15.03.2021 yildagi O‘RQ-678-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.01.2024 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuni

Ekologik audit toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 26-dekabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 12-martda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi ekologik audit sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit — ekologik audit subyekti amalga oshiradigan xoʻjalik va boshqa faoliyatni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish yuzasidan ekologik auditorlik tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan tizimli, hujjatlashtirilgan, mustaqil baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditor — ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditning buyurtmachisi — ekologik audit oʻtkazish tashabbusi bilan chiquvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt, uning mulkdori ishtirokchilari va (yoki) aksiyadorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorning malaka sertifikati — ekologik auditorning malakasini tasdiqlovchi va ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit obyekti — ekologik audit subyektining atrof-muhitga taʼsir koʻrsatadigan xoʻjalik va boshqa faoliyati, shuningdek uning atrof-muhitni boshqarish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyekti — mahsulot ishlab chiqarishni amalga oshiruvchi, ishlarni bajaruvchi va xizmatlar koʻrsatuvchi, oʻzida ekologik audit oʻtkaziladigan xoʻjalik yurituvchi subyekt va boshqa tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkiloti — ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik faoliyati — ekologik auditorlik tashkilotining ekologik audit oʻtkazishni va turdosh xizmatlar koʻrsatishni oʻz ichiga olgan tadbirkorlik faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit xulosasi — ekologik audit buyurtmachisiga yoʻllangan, oʻtkazilgan ekologik audit jarayoni, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining aniqlangan buzilishlari, oʻtkazilgan laboratoriya sinovlarining natijalari toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotlarni hamda ekologik audit oʻtkazish natijasida olingan boshqa axborotni oʻz ichiga olgan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ekologik auditning asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditning asosiy prinsiplari mustaqillik, xolislik, maxfiylik va ishonchlilikdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ekologik audit standartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit standartlari ekologik auditni oʻtkazish, turdosh xizmatlar koʻrsatish va ekologik auditorlar ishining sifatini nazorat qilish tizimini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy ekologik audit standartlari ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir yagona talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlari ekologik auditni oʻtkazish chogʻida shartnomaga muvofiq xalqaro ekologik audit standartlarini qoʻllashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Ekologik auditning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyekti xoʻjalik va boshqa faoliyatining ekologik jihatlari toʻgʻrisidagi ishonchli axborotni toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyektining xoʻjalik va boshqa faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyekti faoliyatining atrof-muhit holatiga taʼsirini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarning samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitning ifloslanishi bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi xavfini kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni boshqarish tizimining samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit xulosasini tuzish, ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshiriladigan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek atrof-muhitni boshqarish tizimini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Ekologik audit oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan ekologik nazoratning oʻrnini bosmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit ekologik auditorlik tashkiloti va ekologik audit buyurtmachisi oʻrtasida tuziladigan, ekologik audit oʻtkazish muddatlari va boshqa shartlari belgilanadigan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit ekologik audit subyektining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi butun faoliyatiga yoki uning alohida qismiga nisbatan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit subyektining faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (bundan buyon matnda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan bir yil davomida tekshirilmaydi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit subyektining faoliyati texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda ekologik audit subyekti aniqlangan qoidabuzarliklarni bir oylik muddatda bartaraf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariyalar va favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, shuningdek jinoyat ishlarini tergov qilish yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirigʻi munosabati bilan Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan ekologik auditning fakti va natijalaridan qatʼi nazar tekshiruv oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Ekologik audit shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit ixtiyoriy yoki majburiy shaklda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish xavfi kam boʻlgan yoki unchalik koʻp boʻlmagan (lokal taʼsirga ega) ekologik audit subyektlarining faoliyatiga nisbatan ekologik audit ixtiyoriy tartibda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrof-muhitga yuqori va oʻrtacha taʼsir koʻrsatish xavfiga ega boʻlgan ekologik audit subyektlari har yilgi majburiy ekologik auditdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish xavfi darajasi boʻyicha faoliyat turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ixtiyoriy ekologik audit ekologik audit buyurtmachisining tashabbusiga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiy yillik ekologik audit ekologik audit subyektining atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi butun faoliyatiga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ekologik audit xulosasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit oʻtkazish yakunlari boʻyicha ekologik audit xulosasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit xulosasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga doir tavsiyalarni, shuningdek ekologik audit subyekti tomonidan amalga oshirilayotgan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlar samaradorligini oshirish boʻyicha tavsiyalar va takliflarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit xulosasi maxfiy hujjatdir va u ekologik audit buyurtmachisining roziligisiz oshkor qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit xulosasining har bir sahifasi ekologik auditni amalga oshirgan ekologik auditor (ekologik auditorlar) va ekologik auditorlik tashkilotining rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit xulosasining shakli va mazmuni ekologik audit standartlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ekologik auditorlik tashkilotlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlari oʻz faoliyatini amalga oshirish chogʻida mustaqildir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma faqat ekologik auditorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisi mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlarining, shuningdek ular xodimlarining faoliyatiga mustaqil ekologik auditni amalga oshirishga monelik qilish maqsadida aralashishga hamda qanday shaklda boʻlmasin taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonunchilikka muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar ekologik auditorlik tashkilotlarining muassislari boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi va oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin, bundan aksiyadorlik jamiyati mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotiga ushbu ekologik auditorlik tashkiloti oʻzi uchun asosiy ish joyi boʻlgan ekologik auditor rahbar boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlari davlat xizmatlari markazlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
(10-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkiloti boshqa ekologik auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) boʻlishi mumkin emas hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish va tabiiy resurslardan foydalanish bilan bogʻliq biror-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Ekologik auditorlik tashkilotining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyektiga nisbatan ekologik audit oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun uning taʼsis hujjatlari va boshqa hujjatlari bilan oldindan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyektining asbob-uskunalari va boshqa mol-mulkini inventarizatsiyadan oʻtkazish, shuningdek ularning haqiqiy holati va ish samaradorligini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur oʻlchovlar oʻtkazish, namunalar olish va oʻzining akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyasida yoki boshqa akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyada laboratoriya sinovlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit oʻtkazish davomida yuzaga kelgan masalalar boʻyicha tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan shaxslardan tushuntirishlar va ekologik audit oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit oʻtkazishda ishtirok etishga boshqa mutaxassislarni ekspert sifatida jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit bilan bogʻliq huquqiy masalalar yuzasidan maslahatlar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkiloti quyidagi turdosh xizmatlarni ham koʻrsatishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatganlik uchun toʻlov hisob-kitobining toʻgʻriligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi masalalar yuzasidan tahlil qilish va maslahat berish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy resurslardan foydalanish va (yoki) atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida hisobotlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilishga oid faoliyatni va tadbirlarni rejalashtirish, amalga oshirish hamda natijalarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishga doir ekologik nazoratni tashkil etish va oʻtkazish, uning natijalari toʻgʻrisida hisobotlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish boʻyicha ilgʻor texnologiyalar va usullarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) atrof-muhitga yetkazilgan zararning miqdorini aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkiloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;

shtatida asosiy ish joyi ekologik auditorlik tashkiloti boʻlgan kamida toʻrt nafar ekologik auditor mavjud boʻlishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotining fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit xulosasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishi holatini bartaraf etish boʻyicha tavsiyalarni aks ettirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir tegishli hujjatlarni ekologik audit buyurtmachisining talabiga koʻra taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik xizmatlarini koʻrsatish chogʻida olingan axborotning maxfiyligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit natijalarini ekologik audit standartlariga binoan rasmiylashtirishi va ekologik audit xulosalarining nusxalarini ekologik auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlar ishi sifatining nazoratini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Ekologik auditorlik tashkilotining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkiloti bila turib soxta tuzilgan ekologik audit xulosasini tuzishi oqibatida yetkazilgan zarar uchun ekologik audit buyurtmachisi oldida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditning ekologik audit oʻtkazmasdan tuzilgan yoki ekologik audit natijalari boʻyicha tuzilgan, ammo ekologik auditor (ekologik auditorlar) tomonidan olingan va oʻrganilgan hujjatlar mazmuniga muvofiq boʻlmagan xulosasi bila turib soxta tuzilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifatsiz oʻtkazilgan yoki lozim darajada oʻtkazilmagan ekologik audit natijasida ekologik audit buyurtmachisiga yetkazilgan zararlarning, shu jumladan boy berilgan foydaning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Ekologik audit oʻtkazish chogʻidagi cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga ekologik audit oʻtkazish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyektining mansabdor shaxslari bilan yaqin qarindoshlik munosabatlarida boʻlgan shaxsga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyektiga nisbatan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy manfaatlari bor shaxsga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qoʻmitasining mansabdor shaxslariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit subyektining xodimiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit ekologik auditorlik tashkilotlari va ekologik auditorlar tomonidan quyidagilarga nisbatan ham oʻtkazilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ekologik auditorlik tashkilotining mulkdorlari, ishtirokchilari, kreditorlari, sugʻurtachilari boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga, shuningdek ushbu ekologik auditorlik tashkilotlari va ekologik auditorlar oʻziga nisbatan mulkdor, ishtirokchi, aksiyador boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mulkdori, ishtirokchisi, aksiyadori, shuningdek tabiatni muhofaza qilishga oid faoliyatni tashkil etish va yuritish uchun javobgar boʻlgan shaxsi bir vaqtning oʻzida mazkur ekologik auditorlik tashkilotining mulkdori, ishtirokchisi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xodimi bir vaqtning oʻzida mazkur ekologik auditorlik tashkilotining xodimi boʻlgan ekologik audit subyektiga nisbatan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkiloti ayni bir ekologik audit subyektida ketma-ket uch martadan ortiq ekologik audit oʻtkazishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Ekologik auditorga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorga quyidagi talablar qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohaga oid oliy maʼlumotning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yoki turdosh sohalarda ketma-ket kamida uch yillik ish tajribasiga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditor malaka sertifikatining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditor arizasida koʻrsatilgan faoliyatni faqat bitta ekologik auditorlik tashkilotida amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlarni tayyorlash, shuningdek ekologik auditorning malaka sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ekologik auditorning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditor quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va materiallarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditga taqdim qilingan, ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga javob bermaydigan materiallarni rad etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit natijalarini ekologik audit standartlariga binoan rasmiylashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit oʻz vaqtida, kompleks tarzda, xolisona, sifatli oʻtkazilishini, shuningdek ekologik audit xulosasi rasmiylashtirilishi va berilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditning muayyan obyektiga nisbatan shaxsiy manfaatdorligi mavjud boʻlgan taqdirda oʻzini oʻzi rad etish haqida arz qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik xizmatlarini koʻrsatish chogʻida olingan axborotning maxfiyligini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Ekologik auditor yordamchisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditor yordamchisi ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlmagan, ekologik auditorlik tashkilotida ishlaydigan hamda ekologik audit xulosasiga imzo qoʻyish huquqisiz, ekologik auditorlik tashkilotining topshirigʻiga koʻra ekologik auditda ishtirok etadigan jismoniy shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditor yordamchisiga nisbatan ekologik audit oʻtkazish chogʻida olingan maʼlumotlarni oshkor qilmaslik majburiyati tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditor yordamchisi sifatida ishlash vaqti ekologik auditorning malaka sertifikatini olish uchun zarur boʻlgan ish stajiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Ekologik audit buyurtmachisining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit oʻtkazish uchun ekologik auditorlik tashkilotini mustaqil ravishda tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy ekologik audit chogʻida ekologik auditning yoʻnalishi va ish hajmini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik tashkilotidan ekologik audit xulosasi qaysi qonunchilik hujjatlari normalariga asoslanganligi toʻgʻrisidagi zarur axborotni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit xulosasini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit buyurtmachisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlarga ekologik auditni oʻtkazish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar va materiallarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit rejasini tasdiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq ekologik audit oʻtkazish xizmatlari uchun haq toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Ekologik audit subyektining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit subyekti quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditning yoʻnalishi, ish hajmlari va rejasi bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlardan tabiatni muhofaza qilishga oid tadbirlarni ishlab chiqish va oʻtkazish, ekologik audit oʻtkazish chogʻida aniqlangan kamchiliklar hamda qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha maslahatlar va tavsiyalar olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit subyekti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlarni ekologik auditni ekologik auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda oʻtkazishi uchun tegishli shart-sharoitlar bilan taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlarga texnologik asbob-uskunalarning ishga yaroqliligi va samaradorligini aniqlash nuqtai nazaridan koʻzdan kechirishi, chiqindilar toʻplanadigan va saqlanadigan joylarni, atmosfera havosini, suv va yer resurslarini ifloslantiruvchi manbalarni tekshirish, biologik resurslarni saqlash maqsadida hududni oʻrganishi, shuningdek laboratoriya sinovlarini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan namuna va nusxalar olishi uchun imkoniyat berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit jarayonida aniqlangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishlarini bartaraf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestri va Ekologik auditorlarning reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestri ekologik auditorlik tashkilotlarining roʻyxatini oʻz ichiga oladi va Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlarning reyestri ekologik auditorning malaka sertifikatiga ega boʻlgan ekologik auditorlarning roʻyxatini oʻz ichiga oladi va Davlat ekologiya qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik tashkilotlarining reyestri va Ekologik auditorlarning reyestrini yuritish tartibi, uning shakli hamda unga doir talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari ekologik auditorlarni ixtiyoriy asosda birlashtiradigan nodavlat notijorat tashkilotlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlar jamoat birlashmalarining faoliyati ekologik auditorlarning kasbiy darajasini rivojlantirishga va qoʻllab-quvvatlashga, ularning kasbiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlarning jamoat birlashmalari aʼzolarining hisobini yuritadi va ular haqidagi maʼlumotlarni oʻzining veb-saytlariga joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorlarni oʻqitish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik auditorning malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologik audit toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qoʻmitasi va manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn ikki oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-678-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2021-y., 03/21/678/0205-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)