08.01.2021 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.01.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini taʼminlash, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) faoliyatini yanada takomillashtirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik, muzeyshunoslik sohalarida zamon talabiga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini shakllantirishga qaratilgan strategiyani ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar tayyorlashning maqsadli tizimini shakllantirish, muvaffaqiyatli faoliyat koʻrsatib kelayotgan atoqli ijodkor-rassomlarning “oʻquv-ijodiy ustaxonasi” tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy taʼlim sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, oʻquv jarayoniga taʼlimning innovatsion usullari hamda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim sifatini oshirish, nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari ishtirokida onlayn kurslar, maʼruzalar va mahorat darslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy jarayonni samarali boshqarish maqsadida kadrlar zaxirasini maqsadli tayyorlash, Institutning ilmiy va ijodiy salohiyatini oshirib borish, bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi boshqarish, moliyalashtirish, faoliyatini tijoratlashtirishning asoslari va tamoyillarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarda maʼnaviy-axloqiy jihatlarni shakllantirish, ularda yot gʻoya va mafkuralarga nisbatan immunitet va tafakkurni mustahkamlash boʻyicha keng koʻlamli maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni muntazam olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning oʻquv hamda ilmiy-laboratoriya bino va korpuslarini qurish, mukammal taʼmirlash, oʻquv-ilmiy laboratoriyalar, oʻquv ustaxonalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Institutda faoliyat yuritib kelayotgan professor-oʻqituvchilarning ijodiy faoliyati natijalari quyidagilarga tenglashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi”, “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi” faxriy unvonlari — professor ilmiy unvoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari — dotsent ilmiy unvoniga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Institut bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
badiiy taʼlim sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarining oʻquv rejasi va dasturlari, oʻquv-metodik taʼminoti, taʼlim-tarbiya jarayoni Institutning taʼlim jarayoni bilan uzviy bogʻlanishini taʼminlagan holda ishlab chiqilishi va joriy etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktablari va maktab-internatlarning taʼlim jarayoniga Institut professor-oʻqituvchilari belgilangan tartibda haq toʻlangan holda jalb etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Vasiylik kengashi) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Vasiylik kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy, moliyaviy, oʻquv-metodik va moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shu jumladan, infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy oʻquv-laboratoriya uskunalari hamda jihozlari bilan taʼminlashni amaliy qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasviriy va amaliy sanʼat, sanʼatshunoslik, muzeyshunoslik hamda dizayn sohasidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda talabalarning amaliyotlarini tegishli soha tashkilotlarida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash boʻyicha maqsadli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilashda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari, texnik koʻmak mablagʻlari (grantlar)ni va boshqa budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlaridan yetakchi mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qilishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar turar joylari sharoitini yaxshilash, talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularning dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan muntazam monitoring olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturda belgilangan chora-tadbirlarning loyiha-smeta hujjatlarini 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturida nazarda tutish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik, muzeyshunoslik sohalarida taʼlimning yangi pedagogik texnologiyalari va oʻqitish metodlarini joriy etish va bitiruvchilar bandligini taʼminlash

1.

Mehnat bozorining rivojlanish istiqbollari va talablariga muvofiq oʻquv yuklamalari va fan bloklari hajmini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, kamida 4 yillik davrga joriy etiladigan, yetakchi xorijiy institutlar tajribasi asosida yangi oʻquv rejalari va dasturlarini yaratish.

1. Ishchi guruhlar tuzish.

2021-yil mart

Institut mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov)

2. Ishchi guruhlar tomonidan davlat taʼlim standartlari asosida oʻquv yuklamalari va fan bloklari hajmini qayta koʻrib chiqish, zamonaviy talablarga javob beradigan oʻquv rejasi va fan dasturlarini ishlab chiqish.

2021-yil may

3. Ishlab chiqilgan oʻquv rejasi va fan dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil avgust

4. Tasdiqlangan oʻquv rejasi va fan dasturlarini oʻquv jarayoniga joriy qilish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

2.

Oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy-metodik adabiyotlar mualliflarini moddiy ragʻbatlantirish va ular uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish.

1. Oʻquv adabiyotlari mualliflariga ish joyi, yordamchi xodim berish, kutubxona fondidan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish.

2. Muallifning oʻquv yuklamasini shakllantirishda mualliflik faoliyatini hisobga olish.

2021-yildan boshlab doimo

Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov, S. Buzrukxonov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

3.

Tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn, sanʼatshunoslik, muzeyshunoslik sohalari boʻyicha boʻsh (vakant) ish oʻrinlari, shuningdek, istiqboldagi ehtiyojlarning ochiq axborot bazasini ishlab chiqish.

1. Mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari, fan va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishning istiqbolli ehtiyojlarini oʻrganish.

2021-yil fevral

Ijrochilar mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

2. Oʻrganish natijalari asosida boʻsh (vakant) ish oʻrinlari va lavozimlar, shuningdek, istiqbolda kadrlarga boʻlgan ehtiyojning elektron bazasini shakllantirish.

2021-yil aprel

3. Har yili axborot bazasini yangilab, toʻldirib borish.

muntazam

4.

Bitiruvchining taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ish beruvchilarning zamonaviy talablariga javob beradigan, zarur bilim, malaka va koʻnikmalarni aks ettiruvchi malaka talablarini ishlab chiqish.

1. Malaka talablarini ishlab chiqish boʻyicha Ishchi guruh tuzish.

2021-yil fevral

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (E. Muxitdinov)

2. Ishchi guruh tomonidan malaka talablarini ishlab chiqish.

2021-yil mart

3. Malaka talablaridan kelib chiqqan holda fan dasturlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish va oʻquv jarayoniga tatbiq etish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

II. Badiiy taʼlimning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni takomillashtirish, professor-oʻqituv�ilarning bu borada faolligini oshirish, yoshlarni ilmiy ishlarga tizimli jalb qilish

5.

Institutning professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrantlari oʻrtasida ilmiy sohada xalqaro tajribani keng targʻib qilish.

1. Institutning professor-oʻqituvchilari, doktorant va talabalarini xalqaro ilmiy-texnik axborotlar maʼlumotlar bazasiga kirishini bosqichma-bosqich taʼminlash.

reja asosida

Institut mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (O. Toʻychiyev)

2. Xalqaro tan olingan nashrlarda chop etish uchun ilmiy maqola yozish va rasmiylashtirish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish reja-grafigi va oʻquv dasturini yaratish.

2021-yil mart

6.

Institut professor-oʻqituvchilarining xalqaro nufuzli ilmiy-amaliy konferensiya va ijodiy koʻrgazma tanlovlarida ishtirokini kengaytirish, xorijiy hamkorlar bilan ilmiy nashrlar tayyorlashni koʻpaytirish.

1. Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda xalqaro konferensiyalar oʻtkazish boʻyicha takliflarni shakllantirish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2021-yil yanvar

Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjetdan tashqari mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (O. Toʻychiyev)

2. Ilmiy-tadqiqot loyihalarining xarajatlar smetasiga xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni kiritish boʻyicha Innovatsion rivojlanish vazirligiga takliflar kiritish.

2021-yil yanvar

3. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar, mon�grafiya va boshqa bosma materiallarni tayyorlash hamda chop etish.

2021-yildan boshlab muntazam

4. Xorijiy olimlar bilan hamkorlikda nashrlar tayyorlash orqali Institut olimlari maqolalaridan iqtibos keltirish darajasini oshirib borish.

muntazam

7.

Institutni xalqaro reytinglarga kiritish maqsadida Times Nigher Education va QS xalqaro reyting agentliklari bilan hamkorlik bitimini imzolash.

1. Reyting agentliklarining talablarini oʻrganib chiqish va bitim loyihasini shakllantirish.

2021-yil may

Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjetdan tashqari mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (X. Ketmonov)

2. Reyting agentliklari mezonlari asosida institut faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2021-yil avgust

3. Bitim va nizom asosida tegishli tadbirlarni amalga oshirish.

reja asosida

8.

Institutning ilmiy ishlar va innovatsiyalarni boshqarish boʻlinmalari xodimlari yetakchi xorijiy ilmiy va oliy taʼlim markazlarida malaka oshirishini tashkil qilish.

1. Yetakchi xorijiy ilmiy va oliy taʼlim markazlarida malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojini aniqlash.

2021-yil may

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjetdan tashqari mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (O. Sattarov)

2. Malaka oshirish rejalashtirilgan yetakchi xorijiy ilmiy va taʼlim markazlari roʻyxatini shakllantirish.

2021-yil iyun

3. Yetakchi xorijiy ilmiy va oliy taʼlim markazlari bilan tegishli shartnomalar tuzish hamda reja asosida malaka oshirishni yoʻlga qoʻyish.

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

4. “El-yurt umidi” jamgʻarmasi ochiq stipendiya tanlovlari gʻoliblarining ilgʻor xorijiy mamlakatlarda magistratura va doktoranturada taʼlim olishi, stajirovkadan oʻtishi va malakasini oshirishni taʼminlash.

muntazam

9.

Institutning ilmiy salohiyatini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida doktoranturaga har yilgi qabul kvotasini koʻpaytirish va iqtidorli yosh pedagoglarni xorijiy maqsadli doktoranturaga yuborish.

1. Mavjud ilmiy salohiyatni tahlil qilish.

2021-yil noyabr

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (O. Toʻychiyev), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi (O. Sattarov)

2. Ilmiy salohiyatni oshirish boʻyicha 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

3. Har yilgi qabul kvotalarini koʻpaytirish va xorijiy maqsadli doktoranturaga yosh oʻqituvchilarni yuborishni muntazam amalga oshirish.

2021 — 2025-yillar davomida

4. Institut professor-oʻqituvchilari va ilmiy xodimlarining “El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim dasturlari boʻyicha ochiq stipendiya tanlovlarida ishtirok etishini taʼminlash.

muntazam

III. Talaba-yoshlar oʻrtasida amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqish, milliy gʻoya, jamiyat barqarorligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targʻib etish

10.

Beshta muhim tashabbus doirasida talaba va uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Institut doirasida uyushmagan yoshlarni aniqlash va ularni ijodiy faoliyatga jalb etish.

2020 — 2025-yillar davomida

Institutning mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (M. Xodjimatov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi (X. Sattarov)

2. Institut talabalari orasida koʻrgazma va ijodiy tanlovlarni oʻtkazishni tashkil etish.

3. Talabalar va uyushmagan yoshlarning festival, biyennale va boshqa loyihalarda ishtirokini taʼminlash.

4. Talabalarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.

5. Talabalarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha ijodiy va ilmiy izlanishlarini qoʻllab-quvvatlash.

6. Talabalarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, “Notiqlik sanʼati”, “Reading club”, “Munozaralar-debat”, “Yosh kitobxonlar” klublarini tashkil etish.

7. Talaba qizlarning ilmiy va ijodiy faoliyatini ragʻbatlantirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

muntazam

IV. Institut infratuzilmasi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻquv, ilmiy va tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratish

11.

Oʻquv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash.

1. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash boʻyicha smeta loyihalarini tuzish va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga taqdim etish.

2021-yil yanvar

Institut mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos)

2. Oʻquv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash.

2021-yil aprel

12.

Institutning Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Askiya koʻchasi, 27-uy manzilida joylashgan oʻquv binosini mukammal taʼmirlash.

1. Binoni mukammal taʼmirlash va jihozlash uchun mablagʻ ajratish yuzasidan takliflar tayyorlash.

2021-yil fevral

Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar, Institut mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. Binoni mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, davlat ekspertizasidan oʻtkazish hamda 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil aprel

3. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va foydalanishga topshirish.

2022-2023-yillar

13.

Dizayn taʼlim yoʻnalishida tahsil oladigan talabalar zamonaviy dars usullari asosida bilim olishlari, darslarni amaliyot bilan uygʻunlikda tayyorlashga qaratilgan fotopavilon va videomontaj studiyalarini tashkil etish.

1. Studiyani qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda Badiiy akademiyaga taqdim etish.

2021-yil fevral

Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. Studiyani qurish hamda jihozlash ishlarini 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil aprel

3. Studiyani zamon talablariga javob beradigan va maxsus dasturlarda ishlashga moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlash.

2022-2023-yillar

14.

Reklama va amaliy grafika hamda dastgoh va kitob grafikasi taʼlim yoʻnalishlarida taʼlim jarayonini bevosita amaliyot bilan bogʻlash maqsadida Institutda bosmaxona, nashriyot va baget ishlab chiqarish sexini tashkil etish.

1. Bosmaxona, nashriyot va baget sexini qurish, jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda Badiiy akademiyaga taqdim etish.

2021-yil fevral

Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. Bosmaxona, nashriyot hamda baget sexini qurish, jihozlash ishlarini
2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil aprel

3. Bosmaxona, nashriyot va baget sexini zarur uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

2022-2023-yillar

15.

Xattotlik va miniatyur� taʼlim yoʻnalishlarida dars jarayonini bevosita amaliyot bilan bogʻlash, milliy qadriyat va anʼanalarni oʻrganish, saqlash va davom ettirish maqsadida miniatyura ashyolarida ishlash hamda qoʻlda tayyorlanadigan qogʻoz oʻquv ishlab chiqarish ustaxonalarini tashkil etish.

1. Ustaxonalarni qurish va jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda Badiiy akademiyaga taqdim etish.

2021-yil fevral

Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. Ustaxonalarni qurish hamda jihozlash ishlarini 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil aprel

3. Ustaxonalarni zarur uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

2022-2023-yillar

16.

Dastgohli rangtasvir taʼlim yoʻnalishlari talabalari uchun dars jarayonlarini zamon talablarida olib borish maqsadida taʼmirlash va gruntlash oʻquv laboratoriya-sini tashkil etish.

1. Laboratoriyani tashkil etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga kiritish.

2021-yil fevral

Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. Laboratoriyani jihozlash ishlarini 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil aprel

3. Laboratoriyani zarur uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

2022-2023-yillar

17.

Mahobatli rangtasvir taʼlim yoʻnalishlarida talabalar uchun ashyoda ishlash oʻquv xonasi va mozaika, rospis, sgraffito, vitraj oʻquv ustaxonalarini tashkil etish va jihozlash.

1. Oʻquv xonasi va ustaxonasini zarur uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

2022-yil fevral

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oʻquv jarayonida foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2022-yil aprel

18.

Institutning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Mironshoh koʻchasi, 123-uy manzilida joylashgan oʻquv binosini joriy taʼmirlash va zarur uskunalar bilan jihozlash.

1. Oʻquv binosini joriy taʼmirlash va jihozlash boʻyicha smetalarni ishlab chiqish, 2022-yil va keyingi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturiga kiritish.

2021-yil aprel

Investitsiya dasturi doirasidagi mablagʻlar, Institut mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. Oʻquv teatri va oʻquv xonalarini joriy taʼmirlash hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlash.

3. Oʻquv binosining kommunikatsiya tizimlarini taʼmirlash.

2022-2023-yillar

19.

Institutda “Sanʼat asarlarining fizik-kimyoviy ekspertizasi” oʻquv faoliyati laboratoriyasini yoʻlga qoʻyish.

1. Oʻquv faoliyati laboratoriyasini zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2021-yil aprel

Institut mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. Sanʼatshunoslik fakultetida
laboratoriya xonasini tashkil etish va zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2021-yil avgust

20.

Badiiy kulolchilik taʼlim yoʻnalishi talabalarini bilim, koʻnikma va malakasini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish, oʻquv ustaxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Kafedra badiiy kulolchilik ustaxonasini zarur asbob-uskunalar (mufel pechi, katta xumdon (vagonetka), xomashyo va boshqalar) bilan taʼminlash.

2021-yil aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. 2021/2022 oʻquv yilida zamon talablariga mos oʻquv uskunalari bilan jihozlash.

2021-yil avgust

21.

Multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi ixtisosligi talabalarida mustaqil taʼlim koʻnikmalarini shakllantirish, oʻquv jarayonini bevosita amaliyot bilan bogʻlash maqsadida Multfilm animatsiya oʻquv studiyasini tashkil qilish.

1. Studiyani zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2021-yil aprel

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. Tasviriy sanʼat fakultetida
oʻquv studiya xonasini tashkil etish va zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2021-yil avgust

22.

Tasviriy va amaliy sanʼat, dizayn sanʼati sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash, kadrlar qoʻnimsizligining oldini olish maqsadida ijodiy xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish va ularni ijtimoiy himoya qilishni taʼminlash.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoniga va Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 28-oktabrdagi
415-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2022-yil yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, Institut mablagʻlari

Badiiy akademiya (A. Nuridinov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Boboyev), Moliya vazirligi (A. Xaydarov)

2. Takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil mart

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 8-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.V. Nuridinov

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi,

Vasiylik kengashi raisi

2.

J.Sh. Nosirov

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

3.

U.Sh. Begimkulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari

4.

O.A. Toʻychiyev

innovatsion rivojlanish vazirining oʻrinbosari

5.

Sh.I. Asadov

tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari

6.

F.U. Davrukov

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

7.

B.A. Abduxalimov

Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti

8.

F.F. Abduxalikov

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori

9.

Sh.Sh. Minovarov

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

10.

F.Sh. Maxmudov

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

11.

A.T. Yusupov

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi

12.

F.A. Abidjanova

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi

13.

I.Oʻ. Xaydarov

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi

14.

F.J. Pulatov

“Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruvi raisi

15.

J.X. Rizayev

Oʻzbekiston ijodkorlarini qoʻllab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi ijrochi direktori

16.

R.R. Xakimov

Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori

17.

A.A. Xakimov

Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining Tasviriy va amaliy sanʼat boʻlimi mudiri, akademik

18.

V.I. Burmakin

Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi

19.

A.T. Ikramdjanov

Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi

20.

S.G. Raxmetov

Oʻzbekiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzosi

21.

D.B. Toshev

Buxoro viloyati “Usta Davron” miniatyura markazi direktori

22.

Sh.M. Erkaboyev

“Ziynat dizayn” MChJ bosh direktori

23.

N.B. Sayfullayev

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/8/0006-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)