Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024 20.04.2021 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.03.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 25-martdagi 7-sonli “Jinoyat ishlarini apellyatsiya, kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir xilda va to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, jinoyat ishlarini apellyatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish sud protsessi ishtirokchilarining qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan shikoyat berishga bo‘lgan huquqini kafolatlovchi muhim huquqiy institut hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 4972-moddasiga muvofiq, apellyatsiya tartibida ish yuritish mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakili, jabrlanuvchi, uning vakili, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ular vakillarining shikoyati, shuningdek, prokuror va uning o‘rinbosari protesti bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya tartibida ish yuritish JPK 4972-moddasi to‘rtinchi qismiga muvofiq, hukmning o‘z huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boshqa shaxslar tomonidan ham qo‘zg‘atilishi mumkin. Ular jumlasiga qonunda belgilangan tartibda protsessning u yoki bu ishtirokchisi sifatida e’tirof etilmagan, biroq o‘zining haqiqiy holatiga ko‘ra, sud himoyasiga muhtoj bo‘lgan shaxslar (garov beruvchi, mulki xatlangan shaxs va boshqalar) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi shikoyat (protest)ni qabul qilish paytida apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning bunday huquqqa egaligini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunga ko‘ra, apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi hukmi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa, ularga hukm nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shunday muddat ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) JPK 4976-moddasi talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir apellyatsiya shikoyati (protesti) kelib tushgan sanasi ko‘rsatilgan holda ro‘yxatga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash to‘g‘risidagi iltimosnoma sud tomonidan JPK 4975-moddasi birinchi qismiga muvofiq, ko‘rib chiqiladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan JPK 49711-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, yigirma kun ichida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat (protest) berilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) asosli deb topsa, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, o‘tkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va ishni apellyatsiya shikoyati, protesti (xususiy shikoyat yoki xususiy protest) bo‘yicha mazmunan ko‘radi. Bunda ko‘rsatilgan muddatni tiklash to‘g‘risidagi ajrim e’lon qilingandan so‘ng apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi JPK 4976-moddasi ikkinchi qismi talablarini bajarish uchun keyinga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellyatsiya tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan sud muhokamasi chog‘ida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek, sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin emas. Ushbu ajrimlar bo‘yicha e’tirozlar apellyatsiya shikoyati (protesti)ga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqarilgandan so‘ng qabul qilingan amnistiya aktini tatbiq etish, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud bo‘lib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar bo‘lgan va h.k. hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda jinoyat ishining mazmuni yoki hukm (ajrim)ning qonuniyligi va asosliligi bo‘yicha boshqa masalalar qo‘yilgan bo‘lmasa, apellyatsiya tartibida alohida ko‘rilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi va 541-moddasi birinchi qismi qoidalariga muvofiq hal etiladi. Bunday masalalar yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan umumiy asoslarda xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. JPK 4978-moddasida apellyatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyat (protest)ning mazmuni qonun talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan ko‘rishga to‘sqinlik qilsa, sudya uch kunlik muddat ichida ajrim bilan uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday holda shikoyat (protest) qayta rasmiylashtirish uchun JPK 4977-moddasida belgilangan doirada muddat belgilanadi. Mazkur muddat shikoyat (protest)ni uni bergan shaxsga qaytarish to‘g‘risidagi ajrim topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest), jumladan, unda quyidagilar bo‘lmasa qaytarilishi mumkin, ya’ni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) shikoyat (protest) yo‘llanayotgan sudning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) shikoyat bergan shaxs, uning protsessual mavqeyi, yashash joyi yoki turish manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) hukmni chiqargan sudning nomi, sud ishining raqami, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan bo‘lsa, shu shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(6-bandning uchinchi xatboshisi 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) shikoyat (protest) bergan shaxsning vajlari, uning fikriga ko‘ra, hukm yoki boshqa qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) shikoyat (protest) bergan shaxs o‘z talablarini asoslayotgan, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi sabablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan materiallar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) shikoyat (protest) berilgan sana hamda shikoyat (protest) berayotgan shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs sud tomonidan belgilangan muddatda ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etsa, shikoyat (protest) sudga dastlab taqdim etilgan kundan boshlab berilgan hisoblanadi. Sud ko‘rsatmalaridan biri bajarilmagan holda shikoyat (protest) berilmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, qonun apellyatsiya shikoyati berish huquqini amalga oshirish muddatini mahkum, oqlangan shaxs va jabrlanuvchiga hukm nusxasini topshirish fakti bilan bog‘laydi. Shu munosabat bilan ishdagi materiallar (masalan, sud majlisi bayonnomasi) bilan tanishgandan so‘ng “asosiy” shikoyat (protest) taqdim etilishini ko‘rsatib, “dastlabki” apellyatsiya shikoyati (protesti) berilishi qonunda nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jinoyat protsessi ishtirokchisining o‘z shikoyati (protesti)ga o‘zgartirish kiritish huquqi apellyatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlangunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Biroq, JPK 4979-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, apellyatsiya shikoyati (protesti) vajlarini mahkumning ahvolini og‘irlashtiradigan tomonga faqat sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish uchun belgilangan muddatda o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 4974-moddasida belgilangan muddatlar o‘tgandan so‘ng berilgan, mahkumning ahvolini og‘irlashtirishga qaratilgan talablar apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ko‘rib chiqilmaydi, shu jumladan, o‘tkazib yuborilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddati tiklangandan so‘ng berilgan bunday talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. JPK 49710-moddasiga muvofiq, apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs o‘z shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun mazmuniga ko‘ra, apellyatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirgunga qadar qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya shikoyati (protesti)ning qaytarib olinishi, agar ish bo‘yicha boshqa protsess ishtirokchilari tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘lmasa, apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bunday holda sud apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olgan shaxsga nisbatan apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi va boshqa shaxslarga nisbatan davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi masalani hal qilgunga qadar apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarib olayotgan shaxsga apellyatsiya tartibida ish yuritish tugatilishi apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan takroran murojaat qilishga to‘sqinlik qilishini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, JPK 4977-moddasi ikkinchi qismi talablarining bajarilishi protsess ishtirokchilari huquqlarining ta’minlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan apellyatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida ko‘rishga tayyorlash paytida quyidagilarni tekshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkum (oqlangan shaxs)ga, jabrlanuvchiga birinchi instansiya sudi qarorlari nusxasining topshirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protsess ishtirokchilariga apellyatsiya shikoyati (protesti), shuningdek, qo‘shimcha materiallar kelib tushganligi to‘g‘risida xabar berilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan protsess ishtirokchilari tanishtirilganligi hamda ularga ushbu hujjatlar nusxasi topshirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi to‘g‘risida JPK 4972-moddasida ko‘rsatilgan shaxslar xabardor qilinganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi sud qarorining ishda taraf bo‘lmagan shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi yuzasidan apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan kelib tushgan ishni ko‘rishga tayyorlash paytida quyidagilarni tekshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga sud qarori nusxasi topshirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga shikoyat (protest) berilganligi to‘g‘risida xabar berilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan shikoyat (protest) nusxasi unga berilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etish huquqi tushuntirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi to‘g‘risida unga xabar qilinganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablar bajarilmaganligi aniqlangan va ularni o‘zi amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni qayta rasmiylashtirish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli. Birinchi instansiya sudi tomonidan ishni qayta rasmiylashtirish JPK 4977-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlanayotgan va apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish istagini bildirgan mahkumning unda ishtirok etishini ta’minlash ushbu sudning majburiyati hisoblanadi. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushganidan keyin mahkum apellyatsiya instansiyasi sudida ishtirok etish istagini bildirgan yoki bildirmaganligini aniqlash va natijasiga qarab, uni sud majlisiga olib kelish bo‘yicha choralar ko‘rish yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali sud majlisida ishtirok etishi huquqini ta’minlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qo‘llanilgan ehtiyot chorasi turidan qat’iy nazar, mahkumning apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish huquqidan mahrum etilishi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi deb baholanadi va apellyatsiya instansiyasi sudi ajrimi yoki hukmining bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. JPK 49716-moddasi birinchi qismida apellyatsiya sudi majlisida ishtirok etishi shart bo‘lgan taraflar nazarda tutilgan. Shu sababli apellyatsiya instansiyasi sudi har bir ish bo‘yicha ularni sud majlisi joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida oldindan xabardor etish choralarini ko‘rishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror yoki himoyachi sud majlisiga kelmay qolgan taqdirda jinoyat ishini ko‘rib chiqish keyinga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etish huquqiga ega jinoyat protsessi ishtirokchilari doirasi qonunda belgilangan (JPK 49715-moddasi birinchi qismi 2-bandi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudida ishning ko‘rilish joyi, sanasi va vaqti to‘g‘risida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning sud majlisiga kelmasligi jinoyat ishini ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi, sud majlisida ishtirok etishi shart bo‘lgan shaxslar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Apellyatsiya instansiyasi sudi xolislik va beg‘arazlikni saqlagan holda taraflarga o‘z protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 49717-moddasi birinchi qismiga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari bo‘yicha, JPK 552-bobida nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda, ko‘riladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. JPK 49725-moddasiga muvofiq, sud jinoyat ishini apellyatsiya tartibida ko‘rishda apellyatsiya shikoyati, protesti vajlari bilan chegaralanmasdan, sud qarorlari qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini barcha mahkumlarga, shu jumladan, apellyatsiya shikoyati bermagan shaxslarga yoki o‘ziga nisbatan shikoyat, protest berilmagan mahkumlarga nisbatan ham to‘la hajmda tekshiradi. Biroq, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining og‘irlashuviga olib kelsa, prokuror protesti yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyati bo‘lmagan hollarda, sud shikoyat (protest)da keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek, apellyatsiya shikoyati bermagan mahkumlar (oqlangan shaxslar)ga nisbatan ishni ko‘rishga haqli emas (JPK 49729-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar birinchi instansiya sudi tomonidan sud tergovining to‘liq emasligiga yoki bir yoqlamaligiga yoxud protsessual buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudi to‘liq yoki qisman sud tergovini o‘tkazish yo‘li bilan bo‘shliqlarning o‘rnini to‘ldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini ko‘radi. Shu maqsadda apellyatsiya instansiyasi sudi ish holatlari to‘la, har tomonlama va xolisona tekshirib chiqilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan, JPK 49725-moddasi uchinchi qismi 1 — 7-bandlarida nazarda tutilgan harakatlarni bajarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni so‘roq qilish, ekspertizalar o‘tkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida), ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qo‘shimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus ko‘rsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 49725-moddasiga muvofiq, qo‘shimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berish yo‘li bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish chog‘ida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, apellyatsiya instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki u tomonidan talab qilib olingan va tekshirib chiqilgan yangi dalillarni ham e’tiborga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Apellyatsiya shikoyatida (protestida) protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan ko‘rsatuvlari ularning birinchi instansiya sudida aslida bergan ko‘rsatuvlariga mos emasligi to‘g‘risida keltirilgan vajlar bu shaxslarni apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida so‘roq qilish yo‘li bilan tekshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Apellyatsiya instansiyasi sudida taraflar muzokaralari JPK 449-moddasi qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi, biroq bunda shikoyat (protest) bergan shaxs birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bo‘yicha bir necha apellyatsiya shikoyati (protesti) mavjud bo‘lganda, birinchi bo‘lib ayblov tarafiga tegishli protsess ishtirokchilari so‘zga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qonunga ko‘ra, apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan mahkumga oxirgi so‘z berilmasligi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi sanaladi va apellyatsiya hukmi yoki ajrimining bekor bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. JPK 49729-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, apellyatsiya instansiyasi sudi jazoni kuchaytirishga, shuningdek, unga e’lon qilingan ayblov doirasida og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llashga faqat shu asoslarga ko‘ra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoxud prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudi faqat prokuror tomonidan protest bildirilgan, jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilgan hollardagina oqlov hukmini bekor qilib, ayblov hukmi chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni ko‘rish vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qo‘yilmagan jinoyatni sodir etganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi (JPK 416-moddasi birinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni ko‘rish vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi (JPK 417-moddasi birinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyat ishini apellyatsiya tartibida ko‘rish chog‘ida JPK 416-moddasi ikkinchi — beshinchi qismlarida, JPK 417-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud prokurorning, jabrlanuvchining, uning vakilining, mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko‘ra, sudlanuvchini yangi ayblov bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaxsni ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada ko‘rsatgan holda topshiradi. Bunda ko‘rilayotgan jinoyat ishi sudning ish yurituvida qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday iltimosnoma kiritilmagan, sudning ajrimi JPK 416, 417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan, prokurorning ayblovga qo‘shimcha kiritish yoki yangi shaxsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi kelib tushgan holda, apellyatsiya instansiyasi sudi sud muhokamasini e’lon qilingan ayblov doirasida va jinoyat ishida mavjud bo‘lgan dalillar asosida davom ettiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkumga yangi ayblovning qo‘yilishi yoki yangi shaxs ayblanuvchi sifatida ishda ishtirok etish uchun jalb etilishi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ayblov hukmi bekor qilinishiga va ish birinchi instansiya sudiga yangidan ko‘rish uchun yuborilishiga asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Qandaydir sababga ko‘ra, ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish ko‘rilgandan so‘ng kelib tushsa yoki o‘tkazib yuborilgan muddat JPK 4975-moddasi tartibida tiklansa yoxud mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) ko‘rilgandan so‘ng kelib tushsa, apellyatsiya instansiyasi sudi JPK 49735-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Apellyatsiya instansiyasi sudi, agar chiqarilgan hukm JPK 455-moddasi talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni o‘zgarishsiz qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni o‘zgarishsiz qoldirganda apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 533-moddasi birinchi qismi 3-bandida ko‘rsatilgan asos mavjud bo‘lganda, hukmning ijrosini kechiktirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya aktini qo‘llashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. JPK 49719-moddasida hukm bekor qilinishi va o‘zgartirilishi uchun bir xil asoslar belgilangan bo‘lib, apellyatsiya instansiyasi sudi, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, bu asoslarni u yoki bu tarzda qo‘llashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm quyidagi hollarda o‘zgartirilishi shart, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tergovi to‘liq bo‘lmasa yoki bir yoqlama olib borilgan bo‘lib, biroq yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar to‘ldirilganidan so‘ng apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat kvalifikatsiyasini o‘zgartirish zarurligi haqida xulosaga kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq bo‘lmay, biroq apellyatsiya instansiyasi sudi ularga mahkumning ahvolini og‘irlashtirmagan holda tegishli baho bera olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bo‘yicha JPK normalari buzilgan bo‘lib, biroq ularning apellyatsiya instansiyasida bartaraf etilishi hukmni bekor qilishni talab etmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) normalari noto‘g‘ri qo‘llanilgan bo‘lib, biroq apellyatsiya instansiyasi sudi bu xatoni mahkumning ahvolini og‘irlashtirmagan holda tuzatishi mumkin bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya instansiyasi sudi tayinlangan jazo yengillashtirilishi lozim deb hisoblasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni o‘zgartirish uchun asoslar mavjud bo‘lganda quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini og‘irlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni noto‘g‘ri baholash tufayli ortiqcha e’lon qilingan JK moddasini chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 70 — 72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, mahkumni jazodan ozod qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazo miqdorini o‘zgartirishga va JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida boshqa yengilroq yoxud JK 57-moddasini qo‘llagan holda jazo tayinlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumning ahvolini og‘irlashtirmagan holda JK 59 yoki 60-moddasini qo‘llab, jazo miqdorini o‘zgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat natijasida yetkazilgan zarar, shuningdek, ma’naviy ziyonning kompensatsiyasi miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirishga, shuningdek, ushbu masala birinchi instansiya sudi tomonidan hal etilmagan hollarda, bunday zararni qoplash to‘g‘risida qaror qabul qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumni o‘ta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni o‘ta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan, qattiqroq turini belgilashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar to‘g‘risidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan, JK 57-moddasi qo‘llanilganda ham, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmning qo‘shimcha jazo tayinlash haqidagi qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. JPK 49729-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishini JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq jazo tayinlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart bo‘lgan ikki yoki undan ortiq qilmish JK bir necha moddasi bilan noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni JK tegishli moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, shu modda bo‘yicha yangi jazo belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash prinsipi (JK 59-moddasi ikkinchi qismi) noto‘g‘ri qo‘llanilganligi aniqlanganda, apellyatsiya instansiyasi sudi jazolarni qo‘shish prinsipiga o‘tishi mumkin. Bunda yangi jazo hukm bo‘yicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) bo‘yicha ish holatlari to‘liq tekshirilmagan deb topilganda, agar yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘ldirish uchun imkoniyat bo‘lmasa, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni o‘zgartirib, ularni hukmdan chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahkum JK turli moddalari bo‘yicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini o‘zgartirib, o‘sha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini o‘zgarishsiz qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm so‘zsiz bekor qilinishiga sabab bo‘ladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK 49722-moddasida ko‘rsatilgan. Bunday qonun buzilishini aniqlaganda, apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi kimning shikoyati (protesti)ga ko‘ra ko‘rilayotganligidan qat’iy nazar, yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan hukmni bekor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi apellyatsiya instansiyasi sudini shikoyat, protestda keltirilgan boshqa vajlarni ham (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning to‘g‘riligi, jazoning adolatliligi to‘g‘risida va h.k.) mazmunan ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha ajrimda tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan jinoyat-protsessual qonuni jiddiy buzilishi hollari apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan hukm bekor qilinib, yangi hukm, shu jumladan, ayblov yoki oqlov hukmi chiqarilishiga yoki ishning JPK 84-moddasiga muvofiq tugatilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati o‘tgandan so‘ng jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hollarda, hukm, garchi unda mahkum jazodan ozod qilingan bo‘lsa-da, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar apellyatsiya instansiyasi sudi mahkumning harakatlarini JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi to‘g‘risida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qo‘llanilishini istisno etuvchi amnistiya akti ta’siri doirasiga tushsa, apellyatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi qabul qilishi shart bo‘lgan qaror chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, bu modda bo‘yicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi hamda uchinchi qismi 2 va 5-bandlariga ko‘ra, jazodan ozod qilinishi lozim bo‘lgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar amnistiya akti birinchi instansiya sudi tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan mahkumga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudi, jabrlanuvchi yoki uning vakilining shikoyati yoki prokuror protesti bo‘lgan taqdirda, hukmni bekor qiladi va yangi hukm chiqarish orqali amnistiya aktini qo‘llamagan holda yangi jazo tayinlaydi (JPK 49729-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari). Agar apellyatsiya instansiyasi sudi amnistiya akti qo‘llanilgan holda hukmda tayinlangan jazo amnistiya akti qo‘llanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, u hukmdan amnistiya aktini qo‘llash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, hukmda amnistiya akti qo‘llanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Apellyatsiya instansiyasi sudi mahkumga nisbatan unga e’lon qilingan ayblov doirasida jabrlanuvchi, uning vakili shikoyatida yoki prokuror protestida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha jazoni kuchaytirish yoki og‘irroq jinoyatga oid qonunni qo‘llash lozimligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, birinchi instansiya sudi hukmini bekor qiladi va yangi ayblov hukmi chiqaradi. Masalan, shikoyat (protest)da faqat mahkumning harakatlari noto‘g‘ri kvalifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi masala qo‘yilgan bo‘lsa, sud hukmni jazoning yengilligi sababli bekor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zga mahkumlar yoki ular himoyachilarining og‘irroq jinoyatga doir qonunni qo‘llash zarurligi yoki jazoning yengilligi to‘g‘risidagi shikoyatlari hukmni mahkumning ahvolini og‘irlashtiruvchi tomonga bekor qilish uchun sabab bo‘la olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Apellyatsiya instansiyasi sudi hukmni bekor qilish uchun asoslar mavjud bo‘lganda quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmi chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmi chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) JPK 416-moddasi o‘n ikkinchi qismida yoki 417-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, ayblov hukmini bekor qilish va ishni birinchi instansiya sudiga yuborishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning 1 — 3-kichik bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Jinoyat-protsessual qonuni mazmuniga ko‘ra, ishni xususiy shikoyat (protest) bo‘yicha ko‘rganda apellyatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi instansiya sudi ajrimini o‘zgarishsiz, xususiy shikoyatni (protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni umumiy asoslarda dastlabki tergov o‘tkazish uchun prokurorga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va amnistiya aktini qo‘llashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birinchi instansiya sudi xususiy ajrimini bekor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) birinchi instansiya sudi ajrimini o‘zgartirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining xususiy shikoyat (protest) bo‘yicha chiqargan ajrimi uzil-kesil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi faqat oqlangan shaxs, uning himoyachisi, qonuniy vakilining shikoyatiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin (JPK 49730-moddasi ikkinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, faqat, shaxsning asossiz oqlanganligi to‘g‘risida jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyati yoki prokurorning protesti bo‘lgan holda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan shikoyat (protest) berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi uchun asos bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Agar mahkum o‘zi yoki protsessning boshqa ishtirokchilari tomonidan apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgandan so‘ng, biroq ish apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar bo‘lgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qilib, oqlov hukmi chiqaradi, boshqa hollarda esa, hukmni bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi 3-bandiga muvofiq tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar marhumning yaqin qarindoshlaridan birortasi jinoyat ishi JPK 84-moddasi birinchi qismi 3-bandiga asosan tugatilishiga e’tiroz bildirsa, jinoyat ishini yuritish umumiy tartibda olib boriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi to‘g‘risida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘rilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini o‘ziga olgan shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan da’vo bo‘yicha fuqarolik ish yurituv tartibida ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi va ajrimi JPK 49731-moddasi talablariga muvofiq bo‘lishi, jumladan, unda apellyatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi u e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va birinchi instansiya sudi tomonidan ish apellyatsiya instansiyasi sudidan kelib tushgan kundan e’tiboran uch sutka ichida ijroga qaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganda, shuningdek, surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlagan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi xususiy ajrim chiqarish yo‘li bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning e’tiborini bunga jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarori o‘zgarishsiz qoldirilganda, apellyatsiya instansiyasi sudi uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga oluvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarning apellyatsiya instansiyasida sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rib chiqilishi uchun qonunda berilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellyatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida” 2018-yil 24-avgustdagi 25-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son