Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2021 25.09.2013 yildagi 265-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5063-sonli “O‘zbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 1-martdagi PQ–1929-son qarorini bajarish yuzasidan hamda Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Toshkent shahrida Xalqaro quyosh energiyasi institutini (keyingi o‘rinlarda Institut deb ataladi) tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan qo‘shma loyiha doirasida umumiy summasi 3,0 mln AQSh dollari bo‘lgan beg‘araz texnik ko‘mak berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Institut kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasining Institutni mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi mustaqil yuridik shaxs sifatida ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi — ustav fondidagi o‘zining Institutga berilayotgan Toshkent shahri, Bodomzor yo‘li ko‘chasi, 2“B”, 2-korpus manzilida joylashgan binosi hisobiga shakllantiriladigan 51 foiz miqdoridagi ulushi bilan hamda “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi — Institutga berilayotgan pul mablag‘lari, asbob-uskunalari va boshqa zarur mol-mulki hisobiga shakllantiriladigan 49 foiz miqdoridagi ulushi bilan Institutning dastlabki muassislari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida Institut muassislari tarkibiga, Institutning ustav fondini tegishli ravishda ko‘paytirgan holda, xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlari, moliyaviy institutlar, jamg‘armalar, ilmiy markazlar va tadqiqot markazlari, investorlar, korxonalar va boshqa manfaatdor tuzilmalar ham kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut kengashiga, yangi muassislar jalb etilishiga ko‘ra, Institut ustav fondi miqdori va tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Institut kengashi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda, Institut ishlariga ko‘maklashish uchun xalqaro va xorijiy hukumat tashkilotlarining, ilmiy va tadqiqot markazlarining hamda boshqa donorlarning mablag‘larini muntazam ravishda jalb etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Fanlar akademiyasi hamda Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda ko‘rsatib o‘tilgan manzildagi binoning qiymatini baholasin va uning Institut ustav fondiga berilishini belgilangan tartibda rasmiylashtirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2013-yil 1-martdagi PQ-1929-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Yagona buyurtmachi xizmati Institut binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut binosini rekonstruksiya qilishni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihalash tashkiloti etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BITI — Production” mas’uliyati cheklangan jamiyat qo‘shma korxonasi — bosh pudrat tashkiloti etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyurtmachi va bosh loyihalash tashkiloti 2014-yil 1-fevralgacha Institut binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishini ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga, “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasiga, Institutga 2014-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda Institut binosini rekonstruksiya qilishni bir bosqichli loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan parallel ravishda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi Institut binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning belgilangan tartibda ekspert jihatidan kuzatib borilishini va qurilish-montaj ishlarining bajarilishi sifati yuzasidan doimiy nazoratni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi Institut binosini rekonstruksiya qilish hamda ilmiy-laboratoriya uskunalari, priborlar, mebellar va tashkiliy texnika bilan jihozlash ishlarini bajarish uchun zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Institut va “O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda fotoelektr modullar sinovlari bo‘yicha laboratoriyalarni milliy va xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish tadbirlari rejasini bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari A.I. Ikramov va G‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 39-son, 515-modda)