O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-558-son Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi “Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi bo‘yicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5984-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, afv etishni amalga oshirish tartibini takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-yanvar,
PF-6146-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 26-fevraldagi PF-2240-son Farmonida:
a) 1-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “doimiy qayddan o‘tish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “vaqtinchalik qayddan o‘tishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “vaqtincha qayd etiladi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy qayd etish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
7-bandning “a” kichik bandi o‘n to‘rtinchi xatboshisidagi “qayd etish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “qayd etish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 5-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4262-son Farmonida:
a) 1-ilovada:
birinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turadigan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxati” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “propiskaga” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turadigan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxati” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshisi “Fuqaro pasportini yo‘qotib qo‘ygan” so‘zlaridan keyin “yoki sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sud ajrimi bilan pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganda”;
yettinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganligi to‘g‘risidagi sud ajrimini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga ma’lumot uchun yuboradi”;
19-bandning birinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turadigan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
241-bandning ikkinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
35-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Pasport berish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi “uning amal qilish muddati tugagan” so‘zlaridan keyin “yoxud sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
354-bandning birinchi xatboshidagi “ro‘yxatga qo‘yish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazadi, turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi II2 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“II2. Sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport o‘rniga yangi pasport berish tartibi
3511. Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi respublika hududida ushlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport ichki ishlar organlari yoki chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yo‘q qilish uchun jo‘natish maqsadida olib qo‘yiladi va unga pasporti olib qo‘yilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
3512. Vaqtincha xorijda bo‘lgan pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etganda uning pasporti olib qo‘yiladi va unga bu haqida dalolatnoma beriladi. Olib qo‘yilgan pasportni yo‘q qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi.
3513. Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga yangi pasport ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida beriladi.
Arizani ko‘rib chiqish muddati O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq uzaytirilishi mumkin.
Yangi pasportni olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
belgilangan shakldagi ariza;
protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqidagi tasdiqlangan qaror nusxasi;
davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya.
Sud ajrimi bilan pasportining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
3514. Tergov hibsxonalari yoki vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxsga yangi pasport rasmiylashtirish ushbu shaxslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi”;
ikkinchi xatboshidagi “vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmay” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmay” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobga olinmagan” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nizomga 2-ilovadagi “propiska qilingan edi” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovada:
3-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandning ikkinchi xatboshisidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tganlik” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatilganida”;
sakkizinchi-to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha to‘qqizinchi-o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
12-bandning birinchi xatboshisidagi “doimiy ro‘yxatda turadigan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
19-banddagi “doimiy ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilganida”;
to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar tegishincha beshinchi-oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
30-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“30. Harakatlanish hujjatini berish uchun “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi”;
quyidagi mazmundagi II1 bo‘lim bilan to‘ldirilsin:
“II1. Sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan harakatlanish hujjati o‘rniga yangi harakatlanish hujjati berish tartibi
301. Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi respublika hududida ushlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan harakatlanish hujjati ichki ishlar organlari yoki chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yo‘q qilish uchun jo‘natish maqsadida olib qo‘yiladi va unga harakatlanish hujjati olib qo‘yilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
302. Vaqtincha xorijda bo‘lgan sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasiga qaytish guvohnomasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat etganda uning harakatlanish hujjati olib qo‘yiladi va unga bu haqida dalolatnoma beriladi. Olib qo‘yilgan harakatlanish hujjati yo‘q qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboriladi.
303. Sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchiga yangi harakatlanish hujjati ma’lumotlarni yig‘ish punkti tomonidan ushbu bandda ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida beriladi.
Yangi harakatlanish hujjatini olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
belgilangan shakldagi ariza;
protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida tasdiqlangan qaror nusxasi;
davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya.
Sud ajrimi bilan harakatlanish hujjatining amal qilishi to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi.
304. Tergov hibsxonalari yoki vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanayotgan shaxsga yangi harakatlanish hujjatini rasmiylashtirish ushbu shaxslar saqlanayotgan joyga borgan holda amalga oshiriladi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi PF-5060-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida siyosiy boshpana berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi birinchi xatboshisidagi “vaqtincha propiska rasmiylashtirilgandan” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingandan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida loyiha boshqaruv tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-iyuldagi PF-5120-son Farmoni 6-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olishni hamda vaqtincha propiska qilish va turar joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi hamda muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-son Farmoni 14-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-son Farmoni 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 29-martdagi PF-5388-son Farmoni 18-bandidagi “yashash joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilish, hisobga qo‘yish va vaqtincha propiskani” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda muddatini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
7-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalarining Fuqarolik, afv etish va siyosiy boshpana berish masalalari bo‘yicha shu’basi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalarining fuqarolik va afv etish shu’basi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari kiritiladi”;
11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilsin:
“Zarur hollarda Komissiya majlislari videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilishi mumkin”;
12-banddagi “ichki ishlar va adliya vazirlari” so‘zlari “ichki ishlar, adliya hamda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Quyidagi mazmundagi 61-bob bilan to‘ldirilsin:
“61-bob. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etish tartibi
341. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mahkumning yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsning afv etishni so‘rab yozgan iltimosnomasi mavjud yoki mavjud emasligidan qat’i nazar o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin.
342. Bu haqda Shu’baga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriq xati yuboriladi.
343. Shu’ba O‘zbekiston Respublikasi Prezidentidan topshiriq xatini olgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida Komissiya a’zolariga Komissiyaning majlisi o‘tkazilishi kuni va joyi haqida xabar beradi.
344. Komissiyaning majlisi yakuni bo‘yicha Shu’ba tomonidan mahkumlarni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning shaxsini va hujjatlarini o‘rganish bo‘yicha Komissiya a’zolari, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ul xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruhlar shakllantiriladi va ularning joylarga chiqishi tashkil etiladi.
345. Ishchi guruh Komissiyaning muhokamasiga kiritish uchun hujjatlari ajratib olingan mahkumlardan yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslardan ularga nisbatan afv etish masalasi ko‘rib chiqilishiga e’tirozi yo‘qligi haqida rozilik xatini oladi.
Mahkumning yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsning rozilik xatiga mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Mahkum yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxs rozilik xatini yozmagan taqdirda, uning hujjatlari Komissiyaning muhokamasiga kiritilmaydi.
346. Komissiya ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan mahkumlarning yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslarning hujjatlarini muhokama qilib, afv etilishi mumkin bo‘lgan mahkumlar yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxslar bo‘yicha bayonnoma qarorini qabul qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taklif kiritadi.
347. Komissiyaning mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishga tavsiya qilishni rad etganligi, mahkumga yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsga kelgusida afv etishni so‘rab iltimosnoma bilan murojaat qilishga monelik qilmaydi”.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatini innovatsion, yuqori texnologiyalarga asoslangan, eksportga yo‘naltirilgan va import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun erkin iqtisodiy zona sifatida belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 15-maydagi PF-5719-son Farmoni 19-bandidagi “vaqtinchalik turar joyi bo‘yicha propiska qilish va” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddatini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-maydagi PF-5722-son Farmoni 5-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilishni va vaqtincha propiskani” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda uning muddatini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-oktabrdagi PF-5848-son Farmoni 10-bandi “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisidagi “vaqtincha propiskaga qo‘yilishi va vaqtincha propiska muddati” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2006-yil 24-fevraldagi PQ-290-son qarori 11-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Maktab ta’limini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 2-yanvardagi PQ-551-son qarori 9-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatda turish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Janubi-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qarori 16-bandidagi “yashash joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida” 2007-yil 5-sentabrdagi PQ-691-son qarori 12-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surgil konini kompleks obodonlashtirish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 18-fevraldagi PQ-797-son qarori 13-bandidagi “muvaqqat yashash joyida vaqtincha ro‘yxatda turish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koreya Respublikasi bilan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 1-iyuldagi PQ-1993-son qarori 6-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzurida O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar innovatsiya markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2602-son qarori 14-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-martdagi PQ-2856-son qarorining 10-bandidagi “vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari tayanch punkti to‘g‘risidagi nizomning 12-bandi yigirmanchi xatboshisidagi “doimiy va vaqtincha propiskasiz yoki turgan joyi bo‘yicha hisobda turmagan” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2939-son qarori 20-bandidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3025-son qarorining 12-bandidagi “vaqtincha yashash manzillarida vaqtincha ro‘yxatga olinishini va vaqtincha ro‘yxatga olish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 15-iyundagi PQ-3057-son qarorining 13-bandidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
27. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 23-iyundagi PQ-3080-son qarorining 10-bandidagi “vaqtincha propiskadan o‘tkazilishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
28. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-son qarorida:
a) 4-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “doimiy va vaqtinchalik propiska olish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “doimiy va vaqtinchalik propiska, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 1-ilovada:
o‘n beshinchi xatboshidagi “yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n oltinchi xatboshidagi “doimiy propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “propiska qilish va propiskadan chiqarishni” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “propiska qilish va propiskadan chiqarish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va doimiy ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “doimiy va vaqtincha propiska olish, doimiy turish joyida hisobga qo‘yish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning uchinchi va beshinchi xatboshilaridagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
29. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3149-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
31. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida loyiha boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-avgustdagi PQ-3245-son qarorining 11-bandidagi “turgan joy bo‘yicha muvaqqat propiska va hisobga qo‘yilishini” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-sentabrdagi PQ-3263-son qarorining 15-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
33. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasida chorvachilik sektorini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-sentabrdagi PQ-3283-son qarorining 11-bandidagi “vaqtincha propiskaga qo‘yilishi va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
34. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash” milliy sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 2-oktabrdagi PQ-3306-son qarorining 9-bandidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
35. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-oktabrdagi PQ-3327-son qarorining 13-bandidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
36. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 13-noyabrdagi PQ-3384-son qarorining 16-bandining uchinchi xatboshisidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxat rasmiylashtirilishi (uzaytirilishi)ni” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
37. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
birinchi xatboshidagi “doimiy propiska joyi bo‘yicha” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “propiska joyi bo‘yicha” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “doimiy propiska joyi bo‘yicha” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “doimiy propiskaga ega bo‘lmagan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
38. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3416-son qarori 5-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish hamda ularning” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
39. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-yanvardagi PQ-3457-son qarori 10-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiska muddatining” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
40. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ipakchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi PQ-3472-son qarorining 11-bandi ikkinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
41. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2018-yil 14-fevraldagi PQ-3528-son qarori 6-bandining yettinchi xatboshisidagi “doimiy propiskaga ega bo‘lmagan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
42. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-martdagi PQ-3610-son qarorining 13-bandidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishi va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
43. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-martdagi PQ-3643-son qarorining 8-bandidagi “ularni vaqtincha propiska qilish, turar joyi bo‘yicha hisobga olishni hamda vaqtincha propiska qilish va turar joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
44. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-son qarorining 8-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish hamda ularning” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
45. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PQ-3665-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomning 7-bandida:
birinchi xatboshidagi “doimiy propiskasi bo‘yicha joylashgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “propiskaga qo‘yilgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
46. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Ilg‘or texnologiyalar markazini tashkil qilish to‘g‘risida” 2018-yil 19-apreldagi PQ-3674-son qarorining 10-bandidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
47. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 3-maydagi PQ-3693-son qarorining 16-bandi ikkinchi xatboshisidagi “vaqtincha propiska qilinishi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinishi va ularning” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
49. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 16-iyuldagi PQ-3857-son qarorining 3-bandi uchinchi xatboshisidagi “yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiskani rasmiylashtirish va ularni” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddatini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
50. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 20-iyuldagi PQ-3875-son qarorining 14-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3894-son qarorining 16-bandidagi “vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha propiskaga qo‘yilishi va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
52. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarida “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 2-avgustdagi PQ-3895-son qarorining 12-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinishini hamda vaqtincha ro‘yxatga olish va hisobga olish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorida:
a) qarorning nomlanishidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 1-banddagi “doimiy propiska qilinish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 2-banddagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 4-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) qarorga ilovada:
ilovaning nomlanishidagi “propiska qilinish” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2, 3, 5 va 7-bandlardagi “propiska qilingan” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Vasiylik va homiylikdagi hamda oilaga tarbiyaga olingan (patronat) shaxslar — vasiy (homiy), tutingan ota-ona doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan uy-joy maydoniga”;
quyidagi mazmundagi 8 — 10 bandlar bilan to‘ldirilsin:
“8. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari).
9. O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi), shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari).
10. “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari)”.
Oldingi tahrirga qarang.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
55. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-sentabrdagi PQ-3931-son qarorining 14-bandidagi “turar joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilinishi va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
56. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan qishloq massivlarida muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 10-sentabrdagi PQ-3937-son qarorining 9-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
57. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida investitsiyaviy loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 30-oktabrdagi PQ-3989-son qarorining 14-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “vaqtinchalik propiska, yashash joyida hisobga olish va uni” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddatini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
58. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son qarorining 4-banddagi “doimiy (vaqtinchalik) ro‘yxatga olish” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
59. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-noyabrdagi PQ-4009-son qarorining 10-bandidagi “kelgan joyi bo‘yicha ularning vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishi, hisobga olinishi va uning” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
60. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 13-noyabrdagi PQ-4015-son qarorining 22-bandidagi “vaqtincha propiska qilinishi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinishi va ularning” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
61. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qarorining 13-bandi uchinchi xatboshisidagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
63. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qarori bilan tasdiqlangan 2019 — 2021-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targ‘ib qilish va ulardan oqilona foydalanishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 17-bandidagi “vaqtincha propiska qilish, turgan joyi bo‘yicha hisobga olish hamda ularning” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.
64. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning yettinchi xatboshisidagi “yashash joyidan ro‘yxatdan chiqib” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati bekor qilinib” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 12-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“pasport egasining xorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruxsat berilganligi to‘g‘risida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shtamp”;
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“hamrohlik qiluvchi shaxslar to‘g‘risida (voyaga yetmagan fuqarolar uchun) mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shtamp”;
v) 13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ichki ishlar organlari bo‘linmalari tomonidan — xorijda doimiy yashash uchun chiqishiga ruxsat berilganligi haqidagi, hamrohlik qiluvchi shaxslar haqidagi (voyaga yetmagan fuqarolar uchun)”;
g) 15-bandda:
quyidagi mazmundagi o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sud ajrimi bilan xorijga chiqish biometrik pasportni amal qilishi to‘xtatib turilganda”;
o‘n birinchi xatboshi o‘n ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari xorijga chiqish biometrik pasportning amal qilishi to‘xtatib turilganligi to‘g‘risidagi sud ajrimini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti orqali O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalariga ma’lumot uchun yuboradi”;
d) 17-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joylaridagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yoxud konsullik ro‘yxatiga olingan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga murojaat qiladilar”;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 18-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“protsessual majburlov chorasi bekor qilinganligi haqida tasdiqlangan qaror nusxasi (xorijga chiqish biometrik pasportning amal qilishi sud ajrimi bilan to‘xtatib turilganida)”;
oltinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Doimiy yashash maqsadida xorijga chiqish uchun murojaat qilgan fuqaroni ma’lumotlarni yig‘ish punkti mas’ul xodimi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq yozma ravishda ogohlantiradi”;
j) 21-bandda:
birinchi xatboshidagi “ota-onalardan” so‘zlari “ota-onadan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“agar ota-onadan birining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati xorijga doimiy yashashga ketganligi munosabati bilan bekor qilinganida”;
z) 30-bandda:
“ro‘yxatda turish joyi yoki” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joylaridagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yoxud” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Doimiy yoki vaqtincha konsullik ro‘yxatida turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti yoki biometrik pasporti yoxud xorijga chiqish biometrik pasportining amal qilishi sud tomonidan to‘xtatib turilgan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga yangi xorijga chiqish biometrik pasporti olish uchun murojaat etganda, amal qilishi to‘xtatib turilgan pasporti ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yo‘q qilish uchun jo‘natish maqsadida olib qo‘yiladi va unga pasporti olib qo‘yilganligi haqida dalolatnoma berish yo‘li bilan konsullik ro‘yxatidan chiqariladi hamda O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirib beriladi”;
i) 31-bandda:
birinchi xatboshisi “vizalar uchun mo‘ljallangan sahifalaridan foydalanib bo‘lingan holatlarda” so‘zlaridan keyin “shuningdek, sud ajrimi bilan uning amal qilishi to‘xtatib turilganda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan xorijga chiqish biometrik pasport O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yo‘q qilish uchun jo‘natish maqsadida olib qo‘yiladi, fuqaroga uning pasporti olib qo‘yilganligi haqida dalolatnoma hamda O‘zbekiston Respublikasiga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirib beriladi”;
k) quyidagi mazmundagi 341-band bilan to‘ldirilsin:
“341. Sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan xorijga chiqish biometrik pasport ichki ishlar organlari tomonidan ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yo‘q qilish uchun jo‘natish maqsadida olib qo‘yilganda fuqaroga uning pasporti olib qo‘yilganligi haqida dalolatnoma beriladi”;
l) 35-band “shuningdek, belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan” so‘zlaridan keyin “yoki sud ajrimi bilan amal qilishi to‘xtatib turilgan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
m) 39-bandda:
“e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) agar shaxsga nisbatan vakolatli organlarning mazkur shaxs xorijga chiqishi maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatuvchi axboroti (qonun buzilishlar ro‘yxati tegishli organlar tomonidan belgilanadi) mavjud bo‘lsa — u hisobga qo‘yilgan kundan boshlab bir yil o‘tgungacha. Bunda xorijga chiqishiga nisbatan qo‘yilgan cheklovni belgilangan muddatidan oldin bekor qilish masalasi tashabbuskor vakolatli organning yozma xati asosida amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Xorijga chiqish biometrik pasporti rasmiylashtirilganidan keyin shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishi uchun vaqtinchalik cheklash belgilan taqdirda, uning Davlat chegarasi orqali o‘tish huquqini cheklash tegishli davlat organlarining murojaatiga asosan chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
to‘qqizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
n) 42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati bekor qilinib, xorijga doimiy yashashga chiqish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy konsullik ro‘yxatiga olinadilar”;
o) Quyidagi mazmundagi 1, 2 va 3-ilovalar bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Xorijda doimiy yashash uchun ruxsat berilganligi to‘g‘risida pasportga kiritiladigan shtamp namunasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Hamrohlik qiluvchi shaxslar haqida (voyaga yetmagan fuqarolar uchun) pasportga kiritiladigan shtamp namunasi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
|
OGOHLANTIRISH XATI | |||||||||||||||||||
|
Men, ____________y.t., _______________________________________________ | |||||||||||||||||||
| | | | | | |
(fuqaroning F.I.O.) | |||||||||||||
|
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan qaysi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yo‘qotilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildim. | |||||||||||||||||||
|
_______________ |
| |
_________________ |
| |
_______________ | |||||||||||||
|
(sana) |
|
|
(imzo) |
|
|
(F.I.O.)” | |||||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
65. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 5-yanvardagi PQ-4095-son qarorining 6-bandidagi “propiska” so‘zi “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-fevraldagi PF-78-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son)
67. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (universiteti)” Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4171-son qarorining 14-bandidagi “vaqtinchalik turar joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
68. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-apreldagi PQ-4275-son qarorining 8-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiska qilinishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
69. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatida 900 MVt quvvatga ega kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasining qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-apreldagi PQ-4286-son qarorining 12-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiska qilinishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
70. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent viloyatida 850 MVt quvvatga ega kombinatsiyalangan siklli issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-apreldagi PQ-4287-son qarorining 12-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiska qilinishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
71. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshisidagi “vaqtincha yoki doimiy propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
72. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishining oldini olish va yadroviy hamda boshqa radioaktiv moddalarning noqonuniy aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik sohasida hamkorlik bo‘yicha loyihani amalga oshirish choralari to‘g‘risida” 2019-yil 13-sentabrdagi PQ-4451-son qarorining 4-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilinishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
73. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 29-oktabrdagi PQ-4500-son qarorining 11-bandidagi “vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish va uni” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning muddatini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
74. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 20-noyabrdagi PQ-4524-son qarorining 17-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
75. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Chorvachilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 27-noyabrdagi PQ-4538-son qarorining 11-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
76. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4574-son qarorining 13-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilinishini” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
77. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiyani qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 14-apreldagi PQ-4677-son qarorining 13-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik propiskaga qo‘yilishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
78. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-son qarorining 16-bandidagi “vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 24.02.2022-y., 06/22/78/0163-son; 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)