05.03.2021 yildagi PQ-5020-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, joylarda “Ayollar daftari”ni shakllantirish va unga kiritilgan xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli oʻrganish, tahlil qilish va hal etish borasidagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, shuningdek, “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xotin-qizlarni va oilani qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) sifatida qayta tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam taʼminlangan, farzandlarini toʻliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlarga uy-joylarning boshlangʻich badalini toʻlab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻligʻini saqlash, ayollar sportini rivojlantirish, mehnat va oʻqish sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun tijorat banklariga resurs mablagʻlarini belgilangan tartibda joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Respublika kengashi (T.K. Narbayeva, Q.M. Rafikov) Jamgʻarma mablagʻlari xarajatlari parametrlarini tasdiqlaydi, mablagʻlardan toʻgʻri va samarali foydalanish boʻyicha doimiy monitoring oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq har yili 300 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlanadigan Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish hisobidan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarma har yili AT “Xalq banki”ga 100 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlarni 2021-yilda Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada, 2022-yildan boshlab esa yillik 10 foiz stavkada yoʻnaltiradi;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirgan xotin-qizlarga mazkur mablagʻlar hisobidan har bir mahallaga mahallabay ishlash boʻyicha biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyasiga koʻra, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million soʻmgacha boʻlgan miqdorda kreditlar ajratiladi:
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan maʼqullangan dasturlar asosida tashkil etilgan oʻquv kurslarini;
(5-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, mahallalardagi kasb-hunarga oʻqitish maskanlari hamda Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari yoki nodavlat taʼlim muassasalarining kasbga oʻrgatish oʻquv kurslarining maxsus oʻqitish dasturlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ajratiladigan kreditlar, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan tijorat banki tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi;
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) kreditlar bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2021-yilda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlash maqsadida, ularga ipoteka kreditlari boʻyicha boshlangʻich badalni toʻlab berish va ijtimoiy uy-joylar sotib olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy bilan taʼminlashga — 10 milliard soʻmdan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolgʻiz onasi, yolgʻiz otasi yoki boshqa shaxslar qaramogʻida boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taʼminlashga — 5 milliard soʻmdan mablagʻ ajratsin;
(6-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PF-24-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 06/21/24/1085-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir hafta muddatda ayollar muammolarini tizimli va manzilli ravishda oʻrganish va hal etish doirasida shakllantirilgan maxsus jarrohlik amaliyotlari oʻtkazish orqali davolanishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar roʻyxatidagi hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarning davolanishi uchun Jamgʻarmaga 30 milliard soʻm yoʻnaltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mazkur bandda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan jami 240 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan va oʻzgalar parvarishiga muhtoj xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish uchun 80 milliard soʻm, shuningdek, noturar joylarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarga turar joy ijarasi kompensatsiyasini toʻlash uchun 11 milliard soʻm yoʻnaltirsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari talabnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjeti va Toshkent shahrining shahar budjeti, tuman (shahar) budjetlarida shakllangan qoʻshimcha manbalar hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga mablagʻ ajratish yuzasidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublika Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlariga har chorakda taklif kiritilishini taʼminlasin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) 2021-yilda majburiy undiruvlar hisobidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalariga 150 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar mazkur qarorning 6-7-bandlarida nazarda tutilgan mablagʻlar yoʻnaltiriladigan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirib, toʻlovlarni amalga oshirishni boshlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashi (T.K. Narbayeva, Q.M. Rafikov) ushbu mablagʻlarning oʻz vaqtida ajratilishi va manzilli ishlatilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Respublika “Hunarmand” uyushmasi (U.T. Abdullayev) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil mobaynida har bir hududda asosan xotin-qizlar faoliyat yuritadigan hunarmandchilik turlariga ixtisoslashgan klasterlar faoliyati tajriba sifatida joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu klasterlar hunarmandchilik mahsulotlari uchun xom ashyo yetishtirish, uni qayta ishlash va sotish faoliyatini qamrab oladi, shuningdek, klasterlar ustav kapitalining 50 foizi teng ulushlarda Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi va Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, qolgan 50 foizi hunarmandlarning oʻz mablagʻi hisobidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ni samarali yuritish, ishsiz fuqarolarga bandlik sohasida tizimli yordam koʻrsatish hamda “mahallabay” tizim asosida ishlarni tashkil qilish maqsadida har bir mahallada mehnat inspektoriga “jamoatchi yordamchi”larni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jamoatchi yordamchi”lar bilan 11 oy muddatgacha jamoat shartnomalari tuzish hamda ularning ish haqini mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining bir yarim baravari miqdorida belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“jamoatchi yordamchi”larning ish haqini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufiga oʻtayotgan kasb-hunar taʼlim muassasalarining boʻsh turgan qismini tadbirkorlik subyektlariga oʻquv xonasi va ishlab chiqarish sexi tashkil etish uchun 30 yilgacha boʻlgan muddatga imtiyozli ijaraga berish tartibini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xotin-qizlar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan soʻng 3 oy mobaynida ularga berilgan boʻsh turgan binolarning ijara toʻlovlarini Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha boʻlgan miqdorda toʻlab berish, shuningdek, boʻsh turgan binolarni 1 yilgacha boʻlgan muddatda imtiyozli ravishda ijaraga berish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlashga koʻmaklashuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida grantlarni eʼlon qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi va uning hududiy tuzilmalarini ayollar huquqlarini himoya qilish maqsadida kiritilgan daʼvo arizalari boʻyicha davlat bojidan ozod qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bosh prokuratura (S.B. Ortiqova), Adliya vazirligi (R.K. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha respublika, hududiy va tumanlararo namunali markazlari faoliyatini samarali tashkil etish choralarini koʻrsin. Bunda:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda barcha hududlarda zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga yordam koʻrsatish boʻyicha bittadan tumanlararo namunaviy markazlar tashkil qilinsin;
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tumanlararo namunaviy markazlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasidan jami 10 milliard soʻm hamda mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalaridan mablagʻlar yoʻnaltirilsin.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand oilalar farzandi boʻlgan xotin-qizlar uchun oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni ikki baravarga oshirish orqali ikki mingtaga yetkazilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berishda “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga alohida eʼtibor qaratsin.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy taʼlim muassasalari hisobidan oʻqitish tartibi joriy etilsin. Bunda, oʻqish uchun toʻlov pullari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 100 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hamda moliyaviy barqaror davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning Kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab beriladi.
(15-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maktabgacha taʼlim vazirligi (A.V. Shin):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda Moliya vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli roʻyxatga kiritish orqali qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yoʻqotgan ayollarga farzandini maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga berish xarajatlarini budjetdan qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini yanada kengaytirish maqsadida mahallalarda boʻsh turgan va foydalanilmayotgan binolar (xonalar)ni xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan mahallalarda maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalar roʻyxatini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil yakuniga qadar maktabgacha taʼlimga ehtiyoj mavjud boʻlgan mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A.Sh. Bekmurodov) Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiyalari asosida oʻqishga yuboriladigan stipendiatlar orasida xotin-qizlar ulushini kamida 20 foizga koʻpaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oliy Majlis palatalari bir oy muddatda xotin-qizlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan ayollarni davlat va jamiyat oldidagi fidokorona xizmatlari, mamlakatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy salohiyatini oshirishga qoʻshgan hissasi, irodasi, ilmiy va amaliy sohalardagi erishgan yutuqlari uchun ularni ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi davlat mukofotlarini taʼsis etish masalasini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oʻz sessiyalarida mutasaddi davlat organlari rahbarlarining xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga koʻmaklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha axborotini eshitib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Jamgʻarma Respublika kengashining ishchi organlari hisoblanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Respublika kengashi (T.K. Narbayeva, Q.M. Rafikov) bir oy muddatda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash maqsadida zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol xotin-qizlarning milliy imijini keng targʻib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqsin hamda uning ijrosini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G.M. Marufova) ikki oy muddatda yoshlarga har tomonlama oʻrnak boʻlayotgan ayollarimizni jalb qilgan holda, xotin-qizlar uchun “Iffatli ayol” telekoʻrsatuvi namoyishini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari xotin-qizlarga motivatsiya berish maqsadida fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar bilan doimiy ravishda uchrashuvlar tashkil etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyul va 2022-yil 1-yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 5-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5020-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi Ijro etuvchi direksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vasiylik kengashi

Ijrochi direktor

Direktor oʻrinbosari

Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassis

Axborot-tahlil va hududlar bilan ishlash boʻlimi

8

Bosh yuriskonsult

Xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish shuʼbasi

2

Moliya va buxgalteriya hisobi shuʼbasi

2

Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish shuʼbasi

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 18 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan normativlar asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish

1.

Har bir mahallada “Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmasining faoliyatini samarali tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Xotin-qizlarni, shu jumladan nogironligi boʻlgan ayollarni davlat va jamiyat oldidagi fidokorona xizmatlari uchun ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi davlat mukofotlarini taʼsis etish toʻgʻrisida taklif kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2021-yil 10-aprel

-

Oliy Majlis palatalari (kelishuvga koʻra)

3.

Tadbirkorlik, fermerlik, dehqonchilik, kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xotin-qizlarga qoʻshimcha imtiyozlar berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-aprel

-

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (B. Axmedov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov), Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Kasimov)

4.

Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga oid takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy maʼlumot

2021-yil 15-aprel

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Qoʻchqorov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Oilada sogʻlom va barqaror ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” gʻoyasini hayotga tatbiq etishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida Oila institutini yanada mustahkamlash konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-iyun

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash

6.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past boʻlgan 20 ta tumanda yashayotgan xotin-qizlarni oilaviy biznesga va xususiy tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb etish, ularning bandligini taʼminlash maqsadida kichik korxonalar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Qoʻchqorov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyati samaradorligini oshirish, xotin-qizlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishda markazlarning oʻquv sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-aprel

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Qoʻchqorov), Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (N. Kuziyev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

8.

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi toʻgʻrisidagi nizom hamda jamoatchilik kengashining 2021-yilga moʻljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi va nizomini tasdiqlash.

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining tashkiliy yigʻilishi qarori

2021-yil 15-aprel

-

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (T. Narbayeva, Q. Rafikov)

9.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha belgilangan tartibda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

bandligini taʼminlash;

tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish boʻyicha koʻmaklashish;

tadbirkorlikka jalb etish;

moddiy yordam koʻrsatish;

turar-joy ijara kompensatsiyasini toʻlash;

tibbiy xizmat koʻrsatish;

huquqiy yordam koʻrsatish;

psixologik yordam koʻrsatish.

2021-yil davomida

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi, Jamoat ishlari jamgʻarmasi, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi,

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, Xalqaro moliyaviy institutlarning kredit, grant va boshqa mablagʻlari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov), AT “Xalq banki” (F. Salomov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Mahallalarda xotin-qizlarning moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oyliklar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Qoʻchqorov),Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

11.

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, bandligini va taʼlim olishlarini taʼminlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 15-aprel

-

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

12.

Xotin-qizlarga kredit ajratish orqali ularni tadbirkorlikka yoʻnaltirish.

1. Tadbirkorlik qilish istagi boʻlgan xotin-qizlarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida kasb yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslarini oʻtagan xotin-qizlarga kredit olish uchun tavsiyanoma berish.

3. Berilgan tavsiyanomalar asosida ularning qiziqishi boʻyicha bankning namunaviy biznes rejalarini taklif etish va kredit ajratish.

4. Ajratilgan kreditlarning sarflanishini doimiy oʻrganish va tadbirkorlik yoʻnalishida yuzaga keladigan muammolarga amaliy yordam berib borish.

2021-yil davomida

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va Oilaviy tadbirkorlikni rivojlan-tirish dasturi doirasida ilgari ajratilgan kreditlarning qaytgan mablagʻlari

AT “Xalq banki” (F. Salomov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

13.

Xotin-qizlar muammolarini hal qilish maqsadida xalqaro donorlarning grantlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

1. Loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2. Donor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.

3. Donor tashkilotlar bilan loyiha takliflarini kelishish.

Doimiy ravishda

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

14.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan elektron tijorat platformasini yaratish.

1. Elektron tijoratni oʻrgatishga yoʻnaltirilgan portalning loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash.

2. Elektron portalni yaratish va ishga tushirish.

3. Xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tayyor biznes namunalarni oʻz ichiga olgan boʻlimlarni (elektron kitoblar, audio va video qoʻllanmalar) doimiy yangilab borish.

2021-2022-yillar davomida

Xalqaro donorlar grantlari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (T. Narbayeva), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

15.

Aholi demografiyasini chuqur tahlil qilish asosida tugʻish yoshidagi ayollarning sogʻligʻini yaxshilash choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

18.

Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni oʻrnatilgan tartibda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli sanatoriylarda sogʻlomlashtirish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boʻlimi, fuqarolar yigʻini va tibbiyot xodimlari tomonidan hududiy sogʻlomlashtirish sanatoriylariga yoʻllanma berish uchun surunkali kasalligi mavjud, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning roʻyxatini shakllantirish.

2. Roʻyxatga kiritilgan xotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

3. Sanatoriylarda sogʻligʻini tiklash uch?n salomatligida moneligi boʻlmagan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yoʻllanmalar berish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

19.

Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda belgilangan tartibda bepul davolash choralarini koʻrish.

1. Tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, fuqarolar yigʻinlari tomonidan surunkali kasalligi mavjud, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Roʻyxatga kiritilgan xotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

3. Tibbiy koʻrik xulosasi asosida respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda bepul davolash choralarini koʻrish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

20.

Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan taʼminlash.

1. Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalariga muhtoj, ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Ularni belgilangan tartibda reabilitatsiya texnik vositalari va protez ortopediya buyumlari bilan bepul taʼminlash.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida, Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

21.

Xotin-qizlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan ayollarga qulaylik yaratish maqsadida bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini yanada kengaytirish.

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli roʻyxatga kiritish orqali qabul qilish, shuningdek, boquvchisini yoʻqotgan ayollarga farzandini maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim muassasalariga berish xarajatlarini budjetdan qoplash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 15-aprel

Mahalliy budjetmablagʻlari

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Mahallalarda boʻsh turgan va foydalanilmayotgan binolar (xonalar)ni xatlovdan oʻtkazish.

2021-yil 15-may

Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud boʻlmagan mahallalarda maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinmagan bolalarning roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil 15-may

4. Maktabgacha taʼlimga ehtiyoji mavjud mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2022-yil 1-yanvar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin)

III. Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish

22.

Respublikadagi oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari asosida oʻqishga joʻnatiladigan tinglovchilar orasidagi xotin-qizlarning ulushini kamida 20 foizga koʻpaytirish.

1. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarni tanlov asosida xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga joʻnatish dasturini ishlab chiqish.

2021-yil 15-aprel

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi (A. Bekmurodov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarning “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiya tanlovlarida faol ishtirok etishini taʼminlash.

doimiy ravishda

3. Stipendiya tanlovida ishtirok etib, gʻolib boʻlgan xotin-qizlarni xorijiy mamlakatlarning nufuzli taʼlim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga taʼlim olishga yuborish choralarini koʻrish.

doimiy ravishda

23.

Xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion va biznes gʻoyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.

Chora-tadbirlar rejasi.

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshkulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

24.

Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrnini mustahkamlash maqsadida zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol xotin-qizlarning milliy imijini keng targʻib qilish.

Media-reja.

2021-yil 15-aprel

Homiylar va tashabbus-korlar mablagʻlari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

25.

Xotin-qizlarning innovatsion gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “INNOWOMENWEEK” haftaligini oʻtkazish.

1. Startap loyihalarini joriy qilmoqchi boʻlayotgan xotin-qizlarni aniqlash va ularning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish.

2. Xotin-qizlarning biznes rejalarini tayyorlash yuzasidan bilim va malakalarini oshirish boʻyicha seminarlar tashkil qilish.

3. Tadbirkor ayollar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni keng targʻib qilish maqsadida koʻrgazmalar tashkil qilish.

2021-yil 1-iyun

Homiylar va tashabbus-korlar mablagʻlari

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattorov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Ayollarning jamiyatdagi muammolarini, jumladan turli kasb va ijtimoiy mavqega ega xotin-qizlar hayotini yoritib beruvchi milliy serial, badiiy, hujjatli, tarixiy, qisqa metrajli filmlar, ijtimoiy roliklarni suratga olish, teleloyihalar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Xalqaro donorlar grantlari, homiylar mablagʻlari

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi (F. Abduxalikov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xojimatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)

27.

Xotin-qizlarga motivatsiya berish maqsadida fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etish va treninglar oʻtkazib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Doimiy ravishda

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

“Oʻzbekiston xotin-qizlari: hayotiy maqsadlar, qadriyatlar va yoʻnalishlar” mavzusida sotsiologik tadqiqot oʻtkazish.

Ijtimoiy soʻrov va boshqa oʻrganishlar natijalari asosida tahliliy maʼlumot tayyorlash.

2021-yil 1-iyul

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

“Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva)

29.

Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini oʻrganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etish masalalarida tadqiqotlar samaradorligini oshirish.

Reja-jadval asosida ilmiy asoslangan tahliliy maʼlumotlar, tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish.

Doimiy ravishda

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (G. Marufova), “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova)

30.

Fuqarolar yigʻinlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislar uchun manzilli oʻquv kurslarining onlayn platformasini yaratish.

1. Oʻquv kurslarining yoʻnalishlarini belgilash.

2. Oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirligi (G. Marufova), “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva)

3. Maxsus platformani ishlab chiqish, zarur manbalar bilan taʼminlash va onlayn oʻqishni yoʻlga qoʻyish.

2021-yil 1-sentabr

31.

Xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha tadbirlarni kuchaytirish.

1. Hududlarda xotin-qizlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha sport va piyoda sayohatlar marafonlarini tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Marafonlar oʻtkazilishi haqidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borish.

2021-yil 1-may

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (A. Karimov), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash” vazirligi (G. Marufova), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

32.

“Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasini amalga oshirish.

1. “Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasini hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Eng samarali faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollar roʻyxatini shakllantirish, oʻtkaziladigan uchrashuvlar va mahorat darslari grafigini tasdiqlash.

3. Loyiha oʻtkazilishi haqidagi maʼlumotlarni rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borish.

2021-yil 1-oktabr

Tashkilotchilar mablagʻlari

“Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2021-y., 07/21/5020/0191-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 06/21/24/1085-son, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son; 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)