26.02.2021 yildagi KQ-188-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan qisqa davr ichida mamlakatimizda qonunchilik bazasini tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning sifatini oshirish, ularni tartibga solishdagi ahamiyatini kuchaytirish, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishda jamoatchilik fikrini hisobga olish maqsadida Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi qabul qilinib, Konsepsiya norma ijodkorligi faoliyatining yangi davrini boshlab berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy jihatdan taʼminlanishini takomillashtirish maqsadida Senat qoʻmitalari tomonidan qator qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyoti oʻrganildi va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan monitoring amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar ayrim qonunlarda aniq mexanizmlarning aks ettirilmaganligi, havolaki normalarning mavjudligi sababli sohaning asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solinib kelinganligi, shuningdek qabul qilingan ayrim qonunlardagi normalarning amaliyotda qoʻllanilmayotganligi sababli qonunlarni bugungi kun talablari asosida qayta koʻrib chiqish hamda takomillashtirish lozimligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan: “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat sohasidagi qonun hujjatlari tizimlashtirilmagan, mazkur munosabatlarni toʻgʻridan toʻgʻri tartibga soluvchi norma va munosabatlar yagona qonunga birlashtirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijoratni amalga oshirishda milliy toʻlov tizimlaridan tashqari, xalqaro toʻlov tizimlaridan foydalanish boʻyicha normalar qonunda oʻz aksini topmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunning nomlanishi qonun tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarni toʻliq yoritib bermaydi va uning tartibga solish predmetiga muvofiq emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik tashkilotlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda faoliyat yuritishini muvofiqlashtirish boʻyicha normalar belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari va NNTga ragʻbatlantirish choralarini taqdim etishning hozirgi davr talablariga mos mexanizmlari joriy etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik sohasidagi subyektlarning tarqoq holda faoliyat yuritayotganligi va ularning faoliyatini ochiqligi va hisobdorligi masalasi yaxlit tartibga solinmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda xayriya faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslar faoliyati hamda ularga ajratilgan mablagʻlar sarflanishi haqida ochiq va ishonchli maʼlumotga ega boʻlish imkoniyati yaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud 21 ta havolaki norma sohani samarali huquqiy tartibga solish imkonini bermayapti hamda sohani asosan qonunosti hujjatlar bilan tartibga solinishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasini huquqiy tartibga solish uchun zarur boʻlgan asosiy tushunchalarning taʼriflari keltirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi moddiy madaniy meros obyektlari davlat kadastrini yuritish tartibi anʼanaviy usulda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, zamonaviy raqamli texnologiyalar mazkur jarayonga jalb etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya ashyolarining boshqa arxeologiya ashyolariga ayirboshlanishiga doir qoida belgilangan boʻlsa-da, uning tartibi, qanday ashyolar ayirboshlanishi, qaysi holatlarda ayirboshlashga yoʻl qoʻyilmasligi aniq belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, madaniyat va taʼlim muassasalariga biriktirib qoʻyilgan arxeologiya ashyolaridan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan boʻlsa-da, mazkur tartib ishlab chiqilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya merosi obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanishni moliyalashtirishga doir qoidalar aniq belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot olish sohasidagi asosiy tushunchalarning taʼrifi keltirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot tarqatish va uni olishning zamonaviy uslub va vositalari (elektron pochtadan tashqari) nazarda tutilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqamli texnologiyalardan foydalangan holda axborotni tarqatish, olish, axborot olishga doir soʻrovlarni yuborish (qayta yuborish), ularni koʻrib chiqish, taqdim etish (qayta taqdim etish) kabi holatlarni nazarda tutuvchi normalar oʻz ifodasini topmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot taqdim etganlik uchun toʻlovlarning aniq miqdorlari belgilanmaganligi natijasida taqdim etiladigan axborot evaziga turli miqdordagi toʻlovlar toʻlashni talab qilish holatlari yuzaga kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaysi holatlarda axborot taqdim etishda cheklovlar oʻrnatilishi aniq belgilanmaganligi sababli axborotning egasi tomonidan zarur axborotni davlat siriga tegishli degan vajlar bilan taqdim etmaslik holatlari uchramoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot olish huquqining noqonuniy cheklanishlari yuzasidan shikoyat qilish va shikoyatlarni koʻrib chiquvchi maxsus davlat organi hamda uning vakolatlariga doir normalar belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud 10 ga yaqin havolaki normalar sohadagi munosabatlarni asosan qonunosti hujjatlaridagi normalar asosida tartibga solinishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohani huquqiy tartibga solishda ahamiyatga ega boʻlgan asosiy tushunchalarning huquqiy tariflari qonunda keltirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasi va u axborot-kutubxona faoliyati sohasida maxsus vakolat bergan davlat organi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan boʻlsa-da, mazkur maxsus vakolat berilgan davlat organi aniq koʻrsatilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli davlat organining asosiy vakolatlaridan tashqari havolaki norma orqali aniqlashtirilmagan yana boshqa vakolatlar ham berilganligi sohani huquqiy tartibga solishda noaniqliklar keltirib chiqarmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibiga doir qoidalar belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonunda temir yoʻl transporti faoliyatining prinsiplari, yuklarni tashish, vagonlar va konteynyerlarni yetkazib berish uchun shartnoma tuzishda asosiy talablar, yoʻlovchilarni, bagaj va yuklarni tashish qoidalari, yoʻlovchining huquq va majburiyatlari, jarima va uni toʻlash muddatlari, miqdori va mexanizmlari, transport majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunda mavjud 10 dan ortiq havolaki normalar qonunni toʻgʻridan toʻgʻri qoʻllashda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga qaratilgan harakatlar toʻliq yoritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining himoya zonalari hamda gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik rejimiga oid normalar belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining turlari koʻrsatilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini taʼminlash yuzasidan loyihachilarning majburiyatlari, gidrotexnika inshootlarining qurilishida ularning xavfsizligini taʼminlash mexanizmlari nazarda tutilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrotexnika inshooti avariyasi oqibatida yetkazilgan zarar uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlikni sugʻurta qilishga oid normalar belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarga boʻlgan mulkiy munosabatlarni tartibga solishda egasiz (noqonuniy yoki tartibsiz tarzda tashlab ketilgan) chiqindilar joylashgan yer uchastkalari mulkdorlari (shu jumladan yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar)ning javobgarligi belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, tibbiyot, biologik chiqindilar, turgʻun organik ifloslantiruvchilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalari tartibga solinmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy chiqindilarning hosil boʻlishini kamaytirish, ulardan takroriy foydalanilishini taʼminlash, kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalarning joriy etilishi, ularning utilizatsiya qilinishi va qayta ishlanishini ragʻbatlantiruvchi tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar talab darajasida belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni qoʻshimcha moliyalashtirishning iqtisodiy mexanizmlari mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan tovarlar, qadoqlash materiallari (plastik, polietilen v.b.) hamda ulardan hosil boʻladigan chiqindilar boʻyicha ishlab chiqaruvchilarning masʼuliyati va majburiyatlari belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida ragʻbatlantirish, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlari talablarining buzilishi natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash mexanizmlari aniq koʻrsatilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari bilan bogʻliq boʻlgan 30 dan ortiq havolaki normalar qonunni toʻgʻridan toʻgʻri qoʻllashda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim qonunosti hujjatlaridagi normalar “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunning normalariga nomutanosib boʻlib, qonunda tuman va shahar hokimligi huzurida vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyalar faoliyati bilan bogʻliq qoidalar mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiylik va homiylik organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyati ustidan nazorat qay tartibda va qaysi davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi aniq koʻrsatilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻnggi yillardagi qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar qonunosti hujjatlarida qayd etilgan boʻlsa-da, qonunning oʻzida aks etmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunda xorijiy mamlakatlarda qoʻllaniladigan texnik reglamentlarni toʻgʻridan toʻgʻri qabul qilish va amaliyotga kiritish normalari koʻzda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan xorijdan mablagʻ jalb qilish va xalqaro shartnomalarda ishtiroki natijasida moliyaviy oqibatlar kelib chiqishi mumkin boʻlgan xalqaro shartnomalar loyihalariga Moliya vazirligi tomonidan majburiy xulosa berilishini nazarda tutuvchi qoida kiritilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalarning davlat tiliga oʻgirilishi uchun masʼul organ belgilanmaganligi oqibatida ularning bajarilishi, ilmiy jihatdan tahlil qilinishi borasida amaliyotda muammolar kelib chiqmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalar tuzilishi oqibatida davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi shartnomalar bajarilishi bilan bogʻliq nizolarni hal qilish qoidalari belgilanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakillik organlarining ijro hokimiyati organlari tomonidan xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlari bajarilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatilishini nazarda tutuvchi qoida qonunda oʻz aksini topmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonunda naslchilik sohasini davlat tomonidan ragʻbatlantirish, moliyalashtirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish masalalari oʻz aksini topmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaligi bilan bogʻliq masalalar koʻplab qonunlar bilan tarqoq holda tartibga solinganligi oqibatida qonunlarni qoʻllashda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaligi boshligʻi vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini roʻyobga chiqarish Fuqarolik kodeksi, fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari berish, fermer xoʻjaligining yer uchastkasiga egalik qilish hamda undan foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari Yer kodeksi bilan tartibga solinsa, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi, katta va kichik daryolar, suv havzalari boʻylab joylashgan yer uchastkalarining fermer xoʻjaligi yuritish uchun berilishi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi va suv isteʼmoli masalasi “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi qonunlarga asosan tartibga solinib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qonunda fermer xoʻjaliklariga oid ayrim muhim masalalar oʻz aksini topmaganligi fermerlik harakatini faollashtirishga, sohaga sarmoya kirib kelishiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, qonunda fermer xoʻjaliklari va davlat oʻrtasidagi munosabatlar, turli imtiyoz va preferensiyalarni joriy etish, shuningdek, fermer xoʻjaliklarining faoliyatiga davlat tomonidan aralashmaslik, buning kafolatlari kabi masalalar ochiq qoldirilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining faoliyat turlari batafsil ochib berilmagan, shu jumladan, oʻz mahsulotini sotish tartibi, tijorat va notijorat tashkilotlar tuzish, moliya va kredit masalalaridagi ishtirokiga oid munosabatlar batafsil tartibga solinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 16-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Senat qoʻmitalari tomonidan qonunlarning ijrosi holati, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan amalga oshirilgan monitoring natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron tijorat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda toʻgʻridan toʻgʻri amal qiluvchi yagona qonun loyihasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunda homiylik tashkilotlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda faoliyat yuritishini muvofiqlashtirish boʻyicha normalarni belgilash, homiylik faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari va NNTga ragʻbatlantirish choralarini taqdim etishning hozirgi davr talablariga mos mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish homilador ayollarga yoxud uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollarga nisbatan sodir etilgan taqdirda, mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning normalarini qayta oʻrganib chiqqan holda tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning reyestri yuritilishini nazorat qilish, tazyiq oʻtkazishga va (yoki) zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan yoki ularni sodir etgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini bir yil ichida takroran bajarmaganlik uchun kuchaytirilgan javobgarlik choralarini belgilash masalasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot olish erkinligini taʼminlash sohasidagi mavjud qonunlarni oʻrganib chiqib, ularni birlashtirgan holda yaxlit qonun shaklida ishlab chiqish, axborotni olish, tarqatish, taqdim etish va foydalanish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir normalarni kiritish, axborotni taqdim etganlik uchun haq toʻlash tartibi va miqdorlarini aniq koʻrsatish, axborot taqdim etuvchi, saqlovchi va undan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning arxeologiya yodgorligi muhofazasi boʻyicha oʻtkazilayotgan chora-tadbirlardagi ishtirokini aniqlashtirish, roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya ashyolarining boshqa arxeologiya ashyolariga ayirboshlanishiga doir masalalar yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunda axborot-kutubxona muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatishning aniq mexanizmlarini belgilash, axborot-kutubxona muassasalarini xususiylashtirish va ijaraga berish jarayonlariga doir normalarni kiritish masalasini koʻrib chiqib, takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Temir yoʻl transporti toʻgʻrisida”gi Qonunda talablar va daʼvolarni toʻliq yoki qisman qanoatlantirish rad etilgan hollarda yoki ularni oʻz vaqtida koʻrib chiqmaslik oqibatida sudga murojaat qilish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunni qayta koʻrib chiqib, qonun va qonunosti hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish, vasiylik va homiylik organlarining vazifa, funksiya va vakolatlarini aniq chegaralash, vasiylik va homiylik organlarining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlarda qabul qilingan texnik reglamentlarning toʻgʻridan toʻgʻri amal qilishini nazarda tutuvchi qoidani aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvofiqligini baholash boʻyicha umumiy talablar, ayniqsa, baholashda aniqlangan nomuvofiqliklar uchun javobgarlik masalalarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan normativ hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq toʻlovlarni bekor qilish yoki miqdorini kamaytirish masalasini oʻrganib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro shartnomalarda ishtirok etishgacha boʻlgan jarayonda ortiqcha byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va bu borada samarali mexanizmlarni joriy etish maqsadida mazkur tartib-taomillarni soddalashtirish va har bir tartib-taomil amalga oshirilishi uchun muddat belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdan mablagʻ jalb qilish va xalqaro shartnomalarda ishtiroki natijasida moliyaviy oqibatlar kelib chiqishi mumkin boʻlgan xalqaro shartnomalar loyihalariga Moliya vazirligi tomonidan majburiy xulosa berilishini nazarda tutadigan qoidani mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining davlat tiliga oʻgirilishi uchun masʼul organni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Naslchilik toʻgʻrisida”gi Qonunga naslchilik sohasini davlat tomonidan ragʻbatlantirish, moliyalashtirish, ushbu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish masalalariga oid normalarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaligi faoliyatiga oid qonunlarni inventarizatsiyadan oʻtkazgan holda ularni yaxlit qonunga birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklari va davlat oʻrtasidagi munosabatlar, turli imtiyoz va preferensiyalarni joriy etish, shuningdek, fermer xoʻjaliklarining faoliyatiga davlat tomonidan aralashmaslik masalalarini nazarda tutish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining faoliyat turlarini batafsil ochib berish, shu jumladan, oʻz mahsulotini sotish tartibi, tijorat va notijorat tashkilotlar tuzish, moliya va kredit munosabatlaridagi ishtirokiga oid normalarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur sohadagi qonunchilikda xalqaro ekologik standartlarning talablari va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalariga javob beradigan zamonaviy ekologik koʻrsatkichlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan normalari, shuningdek Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan majburiyatlarni toʻliq aks ettirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini tubdan qayta koʻrib chiqqan holda ularni tizimlashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlari sifatini oshirish, ijrosi monitoringini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni masʼullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashish va nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye orqali doimiy ravishda koʻrsatuv va chiqishlar tashkil etish, aholiga islohotlar mohiyati va natijalarini yetkazib borish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikni tizimlashtirish orqali ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, qonunchilik bazasidagi harakatsiz va amalda qoʻllanilmayotgan hujjatlarni tubdan qisqartirish maqsadida gilotina usulidan foydalanishni yanada kuchaytirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Umarov) adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini eshitish doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni masʼullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qoʻllashga koʻmaklashish va nazorat qilish masalalarini chuqur tahlil qilib, keng muhokama qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yuborilayotgan takliflar va ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumotni joriy yilning 15-iyuliga qadar taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha mazkur Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-188-IV-son