11.09.2019 yildagi PF-5817-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4126-son qarorini samarali amalga oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) quyidagi huquqlar berilsin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chakana savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridini oʻtkazish, ularni isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga mosligi jihatidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazilishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) isteʼmolchilardan ariza va shikoyatlar tushgan hollarda isteʼmolchilar huquqlariga rioya qilinishini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari mavjud boʻlganda, tadbirkorlik subyektlarida (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) isteʼmolchilarga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yaroqlilik muddati, saqlash va xizmat koʻrsatish muddatini buzgan holda realizatsiya qilish holati aniqlanganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan davlat organlariga, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar tashkilot, muassasa va korxonalarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi alomatlari aniqlanganda materiallarni vakolatli organlarga, shuningdek, tegishli faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning (ruxsat beruvchi hujjatlarning) amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish (bekor qilish) toʻgʻrisidagi masalasini hal etish uchun tegishli organlar va tashkilotlarga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini buzgan shaxslarga nisbatan huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash uchun sudlarga arizalar bilan murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davriy bosma nashrlar, kitob mahsulotlari nazorat nusxalari, tele va radiodasturlar efirlarida joylashtirilgan hujjatli materiallar, reklamani tayyorlash, joylashtirish va tarqatishga oid materiallarni bepul olish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish haqida Qoʻmita vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, fuqarolar hamda mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ijro etish uchun majburiydir;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, mansabdor shaxslar, shuningdek, mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar Qoʻmitaning talabiga binoan unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda 2020-yil 1-fevralga qadar “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda nodavlat notijorat tashkilotlari huquqlarini, isteʼmolchilar huquqlarining buzilishi holatlari aniqlanganda Agentlikning ushbu tashkilotlar bilan hamkorligini, tovarlar (ishlar, xizmatlar) mustaqil ekspertizasini oʻtkazish mexanizmini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu Farmonga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gʻulomov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 11-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5817-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-sentabrdagi PF-5817-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-2020-yillarda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida amalga oshiriladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Ijro
muddati

Ijrosi ustidan nazoratni tashkil qilish

ijro uchun masʼul

nazorat uchun
masʼul

I. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish

1.

“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil 1-fevral

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

E. Gʻaniyev

2.

“Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining yangi tahririni ishlab chiqish.

2019-yil 1-dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

E. Gʻaniyev

3.

Qonun hujjatlariga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, axborot bermaganlik yoki bila turib notoʻgʻri axborot berganlik, Agentlik koʻrsatmalarini bajarmaganlik, shuningdek, uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishiga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir oʻtkazganlik uchun javobgarliklarni kuchaytirish, yuridik shaxslarga jarimalar qoʻllashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil
1-yanvar

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Bosh prokuratura (S. Saidkarimov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

E. Gʻaniyev

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil
1-noyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

E. Gʻaniyev

5.

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan chakana savdo shoxobchalarida xalq isteʼmoli tovarlarining nazorat xaridini amalga oshirish va ularni isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va belgilangan standartlarga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan (testdan) oʻtkazishni tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil
1-fevral

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi (N. Atabekov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Davlat soliq qoʻmitasi (B. Musayev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

E. Gʻaniyev

6.

Qonun hujjatlarining isteʼmolchilarga taʼsirini baholash tizimini va tegishli metodologiyasini ishlab chiqish hamda joriy qilish.

2020-yil
1-aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

E. Gʻaniyev

II. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etilishi boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsizligi va sifatini nazorat qilish sohasida davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik

7.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish darajasining holati qoniqarliligi yuzasidan ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish jadvalini tuzish (yoʻnalishlar boʻyicha).

Jadvalga muvofiq fuqarolar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish, ularni tahlil qilish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2019-yil
1-dekabr

har chorakda, 2020-yil
1-yanvardan boshlab

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

E. Gʻaniyev

8.

Isteʼmolchilar huquqlari buzilishi bilan bogʻliq huquqni qoʻllash amaliyoti, suddan tashqari va sudgacha hal qilingan isteʼmolchilar ishtirokidagi nizolarni hal qilishning qoʻllaniladigan mexanizmlari, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni muhokama qilishda ekspertlar jamiyati va jamoatchilik birlashmalarini jalb qilish boʻyicha monitoring oʻtkazish.

monitoring — doimiy

har chorakda — Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

E. Gʻaniyev

9.

Ayrim isteʼmolchilar, ularning guruhi va isteʼmolchilarning nomuayyan doiralari huquqlarini himoya qilish boʻyicha sud amaliyotini umumlashtirgan hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasini tartibga solishda eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni tahlil qilgan holda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimining institutsional, tashkiliy va huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirishga yoʻnaltirilgan takliflar kiritish.

har chorakda 2020-yil
1-yanvardan boshlab

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Oliy sud (X. Yodgorov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov)

E. Gʻaniyev

10.

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligiga muvofiqligi nuqtai nazaridan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ustidan laboratoriya tadqiqotlarini, ekspertiza (testlar) oʻtkazish sohasida Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi bilan masʼul davlat tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish tartibini ishlab chiqish.

2019-yil
1-dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi (N. Atabekov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov)

E. Gʻaniyev

11.

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiqligi nuqtai nazaridan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ustidan ekspertiza (testlar) oʻtkazish amaliyotini joriy qilish.

har chorakda

Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi (N. Atabekov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (B. Norqobilov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (B. Qoʻchqorov)

E. Gʻaniyev

12.

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish agentligi vakillarini mutaxassis sifatida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha sud muhokamalarida ishtirok etishi amaliyotini tashkil qilish.

har chorakda

Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Oliy sud
(X. Yodgorov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

E. Gʻaniyev

13.

Isteʼmolchilar nomuayyan doirasining huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish agentligining tashabbusi bilan daʼvo arizalarini yuborish mexanizmini joriy etish.

2020-yil
1-aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Oliy sud
(X. Yodgorov),
Adliya vazirligi (R. Davletov)

E. Gʻaniyev

III. Isteʼmolchilarga ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda yordam berish, shuningdek, aholining isteʼmol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish

14.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va isteʼmolchilik huquqi asoslarini oʻrganish boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etish.

2020-yil
1-avgust

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov)

A. Abduxakimov

15.

Aholining isteʼmol bilimi va savodxonligini oshirishga qaratilgan quyidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish:

televideniye va radiokanallarda, davriy nashrlarda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatini, ushbu sohadagi muammo va kamchiliklarni hamda ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar, isteʼmol madaniyati va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish anʼanalarini keng targʻib qilish va tizimli ravishda yoritib borilishini taʼminlaydigan maxsus dasturlar (ruknlar) tashkil qilish;

isteʼmolchilar huquqlari va aholining isteʼmol madaniyatini shakllantirish masalalarini tizimli va tahliliy yoritishga bagʻishlangan teledasturlar chiqishini kengaytirish;

isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy masalalari boʻyicha kundalik hayotda koʻp uchraydigan savol va javoblar koʻrinishidagi maxsus qoʻllanmalar (broshyuralar) tayyorlash va ularni aholi oʻrtasida, birinchi navbatda umumiy taʼlim maktablarida bepul tarqatish.

2020-yil
31-dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), Axborot texnologiyalari v� kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev)

A. Abduxakimov

16.

Isteʼmolchilar uchun odatdagi hayotiy vaziyatlarni hal qilish, isteʼmolchilar oʻrtasida nizolarni sudgacha hal etish imkoniyatlari, tovarlarning inson sogʻligʻiga taʼsiri va boshqalar toʻgʻrisida maʼlumot beruvchi, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bazasini, shuningdek, qoʻshimcha huquqiy maʼlumotlardan foydalanish imkoniyati mavjud boʻlgan tizimni (elektron platforma, onlayn forum) oʻz ichiga olgan yagona onlayn platforma hamda bepul maslahatlar portali yaratish.

2020-yil 1-mart

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

A. Abduxakimov

IV. Tadbirkorlik va isteʼmol madaniyatini takomillashtirish, reklama sohasida nohalol raqobat va notoʻgʻri reklamaga yoʻl qoʻymaslik

17.

Elektron tijorat va ular bilan bogʻliq hisob-kitoblar sohasida bitimlarning xavfsizligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash.

2020-yil
1-oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

E. Gʻaniyev

18.

Marketing va reklama sohasida xalqaro tadbirlar (koʻrgazma, konferensiya, forum) oʻtkazilishini tashkillashtirish. Xususan,
Toshkent va Samarqand shaharlarida “MAKON Marketing Forum 2019”;


Toshkent shahrida “ADWEEK IV- marketing va reklama haftaligi”;


“II-Toshkent reklama festivali”ni oʻtkazish.



2019-yil oktyabr-noyabr


2020-yil mart-aprel


2020-yilmart-aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev), Samarqand viloyat hokimligi (E. Turdimov)

E. Gʻaniyev

19.

Reklama qonunchiligiga muvofiqlik yuzasidan reklama eskizlari (video, audio va boshqa materiallar) loyihalari boʻyicha xulosalar berish tartibini joriy qilish.

2020-yil
1-fevral

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

E. Gʻaniyev

V. Ommaviy axborot vositalari, ishbilarmon jamoatchiligi bilan hamkorlik qilish, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida ularning jamoatchilik uchun foydali boʻlgan faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash

20.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama boʻyicha koʻngillilar harakatini tashkil etish.

2020-yil
1-fevral

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy
assotsiatsiyasi (A. Karimov)

A. Abduxakimov

21.

Xalqaro isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish kuniga bagʻishlangan “Sifat kuni” marafoni — har yillik tadbirini tashkil qilish.

2020-yil
1-aprel

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov), Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy
assotsiatsiyasi (A. Karimov)

A. Abduxakimov

22.

“Tashabbus” koʻrik-tanlovi doirasida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligini jalb qilgan holda “Yilning eng yaxshi mahsuloti” nominatsiyasida nomzodlarni tanlash jarayonini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish.

2020-yil
1-fevral

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Shadmanov), “Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov)

A. Abduxakimov

VI. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish masalalari boʻyicha xalqaro tashkilotlar, vakolatli davlat organlari va xorijiy mamlakatlarning nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish

23.

Quyidagi Kelishuvlar boʻyicha davlat ichki tartib-taomillarni bajarish:

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida MDH ishtirokchi davlatlarining asosiy hamkorlik yoʻnalishlari haqida;

Reklama faoliyatini tartibga solish sohasida MDH ishtirokchi davlatlarining hamkorligi toʻgʻrisida.

2020-yil
1-may

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov)

E. Gʻaniyev

24.

BMTning Savdo va rivojlanish boʻyicha konferensiyasi (YuNKTAD) faoliyat yoʻnalishlari doirasida Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligining faol ishtirokini taʼminlash, shu jumladan YuNKTAD ilgʻor xalqaro tajribasining virtual katalogida “Oʻzbekiston” boʻlimini shakllantirish.

2020-yil
31-dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov)

E. Gʻaniyev

25.

Isteʼmolchilar huquqlarini sudgacha himoya qilishning xorijiy tajribasini oʻrganish va umumlashtirish orqali nizolarni sudgacha hal qilish uchun onlayn xizmatlar yaratish va ularning tizimli ishlashi boʻyicha takliflar kiritish.

2020-yil
31-dekabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov)

E. Gʻaniyev

VII. Boshqa tashkiliy masalalar

26.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligini telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlash.

2019-yil
15-oktabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

A. Aripov

27.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligini Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 3-uy manziliga bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

2019-yil
15 oktyabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Xaydarov), Toshkent shahar hokimligi (J. Ortiqxoʻjayev)

A. Aripov

28.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ushbu Farmonni 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xarajatlari uchun mablagʻlar ajratish va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutish.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur mablagʻlarning ajratilishini taʼminlash hamda 3 ta xizmat, shu jumladan 2 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarni saqlashga limit belgilash.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan egallab turgan hududini taʼmirlash, moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida mebel, uskunalar va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur mablagʻlar ajratish.

moliyalash-tirish boʻyicha buyurtma (talabnoma) kelib tushganda

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov)

D. Qoʻchqorov

29.

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasini shakllantirishga quyidagi qoʻshimcha manbalarni kiritishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2019-yil 24-yanvardagi PQ-4126-son qaroriga qoʻshimchalar kiritilsin:

isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi;

isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Agentlik taqdim etgan koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun Agentlik yoki Agentlik kiritgan daʼvolar boʻyicha sud tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablagʻlarining 100 foizi;

tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yigʻim mablagʻlarining 45 foizi;

“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki boʻlgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish natijasida tushadigan yigʻim summasining 40 foizi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasiga tushadigan davlat aktivlarini sotish summasining 4 foizi.

2019-yil
15-oktabr

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

D. Qoʻchqorov

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2019-y., 06/19/5817/3732-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)