Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.1997 26.06.1993 yildagi 316-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.1997
Hujjat 26.06.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA ISTIQBOLNI BELGILASh VA STATISTIKA
ORGANLARI TIZIMI IShINING SAMARADORLIGINI YaNADA
OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-maydagi 253-son “Oʻzbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistika va istiqbolni belgilash-tahliliy ishlarni chuqurlashtirish, davlat statistika axborotining ishonchliligini va respublikada iqtisodiy islohotlarning qanday borayotganligini toʻlaqonli tahlil etish, bu ishda istiqbolni belgilash va statistika organlarining roli va masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman (shahar) iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar iqdisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika boʻlimlari tuman (shahar) hokimiga hamda viloyat va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasiga boʻysunadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika boʻlimlarining rahbarlarini, shuningdek, ularning hisoblash markazlari rahbarlarini tayinlash tumanlar (shaharlar) hokimlarining taqdimnomalariga muvofiq tegishli viloyat, Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika boʻlimining boshligʻi lavozimi boʻyicha tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari, hisoblash markazining boshligʻi esa — iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) iqtisodiyotni muvofiqlashtirish va statistika boʻlimlari xodimlarining Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 367-son qarori bilan belgilangan soni qisqartirilishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik, xususiy korxonalar, kooperativlar faoliyati toʻgʻrisidagi statistika axborotini toʻla qamrab olish va uning ishonchliligini taʼminlash maqsadida istiqbolni belgilash va statistika mahalliy organlarining vakillari yangi bozor tuzilmalarini roʻyxatga olish boʻyicha komissiyalarning tarkibiga albatta kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat istiqbolni belgilash va statistika boshqarmasining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari tegishli hududlar hokimiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasiga boʻysunadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va Toshkent shahar istiqbolni belgilash va statistika boshqarmalari rahbarlarini, shuningdek, ularning hisoblash markazlari rahbarlarini tayinlash viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasining boshligʻi lavozimi boʻyicha viloyat, Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari, hisoblash markazining boshligʻi esa — tegishli hududiy istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar istiqbolni belgilash va statistika viloyat, tuman, shahar organlarining muhim vazifalari hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli va aniq statistika axboroti, uni tahlil etish tizimini shakllantirish, hokimiyat va boshqaruv, mahalliy va respublika organlarini zarur maʼlumotlar bilan tez taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlariga qarashli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, bozor iqtisodiyotiga oʻtish sharoitlarida tabiiy va mehnat resurslaridan, barpo etilgan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishning qisqa muddatli va istiqbolini belgilashni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatga qobil mahsulotlar ishlab chiqarishni ustuvor rivojlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, viloyatlar, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirish, atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimlik boshqarmalari va boʻlinmalarining, korxonalar, tashkilotlarning, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning, hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi istiqbolini belgilashga oid faoliyatini muvofiqlashtirish, yagona statistika siyosatini oʻtkazish, shuningdek, bu ishga uslubiy rahbarlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlarda hisob, hisobotning holatini va hisobot maʼlumotlarining ishonchliligini muntazam tekshirish, dastlabki hisob va hisobotning yoʻlga qoʻyilishini yaxshilashda ularga amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy talablarga javob beruvchi hisobot koʻrsatkichlari tizimini joriy etish, statistikani xalqaro meʼyorlar va standartlarga muvofiq keltirishni bosqichma-bosqich amalga oshirish, maʼlumotlarni toʻplash va ularni qayta ishlashning ilgʻor tizimlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman, shahar, viloyat va respublika istiqbolni belgilash va statistika organlarining kuch-gʻayratlarini statistika ishlariga, davlat buyurtmalarining bajarilishiga, olinayotgan axborot xolis tahlil etilishiga va tegishli hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqboli belgilanishi ishlab chiqilishiga qaratsinlar. Qayd etib oʻtilgan organlarga ularga xos boʻlmagan funksiyalar yuklab qoʻyilishiga yoʻl qoʻyilmasin, ularning samarali ishlashlari uchun zarur sharoitlar yaratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilayotgan axborotning ishonchliligi uchun markaziy apparat tomonidan nazoratning kuchaytirilishi bilan bir qatorda istiqbolni belgilash va statistika tizimi tuman, shahar va viloyat boʻgʻinlarining statistika va istiqbolni belgilash-tahliliy ishlari tezkorligi va sifatini oshirish boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istiqbolni belgilash va statistika organlari tizimining axborot-hisoblash negizi mustahkamlanishini taʼminlasinlar. Tuman, shahar, viloyat hisoblash markazlari tuzilmasida tahliliy ishlar boʻyicha maxsus boʻlinmalar tuzishni nazarda tutsinlar, ularni taqdim etilayotgan axborotning ishonchliligini baholashga va uni tahlil qilishni amalga oshirishga qodir boʻlgan malakali iqtisodchi kadrlar bilan toʻldirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasiga Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 367-son qarori bilan belgilangan xodimlarning umumiy soni doirasida 3-ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasiga quyidagilar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini ishonchli statistika axboroti bilan tez taʼminlash, uni chuqur tahlil qilish asosida respublikaning jahon hamjamiyatiga kirishini, jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda respublika xalq xoʻjaligi kompleksining samarali ixtisoslashuvi boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor iqtisodiyoti shakllanishi jarayoniga tahliliy-istiqbolni belgilovchi baho berish, xoʻjalik mexanizmini, boshqaruv usul za uslublarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligini tarkibiy qayta qurish, investitsiya siyosatini shakllantirish, raqobatga qobil tayyor mahsulotlar ishlab chiqaradigan ishlab chiqarishlarni ustuvor rivojlantirish, ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, Qoraqalpogʻiston Respublikasini, viloyatlar, shaharlar va tumanlarni kompleks rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, oʻzaro foydali tashqi iqtisodiy, savdo va ilmiy-texnika aloqalarini rivojlantirish, chet el investitsiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika aholisining moddiy farovonligini mustahkamlash, uning kam taʼminlangan tabaqalarini ijtimoiy himoya qilish boʻyicha takliflarni asoslab berish, xalq turmushi darajasini oshirish, ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish yoʻnalishlari va yoʻllari istiqbolini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona statistika siyosati yurgizish, xalq xoʻjaligi faoliyat koʻrsatishining vujudga kelayotgan sharoitlarini, bozor munosabatlariga oʻtishni, narxlarning oʻzgarishini, mulkchilikning xilma-xil shakllari rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy asoslangan hisobot koʻrsatkichlari tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni toʻplash va ularni qayta ishlashning ilgʻor tizimlarini joriy etish, kompyuterlashtirishni keng joriy etish va respublika hisoblash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy schyotlar va xalq xoʻjaligi balansi tizimi uslubiyatini ishlab chiqish, butun statistikani zamonaviy xalqaro meʼyorlar va standartlarga muvofiqlashtirish ishlariga rahbarlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi (oʻrtoq E. J. Boqiboyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi bilan birgalikda 10 kun muddatda hisoblash markazlarida, shuningdek, tuman (shahar) istiqbolni belgilash va statistika organlarida amalga oshiriladigan tahliliy ishlarni taʼminlashga budjetdan mablagʻ ajratish masalasini koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yildan boshlab istiqbolni belgilash va statistika organlarining moddiy negizini mustahkamlashga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi hisob-kitoblari boʻyicha maqsadli yoʻnalishda zarur valyuta va budjet mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi (B. S. Hamidov) 20 kun muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statistikani takomillashtirish boʻyicha yangi vazifalarni va hisoblash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirishni hisobga olgan holda Bosh hisoblash markazi va uning tuzilmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat va oʻziga qarashli tashkilotlarning iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning zamonaviy talablariga javob beruvchi malakali xodimlar bilan butlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-avgustdagi 367-son qarorining 1, 3-bandlari (1, 2, 3-ilovalarni tasdiqlashga oid qismi) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316-son