30.12.2020 yildagi 818-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nIzomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4820-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4820-son qarorining 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylar, ularning filial va boʻlimlari roʻyxatiga 2-ilovaga muvofiq qoʻshimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
818-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-dekabrdagi 818-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, shuningdek, hisob va hisobotini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining (keyingi oʻrinlarda — Majmua) budjetdan tashqari mablagʻlarini saqlash uchun depozit hisobvaragʻida jamlanadi hamda ushbu Nizomda belgilangan maqsadlarga sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining madaniy ishlar boʻyicha maslahatchisi — “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi boshligʻi tomonidan tasdiqlangan va Toshkent harbiy okrugi moliya xizmatida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadigan yillik daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma faoliyatini boshqarish va nazorat qilish Majmua boshligʻi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yil oxirida Jamgʻarma mablagʻlarining qoldiqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga kiritilmaydi va kelgusi moliya yili uchun Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmuaga va uning obyektlariga kirish uchun chiptalar sotishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua mulkini belgilangan tartibda ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining depozit hisobvaraqlariga joylashtirilgan vaqtinchalik boʻsh turgan mablagʻlarga hisoblangan foizlardan tushgan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalarga muvofiq koʻrgazmalar tashkil etishdan va boshqa xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilgan homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua mulkini ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar toʻliq Majmuaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua tarkibiy boʻlinmalari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda qatnashish, Majmua hududiga va muzeyga kirish uchun chiptalar narxi, shuningdek, Majmua hududida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar uchun tarif Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tegishli hududdagi muzeylar va boshqa madaniyat muassasalari (tashkilotlar) tomonidan koʻrsatiladigan oʻxshash xizmatlar uchun belgilangan oʻrtacha narxlarni qoʻllagan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 75 foizdan kam boʻlmagan miqdorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmuaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari uchun, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
modernizatsiya qilish, joriy va mukammal taʼmirlash hamda xarid qilish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik va texnik (tashkiliy) mol-mulkni, mebel, kompyuter texnikasi, ilmiy va maxsus adabiyotlar hamda boshqa moddiy-texnik vosita (mulk)larni xarid qilishni, adabiyotlar chop etishni, tegishli rejalar doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni, xalqaro harbiy va harbiy-texnik hamkorlik tadbirlarini moliyalashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bayram tadbirlarini, koʻngilochar va madaniy tadbirlarni moliyalashtirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmuaning faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish va vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qoʻshimcha tadbirlar uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 25 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar (xodimlar), Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilarini moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish uchun, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar (xodimlar), Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari xodimlari hamda xorijiy davlatlar vakillarini taqdirlash uchun gulchambarlar, guldastalar, esdalik sovgʻalari, qimmatbaho sovgʻalar va hokazolar xarid qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmuaning faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalariga yuklangan funksiyalarni amalga oshirish va vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan boshqa qoʻshimcha tadbirlar uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromad smetasini tasdiqlash va sarflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining madaniy ishlar boʻyicha maslahatchisi — “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi va Toshkent harbiy okrugi moliya xizmatida belgilangan tartibda roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarmadan mablagʻlar ajratish va ularni sarflash daromadlar va xarajatlar smetasi Toshkent harbiy okrugi moliya xizmatida roʻyxatga olinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar belgilangan tartibda Toshkent harbiy okrugi moliya xizmatida roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatilgan homiylik xayriyalarining toʻliq summasi, agar homiy bilan aniq maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi kelishilmagan boʻlsa, Majmuaning faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy boʻlinmalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarmaning kassa xarajatlari tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasining parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha hisob va hisobot berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarma mablagʻlarini hisobga olish belgilangan tartibda va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari roʻyxati asosida yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan hisobot belgilangan tartibda Majmua boshligʻi tomonidan Toshkent harbiy okrugi moliya xizmatiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Majmua boshligʻi va moliya boʻlimi boshligʻi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarining qonuniy va maqsadli yoʻnaltirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarining tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga qatʼiy muvofiq ravishda sarflanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha xarajatlarning toʻgʻri hisobga olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan oqilona foydalanilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar (yetkazib beruvchilar) bilan tuziladigan shartnomalarning asosli va qonunchilik hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilishi va tuzilishi;
(15-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilishini tasdiqlaydigan birlamchi hujjatlar va boshqa hujjatlarning ishonchliligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Jamgʻarma mablagʻlarining toʻgʻri shakllantirilishi va ulardan foydalanilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Moliya-iqtisod bosh boshqarmasi va Nazorat-taftish boshqarmasi, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-dekabrdagi 818-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylar, ularning filial va boʻlimlari roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan muzeylar, ularning filial va boʻlimlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 12 va 13-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

12.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi

Toshkent shahri

.

13.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Gʻalaba bogʻi yodgorlik majmuasi tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi

Toshkent shahri

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/818/1684-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)