03.04.2021 yildagi 180-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-avgustdagi PQ-4803-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, intensiv texnologiyalarga asoslangan bog‘ va tokzorlarni, shuningdek, qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, tayyorlash va saqlash infratuzilmasini aholi va tadbirkorlik subyektlariga “tayyor holda topshirishning” zamonaviy mexanizmlarini joriy etish orqali aholi bandligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ikkinchi xatboshiga “Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston, Oltiariq, Quva” so‘zlaridan keyin “Qo‘shtepa” so‘zi qo‘shilsin;
2. To‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: