Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021 24.08.2018 yildagi 25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 13-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat ishlarini apellatsiya tartibida koʻrish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartirishlar kiritilganligi, sud amaliyotida masalalar kelib chiqayotganligi munosabati bilan hamda qonun normalarini bir taxlitda va toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning ishi yuqori instansiya sudida qayta koʻrilishiga boʻlgan huquqlari taʼminlanishiga qaratilgan muhim huquqiy vositasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi) 4972, 498-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish mahkum, oqlangan shaxs, uning himoyachisi va qonuniy vakili, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar hamda ular vakillarining shikoyati, shuningdek prokuror va uning oʻrinbosari protesti boʻyicha qoʻzgʻatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish JPK 4972-moddasining toʻrtinchi qismi hamda JPK 498-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq hukmning oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga daxldor qismi ustidan shikoyat berish huquqiga ega boshqa shaxslar tomonidan ham qoʻzgʻatilishi mumkin. Ular jumlasiga qonunda belgilangan tartibda protsessning u yoki bu ishtirokchisi sifatida eʼtirof etilmagan, biroq oʻzining haqiqiy holatiga koʻra sud himoyasiga muhtoj boʻlgan shaxslar (garov beruvchi, mulki xatlangan shaxs va boshqalar) kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan birinchi instansiya sudi shikoyat (protest)ni qabul qilish paytida apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning bunday huquqqa egaligini tekshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonunga koʻra apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) hukm chiqargan sud orqali beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya shikoyati (protesti) hukm eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn sutka ichida, mahkum, oqlangan shaxs, jabrlanuvchi tomonidan esa, ularga hukm nusxasi topshirilgan kundan eʼtiboran shunday muddat ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatlarda bevosita apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudiga berilgan shikoyat (protest) JPK 4977-moddasi hamda 479-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlari, shuningdek JPK 499-moddasi talablarini bajarish uchun hukm chiqargan sudga yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) u kelib tushgan sana koʻrsatilgan holda roʻyxatga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnoma sud tomonidan JPK 4975-moddasi birinchi qismiga muvofiq koʻrib chiqiladi va bu haqda ajrim chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan JPK 4979-moddasining birinchi qismi qoidalariga muvofiq oʻn kun ichida xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat (protest) berilganda, apellatsiya instansiyasi sudi shikoyatni (protestni) asosli deb topsa, birinchi instansiya sudining ajrimini bekor qilib, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi va ishni apellatsiya shikoyati, protesti (xususiy shikoyat yoki xususiy protest) boʻyicha mazmunan koʻradi. Bunda, koʻrsatilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ajrim eʼlon qilingandan soʻng apellatsiya instansiyasi sudining majlisi JPK 479-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari talablarini bajarish uchun keyinga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonunda kassatsiya shikoyati (protesti) berish uchun biron-bir muddat belgilanmagan. Shu bilan birga, JPK 500-moddasi mazmuniga koʻra, hukm (ajrim) qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir yil oʻtgandan soʻng berilgan shikoyat (protest), basharti unda ogʻirroq jinoyatga doir qonun moddalarini qoʻllash zarurligi, jazoni kuchaytirish yoki mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan boshqa oʻzgarishlar (mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topish, jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq turini belgilash, shartli hukmni bekor qilish, undiruv miqdorini koʻpaytirish, basharti bu jinoyat kvalifikatsiyasi mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga oʻzgartirilishiga olib kelsa va h.k.), shuningdek oqlov hukmini yoxud ishni tugatish toʻgʻrisidagi ajrimini bekor qilish nazarda tutilgan boʻlsa, sud tomonidan qanoatlantirilishi mumkin emas. Bunda bir yillik muddat tegishli hukm, ajrim qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan qaror qabul qilingan kun qoʻshilgan holda hisoblanishi kerak. Bir yillik muddat oʻtgandan soʻng berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) qoʻrib chiqilmaydi va uni bergan shaxsga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kassatsiya shikoyati (protesti) JPK 500-moddasida koʻrsatilgan bir yillik muddat oʻtgunga qadar berilgan boʻlib, mazkur muddat ish boʻyicha qaror qabul qilingunga qadar oʻtib ketsa, u qanoatlantirilmasdan qoldiriladi va bu haqda shikoyat (protest) bergan shaxsga maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti boʻyicha muayyan istisnolar belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan sud muhokamasi chogʻida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, protsess ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga oid ajrimlar ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin emas. Ushbu ajrimlar boʻyicha eʼtirozlar apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm chiqarilgandan soʻng qabul qilingan amnistiya aktini tatbiq etish, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalari yuzasidan, shuningdek, mahkumga nisbatan ijro etilmagan bir necha hukm mavjud boʻlib, keyingi hukmni chiqargan sud bundan bexabar boʻlgan va h.k. hollarda berilgan shikoyat (protest), agar unda ayni bir paytda jinoyat ishining mazmuni yoki hukm (ajrim)ning qonuniyligi va asosliligi boʻyicha boshqa masalalar qoʻyilgan boʻlmasa, apellatsiya, kassatsiya tartibida alohida koʻrilmaydi. Bu masalalar birinchi instansiya sudi tomonidan JPK 540-moddasi va 541-moddasining birinchi qismi qoidalariga muvofiq hal etiladi. Bunday masalalar yuzasidan chiqarilgan sud ajrimi ustidan umumiy asoslarda xususiy shikoyat (xususiy protest) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. JPK 4977, 5021-moddalarida apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning mazmuni yuzasidan muayyan talablar belgilanganligi tufayli, birinchi instansiya sudi shikoyat (protest) beruvchi shaxs tomonidan ularga rioya etilganligini tekshirishi shart..
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyat (protest)ning mazmuni qonun talablariga javob bermasa va bu keyinchalik ishni mazmunan koʻrishga toʻsqinlik qilsa, sudya uch kunlik muddat ichida ajrim bilan uni bergan shaxsga qaytaradi. Bunday holda shikoyat (protest) qayta rasmiylashtirish uchun JPK 4976, 502-moddalarida belgilangan doirada muddat belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shikoyat (protest), jumladan, unda quyidagilar boʻlmasa qaytarilishi mumkin, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat (protest) bergan shaxs yoki kimga nisbatan hukm ustidan shikoyat (protest) keltirayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat (protest) bergan shaxsning, uning fikriga koʻra hukm yoki boshqa qarorning notoʻgʻriligi nimadan iborat ekanligi toʻgʻrisidagi vajlari va talablarining mazmuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi oʻz talablarini asoslayotgan hamda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilishi shart boʻlgan dalillar toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shikoyat (protest) bergan shaxsning imzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs sud tomonidan belgilangan muddatda ajrimda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etsa, shikoyat (protest) sudga dastlab taqdim etilgan kundan boshlab berilgan hisoblanadi. Sud koʻrsatmalaridan biror-bittasi ajratilmagan holda shikoyat (protest) berilmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qonun apellatsiya shikoyati berish huquqini amalga oshirish muddatini mahkum, oqlangan shaxs va jabrlanuvchiga hukm nusxasini topshirish fakti bilan bogʻlaydi. Shu tufayli, ishdagi materiallar (masalan sud majlisi bayonnomasi) bilan tanishgandan soʻng “asosiy” shikoyat (protest) taqdim etilishini koʻrsatib, “dastlabki” apellatsiya shikoyati (protesti) berilishi qonunda nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish istagini bildirgan protsess ishtirokchisi JPK 479-moddasining birinchi qismi va 49711-moddasining toʻqqizinchi qismiga muvofiq sudga qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jinoyat protsessi ishtirokchisining oʻz shikoyati (protesti)ga oʻzgartirish kiritish huquqi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirgunga qadar amalga oshirilishi mumkin. Biroq, JPK 4977-moddasi birinchi qismining 4-bandi mazmuniga koʻra, mahkumning ahvolini ogʻirlashtiradigan tomonga apellatsiya shikoyati (protesti) talablari faqat sud qarori ustidan shikoyat (protest) berish uchun belgilangan muddatlarda, kassatsiya shikoyati (protesti) talablarini oʻzgartirish esa, JPK 500-moddasida nazarda tutilgan muddatda oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun mazmuniga koʻra, apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlari apellatsiya, kassatsiya sudi maslahatxonaga kirgunga qadar oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 4974, 500-moddalarida belgilangan muddatlar oʻtgandan soʻng berilgan, mahkumning ahvolini ogʻirlashtirishga qaratilgan talablar apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan eʼtiborga olinmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. JPK 4978, 503-moddalariga muvofiq apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxs oʻz shikoyati (protesti)ni, mahkum esa, himoyachisi bergan shikoyatni ham qaytarib olish huquqiga ega. Protestni qaytarib olish huquqi yuqori turuvchi prokurorga ham tegishli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun mazmuniga koʻra apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirgunga qadar qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ning qaytarib olinishi, agar ish boʻyicha boshqa protsess ishtirokchilari tomonidan berilgan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻlmasa, apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish tugatilishiga olib keladi. Bunda, agar shikoyat (protest) apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlangunga qadar qaytarib olingan boʻlsa, u shikoyat (protest) nusxasi ishda saqlangan holda shikoyat (protest) bergan shaxsga xat orqali qaytariladi, boshqa hollarda esa, sud, kimga nisbatan shikoyat (protest) berilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga nisbatan apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida bayonnomada aks ettiriladigan ajrim chiqaradi. Apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ish yuritish tugatilishi mazkur shaxs tomonidan qayta kassatsiya shikoyati (protesti) berilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JPK 4976-moddasi ikkinchi qismi, 502-moddasi talablarining bajarilishi protsess ishtirokchilari huquqlarining taʼminlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni sud majlisida koʻrishga tayyorlash paytida quyidagilarni tekshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkum (oqlangan shaxs)ga, jabrlanuvchiga birinchi instansiya sudi qarorlari nusxasining topshirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protsess ishtirokchilariga apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti), shuningdek qoʻshimcha materiallar kelib tushganligi toʻgʻrisida xabar berilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan protsess ishtirokchilari tanishtirilganligi hamda ularga ushbu hujjatlar nusxasi topshirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
protsess ishtirokchilarining apellatsiya, kassatsiya instansiyasida ish koʻriladigan joy va vaqt toʻgʻrisida tegishli tarzda xabardor etilganligi, shuningdek mahkum (oqlangan shaxs), uning himoyachisi va qonuniy vakillariga, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillariga apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etish huquqining tushuntirilganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi sud qarorining ishda taraf boʻlmagan shaxs huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qismi yuzasidan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) bilan kelib tushgan ishni koʻrishga tayyorlash paytida quyidagilarni tekshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga sud qarori nusxasi topshirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga shikoyat (protest) berilganligi toʻgʻrisida xabar berilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan shikoyat (protest) nusxasi unga berilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etish huquqi tushuntirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisi oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida xabar berilganligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablar bajarilmaganligi aniqlangan va ularni oʻzi amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlmagan taqdirda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ishni qayta rasmiylashtirish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga haqli. Birinchi instansiya sudi tomonidan ishni qayta rasmiylashtirish JPK 4976 va 502-moddalarida nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda yoki uy qamogʻida saqlanayotgan va apellatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish istagini bildirgan mahkumning unda ishtirok etishini taʼminlash ushbu sudning majburiyati hisoblanadi. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan soʻng mahkumning apellatsiya instansiyasi sudida ishtirok etish istagini bildirgan yoki bildirmaganligi aniqlanishi va natijasiga qarab, uni sud majlisiga olib kelish choralari koʻrilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllanilgan ehtiyot chorasi turidan qatʼiy nazar, mahkumning apellatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashish huquqidan mahrum etilishi jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi deb baholanadi va sud ajrimining bekor boʻlishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahkum (oqlangan shaxs)ning kassatsiya instansiyasi sudi majlisida qatnashishi masalasini hal etish sudning huquqiga tegishlidir. Shuning uchun jinoyat ishi kelib tushgandan soʻng mahkum (oqlangan shaxs)ning kassatsiya instansiyasi sudida ishtirok etishiga zarurat borligi aniqlanishi va natijasiga qarab, uning sud majlisida ishtirok etishi choralari koʻrilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. JPK 480-moddasi birinchi qismi mazmuniga koʻra apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mazkur instansiyada davlat ayblovini quvvatlash vakolatiga ega boʻlgan prokurorni har bir ish boʻyicha oldindan xabardor etish choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etishga huquqi bor shaxslar doirasi qonunda belgilangan (JPK 479-moddasi toʻrtinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning koʻrilish joyi, sanasi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor etilgan shaxslarning uzrli sabablarsiz sud majlisiga kelmasligi uni koʻrish uchun toʻsiq boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytda, qonunga koʻra apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida prokurorning ishtiroki shart boʻlib, bunday holda, JPK 25-moddasi birinchi qismi hamda 51-moddasi birinchi qismi 6, 9-bandlari mazmunidan kelib chiqib, ushbu instansiyada himoyachining ishtiroki ham taʼminlanishi shart (JPK 52-moddasida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno). Shu sababli prokuror yoki himoyachi kelmagan hollarda ishning muhokamasi keyinga qoldirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xolislik va begʻarazlikni saqlagan holda taraflarga oʻz protsessual huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ishning muhokamasi, JPK 49711-moddasi va 49712-moddasi birinchi qismi, 506-moddasida nazarda tutilgan istisnolarni inobatga olgan holda, birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi qisman yoki toʻliq sud tergovi oʻtkazishi, shu jumladan, birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirib chiqishi va ularga sud majlisida aniqlangan yangi holatlarni inobatga olgan holda huquqiy baho berishi mumkin (JPK 490-moddasi uchinchi qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomalarini (yangi guvohlarni soʻroq qilish, ekspertizalar oʻtkazish, ashyoviy dalillar va hujjatlarni talab qilib olish va boshqalar haqida), ular birinchi instansiya sudi tomonidan rad etilganligi sababligina, rad etishga haqli emas. Zarur hollarda sud qoʻshimcha dalillarni talab qilib olishda tashabbus koʻrsatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 481-moddasiga muvofiq qoʻshimcha materiallar sud tomonidan tergov organlariga muayyan tergov harakatlarini oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriq berish yoʻli bilan ham olinishi mumkin. Bu haqda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi, ishning muhokamasi esa keyinga qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Apellatsiya, kassatsiya shikoyatida protsess ishtirokchilarining sud majlisi bayonnomasida qayd etilgan koʻrsatuvlari ularning birinchi instansiya sudida aslida bergan koʻrsatuvlariga mos emasligi toʻgʻrisida keltirilgan vajlar bu shaxslarni apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida soʻroq qilish yoʻli bilan tekshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida taraflar muzokaralari tegishlicha JPK 449, 506-moddalari qoidalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha bir necha apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) mavjud boʻlganda, birinchi boʻlib ayblov tarafiga tegishli protsess ishtirokchilari soʻzga chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qonunga koʻra, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan mahkumga oxirgi soʻz berilmasligi, jinoyat-protsessual qonunining jiddiy buzilishi sanaladi va apellatsiya, kassatsiya instansiyasi ajrimining bekor boʻlishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudi tomonidan ishning haqiqiy holatlari qanchalik toʻgʻri aniqlanganligini, jinoyat va jinoyat-protsessual qonuni normalari qanchalik toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 494-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jazoni kuchaytirishga, shuningdek ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllashga faqat shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan va JPK 500-moddasida belgilangan muddat oʻtib ketmagan hollardagina haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni koʻrish vaqtida sudlanuvchi tomonidan ayb eʼlon qilinmagan boshqa jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi JPK 416-moddasi birinchi qismi qoidalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ishni koʻrish vaqtida javobgarlikka tortilmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilganligini koʻrsatuvchi holatlar aniqlansa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi JPK 417-moddasi birinchi qismi qoidalariga muvofiq qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi faqat prokuror tomonidan protest bildirilgan, jabrlanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilgan hollardagina oqlov hukmini bekor qilib, ayblov hukmi chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. JPK 482-moddasiga muvofiq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi shikoyat (protest)da bayon etilgan vajlar bilangina chegaralanmasdan, sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini toʻla hajmda (taftish tartibida) tekshirishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish boʻyicha bir necha mahkum (oqlangan shaxs) oʻtgan boʻlib, hukm ustidan ulardan ayrimlari shikoyat bergan hollarda ham apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida ish barcha mahkumlarga (oqlangan shaxslarga) nisbatan koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, agar bu mahkum (oqlangan shaxs) ahvolining ogʻirlashuviga olib kelsa, prokuror protesti yoki jabrlanuvchining shikoyati boʻlmagan hollarda, sud shikoyat (protest)da keltirilgan vajlar doirasidan chetga chiqishga, shuningdek apellatsiya. kassatsiya shikoyati bermagan mahkumlar (oqlangan shaxslar)ga nisbatan ishni koʻrishga haqli emas (JPK 494-moddasi ikkinchi va beshinchi qismlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasida ishning taftish tartibida tekshirilishi sud qarori ustidan apellatsiya shikoyati bermagan protsess ishtirokchilarini (agar ularga nisbatan hukm oʻzgartirilgan boʻlsa) kassatsiya shikoyati berish huquqidan mahrum qiladi, chunki bunda har doim apellatsiya instansiyasi ajrimining qonuniyligi va asosliligi shubha ostiga olinadi. Bunday hollarda shikoyat (protest) nazorat tartibida koʻrib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya tartibida shikoyat bermagan shaxs, agar apellatsiya instansiyasi sudi ajrimida uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor xulosalar qilinmagan boʻlsa, sud qarori ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Qandaydir sababga koʻra ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish koʻrilgandan soʻng kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat JPK 4975-moddasi tartibida tiklansa yoxud mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgandan soʻng kelib tushsa, apellatsiya instansiyasi sudi JPK 49717-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qandaydir sababga koʻra ayrim mahkumlarga nisbatan qonunda belgilangan muddatda berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) boshqa mahkumlarga nisbatan ish koʻrilgandan soʻng kelib tushsa yoki mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati shu mahkumga nisbatan protsessning boshqa ishtirokchisi tomonidan berilgan shikoyat (protest) koʻrilgandan soʻng kelib tushsa, kassatsiya instansiyasi sudi JPK 508-moddasida belgilangan qoidalarga rioya qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, agar chiqarilgan hukm JPK 455-moddasi talablariga muvofiq ekanligini aniqlasa, uni oʻzgarishsiz qoldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukmni oʻzgarishsiz qoldirganda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JPK 533-moddasi birinchi qismi 3-bandida koʻrsatilgan asos mavjud boʻlganda — hukmning ijrosini kechiktirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amnistiya aktini qoʻllashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. JPK 484-moddasida hukm bekor qilinishi va oʻzgartirilishi uchun umumiy asoslar belgilangan boʻlib, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, ishning muayyan holatlaridan kelib chiqqan holda, ularni u yoki bu tarzda qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukm quyidagi hollarda oʻzgartirilishi shart, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tergovi toʻliq boʻlmasa yoki bir yoqlama olib borilgan boʻlib, biroq yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻldirilganidan soʻng apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat kvalifikatsiyasi oʻzgartirilishi zarurligi haqida xulosaga kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmda bayon qilingan sud xulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq boʻlmay, biroq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ularga, shu jumladan mahkumning ahvolini ogʻirlashtirgan holda tegishli baho bera olsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish boʻyicha JPK normalari buzilgan boʻlib, biroq ularning apellatsiya, kassatsiya instansiyasida bartaraf etilishi hukmning oʻzgartirilishiga olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda JK deb yuritiladi) normalari notoʻgʻri qoʻllanilgan boʻlib, biroq apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi bu xatoni, shu jumladan mahkumning ahvolini ogʻirlashtirgan holda tuzatishi mumkin boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tayinlangan jazo yengillashtirilishi yoki ogʻirlashtirilishi (shu jumladan, qoʻshimcha jazo tayinlash yoʻli bilan) lozim deb hisoblasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmni oʻzgartirish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qilmishni JK boshqa moddasiga (bir necha moddalariga) qayta kvalifikatsiya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmdan ayblovning bir qismini (ayrim epizodlarini) yoki mahkumning javobgarligini ogʻirlashtiruvchi belgilarni chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayblovning birinchi instansiya sudi tomonidan chiqarilgan bir qismini (ayrim epizodlarini) ayblovga qoʻshishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmdan jinoyatlarning ideal majmui tariqasida qilmishni notoʻgʻri baholash tufayli ortiqcha eʼlon qilingan JK moddasini chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 70 — 72-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda — mahkumni jazodan ozod qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazo miqdorini oʻzgartirib, JK Maxsus qismi moddasi sanksiyasi doirasida yengilroq yoki ogʻirroq jazo (asosiy va qoʻshimcha) tayinlashga yoxud JK 57-moddasini qoʻllagan holda boshqa jazo tayinlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 59 yoki 60-moddasini qoʻllab, jazo miqdorini oʻzgartirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat natijasida yetkazilgan zararni qoplash miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirishga, shuningdek ushbu masala birinchi instansiya sudi tomonidan hal etilmagan hollarda — bunday zararni qoplash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumni oʻta xavfli retsidivist deb topishga yoki hukmdan uni oʻta xavfli retsidivist deb topish haqidagi qarorni chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumga nisbatan jazoni ijro etish koloniyasining boshqa, shu jumladan qattiqroq turini belgilashga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Asosiy jazo yengillashtirilganda, shu jumladan JK 57-moddasi qoʻllanilganda ham, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmning qoʻshimcha jazo tayinlash haqidagi qismini oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. JPK 494-moddasi birinchi va ikkinchi qismlari talablariga rioya etgan holda mahkumning qilmishini JK bir moddasidan ikki va undan ortiq moddalariga qayta kvalifikatsiya qilganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmga tegishli oʻzgartirishlar kiritishi va JK 59-moddasida belgilangan qoidaga muvofiq jazo tayinlashga haqli. Bunda yangi jazo hukm boʻyicha tayinlangan jazodan faqat shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilgan yoki prokuror tomonidan protest bildirilgan hollardagina ogʻirroq boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar JK bir moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi shart boʻlgan ikki yoki undan ortiq qilmish JK bir necha moddasi bilan notoʻgʻri kvalifikatsiya qilingan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ushbu qilmishlarni JK tegishli moddasiga qayta kvalifikatsiya qilib, shu modda boʻyicha jazo belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Birinchi instansiya sudi tomonidan jazolarni qoplash prinsipi (JK 59-moddasi uchinchi qismi) notoʻgʻri qoʻllanilganligi aniqlanganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jazolarni qoʻshish prinsipiga oʻtishi mumkin. Bunda, agar shu asoslarga koʻra jabrlanuvchi yoki uning vakili tomonidan shikoyat berilmagan yoki prokuror tomonidan protest bildirilmagan boʻlsa, yangi jazo hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo miqdoridan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Boshqa epizodlar bilan umumiy kvalifikatsiya qilingan bir yoki bir necha epizod (masalan, bir necha marta pora olganlik) boʻyicha ish holatlari toʻliq tekshirilmagan deb topilganda, agar yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni toʻldirish uchun imkoniyat boʻlmasa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmni oʻzgartirib, ularni hukmdan chiqarishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mahkum JK turli moddalari boʻyicha kvalifikatsiya qilingan bir necha jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmning bir yoki bir necha jinoyatga oid qismini oʻzgartirib, oʻsha mahkumga nisbatan hukmning qolgan qismini oʻzgarishsiz qoldirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Jinoyat-protsessual qonuni normalarining hukm soʻzsiz bekor qilinishiga sabab boʻladigan darajada jiddiy buzilishi tushunchasi JPK 487-moddasida koʻrsatilgan. Bunday qonun buzilishini aniqlaganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishi kimning shikoyati (protesti)ga koʻra koʻrilayotganligidan qatʼiy nazar, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishi daxl etgan barcha mahkumlarga nisbatan hukmni bekor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, jinoyat-protsessual qonuni normalari jiddiy buzilganligining aniqlanishi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudini shikoyat, protestda keltirilgan boshqa vajlarni ham (ayblovning isbotlanganligi, kvalifikatsiyaning toʻgʻriligi, jazoning adolatliligi toʻgʻrisida va h.k.) mazmunan koʻrib chiqish va ular boʻyicha ajrimda tegishli xulosa chiqarish majburiyatidan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishi boʻyicha yoʻl qoʻyilgan jinoyat-protsessual qonuni jiddiy buzilishi hollari apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan hukm bekor qilinib, yangi hukm, shu jumladan ayblov yoki oqlov hukmi chiqarilishiga yoki ishning JPK 84-moddasiga muvofiq tugatilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod etishni nazarda tutuvchi amnistiya aktiga zid ravishda yoki jinoiy javobgarlikka tortish muddati oʻtgandan soʻng jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hollarda, hukm, garchi unda mahkum jazodan ozod qilingan boʻlsa-da, bekor qilinib, ish tugatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi mahkumning harakatlarini JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi toʻgʻrisida xulosaga kelsa va bu modda shaxsni jazodan ozod etishni nazarda tutuvchi yoki jazo qoʻllanilishini istisno etuvchi amnistiya akti taʼsiri doirasiga tushsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi birinchi instansiya sudi qabul qilishi shart boʻlgan qaror chiqarishi kerak. Mahkumning harakatlari JK boshqa moddasiga qayta kvalifikatsiya qilinib, bu modda boʻyicha shaxs JPK 463-moddasi ikkinchi qismi 2-bandi hamda uchinchi qismi 2 va 5-bandlariga muvofiq jazodan ozod qilinishi lozim boʻlgan yoki unga nisbatan jazo tayinlanishi istisno etilgan hollarda ham shunday qaror qabul qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Agar amnistiya akti birinchi instansiya sudi tomonidan qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan mahkumga nisbatan qoʻllanilgan boʻlsa, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi, jabrlanuvchi yoki uning vakilining shikoyati yoki prokuror protesti boʻlgan taqdirda, hukmning jazo tayinlash qismini oʻzgartirib, amnistiya aktini qoʻllamagan holda yangi jazo tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, agar apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi amnistiya akti qoʻllanilgan holda hukmda tayinlangan jazo amnistiya akti qoʻllanilmagan holda ham mahkum uchun yetarli deb topsa, u hukmdan amnistiya aktini qoʻllash haqidagi xulosa va qarorni chiqarib, hukmda amnistiya akti qoʻllanilgan holda tayinlangan jazoni qoldirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. JPK 494-moddasi ikkinchi qismi mazmuniga koʻra, hukm apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga faqat jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyatida, prokuror protestida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha oʻzgartirilishi mumkin. Masalan, shikoyat (protest)da faqat mahkumning harakatlari notoʻgʻri kvalifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan boʻlsa, sud hukmni jazoning yengilligi sababli oʻzgartirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzga mahkumlar yoki ular himoyachilarining ogʻirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi yoki jazoning yengilligi toʻgʻrisidagi shikoyatlari hukmni mahkumning ahvolini ogʻirlashtiruvchi tomonga oʻzgartirish uchun sabab boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi hukmni bekor qilish uchun asoslar mavjud boʻlganda quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmi chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmi chiqarishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) ayblov hukmini bekor qilish va jinoyat ishini tugatishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining hukmi ajrim shaklida chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Jinoyat-protsessual qonuni mazmuniga koʻra, ishni xususiy shikoyat (protest) boʻyicha koʻrganda apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgarishsiz, xususiy shikoyatni (protestni) esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni umumiy asoslarda dastlabki tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va amnistiya aktini qoʻllashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilish va ishni tugatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) birinchi instansiya sudi xususiy ajrimini bekor qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgartirishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining xususiy shikoyat (protest) boʻyicha chiqargan ajrimi uzil-kesil hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, oqlov hukmining asosi bu haqda shikoyat (protest) berilgan holdagina oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oqlov hukmi apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan, faqat, shaxsning asossiz oqlanganligi toʻgʻrisida jabrlanuvchi (uning vakili)ning shikoyati yoki prokurorning protesti boʻlgan holda bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim oqlangan shaxslarga nisbatan shikoyat (protest) berilishi boshqa oqlangan shaxslarga nisbatan hukmning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Agar mahkum oʻzi yoki protsessning boshqa ishtirokchilari tomonidan apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti) berilgandan soʻng, biroq ish apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilgunga qadar vafot etsa, ish yuritish umumiy asoslarda davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marhumni reabilitatsiya qilish uchun asoslar boʻlgan taqdirda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qilib, oqlov hukmi chiqaradi, boshqa hollarda esa, hukmni bekor qilib, ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishini JPK 84-moddasi birinchi qismi 3-bandiga muvofiq tugatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish tugatilganda ashyoviy dalillar taqdiri haqidagi masala JPK 211-moddasiga muvofiq, ularning tegishliligi toʻgʻrisida nizo kelib chiqqanda esa — fuqarolik ish yurituv tartibida koʻrilishi mumkin. Marhumning harakatlari bilan yetkazilgan zararni undirish masalasi ham jabrlanuvchi yoki prokuror tomonidan marhumning vorislariga yoki uning mulkini boshqarish huquqini oʻziga olgan shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan daʼvo boʻyicha fuqarolik ish yurituv tartibida koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi JPK 496-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi, jumladan, unda apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)da keltirilgan har bir vaj muhokama etilib, uning asosliligi yoki asossizligi yuzasidan xulosalar bayon etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi u eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va darhol ijroga qaratilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. JPK 298-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda, shuningdek surishtiruv, dastlabki tergov yuritilgan yoki sud muhokamasi vaqtida qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilganligini aniqlagan taqdirda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan tegishli organ yoki mansabdor shaxsning eʼtiborini bunga jalb etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarori oʻzgarishsiz qoldirilganda, apellatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi uning qonuniyligi va asosliligini shubha ostiga oluvchi xususiy ajrim chiqarishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Odil sudlov sifatini oshirish maqsadida jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlarga ishlarning apellatsiya, kassatsiya instansiyasida sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrib chiqilishi uchun qonunda berilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Mazkur qaror qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining quyidagi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 24-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-son