26.02.2021 yildagi 108-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ-4884-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim tizimida fanlarni oʻqitish metodikalari, uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish tartibi va oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, taʼlim jarayoniga zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti, tayanch va variativ oʻquv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi buyurtmasiga asosan tuzuvchilarni tanlash hamda darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarning yagona maketlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaratilgan darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarni ekspertizadan oʻtkazish, ularni taʼlim tizimida qoʻllash boʻyicha xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejasi, dasturlari, yaratilgan darsliklar va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarni tajriba-sinovdan oʻtkazish ishlariga rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fanlarni oʻqitish metodikasi va oʻquvchilar bilimlarini baholashning zamonaviy uslublarini ishlab chiqish, shuningdek, taʼlim dasturlarining integratsiyalashuviga asoslangan oʻqitishning fanlararo yondashuvini joriy qilish va bu boradagi ijobiy tajribani umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan fanlarni, ayniqsa, birinchi bosqichda matematika, informatika, kimyo, biologiya va oʻzbek tili (ona tili va davlat tili sifatida) fanlari uchun oʻquv-metodik taʼminotni yaxshilash hamda darsliklarning sifatli tayyorlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-tarbiya jarayoniga “STEAM” fanlarini (Science — tabiiy fanlar, Technology — texnologiyalar, Engineering — texnik ijodkorlik, Art — sanʼat, Mathematics — matematika) oʻqitish boʻyicha ilgʻor pedagogik texnologiyalar va boshqa maqbul metodikalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlari (KPI) asosida tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari fan metodistlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va ularning reytingini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-apreldan boshlab Markaz direktorining mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra bazaviy lavozim maosh miqdorlari oliy taʼlim muassasasi rektoriga, direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari — oliy taʼlim muassasasi prorektoriga, tarkibiy boʻlinmalar boshliqlari — oliy taʼlim muassasasining fakultet dekaniga, metodistlarining ish haqi miqdori — oliy toifali oʻqituvchining bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz taʼlim sifatini oshirish maqsadida qoʻshimcha ravishda ishga jalb qilish boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, xorijiy ekspertlar va xorijda yashaydigan vatandoshlar bilan fuqarolik-huquqiy shartnomalar imzolashi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish, ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasi budjet va aylanma mablagʻlari hisobidan Respublika taʼlim markazi uchun ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shu jumladan, davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ilmiy-tadqiqot loyiha grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markazga shartnoma asosida quyidagi xizmatlarni koʻrsatish huquqi berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro taʼlim platformalarida mavjud boʻlgan elektron resurslarni, shu jumladan, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagog kadrlari uchun oʻquv-metodik resurslar, maktab yoshidagi bolalarga moʻljallangan videodarslar, taʼlim bilan bogʻliq oʻyinlar va boshqa mahsulotlarni mahalliylashtirish yoʻnalishida bepul va pulli xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari tomonidan tavsiya etilgan oʻquv rejasi va dasturlari, darsliklar hamda oʻquv-metodik resurslarni amaliyotda qoʻllash yuzasidan ilmiy xulosalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Markazning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, uning Nizomi, tuzilmasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Markaz xodimlarining tarkibini tanqidiy koʻrib chiqib, Markazga yuqori malakali va ilmiy salohiyatli kadrlarni jalb qilsin, bunda besh yildan kam boʻlmagan pedagogik yoki taʼlim sohasidagi boshqaruv organlarida ish stajiga ega boʻlgan mutaxassislarni ishga qabul qilish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlimning milliy oʻquv dasturi, darslik va oʻquv-metodik majmualar, oʻqitish metodikasi va baholash, zamonaviy taʼlim muhitini tatbiq qilish boʻyicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish maqsadida Toshkent shahridagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan birining (keyingi oʻrinlarda — tayanch maktab) Markazga biriktirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayanch maktabda STEAM taʼlimi laboratoriyasini tashkil etsin va unda ilgʻor xorijiy davlatlarning taʼlim texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrining, Yakkasaroy tumanidagi, Bobur koʻchasi 9-uy manzilida joylashgan oʻziga tegishli binoning moddiy-texnik holatini davlat-xususiy sheriklik asosida tubdan yaxshilash va unga Markazni joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish, ularga taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika oʻquv-metodika markazini belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taʼlim markaziga aylantirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taʼlim markazining direktori, direktor oʻrinbosari va metodistlarining oylik ish haqlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi metodistlarining oylik ish haqiga tenglashtirib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirishni 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi 108-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarning (keyingi oʻrinlarda — umumiy oʻrta taʼlim muassasalari) barcha sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab olish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslik — davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻquv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, oʻquv fanining mavzulari toʻliq yoritilgan va asoslari mukammal oʻzlashtirilishiga qaratilgan, oʻquv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, taʼlim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy maʼlumotlardan tashqari amaliy tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi oʻquv nashri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov komissiyasi — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Xalq taʼlimi vazirligi) tomonidan tasdiqlanadigan, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratadigan tuzuvchilar guruhini aniqlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzuvchi (tuzuvchilar guruhi) — ijodiy mehnati bilan asar yaratadigan jismoniy shaxs yoki jismoniy shaxslar guruhi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-metodik majmua — mashq daftari, oʻqituvchi uchun metodik qoʻllanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar guruhi — Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) huzurida tashkil etiladigan turli fan yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni baholovchi ekspertlardan (mutaxassislardan) iborat guruh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilar tarkibi tanlov asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar tuzuvchilar tarkibini tanlov asosida shakllantirishning maqsadi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilarni takomillashtirilgan davlat taʼlim standartlari, oʻquv rejalari va dasturlari asosida yaratilgan darslik va oʻquv-metodik-majmualar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmasi asosida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish tizimida raqobat muhitini yaratish, shuningdek, uning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, yosh isteʼdodli tuzuvchilar va tuzuvchilar jamoalarini qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlovda taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish tajribasiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar, shu jumladan, davlat tashkilotlari hamda ijodiy jamoalar qatnashishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz takomillashtirilgan milliy oʻquv dasturlarining bosqichma-bosqich joriy etilishini hisobga olgan holda, tanlov asosida yaratiladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar roʻyxatini shakllantiradi hamda Xalq taʼlimi vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq taʼlimi vazirligi tuzuvchilar tarkibini tanlab olish asosida ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar roʻyxatini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tanlovni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuzuvchilar Markaz huzurida tuziladigan tanlov komissiyasi tomonidan tanlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi aʼzolarining soni (kamida 9 kishi) toq boʻlgan tarkibda tuziladi, uning shaxsiy tarkibi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vazirligining vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-pedagogik jamoatchilik vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetakchi amaliyotchi oʻqituvchilar, metodik kabinetlar mutaxassislari, ota-onalar qoʻmitasi aʼzolari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri yoki uning oʻrinbosarlaridan biri tanlov komissiyasi raisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilar tarkibini tanlov asosida shakllantirish va tasdiqlash tartibi ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlov asosida yaratiladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar roʻyxati Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangach, tanlov komissiyasi ommaviy axborot vositalarida tanlov oʻtkazilishi toʻgʻrisida eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eʼlon buyurtmalarni qabul qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Eʼlonda quyidagilar nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning arizasi shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning shaxsiy varaqasi (anketasi) shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim fanlari boʻyicha zamonaviy darsliklarni yaratishga qoʻyiladigan metodologik, didaktik-metodik va ergonomik talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-metodik va didaktik adabiyotlar reja-loyihalari hamda bitta bobning sinov matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov takliflarini qabul qilishning oxirgi muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni oʻtkazish va shartnoma tuzish tartibining tavsifi va muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish uchun manzil va aloqa telefonlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarning arizasi va anketasi shakllari Markaz tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talabgorlar tomonidan tanlovda ishtirok etish uchun Markazga ariza bilan birga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning shaxsiy varaqasi (anketasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslik va oʻquv-metodik majmuaning maketi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslik va oʻquv-metodik majmuaning elektron nusxasi (konvertga muhrlangan holda) joylangan CD-disk;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs yoki mualliflar jamoasi nomidan tanlovda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi ishonchnoma (agar tanlovda yuridik shaxs yoki mualliflar jamoasi vakili ishtirok etsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgorlarning tanlov takliflari muhrlangan holda qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar koʻrib chiqilmaydi va konvertlar ochilmagan holda talabgorlarga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlarning tomonidan tanlov takliflarining toʻliq boʻlmagan holda taqdim etilishi ham takliflarning koʻrib chiqilmasligi uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorlar tanlov takliflarini taqdim etish muddati tugagandan soʻng oʻz takliflariga oʻzgartirish kiritishi yoki qaytarib olishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachining rahbarlari, tanlov komissiyasi va ekspert guruhlarining aʼzolari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tanlov orqali tanlab olish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tanlov takliflarini taqdim etish muddati tugagandan keyin tanlov komissiyasi uch kun ichida tanlov ishtirokchilari guvohligida tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Konvertlar ochilgandan soʻng tanlov komissiyasi tomonidan bayonnoma tuziladi hamda unda quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan takliflarning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchilar va ularga biriktirilgan kod raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovga kiritilmagan talabgorlar roʻyxati va ularning takliflari rad etilishining aniq sabablari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tanlov komissiyasi tomonidan ilmiy va pedagogik jamoatchilik, olimlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, metodistlar va talab etiladigan ixtisoslikning boshqa mutaxassislaridan iborat tarkibda tegishli fanlar boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida jalb qilinadigan ekspert guruhi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhi tarkibiga darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning ilmiy, uslubiy, pedagogik, psixologik jihatlarini tanqidiy koʻrib chiqib, ekspertizadan oʻtkazish va asoslangan xulosa berish salohiyatiga va tajribasiga ega boʻlgan muayyan soha mutaxassislari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhi aʼzolarining tarkibi oshkor qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhi tuzuvchilarning taqdim etilgan takliflarini ularning kod raqamlari boʻyicha oʻttiz kundan ortiq boʻlmagan muddatda ekspertizadan oʻtkazadi va asoslangan xulosalarini tanlov komissiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza jarayonida darsliklar va oʻquv-metodik majmualar quyidagilar yuzasidan oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning davlat taʼlim standartlariga, oʻquv dasturiga hamda undagi mavzularning oʻquv rejasidagi dars soatlariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzular, savol va topshiriqlarning ketma-ketligi va uzviyligi taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzularni yoritishda materiallarning ilmiy jihatdan toʻgʻri berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklarning oʻquvchilar yoshiga va bilim darajasiga mosligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
til uslubi, darsliklar materiallarining imlo (orfografik) va uslubiy jihatdan mukammalligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matn va illyustratsiyalarning oʻzaro uygʻunligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar materiallarining amaliyot, hayotda yuz berayotgan hodisalar, voqealar va kasbga yoʻnaltirish bilan bogʻliqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar mavzularini oʻzlashtirish uchun mashqlar, topshiriqlar va amaliy mashgʻulotlarning yetarliligi hamda ularning pedagogik texnologiyalar asosida tuzilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tanlov komissiyasi ekspert guruhlarining xulosalari asosida gʻoliblarni tanlab olish uchun taqdimnomalarni oʻn kun muddatda Xalq taʼlimi vazirligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov gʻoliblari toʻgʻrisidagi qaror Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taqdimnomalar kelib tushgandan soʻng oʻn kun muddatda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlov komissiyasi tanlov natijalari toʻgʻrisidagi axborotni tanlov gʻoliblari aniqlangandan soʻng uch kun ichida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tanlovda ishtirok etish uchun ariza bergan talabgorlar soni uchtadan kam boʻlganda tanlov oʻtkazilmaydi. Bunda tanlov komissiyasi takroriy tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tanlov natijalariga koʻra tuzuvchilar guruhi shakllangandan soʻng ularning tarkibiga shartnoma asosida olimlar, metodistlar va tajribali amaliyotchi oʻqituvchilar jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuzuvchilarning darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish boʻyicha faoliyati qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Markaz bilan tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Markaz darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yaratish jarayonlarining tizimli ravishda nazorat qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tuzuvchilar yoki tuzuvchilar guruhi darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni sifatli va belgilangan muddatda tayyorlash uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun darslik va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab olish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ishlab chiqish uchun tuzuvchilarni tanlab olish va tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 26-fevraldagi 108-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarini ekspertizadan oʻtkazish, ularga taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarini (keyingi oʻrinlarda — darsliklar va oʻquv-metodik majmualar) ekspertizadan oʻtkazish, ularga taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish va ularga taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq toʻlash ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning sifatini oshirish, raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida ularning mazmuni umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga, oʻquvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga, ilm-fan yutuqlariga mosligini, shuningdek, taʼlimning tegishli bosqichi uchun oʻquv fanining izchilligi taʼminlanganligini baholash ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki ekspertiza — darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning original maketini dastlabki tekshiruvdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlangan va toʻldirilgan nashr — Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari asosida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning mazmuni 10 foizdan 50 foizgacha qayta ishlangan va takomillashtirilgan nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta nashr — Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari asosida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning mazmuni 10 foizgacha qayta ishlangan nashr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqriz berish — darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning ilmiy, uslubiy, pedagogik, psixologik jihatlarini tanqidiy nuqtai nazardan koʻrib chiqish, baholash, asoslangan xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqrizchi — darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning ilmiy, uslubiy, pedagogik, psixologik jihatlarini tanqidiy nuqtai-nazardan koʻrib chiqib, baholovchi va shu asosda fikr-mulohaza va asoslangan xulosa beruvchi muayyan soha mutaxassisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar guruhi — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Xalq taʼlimi vazirligi) Respublika taʼlim markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) huzurida tashkil etiladigan turli fan yoʻnalishlari boʻyicha darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni baholovchi ekspertlardan (mutaxassislardan) iborat guruh;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakuniy ekspertiza — dastlabki ekspertiza xulosalari asosida qayta ishlangan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni chop etishga ruxsat berilishi oldidan yakuniy tekshiruvdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi nashr — Davlat taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari asosida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning mazmuniga kiritilgan oʻzgartirishlar 50 foiz va undan yuqori boʻlgan va yangidan yaratilgan nashr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaz ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berish jarayonini tashkil etish uchun ekspertlar guruhi va taqrizchilarga zarur shart-sharoitlar yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ekspertlar va taqrizchilarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berish jarayoniga quyidagi talablardan kamida bittasiga javob beruvchi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumot va pedagogika sohasida kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy darajaga (unvonga) ega boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sohasida yutuqlarga erishgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan yoʻnalishlari boʻyicha respublika koʻrik tanlovlarida sovrinli oʻrinni egallagan mutaxassislar jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Har bir oʻquv fani yoʻnalishida yetakchi oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan ilmiy salohiyatli soha mutaxassislari, olimlar, tadqiqotchilardan — 2 nafar, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida dars berayotgan oʻqituvchi va pedagoglardan — 2 nafar, kasb-hunar taʼlimi tizimida faoliyat olib borayotgan pedagog va oʻqituvchilardan — 1 nafar, shuningdek, lozim boʻlganda boshqa tashkilotlardan qoʻshimcha mutaxassislar ekspert sifatida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus oʻquv qoʻllanmalarini ekspertizadan oʻtkazishga defektologlar va tegishli taʼlim muassasalari mutaxassislari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarga taqriz berishda tegishli fan yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan ilmiy soha mutaxassislari, olimlar yoki tadqiqotchilardan kamida bir kishi jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspertizadan oʻtkaziladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar tuzuvchilarining ekspertlar guruhi tarkibiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qayta nashr etiladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Markaz ekspertizadan oʻtkaziladigan va taqriz beriladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertlar guruhiga va taqrizchilarga rasmiy xat bilan topshiradi hamda unda darsliklar (oʻquv-metodik majmualar) nomi, sinfi, maxsus kod (tuzuvchi va nashriyotning maxfiylashtirilgan raqami) va nashr tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar) koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz xatiga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning bosma (uch nusxada) va elektron nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim fanlari boʻyicha zamonaviy darsliklarni yaratishga qoʻyiladigan metodologik, didaktik-metodik va ergonomik talablar, shuningdek, Milliy oʻquv dasturi (uch nusxada).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekspertiza ikki bosqichda amalga oshiriladi: dastlabki ekspertiza va yakuniy ekspertiza.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekspertlar darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni dastlabki ekspertizadan oʻtkazish jarayonida quyidagilarga eʼtibor qaratishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklarning davlat taʼlim standarti va uzviylashtirilgan oʻquv dasturlariga hamda oʻquv rejasida belgilangan dars soatlariga mos kelishiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularning ilmiy, pedagogik va metodik jihatdan puxta ishlanganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslikning mazmunidagi xatoliklarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv materialining bosqichli ketma-ketlik tamoyilida yoritilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavzularni yoritishda uzviylik va uzluksizlikning taʼminlanganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy manbalar, sanalar va raqamlarning toʻgʻriligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslik va oʻquv qoʻllanmalarning tili, ifoda uslubiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbaa sifati va dizaynining amaldagi talablarga mos kelishi va zamonaviyligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar va oʻquv-metodik majmualar mazmuniga jamiyatimizda roʻy berayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar, milliy qadriyatlar, milliy gʻoya, mahalliy materiallarning singdirilganligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darslikda berilgan materiallarning imloviy, lugʻaviy (orfografik, stilistik xatoliklar) va uslubiy jihatdan savodxonlik hamda matnlarning murakkablik darajasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekspertlar guruhi oʻz vakolati doirasida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi hamda asoslangan xulosalar, tavsiyalar va takliflarni Markazga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar guruhi aʼzolarining har biri alohida xulosa beradi hamda umumlashtirilgan xulosa taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarurat boʻlganda, ekspert tomonidan qoʻshimcha maʼlumotlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fanlar yoʻnalishidagi sinflar kesimida har bir darslikni dastlabki ekspertizadan oʻtkazish uchun oʻn besh ish kuni beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspertizadan oʻtkazilayotgan va taqriz berilayotgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan www.eduportal.uz veb-saytidagi axborot taʼlim portaliga joylashtiriladi hamda keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilib, bir oy davomida taklif va fikr-mulohazalar toʻplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekspertlar guruhi dastlabki ekspertiza boʻyicha xulosalarni tayyorlashda www.eduportal.uz veb-saytidagi hamda bevosita jamoatchilik tomonidan darsliklarning sifati boʻyicha bildirilgan asosli fikr-mulohazalar, takliflardan ham foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ekspertiza xulosalari ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan talablarga rioya qilinmagan holda taqdim etilganda, Markaz bunday ekspertiza xulosasini qabul qilmaslikka haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ekspertlar guruhi va taqrizchi tomonidan oʻn besh ish kuni mobaynida umumlashtirilgan ekspertiza xulosasi va taqriz taqdim qilinmagan hollarda, Markaz boshqa ekspertlar guruhini va (yoki) taqrizchini jalb qiladi va oldingi shartnomalarni bir tomonlama bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspertiza xulosasi va beriladigan taqrizlarda ularning tayyorlangan sanasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualar ushbu Nizomning 14-bandida koʻrsatilgan talablarga mos kelmagan hollarda, ekspertiza xulosasi yoki taqriz salbiy boʻladi. Ekspertlar guruhining yoki taqrizchining salbiy xulosalari yetarli darajada asoslantirilgan holda taqdim etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ekspertlar guruhi va taqrizchining xulosalari ikki nusxada imzolanib, Markazga topshiriladi. Agar ekspertlar guruhi xulosalarida kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, koʻpchilikning ovozi bilan qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Dastlabki ekspertiza xulosalari olingandan soʻng uch ish kuni ichida Markaz tomonidan tegishli nashriyotlarga (mualliflar, tuzuvchilarga) ekspertizadan oʻtkazilayotgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar qayta ishlash uchun taqdim etiladi va uning ijrosi nazoratga olinadi. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qayta ishlash uchun bir hafta muddat beriladi, yangidan yaratilgan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar ekspertizasi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Dastlabki ekspertiza xulosalari asosida qayta ishlangan darsliklar va oʻquv-metodik majmualar chop etishga ruxsat berilishidan oldin yakuniy ekspertizadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Har bir darslik va oʻquv-metodik majmuaning yakuniy ekspertizasi uchun yetti ish kuni ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yakuniy ekspertiza natijalari va taqrizlar Markaz huzuridagi Ilmiy-metodik kengashda muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ilmiy-metodik kengash Markaz tomonidan taqdim etilgan ekspertiza xulosalari, taqrizlar hamda ularni asoslovchi hujjatlarni bir hafta muddatda koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-metodik kengashning qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar va oʻquv-metodik majmualar ijobiy ekspertiza xulosasi va taqrizga asosan chop etish uchun tavsiya etiladi. Bunda darsliklar va oʻquv-metodik majmualar chop etilgandan soʻng aniqlangan kamchilik va nuqsonlar uchun toʻliq javobgarlik ekspertlar guruhi zimmasida boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
darsliklar va oʻquv-metodik majmualar talab darajasida ekspertizadan oʻtkazilmagan taqdirda, sabablari koʻrsatilgan holda qayta ekspertizadan oʻtkazish uchun qaytariladi, bunda qayta ekspertiza uchun haq toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Darsliklar va oʻquv-metodik majmualar talab darajasida ekspertizadan oʻtkazilishiga Markaz masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertiza jarayonini oʻtkazish va ekspertiza xulosalari bilan bogʻliq shikoyatlar Markaz tomonidan koʻrib chiqiladi va tegishli choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ekspertiza natijalari boʻyicha Ilmiy-metodik kengashning qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ekspertiza xulosalari va taqrizlar Markazda besh yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ilmiy-metodik kengash aʼzolarining ekspertlar guruhi tarkibiga kiritilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Darslik, oʻquv-metodik majmua uchun bitta taqriz beriladi va bir marta haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ekspertlar guruhi va taqrizchilarning xizmatlari uchun haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq toʻlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) budjet va aylanma mablagʻlari hisobidan Markaz uchun ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari orqali moliyalashtiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1-sinfi uchun, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan hamda uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga taʼlim beruvchi davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining 1 — 11-sinflari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualar, shuningdek, oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalar ijara asosida birlamchi taʼminlanadigan darsliklar va mashq daftarlari — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ijara asosida taʼminlanadigan 2 — 11-sinf darsliklari va mashq daftarlari — Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kelgusi moliya yili uchun ekspertlar va taqrizchilar xizmatlari boʻyicha xarajatlarning prognoz koʻrsatkichlari Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining parametr koʻrsatkichlari loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi. Bunda Markaz prognoz koʻrsatkichlarini Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarning taʼlim tili, nomi, shartli bosma tabogʻi va sinfi kesimida Jamgʻarmaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Markaz tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlar doirasida xarajatlar smetasini tasdiqlaydi va Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ekspertlar va taqrizchilar xizmatlari uchun toʻlovlar xarajatlar smetasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligi orqali amalga oshiriladi. Bunda ekspertlar va taqrizchilar xizmatlari boʻyicha xarajatlar Jamgʻarma tomonidan Markazning asoslangan buyurtmasiga asosan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berish uchun jalb etilgan mutaxassislarga ular bilan Markaz oʻrtasida ikki tomonlama tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berish uchun jalb etilgan mutaxassislarga quyidagi miqdorlarda haq toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar guruhiga ekspertiza qilinadigan har bir darslik va oʻquv-metodik majmuaning bir shartli bosma tobogʻiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir darslik va oʻquv-metodik majmua boʻyicha asoslangan taqriz uchun taqrizchiga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan haq ekspertlar guruhining xar bir aʼzosiga teng ulushlarda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki va yakuniy ekspertiza uchun alohida haq toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Markaz tomonidan xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlarni boshqa maqsadlarga sarflash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Buxgalteriya hisobi va hisobot hamda nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Markaz buxgalterlik hisobini yuritadi va maxsus ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlari boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berishga jalb qilingan mutaxassislar uchun ajratilgan mablagʻlarni toʻlaydi, soliq toʻlovlarini amalga oshiradi hamda tegishli hisobotlar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Markaz tomonidan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berish xarajatlari boʻyicha hisobot har chorakda hisobot davridan keyingi oyining yigirmanchi sanasiga qadar Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Jamgʻarmaning aylanma mablagʻlaridan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berish xarajatlari boʻyicha toʻgʻri va maqsadli foydalanilishi yuzasidan javobgarlik Markazga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ekspertizadan oʻtkazish va taqriz berishga jalb qilingan mutaxassislar uchun xizmat safari bilan bogʻliq barcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda asosiy ish joyidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ekspertlar guruhi va taqrizchilarga haq toʻlash uchun ajratilgan mablagʻlarning asosli va maqsadli sarflanishi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ushbu Nizom bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ushbu Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha darsliklari va oʻquv-metodik majmualarini ekspertizadan oʻtkazish, ularga taqriz berish hamda ekspertlar va taqrizchilarga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun yaratiladigan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertizadan oʻtkazish (taqriz berish) va ekspertlarga (taqrizchilarga) haq toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1. Ekspertizadan oʻtkaziladigan (taqriz beriladigan) darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni ekspertlar guruhiga (taqrizchilarga) rasmiy xat bilan topshirish va ular bilan shartnoma tuzish.

1-bosqich

Respublika taʼlim markazi — Ishchi organ

Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash ishlari boshlanishidan 1 oy oldin

1. Shartnoma imzolangandan soʻng 15 ish kunida.

1. Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni dastlabki ekspertizadan oʻtkazish.

2-bosqich

Ekspertlar guruhi (taqrizchilar)

2. Yakuniy ekspertiza xulosalari taqdim etiladigan sanada.

2. Yakuniy ekspertiza

3-bosqich

Xalq taʼlimi vazirligi

Ekspertizadan oʻtkazilayotgan (taqriz berilayotgan) darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni www.eduportal.uz axborot taʼlim portaliga joylashtirish va keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish.

Darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash ishlari boshlanishidan 1 oy oldin

Dastlabki ekspertiza xulosalari olingandan keyin 3 kun ichida

4-bosqich

Respublika taʼlim markaz

Dastlabki ekspertiza xulosalarini nashriyotlarga (mualliflar, tuzuvchilarga) qayta ishlash uchun taqdim etish.

5-bosqich

Respublika taʼlim markazi va tegishli nashriyotlar (mualliflar, tuzuvchilar)

Dastlabki ekspertiza xulosalari asosida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni qayta ishlash.

Xulosalar olingandan keyin 1 hafta ichida

6-bosqich

Respublika taʼlim markazi — Ekspertlar guruhi

Qayta ishlangan darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni yakuniy ekspertizadan oʻtkazish.

7 kun ichida

7-bosqich

Respublika taʼlim markazi — Ishchi organ

Yakuniy ekspertiza natijalari va taqrizlarni Markaz huzuridagi Ilmiy-metodik kengashda muhokama qilish va kengash qarori bilan Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish.

Yakuniy ekspertiza natijalari va taqrizlar olingandan keyin 1 hafta muddatda

8-bosqich

Respublika taʼlim markazi huzuridagi Ilmiy metodik kengash

Ekspertiza natijalari (taqrizlar) hamda ularni asoslovchi hujjatlarni koʻrib chiqish va tegishli qaror qabul qilish.

1 hafta muddatda

9-bosqich

Respublika taʼlim markazi

Ekspertlar guruhiga (taqrizchilarga) haq toʻlash

Shartnomada belgilangan muddatlarda

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 09/21/108/0163-son)