Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.01.2021 26.09.2017 yildagi PQ-3289-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.01.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-sonli “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jami 4 916 ta maktabgacha ta’lim muassasasi, 9 680 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 211 ta barkamol avlod markazlari mavjud bo‘lib, ularda jami 400 ming nafardan ortiq pedagog xodimlar faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimida pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha 5 ta davlat pedagogika instituti, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha 14 ta hududiy institutlar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaldagi tartibga asosan, xalq ta’limi muassasalari pedagoglari kamida 5 yilda bir marotaba o‘z malakalarini oshiradilar. O‘qituvchilar malaka oshirish davomida mamlakatimizda va jahonda pedagogika, psixologiya hamda o‘quv fani bo‘yicha erishilgan eng yangi yutuqlarni chuqur o‘rganib, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarning imkoniyatlaridan xabardor bo‘lgan holda ularni amaliyotga tatbiq etib kelmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy institutlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati, dars berish sifati bugungi kun talablariga javob bermayapti. Xodimlar ilmiy izlanishlar bilan shug‘ullanmaydi, ularning faoliyatini tashqi baholash tizimi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazilgan tahlillar pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonlarida xalq ta’limi va oliy ta’lim tizimlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylik ta’minlanmaganligini ko‘rsatdi. Natijada, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari xodimlari faoliyati davomida fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim va tarbiya nazariyasi yangiliklaridan, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan, ilg‘or xorijiy tajribalardan bexabar qolmoqdalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi samaradorligini yanada takomillashtirish, ularning kasbiy kompetentligini doimiy rivojlantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo‘qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufiga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarini (keyingi o‘rinlarda Hududiy markazlar deb ataladi) ilovaga muvofiq tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tasarrufiga berish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Hududiy markazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi xodimlarining metodik ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish maqsadida qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot hamda o‘quv-metodik ishlarni olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofadan o‘qitish usullari asosida xalq ta’limi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini onlayn va offlayn shakllarida tashkil etishni yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish hamda ular bo‘yicha zamonaviy metodik, axborot-ma’lumotnoma bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini uzluksiz takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-tarbiya jarayonining amaliyot bilan o‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini sayyor mashg‘ulotlar orqali zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan ta’lim muassasalarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashni, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Hududiy markazlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs maqomiga ega davlat ta’lim muassasasi bo‘lib, o‘z mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqalariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yoziladigan muhriga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-metodik ta’minoti oliy ta’lim muassasalarining tegishli kafedralari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishga yuqori malakali mutaxassislar hamda o‘rindoshlik yoki soatbay haq to‘lash asosida oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlariga oliy ta’lim muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash miqdorlari va shartlari tatbiq etiladi. Bunda, bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan tinglovchilar nisbatining cheklangan normativlari oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan bir nafar o‘qituvchi hisobiga talabalar soni nisbatining cheklangan normativlaridan 25 foiz past etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari D. Nabiyev:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda joylarga chiqqan holda mazkur qarorga asosan tashkil etilayotgan Hududiy markazlar joylashishi, faoliyatini sifatli ta’minlanishi sharoitlarini tahlil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Hududiy markazlarni malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlash yuzasidan zaruriy choralarni ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har uch oyda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shaxsan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Hududiy markazlar uchun tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblansin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi tizimi xodimlarining kasbiy bilimlari va malakalarini oshirish ishlariga ilmiy-metodik jihatdan rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini hisobga olib, ijodiy tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalangan holda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash va malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’limning ilg‘or shakl va usullari, zamonaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayoniga joriy etish asosida rahbar, pedagog va boshqa mutaxassis kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi xorijiy tajribalarni, shuningdek eng yaxshi ta’lim muassasalarining yutuqlarini ommalashtirish asosida ilmiy asoslangan innovatsiyalarni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tasarrufida Hududiy markazlar tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari rektorlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda Hududiy markaz faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Hududiy markazlarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishning ilg‘or shakl va usullarini joriy etish, ta’lim dasturlarini takomillashtirish, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha fanlarning umumkasbiy va maxsus bloklari bo‘yicha qayta tayyorlash, jumladan, yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni o‘rnatib, onlayn rejimda malaka oshirish tizimini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi muassasalari pedagoglari uchun tashkil etiladigan qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tegishli o‘quv-metodik resurslarini ishlab chiqish, kurslardagi o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etishga shaxsan mas’ul etib belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda mazkur qaror ijrosini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qilsin va unda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy markazlar faoliyatini tashkil etish va ularning namunaviy tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy markazlar namunaviy tashkiliy tuzilmasini hamda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda, o‘quv-uslubiy jarayonini tashkil etishda ta’lim turlari o‘rtasida uzluksizlik va uzviylikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Hududiy markaz faoliyatini rivojlantirish konsepsiyalarini tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hududiy markazlarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tahlil qilish yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A. Yunusxodjayev boshchiligida maxsus komissiya tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, Xalq ta’limi vazirlariga har ikki oyda Hududiy markazlarda malaka oshirgan va qayta tayyorlangan xalq ta’limi xodimlarini joylardagi faoliyati samaradorligi to‘g‘risidagi hisobotini hamda Hududiy markazlar faoliyatini takomillashtirish choralari bo‘yicha takliflarini maxsus komissiyaga kiritib borish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pedagog kadrlar malakasini oshirishni nazorat qilish bo‘limi negizida, Xalq ta’limi vazirligining Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limini tugatish hisobiga qisqaradigan 2 ta shtat birligini o‘tkazishni inobatga olgan holda, 5 ta shtat birligidan iborat Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirishni tashkil etish va nazorat qilish boshqarmasi tashkil etilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyalashtirish va buxgalteriya hisobi boshqarmasiga qo‘shimcha 1 ta shtat birligi ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Hududiy markazlarni saqlash xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2017-yilgi parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 26-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3289-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi PQ-3289-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarini tegishli hududdagi oliy ta’lim muassasalari tasarrufiga berish hamda ular negizida tashkil etiladigan Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari

Tasarrufiga Hududiy markazlar berilgan oliy ta’lim muassasalari

Tashkil etiladigan
Hududiy markazlar va
ular faoliyatini tashkil etish uchun

shaxsan mas’ul bo‘lgan rahbarlar

F.I.Sh.

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Nukus davlat pedagogika instituti

Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Nukus davlat pedagogika instituti
rektori
Q.K. Orazimbetov

2.

Andijon viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Andijon davlat
universiteti

Andijon davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Andijon davlat universiteti
rektori
A.S. Yuldashev

3.

Farg‘ona viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Farg‘ona davlat
universiteti

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Farg‘ona davlat universiteti
rektori
A.X. Xaitboyev

4.

Namangan viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Namangan davlat
universiteti

Namangan davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Namangan davlat universiteti
rektori
A.V. Umarov

5.

Navoiy viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Navoiy davlat pedagogika instituti

Navoiy davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Navoiy davlat pedagogika instituti
rektori
B.X. Daniyarov

6.

Buxoro viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Buxoro davlat
universiteti

Buxoro davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Buxoro davlat universiteti
rektori
A.A. Tulaganov

7.

Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Samarqand davlat
universiteti

Samarqand davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Samarqand davlat universiteti
rektori
R.I. Xalmuradov

8.

Jizzax viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Jizzax davlat pedagogika instituti

Jizzax davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Jizzax davlat peda�ogika instituti
rektori
A.J. Xolbekov

9.

Sirdaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Guliston davlat
universiteti

Guliston davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Guliston davlat universiteti
rektori
B.S. Zakirov

10.

Xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Urganch davlat
universiteti

Urganch davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Urganch davlat universiteti
rektori
B.I. Abdullayev

11.

Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Qarshi davlat
universiteti

Qarshi davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Qarshi davlat universiteti
rektori
B.A. Shoimkulov

12.

Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Termiz davlat
universiteti

Termiz davlat universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Termiz davlat universiteti
rektori
A.X. Toshkulov

13.

Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti rektori G.I. Muxamedov

14.

Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Mas’ullar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari
D.X. Nabiyev

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.S. Sharipov

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)