1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining meʼyoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish | |||||
|
1. |
Xalq taʼlimi tizimidagi rahbar, pedagog va mutaxassis xodimlarni (keyingi oʻrinlarda — xalq taʼlimi xodimlari) qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga taʼlimning kredit-modul tizimini joriy qilishni nazarda tutuvchi “Xalq taʼlimi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi toʻgʻrisida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Vazirlar Mahkamasining qarori |
2021-yil 1-aprel |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
2. |
“Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash kurslari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida”gi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi |
2021-yil 1-aprel |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
3. |
Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim tashkilotlari professor-oʻqituvchilarining oʻquv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar hajmini hisoblashning “vaqt meʼyorlari”ni tasdiqlash. |
Qoʻshma qaror |
2021-yil 1-may |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Husanov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
4. |
Oliy taʼlim tashkilotlarining pedagogik boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun pedagogik tayyorgarlik modullarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish. |
Qoʻshma qaror |
2021-yil 1-may |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev), Adliya vazirligi (Davletov) |
|
5. |
Uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimida xalq taʼlimi xodimlari tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan kreditlarning (akademik soatlarning) eng kam hajmini (miqdorlarini) tasdiqlash. Xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirishning muqobil shakllari roʻyxatini tasdiqlash va har bir shaklga toʻgʻri keladigan kreditlar (akademik soatlar) hajmini (miqdorlarini) belgilash. |
Qoʻshma qaror |
2021-yil 1-mart |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
II. Xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish | |||||
|
6. |
Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining oʻquv reja hamda dasturlarini, shuningdek, bitiruvchilar egallashi lozim boʻlgan kompetensiyalarni aks ettiruvchi malaka talablarini ishlab chiqish, Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-iyul |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
7. |
Tayanch maktablarda fanlar kesimida uzluksiz malaka oshirish amaliy mashgʻulotlarini tashkil etish. |
Xalq taʼlimi vazirligi buyrugʻi, oʻquv reja va dastur |
Oʻquv yili davomida |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov) |
|
8. |
“Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. |
Axborot tizimi (elektron platforma) |
2021-yil 1-aprel |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) |
|
9. |
Xalq taʼlimi xodimlarini kasbiy rivojlantirishning zamonaviy turlari va shakllarini keng joriy etish, jumladan: xalq taʼlimi xodimlarining kasbiy ehtiyojlaridan kelib chiqib, doimiy ravishda maqsadli, muammoli va mualliflik kurslarini tashkil etish; xalq taʼlimi xodimlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiy tillar boʻyicha savodxonligini oshirishga xizmat qiluvchi media kurslar yaratish va joriy etish; anʼanaviy, masofaviy va boshqa shakllarni oʻz ichiga olgan malaka oshirishning uygʻunlashgan kurslarini tashkil etish. |
Qoʻshma qaror, kurslarni tashkil etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” |
2021-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
10. |
Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi uchun zamonaviy, shu jumladan elektron formatdagi oʻquv adabiyotlarini yaratish. |
Oʻquv adabiyotlarini yaratish rejasi |
2021-2022-yillar |
Qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim tashkilotlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) |
|
11. |
Xalq taʼlimi xodimlari uchun jahon ilmiy-texnik maʼlumotlarning elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
Jahon ilmiy-texnik maʼlumotlarning elektron axborot resurslariga kirish imkoniyatini yaratish |
2021-yil 1-sentabr |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
III. Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim tashkilotlarini ilmiy darajali kadrlar bilan taʼminlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish | |||||
|
12. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarini (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) yuqori malakali professor-oʻqituvchi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirligining A. Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) qoshida tashkil etilgan maqsadli doktorantura va stajirovkaga qabul kvotalarini ajratish. Belgilangan taqsimot asosida maqsadli doktorantura va stajirovkaga qabul qilish jarayonini amalga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-yanvardan boshlab doimiy |
— |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy attestatsiya komissiyasi (Yusupov) |
|
13. |
Hududiy markazlarning professor-oʻqituvchilarini umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirishga hamda xalq taʼlimi xodimlari uzluksiz taʼlimining dolzarb muammolariga doir ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
14. |
Institut va hududiy markazlar professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini baholash va ragʻbatlantirishning reyting tizimini joriy etish. Professor-oʻqituvchilarning turli innovatsion, amaliy va fundamental tadqiqotlar loyihalari tanlovlarida faol ishtirok etishini taʼminlash. |
Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi |
2021-yil 1-dekabrdan boshlab doimiy ravishda |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
15. |
Quyidagilar orqali xalq taʼlimi sohasidagi mahalliy va yetakchi xorijiy tashkilotlar oʻrtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish: xalq taʼlimi xodimlarining qonunchilikda belgilangan tartibda yetakchi xorijiy taʼlim tashkilotlarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish; taʼlim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, mutaxassislarni taklif etish; xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, qoʻshma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish. |
Ijrochilarning kompleks chora-tadbirlari, xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi |
Doimiy ravishda |
Xalq taʼlimi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylar va xalqaro moliya institutlari mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
16. |
Institutda toʻlov-kontrakt asosida “Taʼlim menejmenti” va “Kattalar taʼlimi” bir yillik magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlarni tayyorlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021/2022 oʻquv yili |
Toʻlov-kontrakt mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norkulov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
IV. Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish | |||||
|
17. |
Hududiy markazlarni zarur mebellar, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, videokonferensiya qurilmalari, kompyuter texnikasi va boshqa inventarlar bilan jihozlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil 1-mart |
Xalq taʼlimi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
18. |
Hududiy markazlarda tabiiy fanlarning zamonaviy STEAM laboratoriyalarini tashkil etish va jihozlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich |
Xalq taʼlimi vazirligi va tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
19. |
Hududiy markazlar xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish. Institut va hududiy markazlarning rahbar lavozimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining “Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali”dan foydalangan holda ochiq tanlov oʻtkazish. Institut va hududiy markazlarni yuqori malakali, taʼlim berishning zamonaviy shakl va uslublarini, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini puxta egallagan, ilmiy salohiyat va amaliy ish tajribasiga ega boʻlgan, halol, tartib-intizomli pedagog kadrlar bilan toʻldirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (Xasanov) |
|
V. Xalq taʼlimi xodimlarining salohiyatini oshirish, xalq taʼlimida inson resurslarini rivojlantirish | |||||
|
20. |
Xalq taʼlimi xodimlarining “Lifelong learning” tamoyili asosida uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
2021-yil 1-martdan boshlab bosqichma-bosqich |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
21. |
Xalq taʼlimi tizimi rahbarlarining yuksak kasbiy axloq-odobini, korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini va unga toqatsiz munosabatni shakllantirish. Institut, hududiy markazlar, davlat umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlarining psixologik portretini tuzish hamda davriy ravishda yangilab borish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2022-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma-bosqich |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) |
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Boshqaruvning zamonaviy usullari” maxsus kurslarida hududiy markazlar rahbarlarining malakasini oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich |
Institut va hududiy markazlarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
Davlat boshqaruvi akademiyasi (Bekmurodov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov) | |
|
23. |
Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida innovatsiyalarni, shu jumladan oʻqitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy uslublarini joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy loyihalar tanlovlarini tashkil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-oktabrdan boshlab |
Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
24. |
Xalq taʼlimi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan fan metodistlarining umumiy shtatlar sonini oʻzgartirmagan holda tuman (shahar)lar kesimidagi shtatlari sonini maktablarning tegishli fan oʻqituvchilari kontingentidan kelib chiqqan holda belgilash. |
Xalq taʼlimi vazirining buyrugʻi |
2021-yil 1-sentabr |
— |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
25. |
Pedagogika yoʻnalishidagi talabalar amaliyoti soatlarini oshirish, amaliyotni asosan chekka hududlardagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻtishini taʼminlash. |
Qoʻshma qaror |
2021-yil 1-avgust |
— |
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov) |
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Oʻlchov birligi |
Yillar kesimida |
Masʼul ijrochilar | ||||
|
2021-yil |
2022-yil |
2023-yil |
2024-yil |
2025-yil | ||||
|
I. Taʼlim samaradorligi va kadrlar salohiyatini oshirish | ||||||||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlarining (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) ilmiy darajaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilar salmogʻi. |
Foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
20 |
25 |
30 |
35 |
40 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
2. |
Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka oʻtagan hududiy markazlarning professor-oʻqituvchilari salmogʻi. |
Foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
2 |
4 |
8 |
15 |
20 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
3. |
Hududiy markazlardagi oʻquv jarayonida taqdimotlar, multimedia va onlayn texnologiyalardan foydalanadigan professor-oʻqituvchilari salmogʻi. |
Foizda (jami oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
40 |
60 |
70 |
90 |
100 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
4. |
Hududiy markazlarga jalb qilingan xorijiy professor-oʻqituvchilar salmogʻi. |
Foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
1 |
2 |
2 |
3 |
4 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) |
|
5. |
Kredit-modul tizimi joriy etiladigan hududiy markazlar soni. |
Soni |
6 |
10 |
14 |
14 |
14 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (U. Tashkenbayev) |
|
II. Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish | ||||||||
|
6. |
Hududiy markazlarning nufuzli xalqaro bazalarda (SCOPUS, Web of science va boshqa Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan bazalar) roʻyxatdan oʻtgan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar salmogʻi. |
Bir oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan maqolalarning oʻrtacha soni |
0,1 |
0,2 |
0,3 |
0,4 |
0,5 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov) |
|
7. |
Hududiy markazlarning qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimi hamda umumiy oʻrta taʼlim sohasiga doir ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi professor-oʻqituvchilari salmogʻi. |
Foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
10 |
15 |
25 |
35 |
50 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov) |
|
8. |
Hududiy markazlarda xalqaro yoki milliy ilmiy-tadqiqot grantlari loyihalarida ishtirok etadigan professor-oʻqituvchilar salmogʻi. |
Foizda (jami professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan) |
10 |
12 |
14 |
16 |
18 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov) |
|
III. Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va innovatsion loyihalarni joriy etish | ||||||||
|
9. |
Milliy va xalqaro (Coursera, Udemy, Udacity, Edx va boshqa) darajadagi mustaqil masofaviy malaka oshirish kurslarida taʼlim olgan xalq taʼlimi xodimlari salmogʻi. |
Foizda (jami xalq taʼlimi xodimlari soniga nisbatan) |
10 |
12 |
14 |
16 |
18 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov) |
|
IV. Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga nodavlat tashkilotlarini jalb qilish orqali sogʻlom raqobat muhitini yaratish | ||||||||
|
10. |
Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish sohasidagi xususiy sektorning ulushi. |
Foizda (jami maktab oʻqituvchilari soniga nisbatan) |
10 |
15 |
20 |
25 |
30 |
Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi (Gʻ. Xoljigitov) |
3-ILOVA
|
T/r |
Ustuvor masalalar |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Ilmiy izlanishlar samaradorligi va natijadorligini oshirish | ||||
|
1. |
Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) 2021 — 2030-yillarda rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish va qoʻshma qaror bilan tasdiqlash. Bunda: xalqaro tendensiyalar va ilmiy izlanishlar bilan muvofiqlikni taʼminlash maqsadida umumiy oʻrta taʼlimning dolzarb muammolari yuzasidan tizimli asosda ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini amalga oshirish; umumiy oʻrta taʼlim sohasidagi ilgʻor tajribalarni oʻrganish va mamlakatimizda joriy etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish. |
— |
2021-yil 1-iyun |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. |
Institut ilmiy faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash va tasdiqlash. Bunda: xalq taʼlimi tizimini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlari, maqsadlari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash, ushbu yoʻnalishlarni rivojlantirishda Institutning roli va oʻrnini aniqlash; xalq taʼlimi tizimi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazishning Institut uchun ustuvor jihatlarini belgilab olish; Institutning kadrlar yetishtirib berishdagi rolini oshirish. |
— |
2021-yil 1-iyun |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
3. |
Institutning ilmiy-tadqiqot yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish. Bunda: umumiy oʻrta taʼlimni tashkil qilishning ilmiy-uslubiy va amaliy-texnologik asoslarini yaratish, milliy taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlarini ishlab chiqish va tajriba-sinovdan oʻtkazishda ishtirok etish; umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv reja va dasturlarini oʻquvchilar tomonidan qabul qilinishi samaradorligini tahlil qilish va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; kelajak maktabi, uning rahbari va oʻqituvchisining modelini yaratish asosida xalq taʼlimi xodimlarining kasbiy standartlarini ishlab chiqish va doimiy tarzda rivojlantirib borish; umumtaʼlim maktablari rahbarlarining psixologik portretini shakllantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish tizimini yoʻlga qoʻyish; tadqiqot natijalariga koʻra aniqlangan muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan guruh va individual amaliy dars mashgʻulotlari va treninglarni tashkil etish. |
— |
2021-yil 1-dekabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev) |
|
4. |
Xorijiy ilmiy markazlarda faoliyat olib borayotgan olimlarni Institutdagi ilmiy izlanishlarga jalb qilish. Bunda: xorijdagi turdosh ilmiy markazlarda faoliyat yuritayotgan olimlar haqidagi maʼlumotlar bazasini yaratish; xorijiy olimlar bilan muzokaralar olib borish; xorijiy olimlar ishtirokida ilmiy izlanishlar loyihalarini tayyorlash; loyihalarni ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim tashkilotlari hamda xalq taʼlimi muammolari bilan shugʻullanuvchi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tayyorlash va muvofiqlashtirish. |
Xalq taʼlimi vazirligi va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2021-yil 1-iyundan boshlab doimiy |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov) |
|
II. Institut faoliyatini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va yosh mutaxassislarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish | ||||
|
5. |
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini xatlovdan oʻtkazish, ularni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Bunda, Institutning ilmiy-tadqiqot ishlarini xatlovdan oʻtkazish, dolzarbligidan kelib chiqib, istiqbolli ilmiy ishlanmalarni tahlil qilgan holda ularning roʻyxatini va amaliyotga tatbiq etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. |
— |
2021-yil 15-dekabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
6. |
Institut ilmiy ishlanmalarining doimiy yangilanib turadigan elektron maʼlumotlar bazasini yaratish. Bunda, Institut ilmiy ishlanmalarning elektron maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va uni muntazam yangilab turish. |
— |
2021-yil 1-dekabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
7. |
Xalq taʼlimi sohasi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish. Bunda: xalq taʼlimi muassasalari uchun magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar, doktorantura yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash; xalq taʼlimi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish, ularni sinovdan oʻtkazish va pilot kurslarini tashkil qilish; xalq taʼlimi muassasalari rahbar kadrlarini tayyorlash va ularning doimiy kasbiy rivojlanishini taʼminlovchi oʻquvlar tashkil qilish asosida milliy kadrlar zaxirasini shakllantirishni qoʻllab-quvvatlash; xalq taʼlimi tizimiga kiruvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlim muassasalariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qilish; xalq taʼlimi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy hisobini yuritish imkoniyatini taʼminlovchi “Uzluksiz kasbiy taʼlim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish; taʼlim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha shartnoma asosida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish va taʼlim xizmatlarini koʻrsatish. |
Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari |
2022-yil 1-yanvardan boshlab doimiy |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov) |
|
8. |
Yosh olimlarni Institutga jalb etish boʻyicha samarali chora-tadbirlarini amalga oshirish. Bunda: Xalq taʼlimi vazirligiga oliy taʼlim muassasalarini bitiruvchi yosh mutaxassislarni taqsimlash toʻgʻrisida taklif kiritish; davlat granti loyihalari shtat jadvalida yosh olimlar ulushi 30 foizdan kam boʻlmasligini taʼminlash; magistrlar uchun ajratilgan kvotalardan maqsadli foydalanish. |
— |
2021-yil 1-apreldan boshlab doimiy |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
9. |
Institut ilmiy faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha doktoranturaga kvotalar ajratish. Bunda: doktoranturada yangi ixtisosliklarni ochish va mavjudlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish; dissertatsiya ishini amalga oshirish yuzasidan ilmiy xodimlarni uzoq muddatli ilmiy safarga joʻnatishni tashkillashtirish. |
Davlat budjeti |
2021-yil 1-oktabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
10. |
Magistrlarni Institut ilmiy-tadqiqot loyihalariga jalb qilish. Bunda: turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan magistrlik dissertatsiyalarini Institutda bajarish tadbirlar rejasini ishlab chiqish; rejani Innovatsion rivojlanish vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish va amalga oshirish. |
— |
Tasdiqlash — 2021-yil 1-may Bajarish — rejaga muvofiq |
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov) |
|
III. Xalqaro aloqalarni mustahkamlash va Institutning raqobatbardoshligini taʼminlash | ||||
|
11. |
Xorijiy ilmiy muassasalar va markazlar bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishni kengaytirish. Bunda: Institut asosiy ilmiy yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlikda olib boriladigan izlanishlarni kelishib olish va shu yoʻnalishlar boʻyicha ish rejalarini ishlab chiqish; qiziqish bildirgan turdosh yetakchi xorijiy ilmiy markazlar, jamgʻarmalar va tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish; ilmiy darajaga ega izlanuvchilarning xorijdagi anjumanlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarda qatnashishi uchun imkoniyatlar yaratish. |
Xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari va mablagʻlari |
2021-yil 1-martdan boshlab doimiy |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
|
12. |
Umumiy oʻrta taʼlimning dolzarb muammolari va pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarida xorijiy tashkilotlar (Koreya, Finlyandiya, Rossiya va boshqalar) bilan hamkorlik qilish. Bunda, hamkorlikda olib boriladigan ilmiy izlanishlar hamda mazkur institut bazasida kadrlar tayyorlash ish rejalarini ishlab chiqish, doktorantlarni dissertatsiya ishini bajarish yuzasidan ilmiy safarlarga yuborish. |
Institutning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari |
2021-yil 1-sentabr |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
13. |
Institutda olib boriladigan ilmiy izlanishlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha noshirlik ishlarini yoʻlga qoʻyish. Bunda: Institutda xalq taʼlimi muammolarining ilmiy yechimlari nashr qilinadigan “Xalq taʼlimi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” nomli ilmiy jurnal faoliyatini yoʻlga qoʻyish; Institutda oʻquv va metodik qoʻllanmalarni ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra xalq taʼlimi muassasalarida foydalanishga tavsiya etish (grif berish) vakolatiga ega boʻlgan ilmiy-metodik kengashlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylar mablagʻlari |
2021-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
14. |
Institutda olib boriladigan ilmiy izlanishlarning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlar tashkil etish va oʻtkazish. Bunda: respublikada oʻtkaziladigan ilmiy-texnikaviy tadbirlar rejasiga kiritish uchun pedagogika sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha xalqaro tadbirlar taqvimiy rejalarini tuzish va Fanlar akademiyasi bilan muvofiqlashtirish; rejada belgilangan muddatlarda xalq taʼlimi muammolarini yechishga bagʻishlangan anjumanlarni oʻtkazib borish. |
Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari va homiylar mablagʻlari |
2021-yil 1-sentabrdan boshlab doimiy |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov), Fanlar akademiyasi (Yuldashev) |
|
IV. Institut moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | ||||
|
15. |
Ilmiy moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha yillik dasturni amalga oshirish. Bunda: Institutga zarur boʻlgan kompyuter va koʻp nusxada chop etish qurilmalarini xarid qilish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish; Texnik vositalar (qurilmalar) roʻyxatini Xalq taʼlimi vazirligi bilan muvofiqlashtirish. |
Xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi |
2021-yil 1-iyun |
Xalq taʼlimi vazirligi (Shermatov) |
4-ILOVA
|
Koʻrsatkich (indikator) nomi |
2021-y. |
2022-y. |
2023-y. | |
|
I. Ilmiy tadqiqot faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirish | ||||
|
1. |
Ilmiy xodimlarning shtat birligi |
35 |
40 |
45 |
|
2. |
Oʻrtacha yoshi |
45 |
42 |
40 |
|
II. Oliy toifadagi kadrlarni tayyorlash | ||||
|
3. |
Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi (DSc) |
- |
1 |
2 |
|
4. |
Falsafa doktori dissertatsiyalari himoyasi (PhD) |
2 |
3 |
4 |
|
5. |
Professor ilmiy unvonini olgan ilmiy xodimlar soni |
- |
- |
1 |
|
6. |
Katta ilmiy xodim ilmiy unvonini olgan ilmiy xodimlar soni |
- |
1 |
2 |
|
7. |
Fan doktori (DSc) darajasini olish boʻyicha doktorantlar soni |
- |
1 |
2 |
|
8. |
Falsafa doktori (PhD) darajasini olish boʻyicha doktorantlar soni |
1 |
4 |
6 |
|
9. |
Stajyor-izlanuvchilar soni |
2 |
3 |
4 |
|
10. |
Mustaqil izlanuvchilar soni |
3 |
5 |
7 |
|
11. |
Yosh olimlar soni (40 yoshgacha) |
7 |
10 |
12 |
|
III. Nashr etish faolligi | ||||
|
12. |
Nashr etilgan ilmiy maqolalar soni |
16 |
34 |
52 |
|
13. |
“Scopus” va “Web of Science” xalqaro maʼlumotlar bazalariga kiruvchi maqolalar soni |
2 |
6 |
10 |
|
14. |
Xorijda chop etiladigan maqolalar soni |
4 |
8 |
12 |
|
15. |
Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyxatiga kiruvchi respublika jurnallaridagi ilmiy maqolalar soni |
10 |
20 |
30 |
|
16. |
Monografiyalar va oʻquv qoʻllanmalari soni |
2 |
3 |
5 |
|
17. |
Patentlar va intellektual mulkka egalik guvohnomalari soni |
1 |
3 |
5 |
|
IV. Ilmiy natijalarni keng muhokama etishni tashkil qilish va zamonaviy fan yutuqlarini ommalashtirish | ||||
|
18. |
Respublika ilmiy konferensiyalarini tashkil etish |
2 |
2 |
2 |
|
19. |
Xalqaro ilmiy konferensiyalarni tashkil etish |
- |
1 |
2 |
|
20. |
Doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi ilmiy seminarlarni tashkil etish |
9 |
10 |
10 |
|
21. |
Doimiy ravishda faoliyat olib boruvchi oʻquv seminarlarini tashkil etish |
2 |
2 |
3 |
|
V. Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish | ||||
|
22. |
Institutdagi ilmiy ishlarning bajarilishida ishtirok etayotgan hududiy malaka oshirish markazlarining professor-oʻqituvchilari soni |
3 |
7 |
10 |
|
23. |
Magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilish |
2 |
10 |
15 |
|
24. |
Bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish |
4 |
6 |
8 |
|
25. |
Ilmiy ishlanmalarni joriy qilish |
- |
2 |
5 |
|
VI. Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish | ||||
|
26. |
Xorijiy ilmiy grantlar soni |
- |
1 |
2 |
|
27. |
Texnik yordam loyihalari soni |
- |
1 |
2 |
|
28. |
Hamkorlikdagi dasturlar doirasidagi ilmiy-izlanishlar |
- |
1 |
2 |
|
29. |
Xorijiy olimlarning institutga tashrifi |
2 |
5 |
10 |
|
30. |
Institut xodimlarining xorijiy olimlar bilan birgalikdagi maqolalari soni |
1 |
5 |
10 |
|
VII. Institutning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish | ||||
|
31. |
Zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlanganlik darajasi (%) |
25 |
50 |
100 |
|
32. |
Kichik bosmaxonani tegishli qurilmalar bilan jihozlash darajasi (%) |
30 |
60 |
100 |
5-ILOVA
|
T/r |
Xorijiy hamkor |
Mamlakat |
Ilmiy hamkorlikning yoʻnalishi |
Jami (xodimlar soni) |
Malaka oshirish yili | ||||
|
2021-yil |
2022-yil |
2023-yil |
2024-yil |
2025-yil | |||||
|
1. |
Koreya taʼlimni rivojlantirish instituti (KEDI) |
Koreya |
Boshlangʻich va oʻrta taʼlim muammolarini tadqiq qilish |
6 |
2 |
1 |
1 |
1 |
1 |
|
2. |
Rossiya taʼlim akademiyasi (RAO) |
Rossiya, Moskva |
Maktab direktorlari va oʻqituvchilarning kasbiy standartlarini takomillashtirish |
4 |
2 |
1 |
1 |
||
|
3. |
Belarus respublikasi taʼlim vazirligining “Diplomdan keyingi taʼlim akademiyasi” |
Belarus |
Umumiy oʻrta taʼlim rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz taʼlimini rivojlantirish |
2 |
1 |
1 | |||
|
4. |
Koreya oʻquv dasturlari va baholash instituti (KICE). |
Koreya |
Pedagogik kompetensiyalarni takomillashtirish, maktablardagi oʻquv jarayoni monitoringi |
4 |
2 |
1 |
1 |
||
|
5. |
Aminuddin Baki nomidagi Taʼlimning rahbar xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti |
Malayziya |
Taʼlim menejmentining dolzarb muammolarini tadqiq qilish |
2 |
1 |
1 |
|||
|
6. |
Pittsburg davlat universiteti |
AQSH, Kanzas shtati |
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan taʼlim muammolari |
4 |
2 |
2 |
|||
|
7. |
Germaniya oʻqituvchilar uyushmasi |
Germaniya |
Taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari malakasini oshirish muammolari |
2 |
1 |
1 | |||
|
8. |
Belarus Fanlar akademiyasining informatika muammolari birlashgan instituti |
Belarus |
Umumiy oʻrta taʼlimni axborotlashtirish jarayonlarini ilmiy jihatdan taʼminlash |
2 |
1 |
1 |
|||
|
9. |
Finlyandiya akademiyasi (Suomen Akatemia) |
Finlyandiya |
Maktab taʼlimi sifatini takomillashtirish |
2 |
1 |
1 |
|||
|
10. |
Rossiya taʼlim akademiyasining taʼlimni rivojlantirish strategiyalari instituti |
Rossiya, Sankt-Peterburg |
Umumiy oʻrta taʼlimni rivojlantirish strategiyasi yoʻnalishida fundamental va amaliy tadqiqotlar |
4 |
2 |
1 |
1 |
||
|
Jami: |
32 |
8 |
9 |
4 |
8 |
3 | |||
6-ILOVA