1-ILOVA
|
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Masʼul ijrochilar | |
|
I. Tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik, muzeyshunoslik sohalarida taʼlimning yangi pedagogik texnologiyalari va oʻqitish metodlarini joriy etish va bitiruvchilar bandligini taʼminlash | |||||
|
1. |
Mehnat bozorining rivojlanish istiqbollari va talablariga muvofiq oʻquv yuklamalari va fan bloklari hajmini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, kamida 4 yillik davrga joriy etiladigan, yetakchi xorijiy institutlar tajribasi asosida yangi oʻquv rejalari va dasturlarini yaratish. |
1. Ishchi guruhlar tuzish. |
2021-yil mart |
Institut mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov) |
|
2. Ishchi guruhlar tomonidan davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv yuklamalari va fan bloklari hajmini qayta koʻrib chiqish, zamonaviy talablarga javob beradigan oʻquv rejasi va fan dasturlarini ishlab chiqish. |
2021-yil may | ||||
|
3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejasi va fan dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2021-yil avgust | ||||
|
4. Tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlarini oʻquv jarayoniga joriy qilish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
2. |
Oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-metodik adabiyotlar mualliflarini moddiy ragʻbatlantirish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish. |
1. Oʻquv adabiyotlari mualliflariga ish joyi, yordamchi xodim berish, kutubxona fondidan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish. 2. Muallifning oʻquv yuklamasini shakllantirishda mualliflik faoliyatini hisobga olish. |
2021-yildan boshlab doimo |
Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov, S. Buzrukxonov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
3. |
Tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik, muzeyshunoslik sohalari boʻyicha boʻsh (vakant) ish oʻrinlari, shuningdek, istiqboldagi ehtiyojlarning ochiq axborot bazasini ishlab chiqish. |
1. Mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishning istiqbolli ehtiyojlarini oʻrganish. |
2021-yil fevral |
Ijrochilar mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) |
|
2. Oʻrganish natijalari asosida boʻsh (vakant) ish oʻrinlari va lavozimlar, shuningdek, istiqbolda kadrlarga boʻlgan ehtiyojning elektron bazasini shakllantirish. |
2021-yil aprel | ||||
|
3. Har yili axborot bazasini yangilab, toʻldirib borish. |
muntazam | ||||
|
4. |
Bitiruvchining taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ish beruvchilarning zamonaviy talablariga javob beradigan, zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni aks ettiruvchi malaka talablarini ishlab chiqish. |
1. Malaka talablarini ishlab chiqish boʻyicha Ishchi guruh tuzish. |
2021-yil fevral |
— |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov) |
|
2. Ishchi guruh tomonidan malaka talablarini ishlab chiqish. |
2021-yil mart | ||||
|
3. Malaka talablaridan kelib chiqqan holda fan dasturlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish va oʻquv jarayoniga tatbiq etish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
II. Badiiy taʼlimning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni takomillashtirish, professor-oʻqituv�ilarning bu borada faolligini oshirish, yoshlarni ilmiy ishlarga tizimli jalb qilish | |||||
|
5. |
Institutning professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrantlari oʻrtasida ilmiy sohada xalqaro tajribani keng targʻib qilish. |
1. Institutning professor-oʻqituvchilari, doktorant va talabalarini xalqaro ilmiy-texnik axborotlar maʼlumotlar bazasiga kirishini bosqichma-bosqich taʼminlash. |
reja asosida |
Institut mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (O. Toʻychiyev) |
|
2. Xalqaro tan olingan nashrlarda chop etish uchun ilmiy maqola yozish va rasmiylashtirish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish reja-grafigi va oʻquv dasturini yaratish. |
2021-yil mart | ||||
|
6. |
Institut professor-oʻqituvchilarining xalqaro nufuzli ilmiy-amaliy konferensiya va ijodiy koʻrgazma tanlovlarida ishtirokini kengaytirish, xorijiy hamkorlar bilan ilmiy nashrlar tayyorlashni koʻpaytirish. |
1. Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda xalqaro konferensiyalar oʻtkazish boʻyicha takliflarni shakllantirish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. |
2021-yil yanvar |
Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjetdan tashqari mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (O. Toʻychiyev) |
|
2. Ilmiy-tadqiqot loyihalarining xarajatlar smetasiga xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni kiritish boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligiga takliflar kiritish. |
2021-yil yanvar | ||||
|
3. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar, mon�grafiya va boshqa bosma materiallarni tayyorlash hamda chop etish. |
2021-yildan boshlab muntazam | ||||
|
4. Xorijiy olimlar bilan hamkorlikda nashrlar tayyorlash orqali Institut olimlari maqolalaridan iqtibos keltirish darajasini oshirib borish. |
muntazam | ||||
|
7. |
Institutni xalqaro reytinglarga kiritish maqsadida Times Nigher Education va QS xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlik bitimini imzolash. |
1. Reyting agentliklarining talablarini oʻrganib chiqish va bitim loyihasini shakllantirish. |
2021-yil may |
Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjetdan tashqari mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (X. Ketmonov) |
|
2. Reyting agentliklari mezonlari asosida institut faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2021-yil avgust | ||||
|
3. Bitim va nizom asosida tegishli tadbirlarni amalga oshirish. |
reja asosida | ||||
|
8. |
Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalarni boshqarish boʻlinmalari xodimlari yetakchi xorijiy ilmiy va oliy taʼlim markazlarida malaka oshirishini tashkil qilish. |
1. Yetakchi xorijiy ilmiy va oliy taʼlim markazlarida malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojini aniqlash. |
2021-yil may |
Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjetdan tashqari mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (O. Sattarov) |
|
2. Malaka oshirish rejalashtirilgan yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim markazlari roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil iyun | ||||
|
3. Yetakchi xorijiy ilmiy va oliy taʼlim markazlari bilan tegishli shartnomalar tuzish hamda reja asosida malaka oshirishni yoʻlga qoʻyish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab | ||||
|
4. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ochiq stipendiya tanlovlari gʻoliblarining ilgʻor xorijiy mamlakatlarda magistratura va doktoranturada taʼlim olishi, stajirovkadan oʻtishi va malakasini oshirishni taʼminlash. |
muntazam | ||||
|
9. |
Institutning ilmiy salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida doktoranturaga har yilgi qabul kvotasini koʻpaytirish va iqtidorli yosh pedagoglarni xorijiy maqsadli doktoranturaga yuborish. |
1. Mavjud ilmiy salohiyatni tahlil qilish. |
2021-yil noyabr |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (O. Toʻychiyev), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (O. Sattarov) |
|
2. Ilmiy salohiyatni oshirish boʻyicha 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2021-yil dekabr | ||||
|
3. Har yilgi qabul kvotalarini koʻpaytirish va xorijiy maqsadli doktoranturaga yosh oʻqituvchilarni yuborishni muntazam amalga oshirish. |
2021 — 2025-yillar davomida | ||||
|
4. Institut professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining “El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovlarida ishtirok etishini taʼminlash. |
muntazam | ||||
|
III. Talaba-yoshlar oʻrtasida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish, milliy gʻoya, jamiyat barqarorligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targʻib etish | |||||
|
10. |
Beshta muhim tashabbus doirasida talaba va uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish. |
1. Institut doirasida uyushmagan yoshlarni aniqlash va ularni ijodiy faoliyatga jalb etish. |
2020 — 2025-yillar davomida |
Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi (X. Sattarov) |
|
2. Institut talabalari orasida koʻrgazma va ijodiy tanlovlarni oʻtkazishni tashkil etish. 3. Talabalar va uyushmagan yoshlarning festival, biyennale va boshqa loyihalarda ishtirokini taʼminlash. 4. Talabalarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish. 5. Talabalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha ijodiy va ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash. 6. Talabalarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, “Notiqlik sanʼati”, “Reading club”, “Munozaralar-debat”, “Yosh kitobxonlar” klublarini tashkil etish. 7. Talaba qizlarning ilmiy va ijodiy faoliyatini ragʻbatlantirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
muntazam | ||||
|
IV. Institut infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻquv, ilmiy va tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratish | |||||
|
11. |
Oʻquv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash. |
1. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash boʻyicha smeta loyihalarini tuzish va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga taqdim etish. |
2021-yil yanvar |
Institut mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos) |
|
2. Oʻquv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash. |
2021-yil aprel | ||||
|
12. |
Institutning Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Askiya koʻchasi, 27-uy manzilida joylashgan oʻquv binosini mukammal taʼmirlash. |
1. Binoni mukammal taʼmirlash va jihozlash uchun mablagʻ ajratish yuzasidan takliflar tayyorlash. |
2021-yil fevral |
Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar, Institut mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Binoni mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish. |
2021-yil aprel | ||||
|
3. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va foydalanishga topshirish. |
2022-2023-yillar | ||||
|
13. |
Dizayn taʼlim yoʻnalishida tahsil oladigan talabalar zamonaviy dars usullari asosida bilim olishlari, darslarni amaliyot bilan uygʻunlikda tayyorlashga qaratilgan fotopavilon va videomontaj studiyalarini tashkil etish. |
1. Studiyani qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda Badiiy akademiyaga taqdim etish. |
2021-yi� fevral |
Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Studiyani qurish hamda jihozlash ishlarini 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish. |
2021-yil aprel | ||||
|
3. Studiyani zamon talablariga javob beradigan va maxsus dasturlarda ishlashga moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlash. |
2022-2023-yillar | ||||
|
14. |
Reklama va amaliy grafika hamda dastgoh va kitob grafikasi taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim jarayonini bevosita amaliyot bilan bogʻlash maqsadida Institutda bosmaxona, nashriyot va baget ishlab chiqarish sexini tashkil etish. |
1. Bosmaxona, nashriyot va baget sexini qurish, jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda Badiiy akademiyaga taqdim etish. |
2021-yil fevral |
Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Bosmaxona, nashriyot hamda baget sexini qurish, jihozlash ishlarini |
2021-yil aprel | ||||
|
3. Bosmaxona, nashriyot va baget sexini zarur uskuna va jihozlar bilan taʼminlash. |
2022-2023-yillar | ||||
|
15. |
Xattotlik va miniatyura taʼlim yoʻnalishlarida dars jarayonini bevosita amaliyot bilan bogʻlash, milliy qadriyat va anʼanalarni oʻrganish, saqlash va davom ettirish maqsadida miniatyura ashyolarida ishlash hamda qoʻlda tayyorlanadigan qogʻoz oʻquv ishlab chiqarish ustaxonalarini tashkil etish. |
1. Ustaxonalarni qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda Badiiy akademiyaga taqdim etish. |
2021-yil fevral |
Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Ustaxonalarni qurish hamda jihozlash ishlarini 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish. |
2021-yil aprel | ||||
|
3. Ustaxonalarni zarur uskuna va jihozlar bilan taʼminlash. |
2022-2023-yillar | ||||
|
16. |
Dastgohli rangtasvir taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun dars jarayonlarini zamon talablarida olib borish maqsadida taʼmirlash va gruntlash oʻquv laboratoriya-sini tashkil etish. |
1. Laboratoriyani tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga kiritish. |
2021-yil fevral |
Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Laboratoriyani jihozlash ishlarini 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish. |
2021-yil aprel | ||||
|
3. Laboratoriyani zarur uskuna va jihozlar bilan taʼminlash. |
2022-2023-yillar | ||||
|
17. |
Mahobatli rangtasvir taʼlim yoʻnalishlarida talabalar uchun ashyoda ishlash oʻquv xonasi va mozaika, rospis, sgraffito, vitraj oʻquv ustaxonalarini tashkil etish va jihozlash. |
1. Oʻquv xonasi va ustaxonasini zarur uskuna va jihozlar bilan taʼminlash. |
2022-yil fevral |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻquv jarayonida foydalanishni yoʻlga qoʻyish. |
2022-yil aprel | ||||
|
18. |
Institutning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshoh koʻchasi, 123-uy manzilida joylashgan oʻquv binosini joriy taʼmirlash va zarur uskunalar bilan jihozlash. |
1. Oʻquv binosini joriy taʼmirlash va jihozlash boʻyicha smetalarni ishlab chiqish, 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish. |
2021-yil aprel |
Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar, Institut mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Oʻquv teatri va oʻquv xonalarini joriy taʼmirlash hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlash. 3. Oʻquv binosining kommunikatsiya tizimlarini taʼmirlash. |
2022-2023-yillar | ||||
|
19. |
Institutda “Sanʼat asarlarining fizik-kimyoviy �kspertizasi” oʻquv faoliyati laboratoriyasini yoʻlga qoʻyish. |
1. Oʻquv faoliyati laboratoriyasini zarur jihozlar bilan taʼminlash. |
2021-yil aprel |
Institut mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Sanʼatshunoslik fakultetida |
2021-yil avgust | ||||
|
20. |
Badiiy kulolchilik taʼlim yoʻnalishi talabalarini bilim, koʻnikma va malakasini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, oʻquv ustaxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
1. Kafedra badiiy kulolchilik ustaxonasini zarur asbob-uskunalar (mufel pechi, katta xumdon (vagonetka), xomashyo va boshqalar) bilan taʼminlash. |
2021-yil aprel |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. 2021/2022 oʻquv yilida zamon talablariga mos oʻquv uskunalari bilan jihozlash. |
2021-yil avgust | ||||
|
21. |
Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi ixtisosligi talabalarida mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, oʻquv jarayonini bevosita amaliyot bilan bogʻlash maqsadida Multfilm animatsiya oʻquv studiyasini tashkil qilish. |
1. Studiyani zarur jihozlar bilan taʼminlash. |
2021-yil aprel |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Tasviriy sanʼat fakultetida |
2021-yil avgust | ||||
|
22. |
Tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn sanʼati sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash, kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish maqsadida ijodiy xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 28-oktabrdagi |
2022-yil yanvar |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Institut mablagʻlari |
Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov) |
|
2. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil mart | ||||
2-ILOVA
|
1. |
A.V. Nuridinov |
— |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi, Vasiylik kengashi raisi |
|
2. |
J.Sh. Nosirov |
— |
madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
3. |
U.Sh. Begimkulov |
— |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari |
|
4. |
O.A. Toʻychiyev |
— |
innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari |
|
5. |
Sh.I. Asadov |
— |
tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari |
|
6. |
F.U. Davrukov |
— |
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari |
|
7. |
B.A. Abduxalimov |
— |
Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
|
8. |
F.F. Abduxalikov |
— |
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori |
|
9. |
Sh.Sh. Minovarov |
— |
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori |
|
10. |
F.Sh. Maxmudov |
— |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari |
|
11. |
A.T. Yusupov |
— |
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi |
|
12. |
F.A. Abidjanova |
— |
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi |
|
13. |
I.Oʻ. Xaydarov |
— |
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi |
|
14. |
F.J. Pulatov |
— |
“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi |
|
15. |
J.X. Rizayev |
— |
Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi ijrochi direktori |
|
16. |
R.R. Xakimov |
— |
Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori |
|
17. |
A.A. Xakimov |
— |
Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining Tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimi mudiri, akademik |
|
18. |
V.I. Burmakin |
— |
Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi |
|
19. |
A.T. Ikramdjanov |
— |
Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi |
|
20. |
S.G. Raxmetov |
— |
Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi |
|
21. |
D.B. Toshev |
— |
Buxoro viloyati “Usta Davron” miniatyura markazi direktori |
|
22. |
Sh.M. Erkaboyev |
— |
“Ziynat dizayn” MChJ bosh direktori |
|
23. |
N.B. Sayfullayev |
— |
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori, Vasiylik kengashi kotibi |