1-ILOVA
| S.M. Xolxoʻjayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi rahbari |
| B.E. Zaxidov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi rahbari |
| N.B. Xusanov | — | Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri |
| A.I. Ikramov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
| A.J. Ortikov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori |
| F.K. Umarov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori |
| G.M. Marufova | — | Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari |
| D.K. Adilov | — | Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari |
| S.I. Saifnazarov | — | Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining birinchi oʻrinbosari |
| A.B. Voitov | — | Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Sh.Sh. Mirzayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari |
| Q.X. Taparov | — | Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari |
| A.I. Ikramov | — | Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosari |
| Sh.H. Xodjayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining oʻrinbosari |
| A.E. Fayzibayev | — | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari |
| S.Gʻ. Ashurov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari |
| B.I. Axmedov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi |
| Roʻyxat boʻyicha | — | davlat ulushiga ega boʻlgan tijorat banklari raislari |
2-ILOVA
ILOVA
| Masʼul | Tarkibi | Vazifalari | ||
| Mahallaga biriktirilgan doimiy vakil (Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi) | Tijorat banklarining tuman (shahar) filialidan biriktirilgan masʼul xodim Mahallaga biriktirilgan doimiy vakil oʻziga yuklangan vazifalarni mahalla raisi va faollari, ichki ishlar organlari tayanch punkti profilaktika (katta) inspektorlari bilan birgalikda amalga oshiradi | 1. Mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqish jarayonida: “xonadonbay” oʻrganish orqali aholining daromad manbalarini, shu jumladan, norasmiy daromadga ega boʻlgan tadbirkorlarni oʻrganish; band boʻlmagan aholining, xususan, yoshlar va xotin-qizlarning kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻrgatish bilan bogʻliq talabini aniqlash; mahalladagi tadbirkorlarning muammolarini “mijozbay” oʻrganish va ular faoliyatini kengaytirish yuzasidan takliflarni tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhlariga taqdim etish; mahallani rivojlantirish va aholini doimiy daromad bilan taʼminlash borasida boshqaruv ofislariga takliflar kiritish. 2. Mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish jarayonida: band boʻlmagan aholini, xususan, yoshlar va xotin-qizlarni oʻqitish boʻyicha takliflarni tuman (shahar) muvofiqlashtirish guruhiga har ikki haftada kiritib borish; aholining biznes bilan shugʻullanish xohish-istagini oʻrgangan holda ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga, shu jumladan, biznes loyihalarini amalga oshirishiga koʻmaklashish; mahallada foydalanishga topshirilgan loyihalar natijadorligi va samaradorligini oʻrganish va monitoring olib borish. | ||
| Boshqaruv ofisi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarori bilan tashkil etiladi) | Respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklarining rahbarlari va xodimlari | Har bir mahalla uchun: iqtisodiy salohiyati va “drayver” sohalardan kelib chiqib istiqbolli tadbirkorlik loyihalari roʻyxatini shakllantirish; istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash va loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiqishda amaliy koʻmaklashish; tadbirkorlik subyektlari muammolarini aniqlash va ularni hal qilish boʻyicha takliflarni tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhiga kiritib borish; mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini doimiy monitoring qilish va natijalari boʻyicha tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhiga tegishli takliflarni muntazam kiritish; xonadonlarda va mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari, sifati va hajmini oshirish maqsadida tegishli soha mutaxassislarini (shu jumladan, vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida) jalb qilish; | ||
| Tuman (shahar) muvofiqlashtiruvchi guruhi (Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi) | 1. Tuman (shahar) hokimlarining iqtisodiy masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari 2. Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtiruvchi guruh aʼzolari Muvofiqlashtiruvchi guruh zaruratga koʻra boshqa mutaxassislarni ham jalb qilish vakolatiga ega. | 1. Boshqaruv ofisi, doimiy vakil va fuqarolar yigʻini raislari faoliyati samaradorligini muntazam ravishda oʻrganib borish hamda ularning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash 2. Boshqaruv ofislari va mahallaga biriktirilgan doimiy vakillar tomonidan mahallada aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish. 3. Aholining oʻz xohishi asosida kasb-hunar va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitishni tashkil etish, mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ishga joylashishga koʻmaklashish. 4. Joylarda tadbirkorlik faoliyatiga toʻsiq boʻlayotgan (yer ajratish, qurilish uchun ruxsat berish, litsenziya olish, boʻsh bino va yer maydonlarini ajratish, kommunikatsiyaga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etish. 5. Har bir mahalla va tuman (shahar)ning ijtimoiy-iqtisodiy riv�jlantirish dasturini ishlab chiqish va xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga taqdim etish. | ||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari | 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari 2. Respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklarining rahbarlari | 1. Respublika va hududiy davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklarining oʻzaro yaqin hamkorlikdagi “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish. 2. Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tomonidan aniqlangan aholi va tadbirkorlik subyektlarining hududiy darajadagi muammolarini tezkorlik bilan bartaraf etish. 3. Oʻz hududida bandligi taʼminlanmagan yoshlarning mutaxassisligi boʻyicha boshqa tuman (shahar)larda tashkilotlardagi mavjud boʻsh (vakant) ish oʻrinlariga ishga joylashishiga koʻmaklashish. 4. Har bir tuman (shahar)ning iqtisodiy salohiyati va “drayver” sohalaridan kelib chiqib istiqbolli tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirilishini taʼminlash. | ||
| Hududlarda “mahallabay” ishlash tizimini tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasi | 1. S.M. Xolxoʻjayev — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi rahbari 2. B.E. Zaxidov — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari, respublika komissiyasi rahbari 3. Respublika komissiya aʼzolari | 1. Joylarda “mahallabay” ishlashning yangi tizimini joriy etish, muvofiqlashtiruvchi guruhlar, boshqaruv ofislari hamda mahallaga biriktirilgan doimiy vakillarning ishlarini muvofiqlashtirish. 2. “Mahallabay” ishlashning yangi tizimiga jalb etilgan davlat boshqaruvi organlari hamda tijorat banklarining xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish ishlarini tashkil etish. 3. Joylardagi muvofiqlashtiruvchi guruhlar, boshqaruv ofislari hamda mahallaga biriktirilgan doimiy vakillar tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligidan kelib chiqib ular faoliyatini nazorat qilib borish va baho berish. 4. Uch oy muddatda “mahallabay” tizimining elektron bazasini ishlab chiqishni taʼminlash. |