik uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha standartlarni ishlab chiqish.

Idoraviy hujjat

2018-yil

1-dekabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov)

13.

Saylovchilarning elektron ro‘yxatlarini shakllantirish va aniqlashtirish uchun saylov komissiyalariga zarur bo‘ladigan kompyuterlar, tashkiliy texnika (printer, skaner, nusxa ko‘chirish apparati), aloqa vositalari (telefon, faks, internet)ning talab qilinadigan miqdorini aniqlash ishlarini tashkil qilish.

Idoraviy hujjat

2019-yil

1-maygacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Viloyat, tuman (shahar), okrug va uchastka saylov komissiyalarini zamonaviy kompyuterlar, tashkiliy texnika (printer, skaner, nusxa ko‘chirish apparati), aloqa vositalari (telefon, faks) bilan jihozlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-noyabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Viloyat, tuman (shahar), okrug va uchastka saylov komissiyalarining ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga ulanishini ta’minlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrdan 2020-yil 1-fevralgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov)

16.

Saylov kampaniyasi davrida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarining ishlashini qo‘llab-quvvatlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrdan 2020-yil

1-fevralgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), “O‘zbektelekom” AK (Sh. Kadirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Saylov komissiyalarining a’zolarini Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish

17.

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimidan foydalanishga o‘qitish uchun viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislarni (trenerlarni) belgilash.

Idoraviy hujjat

2018-yil

1-dekabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, MSK (M. Abdusalomov)

18.

Saylov komissiyalari (saylov komissiyalarining vakillari) tarkibida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlash uchun nomzodlarning elektron ma’lumotlar bazasini yaratish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil

15-dekabrgacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Hududiy trenerlar, tumanlar va shaharlar trenerlarini, shuningdek, saylov komissiyalari vakillarini Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish grafigini tasdiqlash.

Qo‘shma idoraviy hujjat

2019-yil

1-yanvargacha

MSK (M. Abdusalomov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

Uslubiy qo‘llanmalar

2019-yil

15-yanvargacha

MSK (M. Abdusalomov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov)

21.

Hududiy trenerlarni keyinchalik ular tumanlar va shaharlar trenerlarini o‘qitishi uchun Toshkent shahrida Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish.

O‘qitish grafigi

2019-yil

1-aprelgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Hududiy trenerlar tomonidan tumanlar va shaharlar trenerlarini viloyat markazlari va Toshkent shahrida keyinchalik ular saylov komissiyalari vakillarini o‘qitishi uchun Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish.

O‘qitish grafigi

2019-yil

1-avgustgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Tumanlar va shaharlar trenerlari tomonidan saylov komissiyalarining vakillarini Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi bilan ishlashga o‘qitish.

O‘qitish grafigi

2019-yil

1-oktabrgacha

Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy ta’lim vazirligi (I. Majidov), MSK (M. Abdusalomov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

O‘zbekistonda SYAERdan foydalanish imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida olimlar, mutaxassislar va ekspertlar, shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi “davra suhbatlari”, seminar-treninglar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

Tashkiliy-texnik chora-tadbirlar

Alohida grafikka muvofiq

MSK (M. Abdusalomov), MTRK (A. Xadjayev), O‘zA (A. Ko‘chimov), EOAVMA (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 7-bandda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil geoaxborot ilovani ishlab chiqish va tumanlar (shaharlar)ning aholi punktlaridagi ko‘chalarni va manzillar (geokodlar)ni bergan holda ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 5 000,0 mln. so‘m, Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 023,7 mln. so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ko‘chmas mulk obyektlarining yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini yaratish va shakllantirish — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 5 590,0 mln. so‘m, Yer munosabatlari va davlat kadastrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 623,9 mln. so‘m.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2018-y., 07/18/3961/2002-son)