1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.02.00.00 Raqobat toʻgʻrisida qonunchilik. Tabiiy monopoliyalar / 09.02.03.00 Monopoliya faoliyati yuzasidan davlat nazorati. Monopoliyaga qarshi davlat organi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.11.00 Tovarlar sotishda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish. Reklama]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va ushbu yoʻnalishda davlat organlari hamda tashkilotlari hamkorligini samarali tashkil etishni taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 11-sentabrdagi PF-5817-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi chakana savdo obyektlarida xalq isteʼmoli tovarlarining nazorat xaridini tashkillashtirish va ularni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazishni rejalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridini amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq isteʼmoli tovarlarini ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi bilan bogʻliq ishlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi va xalq isteʼmoli tovarlarini testdan oʻtkazish natijalari ustidan shikoyat qilish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hamda uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita):
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo obyektlarida sotiladigan xalq isteʼmoli tovarlari sifati va xavfsizligining belgilangan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan tizimli ravishda oʻrganishlar oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tadbirlar qonuniylik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan holda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari Qoʻmitaga nazorat xaridi doirasida olinadigan xalq isteʼmoli tovarlarini tezkor ravishda ekspertizadan (testdan) oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatsinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoʻmita Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning mazmun-mohiyati, amaliy ahamiyati hamda nazorat xaridini amalga oshirish natijalari toʻgʻrisida keng jamoatchilik, aholi va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tizimli ravishda axborot-maʼrifiy ishlar tashkil qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik madaniyatini oshirish, savdo obyektlarida sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan respublika va mahalliy teleradiokanallar, bosma nashrlar va Internet jahon axborot tarmogʻi orqali turkum koʻrsatuv va eshittirishlar efirga uzatilishini hamda maqolalar chop etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-fevraldagi 59-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo obyektlarida xalq isteʼmoli tovarlarining nazorat xaridini tashkillashtirish va ularni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom chakana savdo obyektlarida xalq isteʼmoli tovarlarining nazorat xaridini amalga oshirish va ularni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi — chakana savdo obyektlarida vakolatli davlat organlari xodimlari tomonidan ekspertiza oʻtkazish va mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiqligini testdan oʻtkazish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza — tovar qadogʻining yaxlitligini buzmagan holda, uning markirovkasiga qoʻyilgan talablar hamda saqlash sharoitlari qoidalariga rioya etilishini, shuningdek, ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan yaroqlilik muddatini bevosita chakana savdo obyektida oʻrganishga qaratilgan tadbir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
testdan oʻtkazish — tovarlar xavfsiz boʻlishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarga mosligini laboratoriya sharoitida sinab aniqlash, shuningdek, solishtirish va taqqoslash yoʻli bilan hamda oʻlchov vositalari yordamida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini oʻrganish maqsadida baholash usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq isteʼmoli tovarlari — aholining shaxsiy maqsadlarda, roʻzgʻorda yoki tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda (bevosita moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishda) foydalanishi uchun sotiladigan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazorat xaridi tadbirlari tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, chakana savdo obyektlarida sotiladigan xalq isteʼmoli tovarlarini (keyingi oʻrinlarda — tovar) ushbu Nizomga muvofiq sotib olish, ekspertiza qilish va akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida testdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nazorat xaridi tadbirlari ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) raisi tomonidan tasdiqlanadigan yoki Qoʻmita bilan kelishilgan va rasmiy veb-saytda joylashtiriladigan nazorat xaridi tadbirini oʻtkazish rejasi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalaridan kelib tushgan maʼlumotlar hamda belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlardan kelib tushadigan axborotlar va murojaatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nazorat xaridi tadbirini oʻtkazish rejasi har yili shakllantiriladi va Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan nazorat xaridi tadbirlari rejasi Qoʻmita bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat xaridi tadbirini oʻtkazish rejasi Qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi va quyidagi maʼlumotlarni oʻzida aks ettiradi:
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi tadbirini oʻtkazish davri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirni oʻtkazish joyi (viloyat, shahar va tuman);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi tadbirini oʻtkazish davomida amal qilinishi baholab boriladigan majburiy talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi tadbirini oʻtkazish lozim boʻlgan tovarlar nomlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nazorat xaridi tadbirini oʻtkazish rejasi mazkur Nizomning 4-bandida keltirilgan asoslarga muvofiq toʻldirib borilishi yoki oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nazorat xaridi tadbirlari Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoki nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilangan boshqa vakolatli organlar (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organlar) bilan birgalikda qonuniylik, oshkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplariga asoslangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan nazorat xaridi tadbirlari Qoʻmita bilan kelishilgan va tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotining xodimi nazorat xaridi tadbirini amalga oshirishi uchun Qoʻmita huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlik toʻgʻrisidagi maxsus sertifikatga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan nazorat xaridi tadbirlarini faqatgina tajriba davrida oʻtkaziladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nazorat xaridini amalga oshirish toʻgʻrisida Qoʻmita yoki hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti rahbari tomonidan buyruq chiqariladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyruq quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita yoki uning hududiy organi yoxud nodavlat notijorat tashkiloti hamda vakolatli organlar nazorat xaridi tadbirini oʻtkazishga masʼul xodimi yoki xodimlarining familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi tadbiri bevosita oʻtkazilayotgan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi tadbirini oʻtkazishda baholanadigan majburiy talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridini amalga oshirish uchun asos;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi davomida olinadigan tovarlarning savdo nomi, ularning soni, sotib olish va toʻlovni amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridini amalga oshirish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat xaridi davomida foto va videotasvirlarning zarurligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlum tovar boʻyicha nazorat xaridini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat xaridi bunday tadbirlar oʻtkazilgan muayyan tovar (savdo nomi) boʻyicha yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorda (savdo obyekti joylashuvi boʻyicha) keyingi bir yil davomida takroran amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda belgilangan tartibda kelib tushadigan jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyatlari asosida oʻtkaziladigan nazorat xaridi tadbirlari bundan mustasno.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nazorat xaridi uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan masʼul xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nazorat xaridi faqatgina kassa cheki va/yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjat rasmiylashtirilganda amalga oshirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat xaridi natijalari boʻyicha savdo obyekti hududidan tashqarida tovar namunalarini tanlab olish dalolatnomasi hamda mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq nazorat xaridini oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nazorat xaridi namunalari sifatida mahsulotning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bilan belgilangan barcha koʻrsatkichlar boʻyicha kamida bir marta testdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan miqdorda mahsulot xarid qilinadi. Mazkur namunalar akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalarda saqlash muddati davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni testdan oʻtkazish uchun yuborish (transportda) va saqlash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan, mahsulotlarni tashish va saqlash talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nazorat xaridini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga tovarlar sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar (kassa va/yoki tovar cheklari), tovar namunalarini tanlab olish dalolatnomasi va boshqa hujjatlar (mavjud boʻlganda) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nazorat xaridini oʻtkazishda masʼul xodimlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotni buyruqda keltirilgan nomi va soniga koʻra mahsulotlarni sertifikatlashtirish Milliy tizimining sertifikatlashtirish qoidalariga muvofiq tanlashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni imzolaydi hamda tovar sotib olish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaruriy hollarda, foto va videotasvirga olish vositalaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tovarlarni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nazorat xaridi davomida tovarlarni ekspertizadan oʻtkazish — joyida, testdan oʻtkazish — akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tovarlarni joyida ekspertizadan oʻtkazish faqatgina tovarlarni testdan oʻtkazish uchun tanlab olish maqsadida vakolatli organ xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, quyidagilarga rioya qilinganligi ekspertizadan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana savdo obyektida tovarlarni saqlash sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar markirovkasini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan yaroqlilik muddatiga amal qilinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur Nizomning 17-bandida keltirilgan mezonlarga muvofiq boʻlmagan tovarlarni sotib olishga va ularni sinov laboratoriyalarida testdan oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nazorat xaridi davomida testdan oʻtkazish uchun sotib olingan tovarlar ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan shartlarda, ularga zarar yetmaydigan tarzda yuklanishi va saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nazorat xaridi davomida olingan tovar namunalari savdo nomlari olib tashlangan va toʻliq berkitilgan, biroq isteʼmol qadogʻi saqlangan holda vakolatli organ xodimi tomonidan belgilangan tartibda toʻldirilgan tanlab olish dalolatnomasi bilan birga sinov laboratoriyalariga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlab olish dalolatnomasi uch nusxada toʻldiriladi va Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti, vakolatli organ hamda sinov laboratoriyasi xodimlariga bir nusxadan beriladi. Tanlab olish dalolatnomasi uni toʻldirgan mutaxassis hamda Qoʻmita yoki uning hududiy organi yoxud nodavlat notijorat tashkiloti xodimi tomonidan imzolanadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tovarlarni testdan oʻtkazish uchun tegishli sinov laboratoriyalariga yetkazish nazorat xaridi yakunlanadigan kundan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tovarlarni testdan oʻtkazish milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat sinov laboratoriyalarida shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tovar namunalarini testdan oʻtkazish ushbu tovarlarga nisbatan belgilangan texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq, shartnomada koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Test natijalari boʻyicha tovar sifati va xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlmagan holatlar aniqlanganda, qonunchilik hujjatlariga koʻra tegishli harakatlarni amalga oshirish uchun test natijalari Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan vakolatli organlarga yuboriladi va tekshirish umumiy tartibda amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Nazorat xaridi bilan bogʻliq ishlarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nazorat xaridi bilan bogʻliq ishlarni moliyalashtirish Qoʻmita tomonidan oʻtkaziladigan nazorat xaridlari Qoʻmita huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari, nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan oʻtkaziladigan nazorat xaridlari oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tovarlarni testdan oʻtkazish uchun sinov laboratoriyalarini tanlash istisno tariqasida Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan aniqlanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Nazorat xaridi maqsadli korporativ bank kartasi yordamida Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, nazorat xaridini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruqda Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkilotining moddiy javobgar xodimiga beriladigan pul miqdorini qayd etgan holda, naqd pul shaklida ham toʻlanishi mumkin.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Maqsadli korporativ bank kartalari Qoʻmita va uning hududiy organlari hamda nodavlat notijorat tashkiloti uchun alohida ochiladi. Ushbu maqsadli korporativ bank kartalaridan faqatgina nazorat xaridini amalga oshirishda foydalaniladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qoʻmita va uning hududiy organlari hamda nodavlat notijorat tashkiloti mansabdor shaxslari korporativ bank kartalaridan maqsadli foydalanish uchun moddiy javobgar hisoblanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Nazorat xaridi natijalari, uni amalga oshirish davomida toʻplangan foto va videomateriallar Qoʻmita rasmiy veb-saytida hamda ommaviy axborot vositalarida joylashtirilishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Nazorat xaridini amalga oshirishda yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish tekshirish hisoblanmaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ishlab chiqaruvchi (yoki ular isteʼmolchidan daʼvo qabul qilishga vakolat berilgan shaxs) nazorat xaridi va tovarlarni testdan oʻtkazish natijalari ustidan belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo obyektlarida xalq isteʼmoli tovarlarining nazorat xaridini tashkillashtirish va ularni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo obyektlarida xalq isteʼmoli tovarlarining nazorat xaridini tashkillashtirish va ularni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Qoʻmita va nodavlat notijorat tashkiloti
Nazorat xaridini oʻtkazish rejasini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Har yili, yanvar oyida
2-bosqich
Qoʻmita va nodavlat notijorat tashkiloti
Nazorat xaridini oʻtkazish rejasini rasmiy veb-saytda joylashtiradi.
Har yili, yanvar oyida
3-bosqich
Qoʻmita hamda uning hududiy organlari, nodavlat notijorat tashkiloti
Nazorat xaridini amalga oshirishda foydalanish uchun maqsadli korporativ bank kartasi ochadi va zarur miqdorda pul mablagʻi oʻtkazadi.
Har yili, yanvar oyida
4-bosqich
Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti
Tasdiqlangan rejaga koʻra, OAV maʼlumotlari yoki murojaat kelib tushganda nazorat xaridini hamkorlikda amalga oshirish uchun vakolatli organdan (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi) mutaxassis jalb qilinadi.
Tadbir oʻtkazilishidan 3 ish kuni avval
5-bosqich
Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti
Tasdiqlangan rejaga koʻra, OAV maʼlumotlari yoki murojaat kelib tushganda nazorat xaridini amalga oshirish toʻgʻrisida Qoʻmita yoki uning hududiy organlari tomonidan buyruq chiqariladi.
Tadbir oʻtkazilishidan 1 ish kuni avval
6-bosqich
Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti hamda vakolatli organlar
Masʼul xodim buyruqda koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektdan (joyiga chiqqan holda) belgilangan tovarni ekspertizadan oʻtkazish natijalariga asosan kassa va/yoki tovar cheki bilan sotib oladi (zarur hollarda foto- va videotasvirga olish vositalaridan foydalanadi).
Buyruqda koʻrsatilgan sanada
7-bosqich
Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti hamda vakolatli organlar
Savdo obyekti hududidan tashqarida tovar namunalarini tanlab olish dalolatnomasi va nazorat xaridini oʻtkazish toʻgʻrisida maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Nazorat xaridi oʻtkazilgan kunda
8-bosqich
Vakolatli organlar
Nazorat xaridi davomida olingan tovar namunalari savdo nomlari olib tashlangan va toʻliq berkitilgan, biroq isteʼmol qadogʻi saqlangan holda tegishli sinov laboratoriyalariga yetkaziladi.
Nazorat xaridi oʻtkazilgan kunda
9-bosqich
Akkreditatsiya qilingan davlat va nodavlat laboratoriyalar
Tovar namunalarini testdan oʻtkazadi va sinov bayonnomalarini Qoʻmita yoki uning hududiy organlariga yoxud nodavlat notijorat tashkilotiga yuboradi.
Texnik hujjatlar va shartnomada belgilangan muddatda
10-bosqich
Qoʻmita yoki uning hududiy organlari yoxud nodavlat notijorat tashkiloti
Test natijalari boʻyicha tovar sifati va xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlmagan holatlar aniqlanganda, qonunchilik hujjatlariga koʻra tegishli harakatlarni amalga oshirish uchun vakolatli organlarga yuboriladi.
Test natijalari olingan kundan 3 ish kunida
11-bosqich
Vakolatli organlar
Tovar sifati va xavfsizlik talablari buzilishi holati boʻyicha ishlab chiqaruvchi yoki import tovarlar boʻyicha uning vakolatli shaxsiga tegishli chora koʻradi.
Belgilangan muddatlarda
12-bosqich
Qoʻmita
Isteʼmolchi va tadbirkorlarni sifat va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlar va uning ishlab chiqaruvchilari toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida nazorat xaridi natijalari boʻyicha ommaviy axborot vositalarida axborot joylashtiradi.
Nazorat xaridi natijalari boʻyicha
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chakana savdo obyektlarida xalq isteʼmoli tovarlarining nazorat xaridini tashkillashtirish va ularni ekspertizadan (testdan) oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
3. Ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan yaroqlilik muddatiga amal qilinishi. _________________________________________________________________________________________
Nazorat xaridini oʻtkazish davomida xarid qilingan tovarlar tanlab olish dalolatnomasiga muvofiq __________________________________________________________________
Qoʻmita yoki uning hududiy organi yoxud nodavlat notijorat tashkiloti xodimi
__________
_______________________________
(imzo)
(F.I.O., lavozimi)
Vakolatli organ xodimlari
__________
_______________________________
(imzo)
(F.I.O., lavozimi)
__________
_______________________________
(imzo)
(F.I.O., lavozimi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Nazorat xaridi tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va unga ilova qilinadigan tovar namunalarini tanlab olish dalolatnomasi nazorat xaridi tadbiri yakunlangandan soʻng savdo obyekti hududidan tashqarida rasmiylashtiriladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 667-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 09/21/59/0096-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 24.10.2025-y., 09/25/667/0971-son)