12.10.2016 yildagi SQ-110-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qarorining qoʻllanish tartibi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qarorining amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qarorining qoʻllanish tartibi haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amnistiya aktining qoʻllanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini va qarorni qoʻllanish tartib-taomillarining ochiq-oshkoraligini taʼminlash uchun senatorlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuzilsin. Ishchi guruhlar tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari (kelishuvga muvofiq) kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 12-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-110-III
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016-yil 12-oktabrdagi SQ-110-III-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Qarorining qoʻllanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma toʻrt yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qarori (bundan buyon matnda Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror deb yuritiladi) u kuchga kirgunga qadar jinoyat sodir etgan va Oʻzbekiston Respublikasi sudlari tomonidan hukm qilingan shaxslarga, ular jazoni qayerda oʻtayotganligidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash haqidagi qaror har bir shaxsga nisbatan alohida qabul qilinadi. Zarur maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda, amnistiya aktini qoʻllash masalasining koʻrib chiqilishi qoʻshimcha materiallar olingunga qadar, lekin ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatga kechiktirib turiladi. Shundan keyin qaror mavjud hujjatlar asosida qabul qilinadi. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni ijro etuvchi organlarning soʻrovlari darhol bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllashda qonunda belgilangan tartibda tugallangan yoki olib tashlangan sudlanganlik holati hisobga olinmaydi. Jinoyat toʻgʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlariga binoan jinoyat hisoblanmaydigan qilmishlar uchun hukm etilgan shaxslar ham sudlanmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarorlari asosida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlanganlik holati tugallanganligi yoki u olib tashlanganligidan qatʼi nazar, sud tomonidan tayinlangan jazoni oʻtashdan ozod qilinganlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hukmi chiqarilmagan holda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganlarni afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan shaxslar deb hisoblash kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror sudlar tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ish yurituvida (barcha instansiyalarda) qaysi shaxslarning jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar boʻlsa, shu shaxslarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukmi qonuniy kuchga kirgan, biroq ijro etilmagan, qamoqda saqlanmayotgan shaxslarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlari haqidagi ishlar va materiallar tergov va surishtiruv organlari ish yurituvida boʻlgan shaxslarga nisbatan — prokurorning iltimosnomasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni oʻtayotgan mahkumlarga nisbatan — jazoni ijro etish muassasasi yoxud organining boshligʻi (harbiy xizmatchilarga nisbatan harbiy yoki intizomiy qism komandiri) tomonidan taqdim etilgan materiallar va hujjatlar asosida prokurorning iltimosnomasiga koʻra qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash haqidagi masala sudlar tomonidan koʻrib chiqilayotganda prokuror ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uch oylik muddat oʻtganidan keyin Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash masalasi sudlar tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 1-bandini qoʻllashda jinoyatlar sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslar barcha turdagi asosiy jazolardan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandni qoʻllashda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “a” kichik bandi taʼsir doirasiga, yoshidan va fuqarolikka mansubligidan qatʼi nazar, ayollar tushadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “b” kichik bandi taʼsir doirasiga, fuqarolikka mansubligidan qatʼi nazar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga toʻlmagan shaxslar tushadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “v” kichik bandi taʼsir doirasiga, fuqarolikka mansubligidan qatʼi nazar, 1956-yil 13-oktabrga qadar tugʻilgan erkaklar tushadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “g” kichik bandi taʼsir doirasiga chet davlatlar fuqarolari boʻlgan shaxslar tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolikka mansublik milliy pasportlar boʻyicha ham, boshqa hujjatlar, shu jumladan tegishli davlatlar elchixonalari yoxud konsullik muassasalarining rasmiy tasdiqlovchi hujjatlari boʻyicha ham aniqlanadi. Amnistiya qoʻllaniladigan shaxslarning fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmagan taqdirda, ularning fuqaroligi ular doimiy yashaydigan mamlakatning amaldagi qonun hujjatlari boʻyicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya qoʻllaniladigan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning fuqarolari Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingach, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-sonli qarorida belgilangan tartibda mamlakatdan chiqarib yuborilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni ijro etuvchi organlar, oʻz ish yurituvlarida chet davlatlar fuqarolariga nisbatan ishlar boʻlgan taqdirda, mazkur shaxslarni chiqarib yuborish zarurligi haqida tegishli idoralarga darhol xabar qilishlari shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “d” kichik bandi taʼsir doirasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgunga qadar qonunda belgilangan tartibda I va II guruh nogironi deb topilgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror kuchga kirgunga qadar jazoni ijro etish yoki yashash joyidagi davolash muassasalarining tibbiy komissiyalari xulosasiga asosan qonunda belgilangan tartibda sil kasalligining faol shakliga chalingan deb topilgan mahkumlar (1 va 2-guruh dispanser hisobidagilar) tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismining “d” bandida nazarda tutilgan, shuningdek oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 2-bandi taʼsir doirasiga oʻzlariga tayinlangan jazo turi va miqdoridan qatʼi nazar, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlarni qasddan sodir etganligi uchun birinchi marta hukm qilingan shaxslar tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 3-bandi taʼsir doirasiga sodir etgan jinoyatining ogʻirligidan, tayinlangan jazo miqdoridan qatʼi nazar, ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingan kunga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtash uchun amalda uch yildan koʻp boʻlmagan muddat qolgan mahkumlar, shu jumladan ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinib, oʻtalmay qolgan qismi yengilrogʻiga almashtirilgan mahkumlar tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni toʻliq qoplamagan, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 104-moddasi uchinchi qismining “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 4-bandi taʼsir doirasiga taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan shaxslar tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan shaxslarga, ularning yoshi, jinsi va fuqaroligidan qatʼi nazar, Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 4-bandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligining tegishli xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumning sodir etgan jinoyatdan chin koʻngildan pushaymonligi toʻgʻrisidagi yozma arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyatining mahkumning amalda pushaymonligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahkumning yaqin qarindoshlari hamda uning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining kafillik xati boʻlganda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 68-moddasidagi asoslar boʻyicha qoʻllanilganida, yaʼni shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinganida, Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 1-bandida qayd etilgan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga oid tergovga qadar tekshiruv materiallari hamda jinoyat ishlari Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 1 va 7-bandlari bilan belgilangan istisnolarni hisobga olgan holda tugatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruvchi yoki tergovchi Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorga koʻra jinoyat ishini qoʻzgʻatish rad etilishi kerak boʻlgan tergovga qadar tekshiruv materiallari, shuningdek tugatilishi lozim boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida prokurorga taqdimnoma kiritadi va unga tergovga qadar tekshiruv materialini yoxud jinoyat ishini topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror taqdimnomani tergovga qadar tekshiruv materiali yoxud jinoyat ishi bilan birgalikda oʻrganib, rozi boʻlgan taqdirda, Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash haqida sudga iltimosnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaxslar ishtirokida koʻrib chiqib, Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash haqida yoxud prokurorning iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaxslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, u vafot etgan taqdirda esa, uning yaqin qarindoshlaridan biri eʼtiroz bildirsa, Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida jinoyat ishining tugatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bunday holda jinoyat ishi boʻyicha ishni yuritish umumiy tartibda davom ettiriladi va asoslar boʻlsa, sud Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 1-bandi talablariga muvofiq jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikkala holatda ham bunday shaxslarning harakatlari oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalalari fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jazoni ijro etish muassasasi yoxud organining boshligʻi (harbiy xizmatchilarga nisbatan harbiy yoki intizomiy qism komandiri) mahkumga nisbatan Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash haqida sudga iltimosnoma kiritish toʻgʻrisida prokurorga taqdimnoma kiritadi va unga mahkumning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildini topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokuror taqdimnomani mahkumning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildi bilan birgalikda oʻrganib, rozi boʻlgan taqdirda, Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash haqida sudga iltimosnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud iltimosnomani prokuror va manfaatdor shaxslar ishtirokida koʻrib chiqib, Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash haqida yoxud prokurorning iltimosnomasini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir vaqtda sud manfaatdor shaxslarga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 6-bandi qoʻllanilganda jazo muddatining amalda oʻtalmay qolgan qismi 2016-yil 13-oktabrdan boshlab qisqartiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror 6-bandining taʼsir doirasiga ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilinib, jazoning oʻtalmay qolgan qismi ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilishga shartli hukm qilingan mahkumlar ham tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxslarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 1 — 3 va 5-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167 va (yoki) 168-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va yetkazilgan moddiy zararni Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingan kunga qadar toʻliq qoplamagan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 7-bandiga muvofiq, uning amal qilishi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaxslarga; oʻta xavfli retsidivistlarga; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etganlarga; jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslarga; afv etish yoki amnistiya tartibida ilgari jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan va yana qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarga; shuningdek oʻlim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan shaxslar deganda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 242-moddasida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan shaxslar tushunilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jazoni oʻtash tartibini muntazam ravishda buzayotgan shaxslar deb:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jazoni ijro etish muassasasi maʼmuriyati tomonidan qoʻllanilib, Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror eʼlon qilingan kunga qadar tugallanmagan va olib tashlanmagan ikkita va undan ortiq intizomiy jazosi boʻlgan mahkumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ozodlikni cheklash tariqasidagi jazo ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) axloq tuzatish ishlari tariqasidagi jazo ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jarima tariqasidagi jazo axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoga almashtirilgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) shartli hukm qilinib, hukm bilan tayinlangan jazoni oʻtash uchun yuborilgan mahkumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) manzil-koloniyalardan tegishli tartibli koloniyalarga oʻtkazilgan yoki qaytarilgan mahkumlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) jazoni oʻtash vaqtida, hukm ijrosi kechiktirilgan davrda yoki sinov muddatida qasddan jinoyat sodir etgan shaxslarni hisoblash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning “b”, “v”, “d”, “e” kichik bandlarida qayd etilgan shaxslar, agar ular hibsga olingan yoki ozodligi cheklangan kundan eʼtiboran bir yildan kam muddat oʻtgan boʻlsagina, jazo oʻtash tartibini muntazam buzuvchilar deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning “g” kichik bandida qayd etilgan shaxslar, agar jarima tariqasidagi jazoni axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazosiga almashtirish haqidagi sud ajrimi chiqarilgan kundan eʼtiboran bir yildan kam muddat oʻtgan boʻlsagina, jazo oʻtash tartibini muntazam buzuvchilar deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu bandning “j” kichik bandida qayd etilgan shaxslarga (ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtash vaqtida qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar bundan mustasno) nisbatan Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror, agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir yildan ortiq muddat oʻtgan boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning 1 — 3, 5 va 6-bandlariga muvofiq, ushbu Qarorning amal qilishi taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 150 — 163, 216, 2161, 2162, 242, 244, 2441, 2442, 2443-moddalari) sodir qilganligi uchun sudlangan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun hukm qilingan shaxslar deganda, mansabga sovuqqonlik bilan qarash, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, hokimiyat harakatsizligi kabi qilmishlari bilan mazkur jinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratib bergan mansabdor shaxslar, hokimiyat vakillari va zimmasida xizmat vakolatlari boʻlgan shaxslar ham tushunilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yuqorida bayon etilganlar qaysi shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari dastlabki tergov bosqichida turgan va hali sudlarda koʻrilmagan boʻlsa, shu shaxslarga ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorga muvofiq asosiy jazodan ozod etilgan mahkumlar qoʻshimcha jazolardan ozod qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida jazodan ozod qilingan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi va himoyasiga oid choralarni amalda roʻyobga chiqarish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida va samarali tarzda hal etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va sudlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rahbarlari orasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy komissiyalar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazodan ozod qilingan shaxslar toʻliq hisobga olinishini taʼminlash va ularni ishga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz, yordamga muhtoj shaxslarni nogironlar va qariyalar uylariga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarni ota-onalarining, vasiylik va homiylik organlarining nazoratiga topshirish, zarur hollarda ularni tegishli taʼlim muassasalariga yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tuman va shahar hokimlariga hududiy komissiyalar va jamoat birlashmalari bilan birgalikda Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida jazodan ozod qilingan shaxslarga, ayniqsa voyaga yetmaganlarga va taqiqlangan tashkilotlarning sobiq aʼzolariga nisbatan koʻrilayotgan tarbiyaviy taʼsir choralarining uzluksizligini taʼminlash vazifasi yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlaridan iborat tezkor guruhlar tashkil etilishini taʼminlaydi. Tezkor guruhlarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasining muassasalari joylashgan hududlardagi tegishli prokurorlar rahbarlik qiladi. Tezkor guruhlarning asosiy vazifalari Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning har bir mahkumga nisbatan alohida, ogʻishmay va xolisona qoʻllanilishi ustidan nazoratni amalga oshirishdan hamda qonuniylik buzilishlarining oldini olishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida jazodan ozod qilingan 1 va 2-guruh dispanser roʻyxatidagi sil kasalligiga chalingan shaxslarning hisobga olinishini tashkil etishni va maxsus davolash muassasalariga yuborilishini (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror asosida javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan chet davlatlar fuqarolarining hisobga olinishini hamda Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishini tashkil etishni (Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda) taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning qoʻllanilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini hamda Qarorni qoʻllash tartib-taomilining ochiq-oshkoraligini taʼminlash maqsadida senatorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining deputatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) mintaqaviy vakillaridan iborat ishchi guruhlar tuziladi. Ishchi guruhlarning amnistiya qoʻllanilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini hamda qarorni qoʻllash tartib-taomillarining ochiq-oshkoraligini taʼminlashdagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy jazolarni ijro etish muassasalari va organlariga borish, mahkumlar bilan suhbat oʻtkazish hamda ularning shaxsiy yigʻmajildlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruv va dastlabki tergov organlari ish yurituvidagi tergovga qadar tekshiruv materiallari va jinoyat ishlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllash boʻyicha tergovga qadar tekshiruv materiallarini oʻrganishda va koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qaror boʻyicha ozod qilingan shaxslar bilan olib borilayotgan ishlar holatini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning ijro etilishi jarayoni ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish jarayonida hamda fuqarolarning huquq va erkinliklariga ogʻishmay rioya etilishini taʼminlash maqsadida Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning qoʻllanilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini hamda qarorni qoʻllash tartib-taomillarining ochiq-oshkoraligini taʼminlash boʻyicha ishchi guruhlar tomonidan Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorni qoʻllashdagi suiisteʼmolliklar va uni noqonuniy qoʻllash yoxud qoʻllashni noqonuniy ravishda rad qilish hollarini aniqlashga alohida eʼtibor beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi materiallar koʻrib chiqish va chora koʻrish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga hamda Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Nizomning 17, 18 va 20-bandlarida koʻrsatilgan vazirliklarning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining (hokimlarning) faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Amnistiya toʻgʻrisidagi qarorning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.