10.02.2021 yildagi 61-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 20-oktabrdagi PF-6084-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha respublika ishchi guruhi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ishchi guruhi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch hafta muddatda masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida videokonferensaloqa vositalaridan foydalangan holda majlis oʻtkazib, mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida axborot bersin hamda har chorakda ijrosini muhokama qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan topshiriqlarga masʼul etib belgilangan vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirsin, ular tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni eshitib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu topshiriqlarni bajarishda yuzaga keladigan masalalarni tezkorlik bilan hal etish choralarini koʻrsin hamda ularning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoʻl xaritasi”ni bajarishga masʼul boʻlgan vazirlik, idora va tashkilotlar oʻzlariga yuklatilgan vazifa va topshiriqlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini taʼminlasin, shuningdek, ularning ijro etilishi holati toʻgʻrisida har chorak yakuni boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik, idora va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida, shuningdek, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish bilan bogʻliq masalalarga zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti zimmasiga yuklansin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Ijro mexanizmlari

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil mart

-

Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish.

2021-yil aprel

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

2.

Lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosining yangi tahriri asosida “Oʻzbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

1. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil mart

-

Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish.

2021-yil sentyabr

3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

3.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, kelishish va kiritish tartibini belgilaydigan qonun hujjatlariga loyihalarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlash va kiritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini (loyihalarini) ishlab chiqish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (loyihalarini) ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil mart

-

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (loyihalarini) ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish.

2021-yil oktyabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (loyihalarini) belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

4.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidan kelib chiqqan holda, ilmiy lingvistik ekspertizadan oʻtkazishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy lingvistik ekspertizadan oʻtkazishning quyidagi mexanizmlarini nazarda tutuvchi tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilash:

“ilmiy lingvistik ekspertiza” tushunchasi, ekspertizani oʻtkazishning maqsad va vazifalari hamda obyektini aniqlash;

ilmiy lingvistik ekspertizaga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilash;

ilmiy lingvistik ekspertizadan oʻtkazuvchi vakolatli organlar va ularning vakolatlari doirasini aniqlash.

2021-yil dekabr

-

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarning davlat tili qoidalariga hamda “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqligi, shuningdek, loyihalar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish tartibini joriy etish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil aprel

-

Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish.

2021-yil oktyabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

6.

Oʻzbek tili alifbosi va imlo qoidalari asosida transliteratsiyaga moʻljallangan axborot dasturiy taʼminotlar uchun yagona talab ishlab chiqish va joriy etish.

1. Yagona talab ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhini tuzish.

2021-yil dekabr

-

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yagona talabni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2022-yil yanvar

II. Alifbo va imloni oʻqitish, targʻib qilishni tashkil etish

7.

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni oʻrganish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish.

1. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy boʻlinmalarida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

2. Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning oʻz tizimida taʼlim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut (markaz)larida onlayn oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish.

2023-yil yanvar

Malaka oshirish uchun berilgan budjet mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, pasportlarning takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida toʻgʻri yozilishini taʼminlash maqsadida soha xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlar tashkil etish.

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar

8.

Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻli� oʻtishning mohiyatini keng aholi qatlamiga tushuntirish maqsadida maxsus dasturlar hamda targʻibot chiqishlarini izchil tashkil etish.

1. Media reja ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, MTRK, EOAVMA, OʻzA, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Media reja asosida maxsus dasturlar hamda targʻibot chiqishlarini izchil tashkil etish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab

III. Oʻquv-uslubiy adabiyotlar, qoʻllanmalar va ularning elektron dasturiy taʼminotlarini tayyorlash va tarqatish

9.

Taʼlim muassasalari uchun oʻquv qoʻllanmalar va boshqa adabiyotlarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida bosqichma-bosqich nashr etib borish.

Darslik va qoʻllanmalar chop etish boʻyicha dastur va nashr rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

Reja asosida

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar

Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalari boʻyicha savodxonligini shakllantirishga moʻljallangan turli koʻrgazmali va tarqatma materiallar tayyorlash.

1. Tegishli materiallarni ishlab chiqish rejasini shakllantirish.

2022-yil may

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar

Maktabgacha taʼlim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tegishli materiallarni nashr etish va tarqatish.

2022-yil sentyabrdan

11.

Fakultativ va mustaqil oʻrganuvchilar, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlarda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalarini oʻrganishga moʻljallangan uslubiy qoʻllanma va imlo, atama, joy, kishi nomlari, oʻquv lugʻatlari tayyorlash va nashr etish.

1. Qoʻshma chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish.

2022-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Adabiyotlarni tizimli chop etib borish.

Dasturga muvofiq

12.

Axborot kutubxona markazlari, tashkilotlar va boshqa kutubxonalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich boyitib borilishini taʼminlash.

1. Har bir vazirlik, idora va tashkilotlar oʻz tizimi doirasida reja-dastur ishlab chiqish.

2022-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Reja-dasturga muvofiq kutubxonalar fondini lotin alifbosidagi adabiyotlar bilan boyitish.

Dasturga muvofiq

13.

Kirill alifbosida chop etilgan va kutubxonalarda saqlanayotgan adabiyotlarni bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi elektron koʻrinishlarini yaratish.

1. Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2022-yil avgust

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kirill alifbosidagi adabiyotlarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtkazish.

Dasturga muvofiq

14.

Kirill yozuvidan lotin yozuviga (yoki aksincha) savodli oʻgiradigan dasturiy taʼminotlar hamda ularning mobil ilovalarini yaratishni ragʻbatlantirish.

1. Dasturiy mahsulotlar va ularning mobil ilovalarini yaratish boʻyicha tender tanlovini oʻtkazish.

2022-yil iyul

Jamgʻarma mablagʻlari

Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Dasturiy mahsulotlar va ularning mobil ilovalarini yaratish va ishga tushirish.

2022-yil dekabr

15.

Internet tarmogʻidagi Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytlarining lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtkazilishini taʼminlash.

Davlat organlari, davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan ommaviy axborot vositalarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlari va sahifalarida dastlabki yuklanish lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida amalga oshishini taʼminlash.

2022-yil dekabr

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Yangi alifbodagi yozuvda ish yuritishga toʻliq oʻtish

16.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi boʻlmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash.

1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga doir axborot tizimlarini takomillashgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga moslash.

2021-yil dekabr

-

Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi

2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirishni takomillashtirish.

2022-yil yanvar

17.

Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan tayyorlangan dissertatsiyalar himoyasi bilan bogʻliq jarayonlarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash.

1. Tegishli talablarni ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

-

Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

2. Amaliyotga joriy qilish.

2022-yil dekabr

18.

Ish qogʻozlari, turli blanklarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash.

1. Reja-jadval ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar

Vazirlik va idoralar

2. Toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlash.

2022-yil dekabr

19.

Mamlakatimizdagi joy, koʻcha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targʻibot vositalari, reklama va eʼlonlarni toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlash.

1. Reja-jadval ishlab chiqish.

2022-yil noyabr

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar

Vazirlik va idoralar

2. Toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlash.

2022-yil dekabr

20.

Markaziy, mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyatini toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtkazish.

1. Tegishli targʻibot-tushuntirish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil noyabr

-

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya, EOAVMA, OʻzA

2. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida toʻliq oʻtilishini taʼminlash.

2022-yil dekabr

21.

Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyotini toʻliq joriy qilish.

Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ish yuritishga toʻliq oʻtishini taʼminlash.

2023-yil 1-yanvardan boshlab

Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar

Vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi 61-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlash boʻyicha respublika ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruhi rahbari

2.

A.A. Djurabayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari (kelishuv asosida)

3.

A.K. Kadirov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari (kelishuv asosida)

4.

A.J. Ramatov

Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari

5.

B.A. Musayev

Bosh vazir oʻrinbosari

6.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari

7.

S.U. Umurzakov

Bosh vazir oʻrinbosari

8.

Sh.M. Gʻaniyev

Bosh vazir oʻrinbosari

9.

A.A. Abduhakimov

Bosh vazir oʻrinbosari

10.

O.M. Umarov

Bosh vazir maslahatchisi

11.

O.K. Iminov

Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)

12.

E.A. Zaxidov

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida)

13.

B.S. Yoʻldoshev

Fanlar akademiyasi prezidenti

14.

R.Q. Davletov

Adliya vaziri

15.

T.A. Ishmetov

Moliya vaziri

16.

A.V. Shin

Maktabgacha taʼlim vaziri

17.

Sh.X. Shermatov

Xalq taʼlimi vaziri

18.

A.H. Toshqulov

Oli� va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

19.

O.A. Nazarbekov

Madaniyat vaziri

20.

A.A. Xadjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

21.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

22.

A.J. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

23.

M.M. Hojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

24.

S.S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

25.

Sh.S. Sirojiddinov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori

26.

N.M. Maxmudov

Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori

27.

A.K. Qirgʻizboyev

Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri, Ishchi guruhi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-avgustdagi 524-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2021-y., 09/21/61/0102-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)