1-ILOVA
|
1. |
A.S. Sultanov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri, Komissiya raisi |
|
2. |
Sh.U. Turdiqulova |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
B.K. Abdinazarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari |
|
4. |
D.I. Abruyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari |
|
5. |
B.R. Narmatov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari |
|
6. |
Sh.A. Vafayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari |
|
7. |
U.Sh. Begimkulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari |
|
8. |
S.Z. Mirzayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
|
9. |
D.N. Sattarov |
— |
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori |
|
10. |
S.M. Turabdjanov |
— |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori |
|
11. |
lavozimi boʻyicha |
— |
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Komissiya masʼul kotibi |
2-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼullar |
|
I. Tashkiliy tadbirlar | ||||
|
1. |
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) va Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini tashkil etish yuzasidan xalqaro tajribani oʻrganish boʻyicha xorijiy davlatlarga stajirovka tashkil etish. |
1. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida tadqiqotlarni tashkil etish boʻyicha yutuqlar va natijalarga erishgan xorijiy kompaniya va ilmiy muassasalar roʻyxatini tuzish. |
2021-yil may |
Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
|
2. Belgilangan xorijiy kompaniya va ilmiy muassasalar bilan tegishli kelishuvlarga erishish. |
2021-yil iyun | |||
|
3. Xalqaro tajribani oʻrganishga yuboriladigan masʼul shaxslar roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil iyun | |||
|
4. Xorijiy davlatlarga stajirovkalarni tashkil etish jadvalini tasdiqlash. |
2021-yil iyul | |||
|
2. |
Institut va Markaz faoliyatini tashkil etishni, shuningdek, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlarni moliyalashtirish. |
1. Institut va Markazni tashkil etishni, shuningdek, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlarni qoplash boʻyicha Dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil iyun |
Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi |
|
2. Tasdiqlangan Dastur doirasida tadbirlarni moliyalashtirish. |
Dasturda belgilangan muddatlarda | |||
|
II. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida ilmiy-tadqiqotlarni jadallashtirish | ||||
|
3. |
Vodorod energetikasi texnologiyalarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash. |
1. Iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” vodorod texnologiyalarini joriy etish boʻyicha pilot loyihalarini amalga oshirish hamda tajriba-sinov qurilmalarini barpo etishga taʼsirchan imtiyozlarni joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2021-yil iyul |
Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil avgust | |||
|
4. |
Markaz huzurida Vodorod texnologiyalari ilmiy-texnik kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. Ilmiy-texnik kengashni tuzish va uning tarkibiga vodorod texnologiyalari sohasida ilmiy tajribaga ega olimlarni, xorijda sohada faoliyat yuritayotgan olimlarni jalb qilish. |
doimiy ravishda |
Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut |
|
2. Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi rahbarini lavozimi boʻyicha Ilmiy-texnik kengashning raisi etib tayinlash. |
2021-yil sentabr | |||
|
3. Vodorod energetikasiga oid dolzarb masala, loyihalar ilmiy-texnikaviy kengash muhokamasidan oʻtkazilishini taʼminlash. |
doimiy ravishda | |||
|
5. |
Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijlik olimlarni jalb qilish. |
1. Xorijlik olimlarni jalb qilish uchun vodorod energetikasi ilmiy sohasi boʻyicha dissertatsiyalarning ustuvor ilmiy mavzularini belgilab olish. |
2021-yil avgust |
Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut |
|
2. Ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish uchun xorijlik olimlarni respublikaga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish. |
2021-yil oktabr | |||
|
3. Yetakchi xorijiy jamgʻarmalar va tashkilotlar bilan qoʻshma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish hamda shartnomalar tuzish. |
2021-yil dekabr | |||
|
6. |
Respublikada vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar va bajarilgan amaliy ishlar yuzasidan yillik hisobot tayyorlash. |
1. Vodorod energetikasi texnologiyalarini joriy qilish va bajarilgan tadqiqotlarning natijalarini ifodalovchi yillik hisobotni tayyorlash. |
2021-yildan boshlab |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Institut, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. 2021-yildan boshlab hisobotning doimiylik asosida “InnoWeek.uz” Xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida taqdimotini oʻtkazish amaliyotini joriy qilish. |
2021-yil noyabr-dekabr | |||
|
III. Yangi texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlarida joriy etish | ||||
|
7. |
Katta quyosh sandonida vodorod energiyasi boʻyicha unumli ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini olib borish. |
1. Katta quyosh sandoni samaradorligini oshirish va vodorod energetikasi sohasida faoliyat olib borish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. |
doimiy ravishda |
Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Institut |
|
2. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yillik hisobotlar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida doimiy ravishda yoritib borish. |
har yil yakunida | |||
|
8. |
Institutning noyob inshootlari va texnologik maydonlarida respublika iqtisodiyotining dolzarb muammolarini hal qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy-texnik izlanishlar hamda ishlanmalarni tashkil etish va amalga oshirish. |
1. Zamonaviy qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasiga asoslangan texnologiyalar va tizimlarni respublika sharoitiga moslashtirish va iqtisodiyot tarmoqlariga keng miqyosda tatbiq qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy (fundamental, amaliy, innovatsion, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini tijoratlashtirish) loyihalarni amalga oshirish dasturini shakllantirish. |
2022-yildan boshlab |
Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Institut |
|
2. Tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha takliflar asosida loyihalarni kelishib olish va ularni amalga oshirish choralarini koʻrish. |
tomonlar kelishuviga asosan | |||
|
9. |
Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasidagi yuqori malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash. |
1. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida Respublika hamda xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali kadrlarni oʻquv jarayoniga jalb etish. |
doimiy ravishda |
Energetika vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut |
|
2. Talabalarni tanlov asosida Institut ilmiy-amaliy faoliyatiga jalb etish. |
doimiy ravishda | |||
|
IV. Kadrlarni tayyorlash | ||||
|
10. |
Vodorod energetikasi sohasida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. |
1. Vodorod energetikasi yoʻnalishida mutaxassislarni tayyorlash uchun 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetidagi “Muqobil energiya manbalari” (turlari boʻyicha) bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha qabul parametrlarini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2021-yil may |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut |
|
2. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil may | |||
|
3. Vodorod energetikasi texnologiyalari ixtisosligi boʻyicha doktorantura faoliyatlarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2021-yil iyun | |||
|
4. Sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va dunyo olimlarini oʻquv jarayoniga jalb etish, ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, vebinarlar tashkil etish. |
2021-2022 oʻquv yilidan | |||
|
5. Mutaxassislik boʻyicha amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarini Markaz va Institutda tashkillashtirish. |
2021-2022 oʻquv yilidan | |||
|
6. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat texnika universitetida “Vodorod energetikasi va texnologiyalari” magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish. |
2024-2025 oʻquv yilidan | |||
|
7. Sohaning yetakchi mutaxassislari va xorijiy tajribadan kelib chiqib, mutaxassislik uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2024-yil fevral | |||
|
8. Oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy taʼminotni yaratish. |
2024-yil iyul | |||
|
11. |
Vodorod energetikasi fanini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan kafedraning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
1. Kafedrani zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, kompyuter sinfi, masofaviy tarzda onlayn dars oʻtish asbob-uskunalari bilan jihozlash. |
2024-2025 oʻquv yilidan |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti |
|
2. Kafedrani moddiy-texnik va oʻquv-metodik, shu jumladan elektron darslik va multimedia materiallari bilan taʼminlash. |
2024-2025 oʻquv yilidan | |||
|
V. Vodorod energetikasini rivojlantirishda xorijiy hamkorlikni jadallashtirish | ||||
|
12. |
Markazga xalqaro ilmiy grantlarni jalb qilish. |
1. Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha istiqbolli reja tuzish va tasdiqlash. |
doimiy ravishda |
Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut |
|
2. Xalqaro grantlarni moliyalashtiruvchi fondlar orqali vodorod energetikasi boʻyicha xalqaro miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolar yechimiga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish. |
doimiy ravishda | |||
|
13. |
Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan xorijiy va vatandosh olimlarni Markazning tadqiqotlarida ishtirok etishi uchun jalb qilish. |
1. Vodorod energetikasi yoʻnalishida xorijiy ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan xorijiy va vatandosh olimlar bazasini shakllantirish. |
doimiy ravishda |
Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut |
|
2. Xorijiy va vatandosh olimlar bilan doimiy ravishda muzokaralar olib borish, hamda ular ishtirokida tadqiqot ishlarining qoʻshma loyihalarini tayyorlash. |
doimiy ravishda | |||
3-ILOVA
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi |
||
|
Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi |
Atom energetikasini rivojlantirish agentligi | ||
|
Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi |
Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshiruvchi notijorat tashkilot | ||
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti |
Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi | ||
|
”. | |||
4-ILOVA