21.04.2020 yildagi PQ-4688-son
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish
muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Zamonaviy darsliklar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va materiallar tayyorlash, pedagog kadrlar hamda iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish

1.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Institutni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2. 2020 — 2025-yillarda tasviriy, amaliy san’at
va dizayn sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va institut faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi
va kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish.

3. Tegishli qaror loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil aprel


2020-yil iyun






2020-yil iyul

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Keng dunyoqarashga ega, yuksak estetik did va axloqiy tarbiyaga ega ijodkor yoshlarni tarbiyalash.

1. O‘quv rejalarining mutaxassislik fanlari blokiga adabiyot, tarix, etika, estetika, ijodkor psixologiyasiga oid fanlar kiritiladigan tasviriy va amaliy san’at, dizaynga oid ta’lim yo‘nalishlarini aniqlash.

2. Mazkur ta’lim yo‘nalishlarida adabiyot, tarix, etika, estetika, ijodkor psixologiyasiga oid fanlarni mutaxassislik fanlari blokida o‘qitish.

2020-yil iyun




2020/2021 o‘quv yilidan boshlab

Badiiy akademiya (A.Nuridinov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

3.

Xorijda saqlanayotgan Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub asarlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga qaytarish.

1. Kamoliddin Behzod va uning izdoshlari ijodiga mansub chet ellarda saqlanayotgan asarlarning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga qaytarish bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish.

2. Xorijda saqlanayotgan asarlarni o‘rganish va ularning asl yoki ko‘chirma nusxalarini yurtimizga qaytarish bo‘yicha 2020 — 2022-yillarga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

3. “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil aprel




2020-yil may




2020-yil iyun

Tashabbuskorlar mablag‘lari, grantlar, homiylik xayriyalari, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

O‘zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi (R. Bahodirov),
Badiiy akademiya
(A.Nuridinov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Fanlar akadem�yasi (B. Yuldashev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

4.

Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasini jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasini 2021-yilgi investitsiya dasturiga kiritgan holda jahon standartlariga muvofiq mukammal rekonstruksiya qilish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil may





2020-yil iyul

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

5.

Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari
va maktab-internatlarini jihozlash uchun zarur bo‘ladigan texnika vositalari, inventar va zamonaviy uskunalar hamda musiqa asboblari bilan jihozlash bo‘yicha normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari
va maktab-internatlarida mavjud musiqa asboblari
va boshqa jihozlarni xatlovdan o‘tkazish.

3. Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarining moddiy-texnik bazasini normativlarga muvofiq mustahkamlash.

2020-yil

iyun





2021-yil

sentyabr



2022-yil

avgust

Respublika budjeti,
homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Badiiy akademiya tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at maktablari hamda maktab-internatlarning mutaxassislik fanlari bo‘yicha yangi avlod darsliklari, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, katalog-albomlar, nota va materiallarni tayyorlash hamda chop etish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2. O‘quv reja va dasturlar bo‘yicha o‘quv qo‘llanma
va darsliklarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish.

3. Aniqlangan ehtiyojdan kelib chiqib, o‘quv qo‘llanma va darsliklarni ishlab chiqishda tajribali professor, akademik va mutaxassislarni jalb qilish hamda bosqichma-bosqich tayyorlash, shuningdek, chop etish bo‘yicha reja-jadval loyihasini ishlab chiqish.

4. Ishlab chiqilgan reja jadval loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil
iyul



2020-yil

avgust





2020-yil

sentyabr

Respublika budjeti,
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (D. Saidjonov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

7.

Respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblariga tasviriy va amaliy san’at, dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasiga kirish uchun berilgan imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish.

1. Alohida iqtidor talab etiladigan oliy ta’lim muassasalariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali test sinovlarsiz qabul qilish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan respublika va xalqaro tanlovlar g‘oliblariga beriladigan imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish (bekor qilish) bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2. Takliflar asosida Hukumat qarori loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil may







2020-yil iyun

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), Davlat test markazi (M. Karimov)

8.

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida Badiiy akademiya tizimida maktab-internat tashkil etish.

1. Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatini tashkil etish uchun aholiga qulay bo‘lgan hududni aniqlash.

2. Tanlangan hududda mavjud bo‘sh turgan bino
yoki yer maydonini ajratish.

3. Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatini tashkil etish.

2021-yil
iyun


2021-yil
sentyabr


2022-yil
avgust

Toshkent viloyati mahalliy budjeti

Toshkent viloyati hokimligi (R. Xolmatov), Badiiy akademiya (A.Nuridinov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi faoliyatini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Muzeyni kompleks rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini shakllantirish.

2. Muzey faoliyatini yanada takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

3. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil iyul


2020-yil sentyabr


2020-yil �ktyabr

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),
Madaniyat vazirligi
(O. Nazarbekov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), tegishli vazirlik
va idoralar

II. Tasviriy va amaliy san’at asarlarining badiiy va ma’naviy saviyasini oshirish, ko‘rgazmalar faoliyatini yanada rivojlantirish, Badiiy akademiyaning moddiy ta’minotini kuchaytirish

10.

Xorijiy davlatlar ijodkorlari ishtirokida Xalqaro plenerlar o‘tkazish.

1. Tashkiliy guruh shakllantirish, sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Xalqaro plener ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish.

Doimiy

“Ilhom” jamoat fondi

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev)

11.

Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi qoshida ishlab chiqarish ustaxonasini tashkil etish.

1. Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi qoshida ijodiy ishlarni qadoqlash, asarlar bagetini tayyorlash va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqarish ustaxonasini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan tashkil etish.

2. Ishlab chiqarish ustaxonasini zamonaviy uskunalar bilan jiho?lash.

2020-yil dekabr





2021-yil mart

Tashabbuskorlar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A.Nuridinov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, uning hududiy bo‘limlari tomonidan respublika bo‘ylab, xususan chekka hududlarda muntazam ravishda ko‘chma ko‘rgaz?alar tashkil etish.

1. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi,
uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlarining ko‘chma ko‘rgazmalar rejasini ishlab chiqish.

2. Grafik asosida hududiy bo‘limlarni ijara asosida mikroavtobus va zamonaviy ko‘chma jihozlar bilan ta’minlash.

Doimiy

“Ilhom” jamoat fondi

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi, “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev)

13.

Institut talabalarini umumbashariy va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

1. “Kitobsevarlar oyligi”, “Nazm va navo oyligi”, “Mehr ulashaylik” kabi tematik tadbirlarni o‘tkazish.

2. “Yosh targ‘ibotchilar”, “Blogerlar”, “PR Markaz” kabi klublar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

3. Klublar moddiy-texnik bazasini shakllantirish va faoliyati natijadorligini ta’minlash.

4. Tematik tadbirlar va klublar faoliyatiga soha mutaxassislari, mashhur shoir va yozuvchilar, san’atkorlarni keng jalb etish.

Doimiy

Tashabbuskorlar mablag‘lari, homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (A. Jumaboyev), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xodjimatov)

14.

Badiiy akademiyaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Badiiy akademiyaning markaziy apparatiga qo‘shimcha 2 ta xizmat avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.

2021-yil oktyabr

Respublika budjeti

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

15.

Badiiy akademiya raisiga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportining alohida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish zalidan bepul foydalanish huquqini berish.

1. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkam�siga kiritish.

2020-yil may


2020-yil iyun

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Badiiy akademiya raisining ayni paytda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi hisoblanishi tartibini bekor qilish.

1. Badiiy akademiyasining ustaviga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil may


2020-yil iyun

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

“Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

III. Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohalarida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish

17.

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish.

1. Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish to‘g‘risida qaror loyihasini ishlab chiqish.

2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil iyul


2020-yil avgust

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

18.

Badiiy ijodkorlar uyushmasining hududiy galereyalarini tashkil etish.

1. Badiiy ijodkorlar uyushmasining galereyalari mavjud bo‘lmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlari markazlarida galereyalarni tashkil etish bo‘yicha tegishli qarorni qabul qilish.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar tomonidan galereyalarini tashkil etish uchun binolarni tekin foydalanish huquqi asosida ajratish va ularni jihozlash.

3. Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan barcha galereyalarda san’at asarlarini sotish punktlari tashkil etish.

2020-yil iyun





2021-yil mart




2021-yil aprel

Mahalliy budjet mablag‘lari, “Ilhom” jamoat fondi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlari hokimliklari,
Badiiy akademiya (A. Nuridinov)

19.

Institutning ta’lim jarayoniga yuqori malakali xorijiy pedagog va san’atshunos mutaxassislarni keng jalb etish.

1. O‘quv va ilmiy jarayonga xorijiy mamlakatlardan taklif etiladigan yuqori malakali pedagog va mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Xorijiy pedagog va mutaxassislarni jalb etish hamda ular ishtirokida ochiq darslar, mahorat darslari, yakka tartibdagi, ma’ruza, amaliyot mashg‘ulotlari va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni keng joriy etish.

3. Institutning o‘quv, badiiy va ilmiy jarayoniga taklif etilgan xorijiy pedagog va mutaxassislar faoliyatini o‘rganib borish hamda natijalarini institutning tegishli kengashlarida muhokama qilish.

Doimiy

Institut mablag‘lari, respublika budjeti

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (N. Sayfullayev),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

20.

Asarlaridagi ilg‘or g‘oyalari va yuqori estetik didi bilan ajralib turadigan yosh ijodkorlar asarlari ko‘rgazmasini tashkil etish hamda ularni keng ommaga tanitish.

1. Iqtidorli yosh ijodkorlarni saralab olish uchun Badiiy akademiyaning haqiqiy a’zolaridan iborat tarkibda ishchi guruhni shakllantirish.

2. Iqtidorli yosh ijodkorlarni aniqlash
va ular ro‘yxatini shakllantirish.

3. Ishchi guruhning yosh ijodkorlar bilan ishlash dasturini tasdiqlash.

4. “Ustoz-shogird” an’anasi asosida yosh ijodkorlar mahoratini oshirib borish, ular asarlarining ko‘rgazmasini tashkil etish.

Doimiy

Respublika va mahalliy budjet mablag‘lari,
“Ilhom” jamoat fondi

Badiiy akademiya (A. Nuridinov),

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi,

“Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar
va viloyatlar hokimliklari

1. 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “21” raqami “33” raqami bilan almashtirilsin.
2. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4. 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) izoh qismida “24,5” raqami “26,5” raqami bilan almashtirilsin.