13.04.2021 yildagi 209-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.12.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish, ariza berish va uni koʻrib chiqishni, kompensatsiya pulini toʻlashni nazarda tutuvchi Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqish va imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi ushbu qarorga 2-ilovada koʻrsatilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab beradi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 2-ilovaning 1 — 5-bandlaridagi imtihon turlaridan mazkur qaror kuchga kirgandan soʻng yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari (keyingi oʻrinlarda — imtihon topshirish xarajatlari) 2021-yil 1-maydan boshlab, 6 — 18-bandlaridagi imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2022-yil 1-yanvardan boshlab (shu jumladan, ushbu sanaga qadar topshirilgan imtihon turlaridan yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga) ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan tartibda qoplab beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 2-ilovaning 1, 7 — 10, 14 — 16-bandlaridagi imtihon turlaridan 2024-yil 1-sentabrdan boshlab kamida S1 va unga tenglashtirilgan daraja olgan yoshlarning 6 oygacha boʻlgan oʻqish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda mablagʻ qoplab beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 2-ilovaning 7 — 10, 14 — 16-bandlaridagi imtihon turlari boʻyicha 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar ushbu bandlarda koʻrsatilgan ballning (darajaning) minimal koʻrsatkichidan bir pogʻona past ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari qoplab beriladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yil 1-mayga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini taʼminlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davlat xizmatlari agentligi) bilan kelishgan holda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni ishlab chiqsin, kelishish va tasdiqlash uchun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda belgilangan mezonlarga mos kelishini aniqlovchi va maʼlumotlarni saralovchi, shuningdek, YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushirsin, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralarning YIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-maydan boshlab Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bir oy muddatda xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilotlar va ularning Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtgan vakolatli vakillari reyestrini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xalqaro imtihon tizimlarini tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasida tegishli imtihon topshirish xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilsin hamda doimiy ravishda yangilab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2021-yil 31-dekabrga qadar xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olganlik uchun imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha yoshlarning talabini oʻrganib chiqib, zaruratga koʻra, ushbu qarorni takomillashtirish yuzasidan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi uch oy muddatda Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari hisobidan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimini yaratsin hamda uni keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Yoshlar ishlar agentligi ushbu axborot tizimining egasi va foydalanuvchisi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”ning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmatini AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qoʻshimcha ravishda koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 617-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2022-y., 09/22/617/0960-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlari vazirligi bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralarning murojaatiga asosan ularning xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha imtihon tashkil etishga masʼul xorijiy vakolatli tashkilotlar bilan mazkur qaror doirasida hamkorlik oʻrnatishlariga hamda ushbu tashkilotlar bilan axborot almashinuvlarini amalga oshirishga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Saʼdullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — imtihon topshirish paytida oʻttiz bir yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan, oʻqish va imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni soʻrab belgilangan tartibda murojaat qilgan jismoniy shaxs (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomidan murojaat qilgan uning qonuniy vakili);
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon topshirish xarajati — imtihonni tashkil etish vakolatiga ega xorijiy tashkilotlar tomonidan belgilangan Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi rasmiy toʻlov miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqish va imtihon xarajatini qoplab beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihon uchun kompensatsiya — imtihon topshirish xarajatini qoplab beruvchi tomonidan ariza beruvchiga qoplab beriladigan, masʼul vakolatli xorijiy tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi uchun belgilangan imtihon topshirish xarajati summasi (mazkur imtihon uchun kompensatsiya masʼul vakolatli xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili tomonidan belgilanadigan imtihon topshirish bilan bogʻliq qoʻshimcha toʻlovlarni oʻz ichiga olmaydi);
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻqish uchun kompensatsiya — ingliz (IELTS), nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha kamida S1 va unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritgan yoshlarga oʻquv markazi bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomaga asosan 6 oygacha boʻlgan oʻqish xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorida qoplab beriladigan bir martalik toʻlov;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul vakolatli tashkilot — imtihonni tashkil etishga vakolatli xorijiy tashkilot yoki uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli vakili boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sertifikat — masʼul vakolatli tashkilotlar tomonidan beriladigan, maxsus seriya raqamiga ega, imtihon natijasini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiya — ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan maxsus sertifikatning haqiqiyligini masʼul vakolatli tashkilotning elektron tizimi orqali tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Imtihon boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishda quyidagilar ishtirok etadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlari ariza beruvchi kelib murojaat etganda uning nomidan soʻrovnomani toʻldirib Yoshlar ishlari agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi yoki maxsus sertifikatning haqiqiyligini masʼul vakolatli xorijiy tashkilot orqali tasdiqlatib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiyligi tasdiqlangan maxsus sertifikat egasi boʻlgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrni va unga muvofiq kompensatsiya mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi oʻrinlarda — Xalq banki) hisobvaragʻiga oʻtkazadi va xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Xalq banki filiali ariza beruvchining oʻqish yoki imtihon uchun kompensatsiya pulini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda uning xohishiga koʻra ushbu kompensatsiyaning naqd yoki naqd pulsiz shaklda toʻlanishini amalga oshiradi.
(3-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchiga SMS xabar yuborish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
(3-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmatlari markazlari, Yoshlar ishlari agentligi va Xalq banki (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) oʻrtasidagi elektron davlat xizmatlarini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi Elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻqish va imtihon uchun kompensatsiya toʻlab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ariza beruvchi istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlariga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchining imtihon uchun va oʻqish uchun kompensatsiya soʻrab qilgan murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining imtihon uchun va oʻqish uchun kompensatsiya soʻrab qilgan nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) imtihon topshirish xarajati toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov kvitansiyasi (pdf formatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) maxsus sertifikat (pdf formatda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning xaqqoniyligiga ariza beruvchi masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs nomiga berilgan sertifikat boʻyicha kompensatsiya toʻlash haqidagi ariza:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning ota-onasi tomonidan berilsa — oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasi orqali tekshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn olti yoshga toʻlmagan hamda ota-onasi boʻlmagan shaxsning qonuniy vakili tomonidan berilsa — uning qonuniy vakilligini tasdiqlovchi hujjat (pdf formatda) ariza beruvchi tomonidan taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ariza beruvchi oʻqish uchun kompensatsiya berishni soʻragan boʻlsa, ushbu Reglamentga 2-ilovadagi soʻrovnomaning IV boʻlimidagi maʼlumotlarni toʻldiradi va hujjatlarni yuklaydi. Bunda imtihon uchun kompensatsiya soʻrab qilingan murojaatga qoʻshimcha tarzda oʻqish xarajati uchun kompensatsiya soʻrab murojaat qilinishi mumkin boʻlib, alohida tartibda oʻqish xarajati uchun kompensatsiya soʻrab qilingan murojaatlar koʻrib chiqilmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qaroriga asosan “v” va “g” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlari tomonidan soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (ERI, daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 541-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/541/0859-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xizmatini koʻrsatish bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi tomonidan soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng 10 daqiqa mobaynida, YIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagi shartlar toʻliq bajarilganda, ariza beruvchiga mazkur Reglamentda nazarda tutilgan oʻqish va imtihon uchun kompensatsiya toʻlab beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) imtihon uchun kompensatsiya soʻralganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonlarning biri yoki bir nechtasi boʻyicha imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ball (daraja)ning minimal koʻrsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun oʻtmasdan kompensatsiya toʻlashni soʻrab, ushbu Reglamentda belgilangan tartibda murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus sertifikatda koʻrsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va toʻgʻriligi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻqish uchun kompensatsiya soʻralganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ingliz (IELTS), nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha kamida S1 va unga tenglashtirilgan darajadagi xalqaro sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun oʻtmasdan kompensatsiya toʻlashni soʻrab murojaat qilganda hamda ushbu sertifikatda koʻrsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va toʻgʻriligi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchi va oʻquv markazi bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnoma ilova qilinganda.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. YIDXPdagi elektron soʻrovnomada toʻldirilgan ariza beruvchining maʼlumotlari ushbu Reglamentning 13-bandida belgilangan shartlarga muvofiq yoki muvofiq emasligi avtomatik tarzda aniqlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi oʻqish va imtihon uchun kompensatsiyani olish uchun oʻziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 15 kalendar kun mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni boʻlmasa, Yoshlar ishlari agentligi imtihon tashkil etishga masʼul vakolatli tashkilotga maxsus sertifikatning haqiqiyligini soʻrab soʻrov yuboradi. Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yuborilgan soʻrovning elektron shakli (pdf formatda) idoralararo elektron tizimga joylashtirilganda, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi holatlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) imtihon uchun kompensatsiya soʻralgan murojaat boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat ushbu Reglamentning 6-bandi “a”, “b”, “v” kichik bandlari va 13-bandi “a” kichik bandiga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
verifikatsiya yoki vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan soʻrov natijasiga koʻra maxsus sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli xorijiy tashkilotga yuborilgan soʻrovga javob olinmaganda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlash rad etiladi va kompensatsiya toʻlanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) oʻqish uchun kompensatsiya soʻralgan murojaat boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat ushbu Reglamentning 6-bandi “g” kichik bandi va 13-bandi “b” kichik bandiga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompensatsiya qilinishi soʻralayotgan oʻqish xarajati muqaddam “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan qoplangan hollarda, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya toʻlash rad etiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan masʼul vakolatli tashkilotga yuborilgan soʻrovga 30 kun muddatda javob olinmaganda, shuningdek, maxsus sertifikatning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi haqida kechikib javob olinganda, Yoshlar ishlari agentligi bu haqda SMS yuborish orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maxsus sertifikat haqiqiyligi masʼul vakolatli tashkilot tomonidan 30 kun muddat oʻtib tasdiqlanganda, ariza beruvchi mazkur Reglament talablariga muvofiq takroran murojaat qilgandan soʻng unga oʻqish va imtihon uchun unga kompensatsiya toʻlab beriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muqaddam imtihonlarning bir turi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchiga imtihonlarning aynan shu turi boʻyicha takroran topshirilgan imtihon xarajati qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqaddam imtihonlarning bir turi boʻyicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchi imtihonlarning boshqa turi boʻyicha minimal koʻrsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga ushbu Reglament talablariga muvofiq kompensatsiya toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarning imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilishni soʻrab ushbu fuqarolarning qonuniy vakillari murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kompensatsiya ushbu Reglament talablariga muvofiq oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarning qonuniy vakillariga toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtirilgan sanadan boshlab 180 kun mobaynida Xalq bankining tegishli filialidan ariza beruvchilar tomonidan talab qilib olinmagan mablagʻlar Xalq bankining tegishli filiali tomonidan bunday ariza beruvchilarning roʻyxatini ilova qilgan holda Yoshlar ishlari agentligiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan ariza beruvchilar haqidagi maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlashi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-iyuldagi 385-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2022-y., 09/22/385/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi ushbu Reglament talablari ijrosiga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqish va imtihon uchun kompensatsiya toʻlab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Ariza beruvchi (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi) istalgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish (mustaqil ravishda soʻrovnoma shaklini toʻldirish) uchun roʻyxatdan oʻtib murojaat qoldiradi.

Maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun mobaynida

2-bosqich

1) Davlat xizmatlari markazi

2) YIDXP

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni Yoshlar ishlari agentligiga yuboradi.

1. 10 daqiqa ichida

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Yoshlar ishlari agentligi

1. Maxsus sertifikatni verifikatsiyadan oʻtkazadi.

2. Maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni boʻlmasa, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni soʻrab vakolatli xorijiy tashkilotga soʻrov yuboradi.

3. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanganda (qancha muddatda tasdiqlanganidan qatʼi nazar), maxsus sertifikat egasi boʻlgan ariza beruvchilarning elektron reyestrini shakllantiradi, ushbu elektron reyestrga muvofiq oʻqish va imtihon uchun kompensatsiya mablagʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat “Xalq banki”ning (keyingi oʻrinlarda — Xalq banki) hisobvaragʻiga moliyalashtiradi va xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.

4. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda, bu haqida idoralararo elektron tizimga maʼlumot kiritadi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboradi.

1. Maʼlumotlar tushganidan soʻng 15 kunda

2. Maʼlumotlar tushganidan soʻng 30 kunda.

3. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlangandan soʻng 15 kun mobaynida.

4. Maxsus sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda bir ish kuni mobaynida.

4-bosqich

Xalq banki filiali

Ariza beruvchining oʻqish va imtihon uchun kompensatsiya pulini olishga boʻlgan huquqini tasdiqlagan holda ushbu kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshiradi.

Xizmat natijasi boʻyicha ariza beruvchiga SMS xabar yuborilgandan soʻng bankka murojaat qilinganda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqish va imtihon uchun kompensatsiya olish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ariza t/r

Qabul qilish sanasi

Qabul qilgan shaxs

-

-

-

I. Ariza beruvchi haqida maʼlumot:

1.1. F.I.O.:

-

1.2. Tugilgan sanasi:

kun/oy/yil

1.3.Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) (mavjud boʻlsa):

-

1.4. Ijtimoiy holati

Talaba, ishlaydi, ishsiz

1.5. Telefon raqami:

-

1.6. Elektron pochta manzili:

-

1.7. Yashash joyi:

Tuman (shahar), viloyat, respublika

II. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxs va uning qonuniy vakili haqidagi maʼlumotlar:

2.1.1. Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning F.I.O.:

-

2.1.2. Tugʻilgan sanasi:

yil/kun/oy

2.1.3. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma raqami:

2.2.1. Bolaning qonuniy vakili F.I.O. Bunda bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi (ota-onasi tomonidan topshirilgan arizalar bundan mustasno ):

Ilova qilinadi (pdf, png, jpg, jpeg formatda)

2.2.2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

-

2.2.3. Telefon raqami:

-

2.2.4. Elektron pochta manzili:

-

2.2.5. Yashash joyi:

Tuman (shahar), viloyat, respublika

III. Imtihon haqidagi maʼlumotlar

3.1. Imtihon turi

3.2. Imtihon topshirish xarajati summasi

3.3. Sertifikat №

3.4. Qayd etilgan ball/daraja

(tanlanadi)

(imtihon turiga qarab avtomatik hisoblanadi)

-

-

3.5. Sertifikat nusxasi

(ilova qilinadi)

3.6. Chek/shartnoma nusxasi (ilova qilinadi)

3.7. Test topshirilgan sana

3.8. Masʼul vakolatli tashkilot (imtihon oluvchi markaz) kodi/nomi

IV. Oʻqish haqidagi maʼlumotlar

4.1. Oʻqish davri:

yil/kun/oydan — yil/kun/oygacha

4.2. Oʻquv markazi va arizachi oʻrtasida tuzilgan ikki tomonlama shartnoma nusxasi (ilova qilinadi)

Ilova qilinadi (pdf, png, jpg, jpeg formatda)

-

-

-

-

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 209-son qaroriga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqish va imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-avgustdagi 493-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2024-y., 09/24/493/0600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xalqaro imtihon tizimlarining nomi

Bilish darajasi aniqlanadigan xorijiy til

Umumiy imtihon balli (darajasi)

Imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun toʻplanishi lozim boʻlgan yuqori ballning (darajaning) minimal koʻrsatkichi

Imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qiluvchi

2021-yil 1-maydan boshlab imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari

1.

International English Language Testing System (IELTS)

Ingliz tili

1 — 9

7

Yoshlar ishlari agentligi

2.

Test of English as a Foreign Language internet Based Test (TOEFL) iBT

Ingliz tili

0 — 120

94

3.

Graduate Management Admission Test (GMAT)

-

Verbal/Quantative
(200 — 800)

Integrated
reasoning (1 — 8)

Analytical writing
(0,5 — 6)

Imtihon natijalari
(Verbal/Quantative)
boʻyicha nisbat koʻrsatkichi (percentile) 75 va undan yuqori boʻlganda

4.

Graduate Record Examinations (GRE)

-

Verbal (0 — 170)

Quantative
(0 — 170)

Writing (0,5 — 6)

Imtihon natijalariing har biri (Verbal, Quantative, Writing) boʻyicha nisbat koʻrsatkichi (percentile) 75 va undan yuqori boʻlganda

5.

Scholastic Assessment Test (SAT)

-

400 — 1600

1200

2022-yil 1-yanvardan boshlab imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan xalqaro imtihon tizimlari

6.

Cambridge Assessment English
(CAE, CPE, BEC)

Ingliz tili

A1-S1

C1 (CAE advanced, CPE proficiency, BEC higher)

Yoshlar ishlari agentligi

7.

Test DAF

Nemis tili

TDN 3 — 5

TDN 4

8.

Goethe-Zertifikat

Nemis tili

A1-S1

C1

9.

DELF/DALF

Fransuz tili

DELF A1-DALF C2

DALF C1

10.

Test de Connaissance du Français (TCF)

Fransuz tili

A1-S1

S1

11.

DELE/SIELE

Ispan tili

A1-S1

C1

12.

CELI/CILS/AIL

Italyan tili

-

CELI 4, CILS Tre, DALI C1

13.

Türkçe Yeterlik Sınavı (TYS)

Turk tili

A1-S1

C1 (71 — 88)

14.

Test of Proficiency in Korean (TOPIK I-II)

Koreys tili

Level 1 — 6

Level 5
(190 — 229)

15.

Japanese-Language Proficiency Test (JLPT)

Yapon tili

N5-N1

N2

16.

Chinese Proficiency Test (NSK)

Xitoy tili

NSK 1 — 6

NSK 5

17.

ALPT/APT/E-TOAFL/ACTFL

Arab tili

A1-S1

C1

18.

Test of Russian as a Foreign Language (TORFL/ TRKI)

Rus tili

A1-S1

TRKI III-IV (C1)

Keyingi tahrirga qarang.