Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qarori, 05.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3297
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.08.00 (Кучини йукотган) Sud va boshqa organlarning qarorlarini ijro qilish;
2.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 5-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3297]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2015-yil 24-dekabrdagi 3, 01/27-26/27-son “Sud ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2744, 2015-yil 24-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 51-son, 642-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N. YOʻLDOSHEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-QQ-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2744-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2021-yil 27-martdagi 24-QQ-son va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2021-yil 23-martdagi 2744-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 54-moddasiga muvofiq davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomga muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilish jarayonida realizatsiya qilinadigan, shu jumladan davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulk baholash obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni baholashning xususiyati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mol-mulkni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Roʻyxatga olingan mol-mulkni baholashni tashkil etish mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat ijrochisi alohida koʻchar mol-mulkning shartnomaviy narxini faqat alohida olingan mol-mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan oshmagan taqdirdagina, baholovchi tashkilotni jalb etmagan holda mustaqil belgilashi mumkin, avtomototransport vositalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagi mol-mulkni baholash uchun baholovchi tashkilot jalb qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtomototransport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dastgoh va uskunalar hamda ishlab chiqarish liniyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) koʻchmas mulk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) fond birjasining rasmiy listingiga kiritilmagan va markazlashtirilgan tartibda kotirovka qilinmayotgan qimmatli qogʻozlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fond birjasining rasmiy listingiga kiritilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati davlat ijrochisi tomonidan ushbu qimmatli qogʻozlar boʻyicha fond birjasiga yozma soʻrovnoma yuborish orqali belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Garovga qoʻyilgan mol-mulk bilan taʼminlangan majburiyatlarni ijro etishda undiruv ushbu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, garovga qoʻyilgan mol-mulkning kimoshdi savdosi boshlanadigan boshlangʻich realizatsiya qilish narxi sud qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mol-mulk davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanganda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq qaror chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mol-mulk baholovchi tashkilot tomonidan baholangan hollarda davlat ijrochisi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq baholash natijalarini qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mol-mulkni baholash uchun shartnoma tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ijro hujjatlari boʻyicha realizatsiya qilinadigan mol-mulkni baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi hamda tuman (shahar) boʻlimlari va eng maqbul va arzon narxlar taklif qilayotgan baholovchi tashkilot oʻrtasida shartnoma tuziladi. Shartnomada baholovchi tashkilotning xizmat haqini toʻlash boʻyicha shartlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma keyinchalik uzaytirish huquqi bilan bir yil muddatga tuziladi. Shartnomani uzaytirishda baholovchi tashkilot tomonidan mazkur shartnoma shartlariga toʻliq rioya etilganligi va baholash faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan talablar buzilmaganligiga eʼtibor qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida buyurtmachiga zarar yetkazilganligi uchun uning oldida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shartnomaning amal qilish muddati tugagunga qadar taraflardan birining uni bekor qilish toʻgʻrisidagi yozma arizasi kelib tushmagan taqdirda shartnomaning muddati bir yilga uzaytirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mol-mulk mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanganda mol-mulkning alohida olingan shartnomaviy narxi uning ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud maʼlumotlari asosida baholash kunida amal qilib turgan narxining 70 foizidan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochisi mol-mulkning narxini aniqlashda bozordagi mavjud talab va takliflar toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlar (bozor maʼmuriyatidan olingan maʼlumot, internetdan olingan axborot yoki mutaxassis xulosasi)ga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat ijrochisi tomonidan mustaqil baholanishi mumkin boʻlgan mol-mulkning shartnomaviy narxi mol-mulk xatlangandan keyin oʻn kundan kechiktirmasdan belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mol-mulkni baholash toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan eʼtiboran uning nusxasi uch ish kunidan kechiktirmasdan taraflarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Baholovchi tashkilot tomonidan mol-mulkni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Baholashning umumiy shartlari baholash faoliyati toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijro harakatlari davomida davlat ijrochisi mol-mulkning farqlovchi belgilari (turi, navi, markasi, oʻlchami va h.k.) va haqiqiy holatini koʻrsatgan holda roʻyxatini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sotiladigan mol-mulkning boshlangʻich narxini belgilash uchun davlat ijrochisi baholash toʻgʻrisidagi qarori bilan baholovchi tashkilotni jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Baholash muddati va baholovchi tashkilotning xizmat haqi davlat ijrochisi va baholovchi tashkilot tomonidan belgilanib, bu haqda bayonnoma tuziladi. Bunda baholash muddati ijro harakatlarini amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddat inobatga olingan holda belgilanadi, biroq ushbu muddat baholovchi tashkilotga shartnomaga muvofiq barcha hujjatlar taqdim qilingan kundan eʼtiboran 15 kundan oshib ketmasligi lozim.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi tashkilotga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi hamda tuman (shahar) boʻlimlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Baholovchi tashkilot tomonidan baholash obyektiga nisbatan belgilangan tugatilish qiymati davlat ijrochisi uchun mol-mulkning boshlangʻich savdo narxini belgilashga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Baholash obyektlarining tugatilish qiymati (Slik) ularning bozordagi qiymati asosida quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Slik = Sbozor*(1/k)*(1 — eln(1-k) * (tlik/tnorm)), bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Slik— mumkin boʻlgan ekspozitsiya davridan (tnorm) qisqaroq, uni ekspozitsiya qilishning belgilangan davriga (tlik) mos boʻlgan baholash obyektining tugatilish qiymati, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sbozor— baholanayotgan obyektning bozordagi qiymati (soʻm);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k — obyekt sotilishi mumkin boʻlgan eng oxirgi narxini nazarda tutuvchi koeffitsiyent;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tnorm— baholash obyekti ichki bozorda ekspozitsiya qilinadigan oʻrtacha muddat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tlik— obyektining realizatsiyasi uchun belgilangan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ln — tabiiy logarifm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e — tabiiy logarifmga asos qilib olinadigan son (2,718).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash obyekti ichki bozorda ekspozitsiya qilinadigan oʻrtacha muddat (tnorm) (oy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyekt nomi
Muddat
Avtotransport vositalari
Yengil avtomashinalar
2 oy
Yuk avtomobillari
3 oy
Maxsus transportlar
4 oy
Boshqa turdagi transport vositasi
6 oy
Uskunalar
Mashinalar, mexanizmlar, dastgohlar
4 oy
Texnologik liniyalar
6 oy
Koʻchmas mulklar
Turar joylar
3 oy
Savdoga moʻljallangan koʻchmas mulklar
4 oy
Ofisga moʻljallangan koʻchmas mulklar
6 oy
Omborlar
6 oy
Ishlab chiqarishga moʻljallangan koʻchmas mulklar
9 oy
Mulkiy kompleks
12 oy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektining realizatsiyasi uchun belgilangan muddat (tlik) (oy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektining realizatsiyasi uchun belgilanadigan muddat davlat ijrochisi tomonidan sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga asosan tayinlanadi.
(19-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholash obyekti sotilishi mumkin boʻlgan eng oxirgi narxini nazarda tutuvchi koeffitsiyent (k)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K
Koʻchar mol-mulk
Koʻchmas mol-mulk
0,95
0,9
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday mol-mulkning mazkur formula yordamida hisoblangan likvid qiymati uning bozor qiymatining 70 foizidan past boʻlgan taqdirda ushbu mol-mulkning likvid qiymati uning bozor qiymatining 70 foizi miqdorida etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilgan boʻlmasa, davlat ijrochisi baholash natijalari boʻyicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan hisobot asosida savdoga chiqarish uchun mol-mulkning boshlangʻich narxini belgilaydi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1982-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulkni baholash toʻgʻrisida QAROR
______ yil “___” ________
___________________________
(qaror chiqarilgan joy)
Majburiy ijro byurosining ________________ tuman (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi __________________
toʻgʻrisidagi ijro hujjati yuzasidan ______ yil “___” __________da qoʻzgʻatilgan _______-sonli ijro ishi bilan tanishib, quyidagilarni
A N I Q L A D I M :
Mazkur ijro hujjati boʻyicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulklarga qaratish maqsadida ___________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
(roʻyxatga olingan mol-mulklar birma-bir nomi va soni koʻrsatilgan holda yoziladi)
____________________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________ lar roʻyxatga olingan. Ushbu mol-mulklarning alohida olingan qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan, mol-mulkning jami qiymati esa bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ortiq boʻlmaganligi sababli ushbu holatda ularning shartnomaviy narxi baholovchi tashkilotni jalb qilmagan holda mustaqil belgilanishi maqsadga muvofiq boʻladi. Bayon etilganlarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 54, 84, 86-moddalarini qoʻllab,
Q A R O R _Q I L D I M :
1. Ijro harakatlari davomida roʻyxatga olingan __________________________________________ ______________________________________________________________ larga boʻlgan talab va taklifning bozor konyunkturasi holati toʻgʻrisidagi ______________________________________ _________________________________________________________________________________
(bozordan olingan maʼlumot, internetdan olingan axborot va/yoki mutaxassis xulosasining sanasi va raqami)
inobatga olinsin.
2. Roʻyxatga olingan mol-mulklarning alohida olingan qiymati quyidagicha etib belgilansin:
3. Ushbu qarorning nusxasi maʼlumot uchun ijro ishi yuritishdagi taraflarga yuborilsin. 4. Ijro ishi yuritishdagi taraflar oʻtkazilgan baholash natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, qaror nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilishi mumkin.
Majburiy ijro byurosining
_________________
(tuman (shahar) nomi)
tuman (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi
________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholovchi tashkilot tomonidan amalga oshirilgan baholash natijalarini qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish toʻgʻrisida QAROR
______ yil “___” ________
___________________________
(qaror chiqarilgan joy)
Majburiy ijro byurosining ________________ tuman (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi __________________
toʻgʻrisidagi ijro hujjati boʻyicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan ______ yil “___” __________dagi baholash xulosasi bilan tanishib, quyidagilarni
A N I Q L A D I M :
Mazkur ijro hujjati boʻyicha olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida undiruvni qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulklarga qaratish maqsadida ___________________________________________________ ____________________________________________________________________________________________
(roʻyxatga olingan mol-mulklar birma-bir nomi va soni koʻrsatilgan holda yoziladi)
__________________________________ lar baholovchi tashkilot tomonidan quyidagicha baholangan: ________________________________ — ________ soʻm;
Mazkur ijro hujjati boʻyicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan xulosani qabul qilish va ijro ishi hujjatlariga biriktirish maqsadga muvofiq boʻladi. Bayon etilganlarga koʻra hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 20, 54, 75, 84, 86-moddalarini qoʻllab,
Q A R O R _Q I L D I M :
1. Qarzdor _____________________________ dan undiruvchi ________________________________
(qarzdor nomi)
(undiruvchi nomi)
foydasiga ______________________________________________________________ toʻgʻrisidagi
(ijro hujjatining mazmuni)
________-sonli ijro hujjati boʻyicha baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etilgan ______ yil “___” __________ dagi baholash xulosasi qabul qilinsin va ijro ishi hujjatlariga biriktirilsin. 2. Roʻyxatga olingan mol-mulklarning baholash xizmati uchun baholovchi tashkilotga belgilangan tarif asosida toʻlab berilishi lozim boʻlgan ____________ soʻm ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritilsin. 3. Ushbu qarorning nusxasi maʼlumot uchun ijro ishi yuritishdagi taraflarga yuborilsin. 4. Ijro ishi yuritishdagi taraflar baholash natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda, qaror nusxasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun kunlik muddatda davlat ijrochisi joylashgan yerdagi umumiy yurisdiksiya sudiga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilishi mumkin.
Majburiy ijro byurosining
_________________
(tuman (shahar) nomi)
tuman (shahar) boʻlimi davlat ijrochisi
________
___________________________
(imzo)
(F.I.O.)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 10/21/3297/0421-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)