02.09.2019 yildagi O‘RQ-561-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda ma’qullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zo‘ravonlik shakli, shuningdek zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam ko‘rsatmaslik, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zo‘ravonlik shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy ta’sir o‘tkazish yoki bunday ta’sir o‘tkazish choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi, sha’ni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan g‘ayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarga nisbatan turmushda, ish joylarida va boshqa joylarda amalga oshirilgan zo‘ravonlik shakli, xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishga bo‘lgan huquqini, mulk huquqini, ta’lim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish joyi — o‘zi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mehnat majburiyatlarini amalga oshirish yoki xizmat vazifalarini bajarish uchun bo‘lishi yoki borishi lozim bo‘lgan, ish beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy zo‘ravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq — sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik, ta’qib etish;
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi — o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishi tahdidi ostida bo‘lgan yoki tazyiq va zo‘ravonlik natijasida jabrlangan ayol jinsidagi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish — xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i uchun paydo bo‘lgan xavfni bartaraf etish, tezkor chora-tadbirlarni talab qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda xotin-qizlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning takroran g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadidagi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish — xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga, jamiyatda xotin-qizlarning zo‘ravonlikdan xoli bo‘lish huquqlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’qib etish — jabrlanuvchining xohish-irodasiga qarshi, uning ikki yoki undan ortiq marta qarshilik ko‘rsatganligiga yoxud ogohlantirganligiga qaramay sodir etiladigan, jabrlanuvchini qidirishda, u bilan og‘zaki, telekommunikatsiya tarmoqlari vositasida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali yoki boshqa usullarni qo‘llash yo‘li bilan muloqotga kirishishda, uning ish, o‘qish va (yoki) yashash joyiga borishda ifodalangan hamda jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotirlik qo‘zg‘atadigan harakatlar;
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuniga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya orderi — tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan yoki ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladigan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi to‘g‘risidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlariga himoya orderi berish to‘g‘risidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik natijasida o‘ziga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplanishi hamda ma’naviy ziyon kompensatsiya qilinishi to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash hamda ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini ta’minlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning xavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini ta’minlash bo‘yicha tuzilmalarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni, strategiyalarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash monitoringini o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik xizmatlar ko‘rsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir dasturlarni va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga davlat boji to‘lamasdan ariza, shikoyat va da’volar taqdim etadi, sud majlislarida o‘zining vakolatli vakili orqali ishtirok etadi;
(61-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 1-iyuldagi O‘RQ-1156-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklari ta’minlanishini monitoring qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(61-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi O‘RQ-977-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(7-modda ikkinchi qismning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi;
(7-modda ikkinchi qismning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi O‘RQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘radi, xotin-qizlarga tazyiq o‘tkazayotgan va ularga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga rasmiy ogohlantirish beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya orderini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida choralar ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
(9-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini ta’minlash va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zo‘ravonlik hollarining oldini olish hamda xotin-qizlar bilan o‘zaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha mulk shakllaridan qat’i nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish qidirayotgan va og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolarga va zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasbga yo‘naltirishga ko‘maklashish choralarini ko‘radi;
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-736-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlarining hamda ta’lim muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
(10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni majburiy mehnatga va g‘ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar to‘g‘risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi hamda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarida bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishni ta’minlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlarining hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
(11-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu jumladan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
(11-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-736-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ularni sog‘liqni saqlash muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin-qizlarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar to‘g‘risida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
(12-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi O‘RQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi:
(12-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi O‘RQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar o‘tkazadi;
(12-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi O‘RQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o‘tkazganligi va zo‘ravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini o‘tkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga ko‘maklashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni hamda mazkur sohada huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
(13-modda birinchi qismining to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlarning hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organlar va tashkilotlar xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan tazyiq va zo‘ravonlik faktlari to‘g‘risida o‘zaro bir-birini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga munosabat bildirish choralarini kelishish hamda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga amaliy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish va tajriba almashish sohasidagi chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, qonunchilikni va ularning qo‘llanilish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
(14-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qo‘yishning umumiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari bo‘lgan omillarni tahlil qilish, o‘rganish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni o‘z huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari to‘g‘risidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-ma’rifiy faoliyatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlashning samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlik sodir etish xavfi bo‘lgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatishga va ularni himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik hollarining statistik hisobi va hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek zo‘ravonlik sodir etgan yoki zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini ijtimoiy hamda huquqiy himoya qilish mexanizmlari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganga ko‘rsatiladigan yordam turlari va xizmatlar to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur bo‘lgan taqdirda vakolatli organlar va tashkilotlar sodir etilgan tazyiq va zo‘ravonlik fakti munosabati bilan ariza berishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni ijro etish muassasalari tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganga unga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan shaxs jazoni ijro etish joyidan ozod etilganligi, ozodlikdan mahrum qilish joyidan tashqariga qisqa muddatga chiqarilganligi yoki qochib ketganligi haqida zudlik bilan xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ishonch telefoni
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi yordam ko‘rsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish to‘g‘risida axborot olishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) ishlab turishini ta’minlaydi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi O‘RQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Telefon liniyasi tarmog‘i maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat ko‘rsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan yoki uni sodir etgan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq faoliyati xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar muayyan shaxsning, uning ijtimoiy muhitining o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va turmush tarzi, uning g‘ayriijtimoiy xulq-atvori, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etishga moyilligi, shuningdek u sodir etgan tazyiq va zo‘ravonlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga olingan holda qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qo‘llash uchun asoslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qo‘llash uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlik qurbonining murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlik faktlari aniqlangan taqdirda bu haqda tegishli ichki ishlar organlariga darhol xabar qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tazyiq va zo‘ravonlik to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma xabar olganda bunday harakatlarga chek qo‘yish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika suhbatini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya orderini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlarga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Profilaktika suhbati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muayyan shaxsni jamiyatda umum qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, g‘ayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek qonunda belgilangan javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirish maqsadida profilaktika suhbati o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlik hollarini aniqlagan vakolatli organ vakili tomonidan profilaktika suhbati tazyiq o‘tkazish va zo‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslar bilan qonunda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Himoya orderini berish
(23-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari hamda uni bajarmaslik oqibatlari va zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturlaridan o‘tish zarurligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs himoya orderini olish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zo‘ravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida himoya orderini o‘ttiz kun muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi hamda tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs bir joyda ishlasa yoki o‘qisa, tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshiruvchi ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan jabrlanuvchiga himoya orderi berilganidan keyin bir ish kuni ichida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining ish yoki o‘qish joyiga, agar tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tashkilot rahbari bo‘lsa, yuqori turuvchi organga, jabrlanuvchi va tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi bevosita aloqani taqiqlash to‘g‘risida taqdimnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi ishlayotgan yoki ta’lim olayotgan tashkilot rahbari taqdimnomani olganidan keyin, uch ish kuni ichida jabrlanuvchi hamda tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs o‘rtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi.
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xavf hali bartaraf etilmagan bo‘lsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra ko‘pi bilan bir yilgacha muddatga jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
(23-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderini berish yoki himoya orderini berishni yoxud uzaytirishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(23-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderining shakli va uni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-modda. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlik yoki ularni sodir etish xavfi bartaraf etilmagan taqdirda, tegishli hududda tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga ko‘ra, bir ish kuni ichida himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha materiallar tayyorlanadi hamda himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma rasmiylashtirilgan holda jabrlanuvchining yashash joyidagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yigirma to‘rt soat ichida yopiq sud majlisida jabrlanuvchi hamda tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs hozirligida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomani sudda ko‘rishda advokat ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jabrlanuvchining hamda tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning sud majlisiga kelishi ichki ishlar organi xodimi kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning sud majlisida uzrsiz sabablarga ko‘ra hozir bo‘lmaganligi ishni ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi. Agar sud mazkur shaxsning sudda hozir bo‘lishini shart deb topsa, sud uni majburan olib kelish to‘g‘risida ajrim chiqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya ish materiallari bilan tanishib chiqqanidan keyin himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risida yoki himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan vaqt va joy haqidagi ma’lumotlar, qarorni qabul qilgan sudning nomi, sudyaning, taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, mashg‘ulotining turi hamda yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan, ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va ichki ishlar organlari tomonidan darhol ijro etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini, shuningdek himoya orderi talablarini hamda ularni bajarmaslik oqibatlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorning ko‘chirma nusxasi tazyiq va zo‘ravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsiga, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga, shuningdek tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsga darhol topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ular sud majlisiga kelmagan bo‘lsa, qarorning ko‘chirma nusxasi bir sutka ichida pochta orqali taraflarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi yoki himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarori ustidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi, tazyiq o‘tkazgan va (yoki) zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs, agar ishda ishtirok etgan bo‘lsa, ularning advokati, qonuniy vakili tomonidan 72 soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat qilinishi uning ijro etilishini to‘xtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderi talablarining bajarilishi ustidan nazorat ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.
(231-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organi ularning nomidan himoya orderini berish hamda uni uzaytirish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar himoya orderini olish to‘g‘risidagi ariza bilan shaxsan murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish hamda uni uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ularning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili hozirligida ko‘rib chiqiladi.
(24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderi ularning qonuniy vakiliga yoki vasiylik va homiylik organiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderi berilganligi va uzaytirilganligi to‘g‘risidagi axborot vasiylik va homiylik organiga, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga 24 soat ichida yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Himoya orderining mazmuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderida quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u rasmiylashtirilgan sana va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uni rasmiylashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi va joyi, kasbi hamda yashash joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning ro‘yxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining sudga murojaat qilish huquqi to‘g‘risidagi, tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarligi haqidagi ma’lumot ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq o‘tkazishni va zo‘ravonlik sodir etishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yo‘l qo‘yiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq o‘tkazilgan va zo‘ravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning bir xonada birga bo‘lishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazga joylashtirish uchun xarajatlarning, yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash, shuningdek ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda ko‘rsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini hal qilishda, sud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlardan tashqari quyidagi cheklovlarni qo‘llashga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning muayyan joylarga borishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkologik kasallikdan ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolanish kabi majburiyatlardan birini yoki bir nechtasini tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga yuklatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyiga yoki u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini vaqtinchalik cheklash.
(26-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan talablardan tashqari, unga tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tishi to‘g‘risidagi shart majburiy tartibda kiritiladi.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar himoya orderini berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, himoya orderini berish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallari jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.
(26-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish bo‘yicha maxsus markazlar (bundan buyon matnda maxsus markazlar deb yuritiladi) tashkil etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarni maxsus markazlarga joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zo‘ravonlik fakti mavjud bo‘lgan taqdirda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish to‘g‘risidagi talabi bo‘yicha tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarning maxsus markazlarga joylashtirilishini ta’minlaydi. Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining voyaga yetmagan bolalari ular bilan birga maxsus markazlarga joylashtirilishi mumkin.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini maxsus markazga joylashtirish uning xohishiga ko‘ra o‘ttiz kungacha bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi. Zarurat bo‘lgan taqdirda bu muddat maxsus markazning ustavida belgilangan tartibda uzaytiriladi. Maxsus markazga joylashtirish muddati tugagach, agar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan xavf mavjud bo‘lsa, maxsus markaz ma’muriyati bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, uning ish joyi (lavozimi) saqlab qolinadi. Bunda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazga joylashtirilganligi unga ushbu markazda bo‘lgan davri, biroq bir oydan ortiq bo‘lmagan muddat uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berish uchun asos bo‘ladi.
(28-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 1-iyuldagi O‘RQ-1156-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazda bo‘lish vaqti uni ta’lim muassasasidan mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborganligi munosabati bilan chiqarish uchun asos bo‘lmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus markazlar ushbu markazlarga joylashtirilgan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilar hamda ularning voyaga yetmagan bolalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ko‘zlab, sudlarga davlat boji to‘lamasdan ariza, shikoyat va da’volar taqdim etadi, sud majlislarida o‘zining vakolatli vakili orqali ishtirok etadi.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 1-iyuldagi O‘RQ-1156-sonli Qonuniga asosan beshinchi qismi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchilarga, shuningdek ularning o‘zi bilan birga maxsus markazlarga joylashtirilgan voyaga yetmagan bolalariga yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar tazyiq o‘tkazganlikda va zo‘ravonlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsdan undirilishi mumkin.
(28-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Zo‘ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zo‘ravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganning xavfsizligini ta’minlash maqsadida shaxsning zo‘ravonlikka moyil xulq-atvorini o‘zgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxsning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Ma’lumotlarning maxfiyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatgan shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan barcha shaxsga doir ma’lumotlar shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik bilan qo‘riqlanadi.
(30-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchining shaxsiga doir ma’lumotlari ishonib topshirilgan hamda kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan bu ma’lumotlar o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, ushbu ma’lumotlarni oshkor etishga yo‘l qo‘ygan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning mablag‘lari, yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(31-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(32-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(34-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘RQ-561-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.09.2019-y., 03/19/561/3680-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)