Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 26-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 302-moddasiga muvofiq xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 29-apreldagi KQ-35-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2021-yil 4-mart,
KQ-198-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 4-martdagi KQ-198-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga kiritilayotgan qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020-yil 29-apreldagi KQ-35-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti quyidagi mazmundagi 171-bob bilan toʻldirilsin:
“171-bob. Senat tomonidan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish tartibi
1981-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masala jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining maʼlumotlari asosida Senat qoʻmitalari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
1982-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining maʼlumotlari Senat devonida roʻyxatga olingan kundan boshlab Senatga kiritilgan hisoblanadi.
Kelib tushgan materiallar Senat Raisiga beriladi. Senat Raisi xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini, davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining maʼlumotlarini dastlabki tarzda koʻrib chiqadigan Senatning masʼul qoʻmitasini belgilaydi.
1983-modda. Senat qoʻmitalari xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani dastlabki tarzda koʻrib chiqishga doir faoliyatini Senat, Senat Kengashi va Senat Raisi topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani oʻrganib chiqishga doir faoliyatini muvofiqlashtirish Senat Raisi yoki uning topshirigʻiga muvofiq Senat Raisining oʻrinbosarlari yoxud Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
1984-modda. Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani oʻrganishga tayyorgarlik koʻrish va oʻrganishni oʻtkazish tartibi Senat qoʻmitasining raisi tomonidan belgilanadi.
Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani oʻrganishga tayyorgarlik Senat qoʻmitasi tomonidan mazkur oʻrganishni oʻtkazish rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi.
Oʻrganishni oʻtkazish rejasini tayyorlash davomida:
1) oʻrganish oʻtkaziladigan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi qarorida belgilangan normalarning tahlilini oʻtkazadi;
2) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspertlik va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
3) oʻrganib chiqilayotgan masalaga doir tegishli qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarining dastlabki tahlilini oʻtkazadi;
4) masala toʻliq va xolisona oʻrganib chiqilishi uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
1985-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari oʻrganilishini oʻtkazish rejasida:
1) savolnoma tuzish va uni yuborish muddatlari;
2) ishchi guruh tarkibi;
3) joylarga chiqishning aniq sanasi;
4) oʻrganish oʻtkaziladigan tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi;
5) xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini oʻrganish tartibi va yakunlanadigan muddati;
6) Senat qoʻmitasi qarorining loyihasini tayyorlash muddatlari;
7) Senat qoʻmitasi majlisini oʻtkazish tartibi va joyi belgilanadi.
1986-modda. Savolnomani tuzish bekor qilinishi rejalashtirilgan tegishli xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari qarori normalarini tahlil qilish natijalari asosida amalga oshiriladi.
Senat qoʻmitasi tomonidan tuzilgan savolnoma tegishli mahalliy Kengashga, shuningdek xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari joylashgan hududda ishlayotgan senatorlarga ham yuborilishi mumkin.
1987-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini oʻrganish uchun Senat qoʻmitasi tomonidan ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruh tarkibiga senatorlar, davlat organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligining markaziy apparatlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, shuningdek olimlar, ekspertlar va mutaxassislar kiritilishi mumkin.
1988-modda. Senat qoʻmitasining raisi yoki Senatning tegishli qoʻmitasi aʼzosi — senator ishchi guruh rahbari boʻladi.
Ishchi guruh rahbari ishchi guruhning aʼzolari orasida ishlarni taqsimlaydi.
Ishchi guruhning har bir aʼzosi oʻzi amalga oshirgan ishlari haqida axborot tayyorlaydi, bu axborot keyinchalik umumiy maʼlumotnomaga kiritiladi.
1989-modda. Ishchi guruh oʻtkazgan oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotnomada quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
1) xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari tomonidan qabul qilingan (ishlab chiqilgan) qarorning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlariga muvofiqligi;
2) aniqlangan kamchiliklar;
3) yakuniy maʼlumotnoma;
4) boshqa zarur maʼlumotlar.
Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan umumiy maʼlumotnoma ishchi guruh rahbari, ishchi guruh aʼzolari va tegishli davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari tomonidan imzolanadi.
19810-modda Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorini oʻrganish natijalari dastlabki tarzda Senat qoʻmitasining majlisida koʻrib chiqiladi.
19811-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish masalasini oʻrganish natijalari koʻrib chiqilayotganda Senat qoʻmitasining majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda, Senat qoʻmitasi yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish masalasini oʻrganish natijalari koʻrib chiqilayotganda Senat qoʻmitasining majlisiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ilmiy muassasalar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, matbuot organlari, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek mutaxassislar, ekspertlar va olimlar taklif etiladi.
19812-modda. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini oʻrganish natijalari boʻyicha Senat qoʻmitasi qaror qabul qiladi.
Qarorda quyidagi masalalardan biri aks ettiriladi:
xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid deb topishga asoslar mavjud emasligi;
xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashi tomonidan qabul qilingan qaror Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid ekanligi hamda mazkur masalani Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida Senat Kengashiga taklif kiritish.
19813-modda. Senat xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani oʻn besh kun ichida koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga zid keladigan qarorlarini bekor qilish masalasini oʻrganish natijalari boʻyicha qabul qilingan Senat qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida belgilangan tartibda tegishli mahalliy Kengashga, shuningdek murojaat, maʼlumot muallifiga yuboriladi”.