Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2024 15.01.2021 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan protsessual qonun normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan, shuningdek sudlar tomonidan protsessual qonun normalari toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda JPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (bundan buyon matnda MJtK deb yuritiladi) sud qarorlarini qayta koʻrish institutini takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilning 13-yanvaridan sud qarorlari ustidan nazorat tartibida shikoyat berish instituti tugatildi, sud qarorlari ustidan apellyatsiya va kassatsiya tartibida shikoyat berishning amaldagi tartibi tubdan oʻzgartirildi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari vakolatlari kengaytirildi, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolati maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarga tushuntirilsinki, JPK 1, 3-moddalari, FPK 1, 7-moddalari, IPK 1, 6-moddalari, MSIYUtK 1, 8-moddalari, MJtK 1, 9-moddalari mazmuniga koʻra, sud muhokamasi, shu jumladan, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarida ham, sud ishlarini yuritish sud muhokamasi yuritilayotgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga muvofiq olib boriladi. Shu munosabat bilan 2021-yil 13-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy sudlar ish yuritishiga qabul qilingan, biroq mazmunan koʻrib chiqilmagan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar sudlovga tegishliligi boʻyicha jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlariga oʻtkazilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) kassatsiya shikoyatlari (protestlari) viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari tomonidan mazmunan koʻrib tugallanishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) kassatsiya shikoyatlari (protestlari), agar ularni qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmasa, oʻtib ketgan apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklagan holda apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish instituti muqaddam mavjud boʻlmagani va faqat 2021-yilning 13-yanvaridan joriy etilganini inobatga olib, ushbu ishlar boʻyicha kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklagan holda apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari tomonidan 2021-yil 13-yanvarga qadar chiqarilgan qarorlar ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatiga kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. Apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi qarori bekor qilingan taqdirda, ish yangidan koʻrib chiqish uchun apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi. Ishni apellyatsiya tartibida yangidan koʻrib chiqishda shuni eʼtiborga olish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 13-moddasining birinchi qismi mazmuniga koʻra, agar qilmishning jinoiyligi yoki jazoga loyiqligi hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar yangi jinoyat qonuni bilan bartaraf etilgan boʻlsa, jinoyat ishi JPK 83-moddasining 2-bandi bilan tugatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) nazorat shikoyatlari (protestlari), agar ularni qaytarish yoki ish yuritishga qabul qilishni rad etish uchun boshqa asoslar mavjud boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatlari tomonidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalarining oʻrganishida boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatiga nazorat tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi shikoyatlar (arizalar), ishni kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrib chiqish uchun protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza sifatida koʻrib chiqilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining nazorat shikoyatini koʻrib chiqish uchun sudlov hayʼatiga oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimining mavjudligi belgilangan muddatlar doirasida kassatsiya shikoyati (protesti) bilan murojaat qilish uchun toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Protsessual qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar sud hujjatlari ustidan berilgan va ushbu sudlar tomonidan sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) mazkur bosqich sudlari tegishli sudlov hayʼatlari tomonidan mazmunan koʻrib tugallanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar sud hujjatlari ustidan berilgan boʻlib, ular boʻyicha sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatlariga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan, apellyatsiya shikoyati (protesti) berish muddatlari oʻtib ketgan holda esa, apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) shikoyat (protest) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani ilova qilish zarurati tushuntirilgan holda arizachilarga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarga tushuntirilsinki, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqishda qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar muddatni oʻtkazib yuborishda uzrli sabab boʻladigan holat sifatida tan olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik, maʼmuriy, iqtisodiy ishlar, shuningdek maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha oʻtkazib yuborilgan apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatini tiklash masalasini muhokama etish chogʻida, sudlar FPK, MSIYUtK, IPK va MJtKda belgilangan sud qarorlari ustidan shikoyat (protest) berish muddatlaridan kelib chiqishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. FPK 438 va 445-moddalari, IPK 326 va 333-moddalari, MSIYUtK 268 va 275-moddalariga koʻra, sud hujjatini oʻzgartirgan yoki bekor qilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining qarorlari va ajrimlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish, sud hujjatini oʻzgartirgan yoxud yangi sud hujjati qabul qilgan instansiya tomonidan amalga oshiriladi. Sud hujjati yangi ochilgan holatlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda, ilgari oʻzi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning oʻzi tomonidan ish protsessual qonunda belgilangan umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan 2021-yil 13-yanvarga qadar qabul qilingan kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari va ajrimlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish, sud hujjatini oʻzgartirgan yoki yangi qaror qabul qilgan tegishli viloyat va unga tenglashtirilgan sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Kassatsiya instansiyasi sudi hujjati bekor qilingan holda, ish shu sud tomonidan apellyatsiya tartibida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati oʻzgartirilgan yoxud bekor qilingan nazorat instansiyasi sudining 2021-yil 13-yanvarga qadar qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish ham xuddi shu tartibda amalga oshiriladi. Nazorat instansiyasi sudi hujjati bekor qilingan taqdirda, ish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼati tomonidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. IPK 25-moddasiga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, bunday huquqiy munosabatlar ishtirokchilari yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlishidan qatʼi nazar, investitsiyaviy nizolarga oid ishlarni koʻrib chiqish iqtisodiy sudlar vakolatiga oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga umumiy qoidaga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan 2021-yil 13-yanvarga qadar sud muhokamasi boshlangan (ish yuritishga qabul qilingan) bunday toifaga doir ishlar mazkur sudlar tomonidan mazmunan koʻrib tugallanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga 2021-yil 13-yanvarga qadar berilgan (aloqa boʻlinmalariga topshirilgan), biroq sud muhokamasi boshlanmagan (ish yuritishga qabul qilish masalasi hal etilmagan) bunday toifadagi ishlar boʻyicha daʼvo arizalari sudlovga tegishliligi boʻyicha iqtisodiy sudga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar 2021-yilning oxiriga qadar har oyda apellyatsiya va kassatsiya amaliyotini umumlashtirib borishlari va natijalari boʻyicha yangi protsessual qonun normalariga soʻzsiz rioya etish yuzasidan choralar koʻrishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi I. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son