25.02.2021 yildagi 19/118-6-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining qoʻshma qarori, 25.02.2021 yildagi 19/118-6-son
Кучга кириш санаси
25.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi
Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Boyovut tumani sektor rahbarlarining axborotlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida yosh avlodni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan toʻgʻri foydalanish koʻnikmasini shakllantirish. yoshlar orasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash yuzasidan 131,6 ming nafar aholi istiqomat qiluvchi Boyovut tumanida 2020-yilda muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, birinchi tashabbus boʻyicha — yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida hisobot yilida jami 678 ta tadbir tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi madaniyat markazlari, bolalar musiqa va sanʼat maktabi xamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga quyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman mahalliy budjetidan barcha umumtaʼlim muassasalariga cholgʻu asboblari, jumladan, 80 ta qoshgar rubobi, 80 ta dutor, 108 ta doira uchun 148,8 mln soʻm yoʻl mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi tashabbus — yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasidagi qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun tumanda jami 251 ta sport inshootida mashgʻulotlar olib borilib, 8 756 nafardan ortiq yoshlar qamrab olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-sonli Farmoniga asosan Boyovut tumani belbogʻli kurash, badminton, shaxmat, voleybol sport turlariga ixtisoslashtirilgan. Mazkur sport turlari boʻyicha tumanda jami 132 ga musobaqa oʻtkazilib, 20 460 nafar yosh qamrab olingan, Ixtisoslashgan sport turlari boʻyicha tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabiga 32 nomdagi jami 245 ta sport jihozi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi tashabbus — aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish uchun tumanda “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi” ochilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi 55 ta umumtaʼlim va 2 ga ixtisoslashtirilgan maktabning barchasi kompyuter texnikalari bilan toʻliq taʼminlangan xamda optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmogʻiga ulangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchi tashabbus — aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida 9 ta umumiy urta taʼlim maktablarining kutubxonalarida “tayanch kutubxonalar” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan, taʼlim muassasalari jami 25 200 nomdagi 42 968 ta badiiy adabiyot bilan taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Butun dunyoda hukm surgan pandemiya tufayli mamlakatimizda joriy etilgan karantin cheklovlari davrida oʻquvchilar bilan kitobxonlik onlayn tanlovlari oʻtkazilib, ularga 854 nafar oʻgʻil-qiz jalb qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchi tashabbus — xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash yoʻnalishida qurilgan chora-tadbirlar natijasida 2020-yilda 3 662 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlangan. Jumladan, “Mikrokreditbank” ATB Boyovut filiali tomonidan “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan 160 nafar xotin-qizlarga 3,2 mlrd soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilgan. 27 ta yoʻnalishda 422 nafar xotin-qiz qisqa muddatli kasb-hunar oʻquv kurslarida oʻqitilib, ishga joylashtirilgan. 25 nafar ayolga tikuv mashinkasi olib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanda amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda beshta muhim tashabbusni chinakam xalq harakatiga aylantirish borasida hal qilinishi zarur boʻlgan muammolar xam mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 19-martda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 12-sonli bayoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qarori tumandagi mahallalarga yetib bormagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar asosan taʼlim muassasalaridagina tashkil etilib, 18 — 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarni mazkur jarayonga jalb qilish, mahallalar va oilalarga beshta muhim tashabbusni olib kirish ishlari qoniqarsiz ahvolda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi 17, 49-maktablarni 2020-yilda bitirgan birorta qam oʻquvchi oliy taʼlimga kirmagan boʻlsa, 32, 53-maktabdan bir nafar. 9, 13, 16, 21, 26-maktablardan esa faqatgina ikki nafardan oʻquvchilar oliy oʻquv yurtlariga qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar soni 21 131 nafarni tashkil etadigan tumanda birinchi tashabbus doirasida 480 nafar oʻgʻil-qiz madaniyat va sanʼat muassasalariga qamrab olingan. Bu esa umumiy yoshlar sonining 2,05 foiziga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yoshlarni madaniyat va sanʼat muassasalariga keng jalb etish orqali ularni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 923-son qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar madaniyat boʻlimi tomonidan amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman madaniyat boʻlimida faoliyat olib borayotgan 52 nafar xodimning 3 nafarigina oliy maʼlumotli, 24 nafari urta maxsus, 25 nafari esa urta maʼlumotga ega. Kadrlarni ishga qabul qilishda mutaxassisligi, maʼlumoti, tajribasi kabi jihatlarga eʼtibor berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi toʻrtta madaniyat markazi, 11 ta umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyati toʻliq nazoratga olinmagani sababli oʻquvchilar sonini “qoʻshib yozish” holatlari koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, 11 ta umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan toʻgaraklarning 3 tasi 2 turdagi 6 ta musiqa cholgʻu asbobi bilan taʼminlangan boʻlib, qolgan umumtaʼlim maktablarini musiqa cholgʻu asboblari bilan taʼminlash boʻyicha hech qanday chora koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga “Parvoz” oʻsmirlar va “Iftixor” yoshlar ijodiy jamoalari tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi 5-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida beshta tashabbus doirasida kadrlar yetishmovchiligi sababli qoʻshimcha sinflar tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yurt bayrogʻi” nomli madaniyat va istirohat bogi qarovsiz ahvolda. 2019-yilda boshlangan Boyovut madaniyat markazi binosini taʼmirlash ishlari hamon nihoyasiga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi tashabbus doirasida olis va chekka qishloqlarda davlat-xususiy sheriklik asosida yengil konstruksiyali “sendvich-panel”dan kichik sport zallarini barpo qilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shugʻullanuvchilarni aholi soniga nisbatan 25 foizga yetkazish ishlari bajarilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandligi taʼminlanmagan yoshlar oʻrtasida sport musobaqalarini oʻtkazish boʻyicha tuman (shahar)larning 2019 hamda 2020-yil uchun sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasi ijrosiga mahalliy budjet hisobidan 350 mln soʻmdan mablagʻ ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi, uning filiali hamda umumiy urta taʼlim maktablarida aholining jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari uchun imkoniyat yaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sektor rahbarlari kubogi uchun ommaviy sport musobaqalari tashkil qilish tizimli yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi tashabbus doirasida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan “Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi”da “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarning bepul oʻquvini tashkil qilish ishlari deyarli olib borilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi umumiy urta taʼlim maktablarida axborot texnologiyalari, robototexnika yoʻnalishida toʻgaraklar yetarli darajada tashkil qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtinchi tashabbus doirasida yoshlarni kitobxonlikka jalb qilish ishlari ham qoniqarli emas. Uzoq yillar 46 sonli umumiy urta taʼlim maktabi binosida faoliyat olib borgan tuman axborot-kutubxona markazi imkoniyatidan aholi deyarli foydalanmagan. Mazkur axborot-kutubxonaga ajratilgan bino talabga javob bermaydi, kitob javonlari yetishmaydi, mutolaa xonasi mavjud emas. Axborot-kutubxonaga oʻtgan yilda bor-yoʻgʻi 176 nomdagi 200 dan ortiq kitob xarid qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi taʼlim muassasalari kutubxonalarida ham adabiyotlar yetishmaydi. “Maktabimga kitob sovgʻa qilaman” aksiyasi doirasida barcha taʼlim muassasalari chulik qamrab olinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga qaratilgan tanlovlar tashkil qilishga yetarlicha eʼtibor qaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Beshinchi tashabbus doirasida xotin-qizlar bandligini taʼminlash ishlari talab darajasida emas. 2021-yilning birinchi choragida “Ustoz-shogird” anʼanasi doirasida hamda jamoat ishlariga jalb qilish va subsidiya ajratish orqali 4 ga sektorda 132 nafar yoshlar bandligi taʼminlanishi belgilangan. Biroq mazkur yoʻnalishda hamon birorta ham amaliy ish boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik muammosini hal etish yoʻnalishida birinchi chorakda 4 ta sektorda 30 nafar oʻgʻil-qiz qamrab olinishi kuzda tuzilgan. Lekin ushbu masalada ham amaliy ish qilingani haqida maʼlumot mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi Boyovut hududida 7 ta mahallada 17 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib, shundan 9 ming nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Ammo, mazkur hududda birorga ham tikuvchilik majmuasi faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga muvofiq ish beruvchilarga Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha ishga qabul qilingan xodimlarning malakasini oshirish yoʻnalishida tumandagi “Stellamoda” MChJda 120 nafar xotin-qizning malakasi oshirilib, ishga joylashtirilgan boʻlsa-da, tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan 198 mln soʻm mablagʻlar Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan “Stellamoda” MChJ hisob raqamiga moliyalashtirilib berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Kengashining 2020-yil 13-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi qarorida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida beshta muhim tashabbus doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan hududlardagi sektorlar rahbarlarining hisobotlarini eshitib borishni yoʻlga qoʻyish tavsiya etilgan. Ammo xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashida mazkur jarayon muntazam amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 24-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida Boyovut tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman 4 ta sektor rahbarining hisoboti xamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi ishchi guruhining maʼlumotlarini eshitib, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida Boyovut tumanida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman 4 ta sektor rahbarining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Beshta muhim tashabbus doirasida tumanda, ayniqsa, mahallalarda amalga oshirilgan ishlar talab darajasida emas deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani koʻllab-quvvatlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha mahallalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yil 19-martda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 12-sonli bayoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni amaliyotga joriy etish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi qarorlari yetib borishini va mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi toʻliq bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallalardagi “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan aholini beshta muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarga jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyovut madaniyat markazida boshlangan qurilish-taʼmirlash ishlarini toʻliq sifatli bajarish va jihozlash ishlarini 2021-yilning21-martiga kadar yakunlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyovut tumani hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda tumandagi “Yurt bayrogʻi” nomli madaniyat va istirohat bogʻi faoliyatini davlat-xususiy sheriklik asosida yoʻlga kuyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lardagi madaniyat boʻlimlari, markazlari, teatrlar hamda muzeylarda tashkil etilgan “Yoshlar klubi” va toʻgaraklar ish rejasi, maʼmulotlar jadvalini takomillashtirish xamda ularga yoshlarni jalb etish ishlarini samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar)lardagi madaniyat boʻlimlari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarini oliy maʼlumotli kadrlar bilan toʻliq taʼminlash hamda shu orqali taʼlim va toʻgaraklar mashgʻulotlari sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlardagi madaniyat boʻlimlarida yoshlar ijodiy jamoalari tashkil etish choralarini kursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda bitiruvchilari oliy oʻquv yurtiga kirmagan yoki bu borada koʻrsatkichlari talab darajasida boʻlmagan umumiy urta taʼlim maktablaridagi oʻquv jarayonlarini sifat jihatdan yaxshilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlardagi madaniyat markazlari bilan hamkorlikda barcha umumiy urta taʼlim maktablarida beshta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar tashkil etish hamda ularni zaruriy cholgʻu asboblari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslardan keyingi vaqtlarda taʼlim muassasalaridagi sport inshootlaridan yaqin atrofdagi mahalla aholisi foydalanishi uchun sharoit yaratish ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanuvchilarni aholi soniga nisbatan 25 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va oʻsmirlar sport maktablaridagi imkoniyatlardan aholi foydalanishini yoʻlga kuyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyovut tumanidagi 13 ta sport iishootida taʼmirlash ishlarini tashkil etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va urta maxsus taʼlim vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda yoshlarni “Bir million dasturchi” loyihasiga va Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlariga jalb qilish yuzasidan bir oy muddatda hamkorlikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-sonli qarorida belgilangan vazifalarning, xususan, 186 ta tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarini tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi haqida bir oy muddatda Senatga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha 120 nafar xotin-qizning malakasini oshirgan “Stellamoda” masʼuliyati cheklangan jamiyati uchun bir oy muddatda 198 mln soʻm pul mablagʻini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etilgan 4 ta ishlab chiqarish kooperativiga koʻmaklashish uchun Boyovut tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi xarajatlar smetasiga Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan 367,5 mln soʻm pul mablagʻini ajratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Boyovut tumani hokimligi 9 ming nafardan ortiq xotin-qizlar istiqomat qilayotgan birinchi Boyovut hududida yengil konstruksiyali tikuvchilik majmuasi faoliyatini Yoʻlga kuyish choralarini kursin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman Kengashi sessiyalarida beshta muhim tashabbus doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan sektorlar rahbarlari hisobotlarini xar chorakda eshitib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar Strategiyasini “Yoshlarni kullab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 2021-yil 3-fevralda”gi PF-6155-sopli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini, xususan, mehribonlik uylarining chin yetim bitiruvchilarini uy-joy bilan taʼminlash topshirigʻi bajarilishini doimiy nazoratga olish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari D. Tashmuxamedova zimmasiga hamda Boyovut tuman Kengashi kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Raisi B. SAYFULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boyovut sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19/118-6-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashi raisi D. OʻRALOVA