03.04.2021 yildagi 172-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekistonning milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish, global bozorda milliy mahsulotlar va xizmatlarning raqobatbardoshligini, iqtisodiyot diversifikatsiyasi samaradorligini hamda aholining turmush darajasini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun Jahon banki Direktorlar kengashi tomonidan 2020-yil 28-oktabrdagi Xalqaro taraqqiyot uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — XTU) Oʻzbekiston Respublikasiga 30 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan 50 mln AQSh dollari ekvivalentida qarz ajratish boʻyicha kelishuvga erishilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish guruhini tashkil qilish, zarur asbob-uskunalar va jihozlar bilan taʼminlash hamda xorijiy konsultantlarni jalb qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi va Jahon banki oʻrtasida alohida imzolanadigan Boʻnak kelishuvi doirasida 1 924 ming AQSh dollari ekvivalentida qarz ajratilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish muddati besh yil (2021 — 2026-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, shuningdek, XTU qarzlaridan maqsadli va samarali foydalanish uchun masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XTU tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Loyiha doirasida oʻtkaziladigan tanlovlarda vazirlikning 2021-2022-yillardagi ustuvor faoliyat yoʻnalishlarida belgilangan sohalar, jumladan biotexnologiyalarni rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, sunʼiy intellektni joriy etish, qayta tiklanuvchi energetika, chorvachilik va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga oid loyihalar ishtirokini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi mablagʻlaridan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi va XTU oʻrtasidagi loyihani moliyalashtirish yuzasidan moliyaviy bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolashga vakolat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida tijorat bankida oʻzining depozit hisobvaraqlariga ega boʻlgan yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan XTU mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan 16 shtat birligidan oshmagan Loyihani amalga oshirish guruhi (keyingi oʻrinlarda — LAOG) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-maydagi 239-f-son farmoyishi bilan tashkil etilgan LAOG tuzilmasi tugatilsin va Boʻnak kelishuvi doirasida xarid qilingan asosiy vositalar yangi tashkil etilgan LAOG balansiga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LAOGni loyihani amalga oshirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet koʻchasi, 7-uy manzilida joylashgan binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LAOG tuzilmasi va shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 172-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasining asosiy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARAMETRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

Jami

Shu jumladan:

Qarz

Budjet mablagʻlari

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming AQSh doll. ekv.

53 600,0

50 000,0

3 600

Shu jumladan:

1.1.

investitsion davrda/dan keyingi moliyaviy kechikishlar

1.2.

Soliq va bojxona xarajatlari

3 600

3 600

2.

Xorijiy valyutadagi kapital qoʻyilmalar, jami

50 000,0

50 000,0

ulardan:

2.1.

1-komponent

ming AQSh doll. ekv.

20 000,0

20 000,0

2.2.

2-komponent

ming AQSh doll. ekv.

20 000,0

20 000,0

2.3.

3-komponent

ming AQSh doll. ekv.

5 000,0

5 000,0

2.4.

4-komponent

ming AQSh doll. ekv.

5 000,0

5 000,0

3.

Investitsiya davrining davomiyligi

yil

2021 — 2026-yy.

4.

Qarzni qaytarish muddati

yil

30

Shu jumladan:

4.1.

imtiyozli muddat

yil

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 172-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi mablagʻlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Komponentlar

Qarz summasi

Mablagʻlarni yoʻnaltirish maqsadi

Summa

(ming AQSh doll.)

foiz

1-komponent. Ilmiy tadqiqot va tijoratlashtirish sifatini oshirish

Ilmiy tadqiqot sifatini oshirish dasturi (ilmiy tadqiqot grantlari)

10 000

20

Har bir tadqiqot guruhi uchun 24 oydan ortiq boʻlmagan muddatga (istisno tarzda ayrim loyihalarga qoʻshimcha muddat berilishi mumkin) 200 — 600 ming AQSh dollari ekvivalentida grant ajratiladi.

Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish dasturi (ilmiy tadqiqot ishlanmalarini tijoratlashtirish grantlari)

4 000

8

Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishga 24 oydan ortiq boʻlmagan muddatga 75 — 150 ming AQSh dollarida grant ajratiladi. Shuningdek, loyiha komponentining jahon tajribalari asosida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida butun loyiha davomida xorijiy ekspertlar va konsulting kompaniyalar jalb etiladi.

Ilmiy tashkilotlarni modernizatsiya qilish (grantlar)

6 000

12

Milliy ilmiy tadqiqot faoliyatlarini jahon ilm-fani yutuqlari bilan integratsiyasini taʼminlash maqsadida zamonaviy laboratoriya asbob-uskuna va qurilmalari xarid qilinadi.

Jami

20 000

40

2-komponent. Xususiy sektorda innovatsiyalarni ragʻbatlantirish

Innovatsion salohiyatni rivojlantirish dasturi (grantlar)

10 000

20

Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash maqsadida xususiy ishlab chiqarish korxonalariga sifat sertifikatlari va kichik hajmli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishlari uchun 50 ming AQSh dollari boʻlgan hajmda grant mablagʻlari ajratiladi (ayollar rahbarlik qilayotgan biznes vakillariga 10% ortiq). Shuningdek, kichik va oʻrta biznesni xalqaro sifat sertifikatlarini qoʻlga kiritish orqali ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshliligini oshirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida zamonaviy texnologik ishlab chiqarish qurilmalariga grant mablagʻlari ajratiladi.

Mamlakatda milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida laboratoriya va sinov uskunalari xarid qilinadi.

Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalariga biznes-investitsiya dasturi (grantlar)

10 000

20

Ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini xususiy sektor tomonidan tijoratlashtirilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida davlat va xususiy sektor hamkorligida loyihalar moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish miqdori 300 ming AQ� dollaridan 600 ming AQSh dollarigacha 24 oydan ortiq boʻlmagan muddatga xususiy sektor bilan hamkorlikda moliyalashtirishga ajratiladi (ayollar tomonidan boshqariluvchi kompaniyalarga moliyalashtirish hajmi 10% ga oshirilishi mumkin).

Jami

20 000

40

3-komponent. Ilm-fan, texnologiya, innovatsiya sohalaridagi siyosatni ishlab chiqish va islohotlarni qoʻllab-quvvatlash

Milliy innovatsion tizimni shakllantirish uchun konsalting xizmatlari

5 000

10

Ilm-fan, texnologiya va innovatsion faoliyatlarni muvofiqlashtirgan holda taklif ishlab chiqish va amalga oshirishda nufuzli hamda sohada katta tajribaga ega yakka tartibdagi konsultant va konsalting kompaniyalarni jalb etish.

Ilm-fan va innovatsiyalar yoʻnalishidagi tashkiliy masalalarda hamkorlik, shuningdek, loyiha doirasida mahalliy hamda xalqaro miqyosdagi tadbirlar va anjumanlarni tashkil etish.

Jami

5 000

10

4-komponent. Loyihani boshqarish, monitoring qilish va natijalarni baholash

Loyihani boshqarish

2500

5

Loyihani amalga oshirish jarayonida LAOGning barcha moliyaviy xarajatlarini (jumladan, xodimlarning oylik maoshi, xizmat safari, moliyaviy audit, aloqa, transport va boshqa ofis xarajatlari) qoplash hamda qisqa muddatli treninglar va oʻquv seminarlar oʻtkazish.

Ajratilgan grant mablagʻlarini samaradorligi va maqsadli yoʻnaltirilganligini baholash uchun tashqi audit jalb etish.

Yakka tartibdagi xalqaro ekspertlarning konsultatsion xizmatlari (tegishli komponentlar boʻyicha)

2 500

5

Loyiha komponentlari doirasida grantni maqsadli yoʻnaltirish, tanlov ishtirokchilari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish, saralash, ekspert xulosalarini olish va muntazam tarzda ilmiy-texnik koʻmak koʻrsatuvchi yakka tartibdagi xalqaro ekspertlarni 5 yil muddatga jalb qilish uchun yoʻnaltirish.

Jami

5 000

10

Hammasi

50 000

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-apreldagi 172-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratiladigan qarzlarni qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ JADVALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qarz summasi

50 mln AQSh dollari

Qarz muddati

30 yil

Imtiyozli davr

5 yil

Foiz stavkasi

1,25% + toʻgʻrilash stavkasi*

Xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov

0,75%+ toʻgʻrilash stavkasi**

Majburiyatlar uchun vositachilik haqi

0,50%

AQSh dollari

Toʻlov davri

Echilmagan qismi

Oʻzlashtirish grafigi

Qarz qoldigʻi

Toʻlov miqdori

Toʻlanishi lozim boʻlgan umumiy mablagʻ****

asosiy qarz

foizlar*

xizmat koʻrsatganlik uchun toʻlov

majburiyatlar uchun vositachilik haqi***

01.03.2021

50 000 000

15.04.2021

44 444 444

5 555 556

5 555 556

31 250

31 250

15.10.2021

38 888 889

5 555 556

11 111 111

37 278

72 296

112 963

222 537

15.04.2022

33 333 333

5 555 556

16 666 667

74 148

107 852

98 302

280 302

15.10.2022

27 777 778

5 555 556

22 222 222

111 833

144 593

84 722

341 148

15.04.2023

22 222 222

5 555 556

27 777 778

148 296

179 753

70 216

398 265

15.10.2023

16 666 667

5 555 556

33 333 333

186 389

216 889

56 481

459 759

15.04.2024

11 111 111

5 555 556

38 888 889

223 667

253 037

42 361

519 065

15.10.2024

5 555 556

5 555 556

44 444 444

260 944

289 185

28 241

578 370

15.04.2025

0

5 555 556

50 000 000

296 593

323 556

14 043

634 191

15.10.2025

49 175 000

825 000

335 500

319 965

1 480 465

15.04.2026

48 350 000

825 000

328 161

312 878

1 466 039

15.10.2026

47 525 000

825 000

324 429

309 229

1 458 658

15.04.2027

46 700 000

825 000

317 150

302 201

1 444 351

15.10.2027

45 875 000

825 000

313 357

298 493

1 436 850

15.04.2028

45 050 000

825 000

307 821

293 125

1 425 947

15.10.2028

44 225 000

825 000

302 286

287 757

1 415 043

15.04.2029

43 400 000

825 000

295 128

280 846

1 400 974

15.10.2029

42 575 000

825 000

291 214

277 021

1 393 235

15.04.2030

41 750 000

825 000

284 117

270 169

1 379 286

15.10.2030

40 925 000

825 000

280 143

266 285

1 371 428

15.04.2031

40 100 000

825 000

273 106

259 492

1 357 598

15.10.2031

39 275 000

825 000

269 071

255 549

1 349 620

15.04.2032

38 450 000

825 000

263 535

250 181

1 338 717

15.10.2032

37 625 000

825 000

258 000

244 813

1 327 813

15.04.2033

36 800 000

825 000

251 084

238 137

1 314 221

15.10.2033

35 975 000

825 000

246 928

234 077

1 306 005

15.04.2034

35 150 000

825 000

240 073

227 460

1 292 533

15.10.2034

34 325 000

825 000

235 857

223 341

1 284 198

15.04.2035

33 500 000

825 000

229 062

216 782

1 270 844

15.10.2035

32 675 000

825 000

224 785

212 605

1 262 390

15.04.2036

31 850 000

825 000

219 249

207 237

1 251 487

15.10.2036

31 025 000

825 000

213 714

201 869

1 240 583

15.04.2037

30 200 000

825 000

207 040

195 428

1 227 468

15.10.2037

29 375 000

825 000

202 642

191 133

1 218 775

15.04.2038

28 550 000

825 000

196 029

184 750

1 205 779

15.10.2038

27 725 000

825 000

191 571

180 397

1 196 968

15.04.2039

26 900 000

825 000

185 018

174 073

1 184 091

15.10.2039

26 075 000

825 000

180 499

169 661

1 175 160

15.04.2040

25 250 000

825 000

174 963

164 293

1 164 257

15.10.2040

24 425 000

825 000

169 428

158 925

1 153 353

15.04.2041

23 600 000

825 000

162 996

152 718

1 140 714

15.10.2041

22 775 000

825 000

158 356

148 189

1 131 545

15.04.2042

21 950 000

825 000

151 985

142 041

1 119 026

15.10.2042

21 125 000

825 000

147 285

137 453

1 109 738

15.04.2043

20 300 000

825 000

140 974

131 364

1 097 338

15.10.2043

19 475 000

825 000

136 213

126 717

1 087 930

15.04.2044

18 650 000

825 000

130 677

121 349

1 077 027

15.10.2044

17 825 000

825 000

125 142

115 981

1 066 123

15.04.2045

17 000 000

825 000

118 952

110 009

1 053 961

15.10.2045

15 300 000

1 700 000

114 070

99 552

1 913 622

15.04.2046

13 600 000

1 700 000

102 102

88 007

1 890 109

15.10.2046

11 900 000

1 700 000

91 256

77 429

1 868 685

15.04.2047

10 200 000

1 700 000

79 413

66 005

1 845 418

15.10.2047

8 500 000

1 700 000

68 442

55 307

1 823 749

15.04.2048

6 800 000

1 700 000

57 035

44 245

1 801 280

15.10.2048

5 100 000

1 700 000

45 628

33 184

1 778 812

15.04.2049

3 400 000

1 700 000

34 034

22 002

1 756 036

15.10.2049

1 700 000

1 700 000

22 814

11 061

1 733 875

15.04.2050

0

1 700 000

11 345

0

1 711 345

Jami

50 000 000

11 048 825

10 677 953

538 580

72 265 359

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2021-yil 1-yanvar holatiga foiz toʻlovi uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,1 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 2021-yil 1-yanvar holatiga xizmat koʻrsatganlik uchun toʻgʻrilash stavkasi yillik 0,73 foizni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Majburiyatlar uchun vositachilik haqi qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.04.2021-y., 09/21/172/0275-son)