1-ILOVA
| Amalga oshiriladigan tadbirlar | Ijro mexanizmlari | Ijro muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar | |
| I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish | |||||
| 1. | Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich toʻliq oʻtishni taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2021-yil mart | - | Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish. | 2021-yil aprel | ||||
| 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil may | ||||
| 2. | Lotin yozuvidagi oʻzbek alifbosining yangi tahriri asosida “Oʻzbek tilining imlo qoidalari”ni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. | 1. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2021-yil mart | - | Fanlar akademiyasi, Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish. | 2021-yil sentyabr | ||||
| 3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil oktyabr | ||||
| 3. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish, kelishish va kiritish tartibini belgilaydigan qonun hujjatlariga loyihalarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlash va kiritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini (loyihalarini) ishlab chiqish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (loyihalarini) ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2021-yil mart | - | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (loyihalarini) ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish. | 2021-yil oktyabr | ||||
| 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini (loyihalarini) belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil noyabr | ||||
| 4. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidan kelib chiqqan holda, ilmiy lingvistik ekspertizadan oʻtkazishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy lingvistik ekspertizadan oʻtkazishning quyidagi mexanizmlarini nazarda tutuvchi tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilash: “ilmiy lingvistik ekspertiza” tushunchasi, ekspertizani oʻtkazishning maqsad va vazifalari hamda obyektini aniqlash; ilmiy lingvistik ekspertizaga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilash; ilmiy lingvistik ekspertizadan oʻtkazuvchi vakolatli organlar va ularning vakolatlari doirasini aniqlash. | 2021-yil dekabr | - | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 5. | Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) joylashtirish uchun taqdim qilingan loyihalarning davlat tili qoidalariga hamda “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga muvofiqligi, shuningdek, loyihalar lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida tayyorlanganligi tekshirilgandan keyin muhokamaga chiqarish tartibini joriy etish. | 1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tuzish. | 2021-yil aprel | - | Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish. | 2021-yil oktyabr | ||||
| 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2021-yil noyabr | ||||
| 6. | Oʻzbek tili alifbosi va imlo qoidalari asosida transliteratsiyaga moʻljallangan axborot dasturiy taʼminotlar uchun yagona talab ishlab chiqish va joriy etish. | 1. Yagona talab ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhini tuzish. | 2021-yil dekabr | - | Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Yagona talabni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2022-yil yanvar | ||||
| II. Alifbo va imloni oʻqitish, targʻib qilishni tashkil etish | |||||
| 7. | Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni oʻrganish boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish. | 1. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy boʻlinmalarida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi, imlo qoidalari va davlat tilida ish yuritishni oʻrganish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. 2. Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarning oʻz tizimida taʼlim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institut (markaz)larida onlayn oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish. | 2023-yil yanvar | Malaka oshirish uchun berilgan budjet mablagʻlari | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti |
| 3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, pasportlarning takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida toʻgʻri yozilishini taʼminlash maqsadida soha xodimlari uchun oʻquv mashgʻulotlar tashkil etish. | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar | ||||
| 8. | Ommaviy axborot vositalari, Internet tarmogʻida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻli� oʻtishning mohiyatini keng aholi qatlamiga tushuntirish maqsadida maxsus dasturlar hamda targʻibot chiqishlarini izchil tashkil etish. | 1. Media reja ishlab chiqish. | 2021-yil noyabr | - | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, MTRK, EOAVMA, OʻzA, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Media reja asosida maxsus dasturlar hamda targʻibot chiqishlarini izchil tashkil etish. | 2022-yil 1-yanvardan boshlab | ||||
| III. Oʻquv-uslubiy adabiyotlar, qoʻllanmalar va ularning elektron dasturiy taʼminotlarini tayyorlash va tarqatish | |||||
| 9. | Taʼlim muassasalari uchun oʻquv qoʻllanmalar va boshqa adabiyotlarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida bosqichma-bosqich nashr etib borish. | Darslik va qoʻllanmalar chop etish boʻyicha dastur va nashr rejasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish. | Reja asosida | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar | Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 10. | Maktabgacha yoshdagi bolalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalari boʻyicha savodxonligini shakllantirishga moʻljallangan turli koʻrgazmali va tarqatma materiallar tayyorlash. | 1. Tegishli materiallarni ishlab chiqish rejasini shakllantirish. | 2022-yil may | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar | Maktabgacha taʼlim vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Tegishli materiallarni nashr etish va tarqatish. | 2022-yil sentyabrdan | ||||
| 11. | Fakultativ va mustaqil oʻrganuvchilar, shuningdek, vazirlik, idora va tashkilotlarda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosi va yangi imlo qoidalarini oʻrganishga moʻljallangan uslubiy qoʻllanma va imlo, atama, joy, kishi nomlari, oʻquv lugʻatlari tayyorlash va nashr etish. | 1. Qoʻshma chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish. | 2022-yil mart | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar | Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Adabiyotlarni tizimli chop etib borish. | Dasturga muvofiq | ||||
| 12. | Axborot kutubxona markazlari, tashkilotlar va boshqa kutubxonalarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi adabiyotlar bilan bosqichma-bosqich boyitib borilishini taʼminlash. | 1. Har bir vazirlik, idora va tashkilotlar oʻz tizimi doirasida reja-dastur ishlab chiqish. | 2022-yil mart | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Reja-dasturga muvofiq kutubxonalar fondini lotin alifbosidagi adabiyotlar bilan boyitish. | Dasturga muvofiq | ||||
| 13. | Kirill alifbosida chop etilgan va kutubxonalarda saqlanayotgan adabiyotlarni bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosidagi elektron koʻrinishlarini yaratish. | 1. Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2022-yil avgust | - | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. Kirill alifbosidagi adabiyotlarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga bosqichma-bosqich oʻtkazish. | Dasturga muvofiq | ||||
| 14. | Kirill yozuvidan lotin yozuviga (yoki aksincha) savodli oʻgiradigan dasturiy taʼminotlar hamda ularning mobil ilovalarini yaratishni ragʻbatlantirish. | 1. Dasturiy mahsulotlar va ularning mobil ilovalarini yaratish boʻyicha tender tanlovini oʻtkazish. | 2022-yil iyul | Jamgʻarma mablagʻlari | Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 2. Dasturiy mahsulotlar va ularning mobil ilovalarini yaratish va ishga tushirish. | 2022-yil dekabr | ||||
| 15. | Internet tarmogʻidagi Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy veb-saytlarining lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga toʻliq oʻtkazilishini taʼminlash. | Davlat organlari, davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan ommaviy axborot vositalarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlari va sahifalarida dastlabki yuklanish lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida amalga oshishini taʼminlash. | 2022-yil dekabr | - | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| IV. Yangi alifbodagi yozuvda ish yuritishga toʻliq oʻtish | |||||
| 16. | Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalar, ID-kartalar, fuqaroligi boʻlmagan shaxs hamda chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini takomillashtirilgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash. | 1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga doir axborot tizimlarini takomillashgan lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga moslash. | 2021-yil dekabr | - | Ichki ishlar vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi |
| 2. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirishni takomillashtirish. | 2022-yil yanvar | ||||
| 17. | Oʻzbekiston Respublikasida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan tayyorlangan dissertatsiyalar himoyasi bilan bogʻliq jarayonlarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash. | 1. Tegishli talablarni ishlab chiqish. | 2022-yil noyabr | - | Oliy attestatsiya komissiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi |
| 2. Amaliyotga joriy qilish. | 2022-yil dekabr | ||||
| 18. | Ish qogʻozlari, turli blanklarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida boʻlishini taʼminlash. | 1. Reja-jadval ishlab chiqish. | 2022-yil noyabr | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar | Vazirlik va idoralar |
| 2. Toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlash. | 2022-yil dekabr | ||||
| 19. | Mamlakatimizdagi joy, koʻcha, atamalar, tashkilotlarning nomlari, peshlavhalar, ommaviy targʻibot vositalari, reklama va eʼlonlarni toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlash. | 1. Reja-jadval ishlab chiqish. | 2022-yil noyabr | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar | Vazirlik va idoralar |
| 2. Toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida yozilishini taʼminlash. | 2022-yil dekabr | ||||
| 20. | Markaziy, mahalliy bosma va elektron ommaviy axborot vositalari, internet saytlari, nashriyotlar, matbaa korxonalari faoliyatini toʻliq lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtkazish. | 1. Tegishli targʻibot-tushuntirish ishlarini yoʻlga qoʻyish. | 2022-yil noyabr | - | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya, EOAVMA, OʻzA |
| 2. Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida toʻliq oʻtilishini taʼminlash. | 2022-yil dekabr | ||||
| 21. | Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va eʼlon qilish amaliyotini toʻliq joriy qilish. | Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ish yuritishga toʻliq oʻtishini taʼminlash. | 2023-yil 1-yanvardan boshlab | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari, boshqa manbalar | Vazirlik va idoralar |
2-ILOVA
|
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruhi rahbari | |
|
2. |
A.A. Djurabayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari (kelishuv asosida) |
|
3. |
A.K. Kadirov |
— |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari (kelishuv asosida) |
|
4. |
A.J. Ramatov |
— |
Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari |
|
5. |
B.A. Musayev |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari |
|
6. |
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari |
|
7. |
S.U. Umurzakov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari |
|
8. |
Sh.M. Gʻaniyev |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari |
|
9. |
A.A. Abduhakimov |
— |
Bosh vazir oʻrinbosari |
|
10. |
O.M. Umarov |
— |
Bosh vazir maslahatchisi |
|
11. |
O.K. Iminov |
— |
Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida) |
|
12. |
E.A. Zaxidov |
— |
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi (kelishuv asosida) |
|
13. |
B.S. Yoʻldoshev |
— |
Fanlar akademiyasi prezidenti |
|
14. |
R.Q. Davletov |
— |
Adliya vaziri |
|
15. |
T.A. Ishmetov |
— |
Moliya vaziri |
|
16. |
A.V. Shin |
— |
Maktabgacha taʼlim vaziri |
|
17. |
Sh.X. Shermatov |
— |
Xalq taʼlimi vaziri |
|
18. |
A.H. Toshqulov |
— |
Oli� va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
19. |
O.A. Nazarbekov |
— |
Madaniyat vaziri |
|
20. |
A.A. Xadjayev |
— |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
|
21. |
A.Z. Saʼdullayev |
— |
Yoshlar ishlari agentligi direktori |
|
22. |
A.J. Xadjayev |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
|
23. |
M.M. Hojimatov |
— |
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari |
|
24. |
S.S. Saidov |
— |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
25. |
Sh.S. Sirojiddinov |
— |
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori |
|
26. |
N.M. Maxmudov |
— |
Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori |
|
27. |
A.K. Qirgʻizboyev |
— |
Vazirlar Mahkamasi Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri, Ishchi guruhi kotibi |