19.12.2018 yildagi 2250-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevning “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi haqida”gi axboroti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining tashabbusiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevning “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi haqida”gi axboroti eshitildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida madaniy-maʼrifiy muassasalar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash eng dolzarb vazifalar qatorida belgilangan. Oʻzbekistonda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ularni kelajak avlodlarga yetkazish davlat siyosatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida madaniy meros obyektlarini ishonchli qoʻriqlash va ulardan samarali foydalanish tizimini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarorida ham tarixiy va madaniy merosni saqlash hamda undan yosh avlodni tarbiyalashda keng foydalanish Konsepsiyaning asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilab qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida “Fuqarolar Oʻzbekiston xalqining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir”, deb mustahkamlab qoʻyilgan. Sohaga oid 5 ta maxsus qonun, chunonchi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Muzeylar toʻgʻrisida”gi, “Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi, “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan YUNESKOning ushbu sohaga oid 4 ta konvensiyasi, xususan, 1995-yilda — Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi toʻgʻrisidagi konvensiya (1954-yil 14-may, Gaaga), 1996-yilda — Madaniy boyliklarni noqonuniy ravishda olib kelish, olib ketish va ularga boʻlgan egalik huquqini oʻzgaga berishni man etish va oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Konvensiya (1970-yil 17-noyabr, Parij), 1996-yilda — Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiya (1972-yil 23-noyabr, Parij), 2008-yilda — Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi xalqaro Konvensiya (2003-yil 17-oktabr, Parij) ratifikatsiya qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligining maʼlumotlariga koʻra, mamlakatimizda 7 476 ta moddiy madaniy meros obyektlari mavjud. Bundan, 4 308 tasi arxeologiya obyekti, 2 079 tasi arxitektura obyekti, 694 tasi monumental sanʼat asari, 395 tasi diqqatga sazovor joylar, shu jumladan ularning 7 123 tasi davlat mulk, 353 tasi xususiy mulk obyektlari sirasiga kiradi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston nomoddiy madaniy meros obyektlarining Milliy roʻyxatiga jami 107 ta obyekt kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, muzeylarda 2,5 milliondan ziyod muzey eksponat va kolleksiyalari, arxivlarda madaniy meros obyektlari boʻlgan millionlab hujjatlar saqlanmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari Umumjahon merosi roʻyxatiga, Shoshmaqom, Navroʻz, Boysun madaniy muhiti, madaniy meros namunalari-Askiya, Katta ashula, Palov madaniyati va anʼanasi, Margʻilon hunarmandchilik maktabi – atlas va adras toʻqish texnologiyasi YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxatiga, shuningdek, Usmon Qurʼoni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar toʻplami, Xiva xonligi devoni hujjatlari “Jahon xotirasi” dasturiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid koʻplab qimmatbaho eksponatlar xorijiy davlatlarning muzeylari va arxiv fondlarida ham saqlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur sohaga budjetdan ajratilayotgan mablagʻlar yildan-yilga sezilarli darajada oshirilmoqda. Jumladan, madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish uchun 2015-yilda 11 mlrd. 500 mln., 2016-yilda 22 mlrd. 832 mln., 2017-yilda 28 mlrd. 848 mln., 2018-yilda 46 mlrd. 569 mln. soʻm ajratilgan, 2019-2021-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasi Budjetnomasida esa 2019-yilda 67 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishi rejalashtirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-2018-yillar mobaynida Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi faoliyati yanada takomillashtirildi, Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tashkil etildi, moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining yagona elektron maʼlumotlar bazasi yaratilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-sentabrdagi “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, restavratsiya, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoyishi bilan Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadisshunoslik maktabi‚ Imom Buxoriy majmuasi, Buxoroning “eski shahar” qismi, xususan, “Ark qoʻrgʻoni” va “Qushbegi saroyi” majmualari, “Masjidi kalon”, “Minorai kalon”, “Mir-arab”, “Saidolimxon”, “Abdulazizxon”, “Ulugʻbek” madrasalarini qurish, restavratsiya, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, joylardagi oʻrganishlar davomida madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida bir qator muammolar mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilab qoʻyilganiga qaramay moddiy madaniy meros obyektlarining toʻliq va ishonchli roʻyxati tasdiqlanmagan, moddiy madaniy meros obyektlarini ijaraga berish tizimi takomillashtirilmagan, aksariyat obyektlarda oʻz kasbining egalari — arxeolog, meʼmor, sanʼatshunoslar ishlamayapti, moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratish ishlari yakunlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektlariga noqonuniy egalik qilish, ulardan foydalanish hamda ularga zarar yetkazish holatlariga chek qoʻyilmayapti. Oʻtkazilgan oʻrganishlar chogʻida 259 ta obyektga jiddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan. Moddiy madaniy meros obyektlarining atigi 2608 tasining (34,14%) kadastr hujjatlari mavjud, 2232 tasiga (29,5%) muhofaza belgilari oʻrnatilgan xolos. Bir qator moddiy madaniy meros obyektlari tarixiy-madaniy ekspertiza xulosasi olinmasdan roʻyxatga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy va arxeologiya merosi obyektlarining aksariyati taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan, taʼmirlash muddatlari esa kechiktirib yuborilmoqda. Oqibatida ularning turistik salohiyatidan foydalanish lozim darajada emas. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlariga yetarli darajada ilmiy-tarixiy yondashuv mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza hududlarida belgilangan talablar va normalarga zid ravishda qurilish ishlarini olib borish holatlari mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektlarining holati yuzasidan doimiy monitoring olib borilmagan. Oqibatda 310 ta tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlar hanuzgacha davlat hisobiga olinmagan yoki madaniy meros obyekti, deb eʼtirof etilishi mumkinligi masalasi oʻrganilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer ajratish va qurilishga ruxsat berishda yodgorliklar muhofazasi hisobga olinmayotganligi moddiy madaniy meros obyektlariga zarar yetkazilishining asosiy sabablaridan biri boʻlmoqda. Jumladan, Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi “Mingtepa” arxeologiya yodgorligi hududida noqonuniy ravishda shaxsiy uy-joy qurilgan, Koson tumanidagi “Yerqoʻrgʻon” arxeologiya obyekti noqonuniy ravishda oʻzlashtirib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevning “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi haqida”gi axborotini eshitib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B. Sayfullayevning “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi haqida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin hamda vazirlikning madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi faoliyati qoniqarli deb baholansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish borasida hududlarda olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlarni oʻrganish, ular yuzasidan tegishli takliflarni tayyorlab, Hukumatga taqdim etish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb yuritiladi) tuzilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 20-dekabrdagi Qarorida tasdiqlangan 2019 — 2021-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan oqilona foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan hududlarda oʻrganishlar tashkil etib, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlash, shuningdek tegishli qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni talablariga muvofiq 2019-yilning III choragi yakuniga qadar “Madaniy meros obyektlar muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahririni unda toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi normalarni nazarda tutgan xolda ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq qilish, targʻib qilish va ulardan samarali foydalanishni tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni boshqarish va nazorat qilishning zamonaviy tizimini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq respublika hududidagi yoʻqolib ketish xavfi mavjud boʻlgan barcha moddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatini tuzsin, ularni muhofaza qilishning tezkor choralari koʻrilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq respublika hududidagi tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni davlat hisobiga olish ishlarini amalga oshirsin, ularning toʻliq va ishonchli roʻyxatini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 14 va 15-moddalariga muvofiq respublika hududida roʻyxatga olingan tegishli moddiy madaniy meros obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazilganligini xatlovdan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 14 va 15-moddalariga muvofiq 1991 — 2018-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarining roʻyxatidan chiqarilgan respublika hududidagi moddiy madaniy meros obyektlarini xatlovdan oʻtkazsin va ularning toʻliq va ishonchli roʻyxatini tuzsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda madaniy meros obyektlarini Davlat kadastri yagona tizimiga kiritish, shuningdek muhofaza belgilarini oʻrnatish maqsadida kadastr ishlarini hamda obyektlarning elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish ishlarini yakunlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlari sirasiga kiruvchi “Abulqosim” madrasasidan foydalanish oʻz holiga tashlab qoʻyilganligi, buning oqibatida obyekt hududida toʻliq rekonstruksiya va restavratsiya qilinishiga muhtoj ekanligi masalasini hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oltin meros” xalqaro xayriya jamgʻarmasi faoliyatining samarasiga baho berish va uning kelgusida faoliyat yuritishi qanchalik zarur ekanligiga baho bersin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va boshqa manfatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda moddiy madaniy meros obyektlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan zarar yetkazilishining oldini olish va ushbu sohadagi qonunbuzarlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning joylarda toʻliq ijrosini taʼminlash, shuningdek ushbu Qonun talablari buzilishlarining oldini olish yuzasidan tezkor choralar koʻrilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda joylashgan moddiy madaniy meros obyektlarini asrashga doir ishlarga mahalliy budjetdan mablagʻ ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga muvofiq tegishli hududdagi tarixiy-madaniy qimmatga ega boʻlgan obyektlarni Moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastriga kiritish boʻyicha takliflarni Madaniyat vazirligiga oʻz vaqtida va tizimli ravishda kiritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasiga Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi bilan birgalikda madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari ijrosi ustidan parlament hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish, ushbu Qarorning ijro etilishi ustidan doimiy monitoring olib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2250–III-son