Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2021 19.12.2018 yildagi PQ-4068-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy merosimizni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va undan foydalanish borasida mamlakatimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga, “Boysun madaniy muhiti”, “Shashmaqom musiqasi”, “Navro‘z”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov madaniyati va an’analari” nomzodlari Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga, Usmon Qur’oni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qo‘lyozmalar to‘plami, Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari Jahon xotirasi ro‘yxatiga kiritilgani yurtimiz madaniy merosining dunyo miqyosida e’tirof etilganiga yorqin misol bo‘la oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimi yanada takomillashtirildi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish uchun mas’ul organning tashkiliy-shtat tuzilmasi sohada davlat nazoratini samarali tashkil etish imkonini bermayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sohada fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil etishda fan va innovatsion texnologiyalar yutuqlaridan samarali foydalanmaslik natijasida loyihalash, restavratsiya-tiklash ishlari moddiy madaniy meros obyektlarining noyobligini saqlab qolishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish va yurtimizning sayyohlik salohiyatini oshirishda ularning o‘rni va ahamiyatini oshirish hamda moddiy madaniy meros sohasidagi davlat nazoratini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi hamda uning mintaqalararo (mintaqaviy) davlat inspeksiyalari negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi) hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros, shu jumladan, arxeologiya merosi obyektlari, muzey ashyolari va kolleksiyalari hamda madaniy boyliklarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini yuritish, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o‘zgacha madaniy qimmatga ega bo‘lgan obyektlarni aniqlash, ularni hujjatlashtirish va davlat hisobiga olish, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari toifalari va qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash, shuningdek ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy-madaniy va loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizasini, moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy-madaniy qimmati va noyobligiga asrashga doir ishlarni putur yetkazmagan holda amalga oshirilishi bo‘yicha uzluksiz ilmiy-texnik nazoratni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy va jahon madaniy merosi obyektlari jumlasiga kiritilgan hududlarda shaharsozlik va boshqa xo‘jalik faoliyatlarini ularning tarixiy-madaniy muhiti, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda olib borilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya tadqiqotlarini amalga oshirish tartibi va shartlariga rioya qilinishi, arxeologiya ashyolarining o‘z vaqtida hisobga olinishi va davlatga topshirilishini nazorat qilish hamda ularni fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirish, shuningdek arxeologiya tadqiqotlari bo‘yicha ilmiy hisobotlarni qabul qilish, ekspertizadan o‘tkazish va arxivini yig‘ish, arxeologiya yodgorligini konservatsiyalash hamda muzeylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish, muzey ashyolari va kolleksiyalarini muzey fondi tasarrufidan chiqarish yoki boshqa muzey fondiga o‘tkazish, madaniy boyliklarni realizatsiya qilish uchun ruxsatnomalar berish, shuningdek davlat tomonidan muhofaza ro‘yxatlari va reyestrlariga kiritilgan madaniy boyliklar, jumladan, muzey ashyolari va kolleksiyalari, qadimiy yozma manbalarning but saqlanishini va hisobi yuritilishini tekshirish, milliy arxiv fondi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish, shu jumladan madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish va sertifikatlar berish;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimlar, xalq ustalari, restavratorlar, ekspertlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ta’mirshunoslikdagi o‘ziga xos uslub, an’ana va maktablarini rivojlantirishni, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini keng targ‘ib etish va ommalashtirish, sohaga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, innovatsion va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali tatbiq etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, moliyaviy institutlarning grantlari, kreditlari va homiylik xayriyalarini jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi idoralararo kengash hamda Madaniy va arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tugatilsin, ularning vazifa va funksiyalari Departamentga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Departament yuridik shaxs hisoblanadi va davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Departament boshlig‘i lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bosh me’mor, bosh inspektor va Badiiy ekspertiza boshqarmasi boshlig‘i Departament boshlig‘ining o‘rinbosarlari hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining taqdimnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Departament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros, jumladan, arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida maxsus vakolatli muassasa hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga moddiy madaniy meros obyektlari sohasida aniqlangan qonun buzilish holatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnatga oid munosabatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) moddiy madaniy meros obyektlariga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va aholi punklarining bosh rejalari Departament bilan kelishilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2019 — 2021-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targ‘ib qilish va ulardan oqilona foydalanishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (B.S. Sayfullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tegishli tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va miqdorlarini belgilash bo‘yicha har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda sohaga imtiyozli xorijiy kreditlar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy donorlar bilan tizimli ishlar olib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Departament qoshida tarix, me’morchilik, moddiy madaniy meros sohasida ilmiy, amaliy tajribaga ega bo‘lgan 11 nafar olim va yuqori malakali mutaxassislardan iborat Ilmiy-ekspert kengash tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-ekspert kengash tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va unga Departament boshlig‘i rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-ekspert kengash a’zolariga davlat sud ekspertlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan huquq va majburiyatlar tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va ularning qo‘riqlanadigan tegralarida yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya va boshqa xo‘jalik ishlari, asrashga doir ishlarni amalga oshirish hamda ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazishga oid loyihalar Departament tomonidan Ilmiy-ekspert kengash bilan kelishiladi va uning xulosasi Departament uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Moliya vazirligining mablag‘lari quyidagilar hisobiga shakllantiriladigan, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Departamentning budjetdan tashqari Madaniy meros jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Madaniyat vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat muzey qo‘riqxonalariga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 90 foiz miqdori;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki bo‘lgan boshqa tashkilotlarga tegishli moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini ijaraga berishdan tushgan mablag‘larning 50 foiz miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorda nazarda tutilgan hollarda moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzey-qo‘riqxonalarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foiz miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorda nazarda tutilgan hollarda muzeylarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 10 foiz miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklarni badiiy ekspertizadan o‘tkazganlik uchun maxsus yig‘imlar;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament va uning hududiy boshqarmalari tomonidan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini tarixiy-madaniy ekspertizasini o‘tkazishdan, shuningdek asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi va ilmiy-texnik nazoratini amalga oshirishdan tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektida asrashga doir ishlarni amalga oshirish va madaniy boyliklarni realizatsiya qilish uchun ruxsatnomalar berishga to‘langan yig‘imlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzganligi hamda moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganligi uchun to‘lanadigan jarimalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy tashrif buyuriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzeylar ro‘yxatiga (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxat) kiritilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzeylarga kirish-chiqish joylarida 2021-yil 1-iyulga qadar elektron turniketlar yoki tashrif buyuruvchilarni avtomatik hisobga olishga mo‘ljallangan boshqa moslamalar o‘rnatilishi va ular Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilinishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzey-qo‘riqxonalarda elektron turniketlar tizimi va elektron chiptalar savdosini joriy etish xarajatlari Madaniyat vazirligi va balansda saqlovchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari, Jamg‘arma hamda tadbirkorlik subyektlarining davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida jalb qilinadigan mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatga kiritilgan muzeylarda elektron turniketlar tizimi va elektron chiptalar savdosini joriy etish muzeylarning o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatga kiritilgan va Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilingan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzey-qo‘riqxonalarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 50 foizi Jamg‘armaga, 50 foizi esa balansda saqlovchilarga saqlash xarajatlari uchun yo‘naltiriladi, bunda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomada xususiy sherik tomonidan qilingan xarajatlarni qoplash uchun muayyan davr mobaynida pul mablag‘larini taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatga kiritilgan va Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilingan muzeylarda chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining 10 foizi Jamg‘armaga, 90 foizi esa muzeylarning o‘ziga yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyuldan boshlab Ro‘yxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzeylarda hamda Madaniyat vazirligi tizimidagi teatrlarda chiptalar savdosini Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilmagan holda amalga oshirish nazorat-kassa texnikasini va hisob-kitob terminallarini qo‘llash tartibini buzish deb baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida Ro‘yxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining balansda saqlovchilari va muzeylarning muassislari bilan ularni 2021-yil 1-iyulga qadar Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish grafiklarini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bilet operatsiyalari yagona elektron tizimiga integratsiya qilingan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari va muzeylarda elektron chiptalar sotilishidan tushgan pul mablag‘larining tegishli qismini Jamg‘armaga yo‘naltirish haqida Moliya vazirligi G‘aznachiligining o‘z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlasin.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va asrashga doir ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarining davlat kadastrini, arxeologiya ashyolari va milliy muzey fondining davlat kataloglarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini ilmiy va ilmiy-texnik tadqiq qilish, arxeologiya obyektlarida qazishma ishlarini olib borish, ularni keng targ‘ib etish va ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament va hududiy boshqarmalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron xizmatlarni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlarni, jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb etish, Ilmiy-ekspert kengash a’zolari, Departament va hududiy boshqarmalarning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan Departament faoliyati bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buxoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi, Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasini tegishlicha “Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonalari etib qayta nomlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga tarixiy-madaniy qiymatiga ko‘ra kiritilgan respublikadagi hududlar alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar hisoblanadi hamda ularda rejalashtirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining loyihalari Departament hamda YUNESKOning Umumjahon merosi markazi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanish tartibini belgilash, tashrif buyuruvchilar uchun sharoit yaratish bilan bog‘liq masalalar majburiy tartibda turizm sohasida vakolatli davlat organi bilan kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ko‘chmas mulki hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida yoki tekin foydalanish huquqi asosida biriktirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxeologiya qazishmalari tabiiy yemirilish, boshqa harakat va holatlar xavfi ostidagi hamda ustuvor ilmiy qimmatga ega arxeologiya yodgorliklarida amalga oshiriladi va ularning ro‘yxati Departament tomonidan e’lon qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati har yili Departament tomonidan uning hududiy boshqarmalari taklifiga asosan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan tashkilotlarning ro‘yxati shakllantiriladi hamda ushbu ro‘yxatdan tanlov asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan asrashga doir ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faol fuqarolar ixtiyoriylik va tanlov asosida mahalla fuqarolar yig‘inlari kengashining qarori bilan moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha jamoatchi inspektor etib tasdiqlanadi, ularning qonun hujjatlari buzilishiga oid murojaatlari Departament yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan majburiy tartibda davlat nazorati shaklida tekshiriladi, bunda ma’muriy huquqbuzarlik yoki jinoyat aniqlansa, jamoatchi inspektorlar Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (B.S. Sayfullayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-fevraliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishga ixtisoslashgan tashkilotlarning ro‘yxatini shakllantirsin hamda uning doimiy yangilanib borishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-apreliga qadar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bilan birgalikda moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlariga jamoatchi inspektorlarni biriktirish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilning 1-iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini shakllantirsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va Ma’rifat” telekanali Departamentning moddiy madaniy meros obyektlarini ilmiy asoslarda targ‘ib etish va audiovizual asarlarni tayyorlash bo‘yicha bosh axborot hamkori sifatida belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari F.Sh. Mahmudovga — puxta tanlov asosida Departamentni yuqori malakali, tashabbuskor, madaniy meros masalalari bo‘yicha zarur bilim va amaliy tajribaga ega kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayevga — “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish yuzasidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatilishi, Departament faoliyatini samarali tashkil qilish, mavjud tashkiliy-texnik, moliyaviy, huquqiy va boshqa masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga — “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan vazifalarning ijrosini to‘g‘ri tashkillashtirilishi hamda chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi choralarini ko‘rish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament faoliyatini tashkil etish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosarlari B.M. Mavlonov, F.Sh. Mahmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 19-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4068-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targ‘ib qilish va ulardan oqilona foydalanishni tubdan takomillashtirish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YO‘L XARITASI”

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish

1.

Quyidagi nizomlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilinishi, asralishi va ulardan foydalanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida;

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining qo‘riqlanadigan tegralarini belgilash va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida;

Alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risida;

Moddiy madaniy mero� obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish to‘g‘risida.

2019-yil 1-fevral

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda xodimlarning ish haqini oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2019-yil 1-fevral

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishga oid ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari mansabdor shaxslari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzish hamda qonunda belgilangan tartibda sudga yuborish;

moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish hamda davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish;

moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish faoliyatini litsenziyalash.

2019-yil 1-aprel

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Adliya vazirligi (R. Davletov),

Oliy sud (K. Kamilov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida tegishlicha “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalarining faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2019-yil 1-aprel

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Arxeologik tadqiqotlarni olib borgan mutaxassislarga “dala xarajatlari”ni qoplab borish va arxeologik tadqiqotlarga jalb qilingan yollanma ishchilarga ish haqi to‘lash mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil 1-sentabr

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Tarixiy shaharlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik, yo‘lsozlik va boshqa ishlar uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratish hujjatlarini tayyorlashda arxeologik tadqiqotlar olib borish bilan bog‘liq xarajatlarni tegishli loyiha-smeta hujjatlarida inobatga olishni nazarda tutgan holda shaharsozlik hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish.

2019-yil 1-noyabr

Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

II. Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish

7.

Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarining alohida muhim tarixiy-madaniy qismlari va badiiy bezaklari saqlanishini ekspertizadan o‘tkazish, ularni to‘liq fotofiksatsiya va identifikatsiyalash.

2019-2020-yillar

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

8.

Quyidagilarni:

arxeologiya ashyolarining davlat katalogini elektron shaklda joriy etish;

respublika bo‘yicha 50ta eng muhim arxeologiya yodgorliklarining innovatsion texnologiyalar asosida 3D modelini yaratish;

so‘nggi 30 yil davomida o‘tkazilgan arxeologiya tadqiqotlari davomida topilgan arxeologiya ashyolarining hujjatlashtirilishi, ishonchli saqlanishi va muhofaza qilinishi holatini malakali mutaxassislarni jalb etgan holda tekshirish hamda arxeologiya ashyolari davlat katalogiga kiritish.

2020-yil 1-noyabr

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Moddiy madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va targ‘ibot ishlarini kengaytirish

9.

Oliy ta’lim muassasalarining tarix va arxeologiya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun malakaviy arxeologik amaliyot o‘tash tizimini joriy etish.

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev)

10.

Tarixiy shaharlarda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, bu borada kompleks ekspeditsiyalar tashkil etish.

Respublikada olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, hamkorlikda ilmiy-amaliy loyihalar tayyorlash, ekspeditsiyalar tashkil etish.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

18-aprel-Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni arafasida turli tadbirlar va respublika ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish hamda g‘oliblarni munosib taqdirlash.

har yili,
reja asosida

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

12.

Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qilish xalqaro kengashiga O‘zbekiston vakillarini a’zo bo‘lishi va uning O‘zbekiston milliy qo‘mitasini tashkil etish, har yili 100 nafar faol a’zosi har birining 50 foizigacha a’zolik badalini Madaniy meros jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash.

Umumjahon merosi ro‘�xatiga kiritilgan hududlarning boshqaruv rejasini ishlab chiqish va qabul qilish.

2019-yil 1-noyabr

2020-yil 1-sentabr

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
“O‘zarxiv” agentligi (U. A’lamov),
Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

13.

YUNESKOning Jahon xotirasi ro‘yxatiga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi fondlarida saqlanayotgan alohida qimmatli qadimiy va tarixiy arxiv hujjatlarini tavsiya etish.

2020-yil 1-mart

“O‘zarxiv” agentligi (U. A’lamov),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
YUNESKO ishlari bo‘yicha
milliy komissiya

14.

Madaniy merosni keng targ‘ib etish maqsadida:

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan har yili maxsus hujjatli filmlar tayyorlash;

“O‘zbekiston moddiy madaniy merosining ko‘chmas mulk obyektlari” ensiklopediyasini nashr etish, shu jumladan, uni elektron shaklni yaratish;

Internet tarmoqlarida (Wikipedia, Youtube, Facebook, Twitter va boshqalar) moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni, foto va video lavhalarini joylashtirish.

Reja asosida

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi (A. Akkulov),
“O‘zbekkino” MA (F. Zokirov),
“O‘zarxiv” agentligi (U. A’lamov),
Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev),
Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

15.

Quyidagilarni tayyorlash va nashr etish:

respublika hududlari kesimida arxeologiya yodgorliklari katalogini;

yangi arxeologik kashfiyotlarga asoslangan holda tarixiy shaharlar, arxeologiya merosi obyektlariga bag‘ishlangan fundamental monografiyalar va ilmiy-ommabop risolalar;

dala tadqiqotlari natijalariga bag‘ishlangan “O‘zbekiston arxeologik tadqiqotlari” davriy to‘plami;

O‘zbekiston arxeologiya xaritasi;

arxeologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat va magistratura talabalari uchun “O‘zbekiston arxeologiyasi”, “Arxeologik dala qazuv tadqiqot metodikasi” kabi adabiyotlar.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

16.

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashabbusi bilan tayyorlanayotgan “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” xalqaro multimedia loyihasi doirasida:

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Fransiya, Chexiya va Yaponiyadagi to‘plamlar asosida ko‘p jildlik kitob-albomlarni nashr qilish;

O‘zbekistoning xorijdagi madaniy merosi haqida hujjatli filmlar yaratish va ularni namoyish etish;

xorijiy studiyalar bilan hamkorlikda O‘zbekistonning bebaho madaniy merosi, shuningdek Sharq olimlarining jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan hissasi haqida hujjatli filmlar yaratish va ularni xorijiy telekanallar orqali namoyish etish.

2019 — 2021-yillar

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov),
O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (R. Bahodirov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov),
manfaatdor vazirliklar va idoralar

17.

Moddiy madaniy meros sohasida xalqaro hamkorlikni jadal rivojlantirish maqsadida Madaniyat vazirligining buyurtmanomalariga muvofiq:

xorijdan jalb etiladigan mutaxassislarga (ekspertlarga) kirish vizalari konsullik yig‘imlari va boshqa yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlash;

jalb qilinayotgan chet el mutaxassislariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar rasmiylashtirilishi, berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek ularni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati uzaytirilishini ta’minlash.

2019 — 2021-yillar

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Tashqi ishlar vazirligi
(A. Komilov),
Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

IV. Arxeologiya yodgorliklarini asrash va arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash

18.

Quyidagi obyektlarda arxeologiya tadqiqotlarini o‘tkazish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Mizdaxkan, Akshaxanqal’a;

Buxoro viloyatidagi Vardonze;

Qashqadaryo viloyatidagi Xontepa;

Navoiy viloyatidagi Kindik tepa;

Samarqand va Navoiy viloyatlarida qoyatosh suratlari tadqiqoti;

Samarqand viloyatidagi Kofirqal’a, Qo‘ytepa;

Sirdaryo viloyatidagi Eski Xavos;

Surxondaryo viloyatidagi Rabot-I, Rabot-II, Eski Termiz, Zartepa, Burguttepa va Budrach;

Toshkent viloyatidagi Qo‘lbuloq, Qirqbo‘ron yodgorliklari.

O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi Shulluktepa, Qal’ai-Zaxoki Maron yodgorliklarida hamda Samarqand davlat universiteti tomonidan Zarafshon vohasi tosh davri jamoalariga tegishli (Sozog‘on madaniyati yodgorliklari, Chorbaqti mezolit-neolit yodgorliklari) yodgorliklarda arxeologiya tadqiqotlarini olib borish.

O‘rta va Quyi Zarafshon vohasi, Qizilqumda tosh davri, bronza asri yodgorliklari bo‘yicha arxeologik qidiruv ishlarini amalga oshirish.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar
hokimliklari

19.

Quyidagi arxeologiya yodgorliklarini konservatsiyalash va muzeylashtirish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Akshaxan qal’a;

Andijon viloyatidagi Mingtepa va Qo‘shtepa;

Buxoro viloyatidagi Poykent;

Jizzax viloyatidagi Kaliyatepa;

Qashqadaryo viloyatidagi Yerqo‘rg‘on;

Navoiy viloyatidagi Nurota qal’asi;

Namangan viloyatidagi Qadimgi Pop;

Samarqand shahridagi Afrosiyob;

Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa va Kampirtepa;

Toshkent viloyatidagi Kanka;

Toshkent shahridagi Chilonzor Oqtepasi;

Farg‘ona viloyatidagi Quva shahristoni;

Xorazm viloyatidagi Xumbuztepa.

2019 — 2021-yillar

Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

20.

Arxeologiya tadqiqotlari olib borayotgan quyidagi muassasalar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shu jumladan arxeologik topilmalarni saqlash, tadqiq qilish va dastlabki konservatsiya qilish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi;

Arxeologik tadqiqotlar instituti;

Qashqadaryo viloyatida arxeologiya-ekspeditsiya bazasini tiklash;

Mingtepa (Andijon) arxeologiya ekspeditsiyasi moddiy-texnik bazasini shakllantirish;

Fanlar akademiyasining San’atshunoslik instituti;

Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi arxeologiya-ekspeditsiya bazasini tiklash;

Xalqaro madaniyat karvonsaroyining ta’mirlash laboratoriyasini maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (A. Xaydarov),
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

21.

Arxeologiya tadqiqotlarini olib borayotgan muassasalar tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda arxeologik ashyolarni (sopol buyumlar, bronza va temirdan ishlangan predmetlar, matolar, suyak qurollarni) konservatsiyalash va tiklash.

2019 — 2021-yillar

Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev),
Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-yanvardagi PF-6146-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qarorining 5-bandidagi “aholining madaniyat va dam olish markazlaridagi” so‘zlari “madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarorining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Glavnoye nauchno-proizvodstvennoye upravleniye po oxrane i ispolzovaniyu obyektov kulturnogo naslediya i ego mejregionalnie inspeksii” bloki “Departament kulturnogo naslediya i ego regionalnie upravleniya” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sentri kulturi i dosuga naseleniya” bloki “Sentri kulturi” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Predelnaya chislennost upravlencheskogo personala — 58 ed.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Zaveduyuщiy otdelom — direktor rayonnogo (gorodskogo) tsentra kulturi i dosuga naseleniya” bloki “Zaveduyuщiy otdelom — direktor rayonnogo (gorodskogo) tsentra kulturi” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sentri kulturi i dosuga naseleniya (ix filiali) 5 — 14 ed.” bloki “Sentri kulturi (ix filiali) 5 — 14 ed.” bloki bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 7-ilovaning “Otdel nauchno-metodicheskogo obespecheniya deyatelnosti muzeyev, parkov kulturi i otdixa, tsentrov kulturi i dosuga naseleniya” blokidan “i dosuga naseleniya” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017-yil 31-maydagi PQ-3022-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “madaniyat va aholi dam olish maskanlari” so‘zlari “madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 1-avgustdagi PQ-3892-son qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisidagi “madaniyat va aholi dam olish markazlari” so‘zlari “madaniyat markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2018-y., 07/18/4068/2349-son; 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son)