09.09.2020 yildagi PQ-4820-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʻrsatgan koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasini keng miqyosda yoritish, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish, ularning beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent shahrida “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu jasorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlarini, tarixiy-badiiy ekspozitsiyalarni oʻz ichiga olgan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi barpo etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining faoliyatini samarali tashkil etish, uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondini doimiy ravishda boyitib borish, ushbu yoʻnalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va kelajak avlod uchun arxiv hujjatlari va ashyolarni saqlab qolish, yoshlarni yuksak gumanizm va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Toshkent shahar hokimligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi shaklidagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (keyingi oʻrinlarda — Majmua) faoliyatini Toshkent shahri, Olmazor tumani, Sagʻbon koʻchasi manzilida tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-365-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 07/23/365/0853-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Majmuaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini koʻrsatgan koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasini ilmiy asosda oʻrganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, front ortidagi mehnat qahramonliklari, yurtimizga evakuatsiya va deportatsiya qilingan turli millat vakillari, xususan, bolalarning bagʻrikenglik bilan kutib olinishi va ularga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatilishi singari tarixiy voqealarni aks ettirish orqali yosh avlodning maʼnaviy olamini yuksaltirish va keksa avlod bilan vorisiylik tuygʻusini kuchaytirish, yuksak gumanizm, ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning tarixiy xotira bilan yashab, oʻtganlar xotirasini yod etishi, ularga hurmat bajo keltirishi, shuningdek, mazmunli dam olishi bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda respublika va xalqaro miqyosda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, mahorat darslari, ijodiy kechalar, koʻrgazmalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi davriga oid xorijiy muzey ekspozitsiyalari va arxivlari fondlarini oʻrganish, Oʻzbekiston xalqining gʻalabaga qoʻshgan ulkan hissasini ilmiy asoslash uchun maqsadli, fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish hamda ularni keng jamoatchilikka taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shon-sharaf” davlat muzeyi fondlari va ekspozitsiyalarini Ikkinchi jahon urushi bilan bogʻliq hujjatlar va boshqa eksponatlar bilan muntazam boyitib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushiga oid muzey ashyolari va kolleksiyalarini saqlash, yangilarini aniqlash, toʻplash, ular haqidagi maʼlumotlarni nashrga tayyorlash, chop etish va ilmiy isteʼmolga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urush davrida yurtdoshlarimizning jangovar va front ortidagi fidokorona xizmatlarini aks ettiradigan tarixiy xotirani mustahkamlash maqsadida taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda Majmuada ochiq darslar, maʼruza va seminar mashgʻulotlari oʻtkazishni, talabalarning malakaviy amaliyot oʻtashini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmuada turistlar, tadqiqotchilar va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va uning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi ekspozitsiyasini takomillashtirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish hamda noanʼanaviy koʻrgazmalar yaratish boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ushbu yoʻnalishdagi chet el muzeylari bilan koʻrgazmalar tashkil etish borasida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga madaniy-dam olish xizmatlarini koʻrsatish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, 2023-yil 1-noyabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va madaniyat departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) tashkil etiladi. Departament Mudofaa vazirligi boʻlinmalarining (qoʻshinlarining) madaniyat va sanʼat sohasidagi faoliyatini, maʼnaviyat va maʼrifat hamda madaniyat markazlari, harbiy orkestrlar, kutubxonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va samarali boshqarishga, ularga madaniyat va sanʼat sohasidagi vazifalarni bajarishda koʻmaklashishga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Harbiy orkestr xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Alohida namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri etib qayta nomlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Alohida namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli Departament boʻysunuviga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, Maʼnaviyat va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament faoliyatini tashkil etish hamda Departament huzuridagi Maʼnaviyat va madaniyatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-365-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 07/23/365/0853-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Majmuani saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasi quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmuaga va uning obyektlariga kirish uchun chiptalar sotish, uning mulkini ijaraga berish, shartnomaga muvofiq koʻrgazmalar tashkil etishdan va boshqa xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilgan homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Majmuaga tashrif buyurish uchun bir martalik chipta narxi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Zarur hollarda Majmuaga, uning faoliyatini tashkil etish uchun tegishli bazaviy lavozim maoshi boʻyicha soatbay mehnatga haq toʻlash asosida boshqa mutaxassislarni jalb etishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Majmua hududida Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va maʼrifat markazi binosini qurish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua va Departament faoliyatini tashkil etish uchun zarur shtat birliklari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida ajratiladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-365-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 07/23/365/0853-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua va Departament Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisobvaraqlariga hamda xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega boʻladi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-365-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 07/23/365/0853-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua hududida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maʼnaviyat va madaniyat departamenti, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, Alohida namunali-koʻrgazmali harbiy orkestri, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli bepul foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi;
(8-band Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-365-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 07/23/365/0853-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri bilan kelishilgan holda mudofaa vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan muassasa hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, Maʼnaviyat va madaniyat departamenti hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti oʻz maqomiga, xodimlar (harbiy xizmatchilar) mehnatiga haq toʻlash (pul taʼminoti) shartlariga koʻra Mudofaa vazirligi markaziy apparatining bosh boshqarmasiga tenglashtiriladi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-noyabrdagi PQ-365-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2023-y., 07/23/365/0853-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Majmuaning 2021-yildan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari loyihalarini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritilishini va ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida Majmua ilmiy loyihalariga belgilangan tartibda mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda xalqimizning Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk Gʻalabaga qoʻshgan munosib hissasini chuqur oʻrganish va targʻib etish borasidagi yangi maʼlumotlarni, Majmuada olib borilayotgan ilmiy-maʼrifiy, ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻzida atroflicha aks ettiradigan kitob-albom tayyorlab, har yili 9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida nashr etishni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk Gʻalabaga qoʻshgan munosib hissasi haqidagi kitob-albomni tayyorlash va nashr etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti faxriylarining qahramonligiga oid materiallarni toʻplash hamda Majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondida saqlanayotgan eksponatlar va maʼlumotlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish va Majmua fondini doimiy ravishda boyitish ishlarini amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalari talabalari (kursantlari), magistrantlari va doktorantlari tomonidan urush yillariga oid ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishlarini tashkil etsin, ushbu maqsadda “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi obyektlarida alohida oʻquv xonalari ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlikda mavzuga oid badiiy, ilmiy-ommabop kitoblarni nashr etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabada oʻzbek xalqining munosib hissasini kelgusi avlodlar xotirasida saqlab qolish uchun rejalashtirilgan tadbirlarni doimiy ravishda oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmua tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning burchaklarini yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Majmua ichki hududi va obyektlarining qoʻriqlanishi va yongʻin xavfsizligini, Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya Majmuaga tutash boʻlgan tashqi hududlarning kecha-kunduz qoʻriqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Majmuaning murojaatiga asosan xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy hamkorlik oʻrnatish va rivojlantirishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Majmuaning murojaatiga asosan uning belgilangan tartibda telekommunikatsiya va yuqori Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Madaniyat vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majmuaga kirish chiptalarining onlayn savdosini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tillarda onlayn gid va onlayn ekskursiya oʻtkazish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shon-sharaf” davlat muzeyining zamonaviy saytini yaratish hamda unda “3D” va “3600” formatidagi fotoalbomni shakllantirish va joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Savdo-sanoat palatasi va “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va “Shon-sharaf” davlat muzeyi hududida milliy esdalik sovgʻalari mahsulotlari hamda muzeyda saqlanayotgan ashyolar nusxalarining savdosini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Belgilansinki, Majmua hududida esdalik sovgʻalari mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi hunarmandlar faqat oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni sotadi va “Xalq amaliy sanʼati ustalarining milliy katalogi”ga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toshkent shahar hokimligi 2020-yil 1-oktabrga qadar Majmuani belgilangan tartibda qabul qilib, tegishli kadastr hujjatlarini rasmiylashtirsin va uni barcha mol-mulki bilan operativ boshqarish huquqi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga tekin foydalanish huquqi asosida topshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda Majmuani yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Majmuaga ichki va tashqi sayyohlarni keng jalb etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi bilan hamkorlikda Majmuada oʻtkaziladigan madaniy va maʼrifiy tadbirlarga taniqli yozuvchilar, shoirlar, ijod maktablari oʻquvchilari, shonli tariximiz va madaniyatimiz boʻyicha mutaxassislarni, harbiy ansambl va orkestrlar hamda boshqa musiqa va sanʼat vakillarini keng jalb qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Majmuaga tegishli taʼlim muassasalari taʼlim oluvchilarini keng jalb qilgan holda Ikkinchi jahon urushi yillari tarixi va vatanparvarlik mavzularida doimiy ravishda mashgʻulotlar oʻtkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3726-son qarori 2-bandining “b” kichik bandidagi “joylar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari” soʻzlari “oʻrinlar oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi uch oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Spichrayteri X.M. Sultonov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 9-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4820-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4820-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Majmua faoliyatini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yaratish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Majmua logotipini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Shartnoma asosida

2020-yil

30-sentabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi

2.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini respublikaning turizm yoʻnalishlari roʻyxatiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

5-oktabr

-

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

3.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasining Ustavini hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy

hujjat

2020-yil

10-oktabr

-

Mudofaa vazirligi

4.

Majmua xodimlarining maxsus kiyim-bosh namuna-etalonlarini tasdiqlash, shuningdek xodimlarni maxsus kiyim-bosh va poyabzal bilan taʼminlash tartibi va meʼyorlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2020-yil

20-oktabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi

5.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasini rivojlantirish jamgʻarmasini shakl-lantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2020-yil

15-noyabr

-

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi

II. “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondi va ekspozitsiyalarini boyitish

6.

“Shon-sharaf” davlat muzeyi fondini boyitish uchun Ikkinchi jahon urushi davriga oid urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimiz qahramonliklari va ularning koʻrsatgan matonatini ochib berishga qaratilgan badiiy va hujjatli filmlarni “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondiga taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

10-oktabr

-

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzarxiv” agentligi, Mudofaa vazirligi

7.

“Shon-sharaf” davlat muzeyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, respublika viloyatlar va Toshkent shahrining Ikkinchi jahon urushida gʻalabaga qoʻshgan hissalariga oid arxiv hujjatlari va materiallarini, ashyoviy dalillarni oʻz ichiga olgan alohida eksponatlar, stend va vitrinalar majmuasini yaratish hamda urush va front orti qatnashchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini takomillashtirib borishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-noyabr

va doimiy

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi

8.

“Shon-sharaf” davlat muzeyida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning alohida burchaklarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

10-dekabr

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi

9.

Majmua fondida saqlanayotgan eksponatlarni xatlovdan oʻtkazish va ularning elektron bazasini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

30-dekabr

-

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi fondlarida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi mavzusiga va oʻsha davrga taalluqli ijod namunalarini vaqtinchalik ravishda “Shon-sharaf” davlat muzeyida namoyish qilib borish.

Qoʻshma qaror

doimo

-

Badiiy akademiya, Mudofaa vazirligi

11.

Oʻzbekistondan Ukraina, Shimoliy Kavkaz, Shimoliy Qozogʻiston va boshqa joylarga 30-yillarda surgun qilingan “quloq” xoʻjaliklaridagi armiya yoshida boʻlgan harbiy majburiyatni oʻtashga loyiq deb topilgan va urushga joʻnatilgan oʻzbek farzandlari, uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm etilgan yurtdoshlarimiz, ularning front ortidagi mudofaa inshootlari, mehnat lagerlarida fidokorona mehnati haqidagi maʼlumotlarni yigʻish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi

12.

Ikkinchi jahon urushi davri, urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimiz buyumlari, arxiv hujjatlari, ashyoviy dalillar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va eksponatlarni “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondiga topshirish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shu jumladan, ushbu i�ga koʻngillilarni jalb etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

1941 — 1945-yillarda mamlakatimizdan safarbar qilingan “Qurolsiz askarlar” va ularning qahramonona va ayni paytda fojiali hayoti, gʻalabaga qoʻshgan hissasini keng aks ettirish, Ural, Boshqirdiston, Perm, Chkalovsk, Orsk, Nijniy-Tagil, Sverdlovsk, Moskvadagi arxivlardan tegishli materiallarni izlab topish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar
va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Fanlar akademiyasi, “Oʻzarxiv” agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

14.

Ikkinchi jahon urushi davriga oid arxiv hujjatlari nusxalari va maʼlumotlarni belgilangan tartibda maxfiylikdan chiqarib, “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondiga topshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-2021-yillar

-

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, “Oʻzarxiv” agentligi

15.

“Shon-sharaf” davlat muzeyida yaratilgan eksponatlar boʻyicha muzey ishining xalqaro tajribalaridan kelib chiqib dizaynerlik ishlarini davom ettirish.

Rejaga muvofiq shartnoma asosida

doimo

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi

III. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish

16.

Oʻzbekiston Respublikasidan Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan askarlarning hozirgi kungacha nomaʼlum boʻlgan qabrlarini va ular haqidagi maʼlumotlarni topish maqsadida “Bobomni izlayman” qidiruv loyihasini tuzib, idoralararo qidiruv guruhlarini tuzish va tarixiy hujjatlarda zikr etilmagan vatandoshlarimizni izlash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Qoʻshma qaror

2020-yil

1-oktabr

Tegishli vazirliklar
va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Oʻzarxiv” agentligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi

17.

Ikkinchi jahon urushida ishtirok etib halok boʻlgan yurtdoshlarimiz va askarlarning hozirgi kungacha nomaʼlum boʻlgan qabrlarini va ular haqidagi maʼlumotlarni topish maqsadida Oʻzbekiston “Promitey” vatanparvarlik ekspeditsiyasi qidiruv faoliyatini takomillashtirish va unga soha mutaxassislarini jalb qilgan holda qidiruv ishlarini tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil

15-oktabr

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, Fanlar akademiyasi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi

18.

Majmuaning 12 ta mavzuga doir hududlari va “Shon-sharaf” davlat muzeyining 6ta boʻlimi toʻgʻrisida maʼlumotlarni aks ettiruvchi 1 — 4, 5 — 8 va 9 — 11-sinflar oʻquvchilariga moʻljallangan yoʻriqnomalarni ishlab chiqish.

Yoʻriqnoma

2020-yil

25-oktabr

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Fanlar akademiyasi

19.

“Shon-sharaf” davlat muzeyi faoliyatini takomillashtirishda “Xalqaro muzeylar ittifoqi” (ICOM — International Council of Museums) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Hamkorlik rejasi

2020-yil

10-dekabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi

20.

Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunasini koʻrsatgan koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Majmua ilmiy loyihalariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida ajratilgan mablagʻlar

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

21.

Ikkinchi jahon urushida xalqimiz koʻrsatgan jasorat va front ortidagi matonat haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasiga muvofiq tanlovlar asosida ilmiy loyihalarni shakllantirish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Majmua ilmiy loyihalariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq tanlovlar asosida ajratilgan mablagʻlar

Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

22.

Ikkinchi jahon urushiga, urush qatnashchilari va front orti faxriylarining qahramonligiga oid materiallarni hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyi fondida saqlanayotgan eksponatlar va maʼlumotlar asosida badiiy, ilmiy-ommabop kitoblarni nashr etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

23.

Majmua faoliyatini takomillashtirish maqsadida YUNESKOning ilmiy va madaniy loyihalarida ishtirok etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi

24.

Majmua faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi hamda xorijiy tashkilotlar bilan madaniy-gumanitar sohada ilmiy hamkorlik oʻrnatish, memorandumlar imzolash.

Ikki tomonlama rejalar

doimo

-

Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

25.

Respublika oliy va oliy harbiy taʼlim muassasalari talabalari (kursantlari), magistrantlari va doktorantlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi uchun “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi obyektlarida alohida oʻquv xonalari ajratish va hamkorlikda ilmiy izlanishlarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat bojxona qoʻmitasi

26.

Oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushida gʻalabaga qoʻshgan hissasini tadqiq etish boʻyicha ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar muhokamasiga bagʻishlangan respublika va xalqaro darajada ilmiy-amaliy konferensiyalar, maʼnaviy-maʼrifiy seminarlar oʻtkazish.

Hamkorlik rejasi

doimo

-

Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi

IV. Maʼnaviy-maʼrifiy, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish

27.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning Vatan ravnaqi yoʻlida koʻrsatgan xizmatlari uchun munosib eʼtibor koʻrsatish maqsadida ularning yashash manzili boʻyicha umumtaʼlim muassasalarini biriktirish.

Alohida jadval

2020-yil

30-oktabr

-

Xalq taʼlimi vazirligi

28.

Respublika taʼlim muassasalari talaba-oʻquvchilarini urush qatnashchilarining va front orti mehnatkashlarining fidokorona mehnatlarini madh etish, ularni urushning dahshatli oqibatlarini hech qachon unutmaslikka chorlash, mustaqillik, tinch va osuda hayotning qadriga yetish va Vatan himoyasiga doimo tayyor turish ruhida tarbiyalashga qaratilgan mavzuli tashriflarini Majmuada uyushtirish.

Alohida jadval

doimo

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

29.

Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi umumtaʼlim muassasalarining yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tayyorlash boʻyicha direktor oʻrinbosari — Harbiy chaqiriqqacha tayyorlash rahbarlari hamda Tarix fani oʻqituvchilariga Majmuaning ekspozitsiyalari fondi orqali oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga zamin yaratish va oʻquv jarayoni sifatini oshirish maqsadida foydalanishlarini yoʻlga qoʻyish.

Alohida jadval

doimo

Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi

30.

Majmua hududida umumtaʼlim muassasalarining tarix va chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash fanlarini hamda “Maʼnaviyat soat”larini ekskursiya shaklida tashkil etishni yoʻlga qoʻyish.

Hamkorlik rejasi

doimo

-

Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi

31.

Majmuada oliy taʼlim muassasalarining tarix fakultetlari talabalarining tanishuv amaliyoti
va Ikkinchi jahon urushi bilan bogʻliq oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish.

Alohida jadval

doimo

-

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi

32.

Majmuada doimiy ravishda yoshlarni jalb etgan holda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar, taniqli olim va ijodkorlar, harbiylar bilan maʼrifiy suhbatlar tashkil etish, tarixiy kinofilmlar namoyish etish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi

33.

Ikkinchi jahon urushi janglarida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunasini koʻrsatgan koʻp millatli Oʻzbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk Gʻalabani taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasini mahallalarda keng miqyosda targʻib qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

34.

Madaniyat vazirligi tizimidagi teatrlar va “Turon” harbiy davlat teatri tomonidan Ikkinchi jahon urushi davriga oid hamda fashizmga qarshi kurashda, front ortida fidokorona mehnat qilgan vatandoshlarimiz koʻrsatgan matonati, qahramonliklari haqida sahna asarlari yaratish va muntazam namoyish etib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi

35.

Respublika teatr jamoalari, Mudofaa vazirligining “Turon” harbiy davlat teatri hamda oliy taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan “Talabalar teatr studiyalari” kabi badiiy jamoalar dasturlari va tanlovlarining “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidagi amfiteatrda namoyishini uyushtirib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi

36.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining jasoratlari hamda front orti faxriylarining fidoyiligini aks ettiruvchi videoroliklar, qisqa metrajli filmlar va koʻrsatuvlar tayyorlash hamda OAVda yoritib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

“Oʻzbekkino” milliy agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzarxiv” agentligi, Mudofaa vazirligi

37.

Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga qoʻshgan hissasini harbiy-vatanparvarlik aksiyalari, musiqiy festivallar, ijodiy tanlovlar va teatrlashtirilgan sahna asarlarini namoyish etish orqali keng targʻib etib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

doimo

-

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi

38.

Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida aniqlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda front orti mehnatkashlari haqidagi maʼlumotlarni ularning oila aʼzolariga yetkazish va oʻzaro maʼlumot almashish tadbirlarini amalga oshirish

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

-

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi

39.

Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yoshlarning minnatdorchilik xatlarini yuborishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

-

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi

40.

Majmuada yoshlar oʻrtasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga bagʻishlab “Shon-sharaf” respublika harbiy festivalini oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil

20-aprel

Tegishli vazirliklar va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi

41.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining jasoratlari hamda front orti faxriylarining fidoyiligini aks ettiruvchi animatsion (multiplikatsion) filmlar tayyorlash, ularni “Shon-sharaf” davlat muzeyida, shuningdek, maktabgacha taʼlim va oʻrta taʼlim muassasalarida namoyish qilishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

Tegishli vazirliklar

va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

“Oʻzbekkino” milliy agentligi, “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi

42.

Yoshlar oʻrtasida oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi badiiy, publitsistik asarlar yaratilishini ragʻbatlantirish maqsadida ijodiy ishlar tanlovlarini oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-2021-yillar

Tegishli vazirliklar

va idoralarga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi

V. Majmuaning moliya-xoʻjalik faoliyatini tashkil etish

43.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi
va “Shon-sharaf” davlat muzeyiga kirish uchun aholiga pullik xizmat koʻrsatishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

30-sentabr

-

Mudofaa vazirligi

44.

Majmua hududida aholiga xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyatini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

30-sentabr

-

Mudofaa vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi

45.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasiga tashrif buyuruvchi aholi va chet ellik turist-larning dam olishi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida tez ovqatlanish punktlarini (“fast-fud”) tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

1-oktabr

-

Mudofaa vazirligi

46.

Majmua obyektlari va eksponatlari hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga oid oʻzbek, rus, ingliz tillarida va boshqa tillarda taqvimlar, bukletlar, otkritkalar, flayerlar, yon daftarchalar, fotoalbom, kitoblar, shuningdek statuet-kalar, esdalik sovgʻalari va suvenir mahsulotlari namunalarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlarga muvofiq shartnoma asosida

2020-yil

15-oktabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Oʻzbekiston hunarmandlari uyushmasi, Mudofaa vazirligi

47.

Majmua obyektlari va eksponatlari hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga oid bukletlar, otkritkalar, flayerlar, yon daftarchalar, fotoalbom, kitoblar, shuningdek statuetkalar, esdalik sovgʻalari va suvenir mahsulotlarini tayyorlash va savdo shahobchalarida sotuvini yoʻlga qoʻyish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil

1-noyabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi

48.

Majmua amfiteatri va “Shon-sharaf” davlat muzeyi majlislar zalida tadbirlar oʻtkazish uchun ularni pullik ijaraga berishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

-

Mudofaa vazirligi

VI. Majmuaning infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini takomillashtirish

49.

Majmua maʼmuriyatini joylashtirish uchun alohida bino rekonstruksiyasini tugatish va uni zamonaviy mebellar, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jihozlari bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

30-sentabr

Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga

Toshkent shahar hokimligi

50.

Majmua hududida murojaatga asosan belgilangan tartibda Wi-Fi hududlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

10-oktabr

Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga

“Oʻzbektelekom” AK, Mudofaa vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Qurilish vazirligi

51.

“Shon-sharaf” davlat muzeyidagi “book cafe” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uni Ikkinchi jahon urushiga oid hamda jahon va milliy adabiyot durdonalari, ilmiy-ommabop kitoblar va nashrlar bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2020-yil

15-oktabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

52.

Majmua obyektlarining kapital qurilish boʻyicha kafolat muddati oʻtgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi xatiga asosan bosh pudratchi tashkilotga kreditor qarzdorlik toʻlovini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil

15-oktabr

Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga

Toshkent shahar hokimligi, Mudofaa vazirligi

53.

Majmuaning rasmiy veb-sayti va uning faoliyatini yorituvchi telegrambot kanali, Ikkinchi jahon urushi qahramonlariga (“Shon-sharaf” ordeni toʻliq kavalerlari) bagʻishlangan internet saytini yaratish hamda ularni faxriylar. uz sayti bilan bogʻlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil

30-oktabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi

54.

Majmuaga tashrif buyuruvchilarga xizmat qiladigan audiogid tizimini yoʻlga qoʻyish.

Chora-tadbirlar rejasi

2020-yil

10-noyabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi

55.

Majmuaga 3D “Virtual sayohat” dasturini ishlab chiqish va veb-saytga joylashtirish.

Dastur

2020-yil

10-noyabr

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi, Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

56.

Ikkinchi jahon urushi davriga oid, urush qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimiz qahramonliklari, koʻrsatgan matonatini hamda Majmua faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan resurslarni veb-saytga joylashtirib borish hamda kelgusida uning muntazam ravishda ishlab turishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

57.

Imkoniyati cheklangan shaxslarga Majmuada qulay shart-sharoitlar yaratish uchun Majmua eksponatlari boʻyicha maxsus kitoblar nashr etish, bogʻ hududida harakatlanish uchun maxsus texnik vositalar (aravachalar, elektromobillar) bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

Mudofaa vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va boshqa manbalar

Mudofaa vazirligi, Respublika nogironlar jamiyati, Madaniyat vazirligi

58.

Majmuaga yondosh hududlarni tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimo

Toshkent shahar hokimligi mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga

Toshkent shahar hokimligi

59.

Majmuaga 2 ta yengil avtotransport, 1 ta yuk transporti va 1 ta avtobus xarid qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga 2021-yilda qoʻshimcha budjet mablagʻlarini ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil

1-mart

Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan

Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-maydagi PF-75-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4820-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk Gʻalabaga qoʻshgan munosib hissasi haqidagi kitob-albomni tayyorlash va nashr etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISHCHI GURUH TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

X. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Spichrayteri, Ishchi guruh rahbari

2.

K. Sagdullayev

Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori v.b. Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

A. Joʻraboyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

4.

S. Saidolimov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi masʼul xodimi

5.

X. Karshiyev

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining oʻrinbosari

6.

F. Arziyev

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

S. Turdiyev

Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari

8.

B. Abduhalimov

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti

9.

U. Yusupov

Oʻzarxiv agentligi direktori

10.

X. Xudayberdiyev

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori oʻrinbosari

11.

S. Saidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

12.

F. Maxmudov

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

13.

Kelishuv asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati vakili

14.

Kelishuv asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili

15.

M. Hojimatov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

16.

Sh. Rizayev

Oʻzbekkino Milliy agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

17.

J. Ismoilova

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori

18.

Z. Eshmirzayeva

“Oltin meros” xalqaro xayriya jamoat fondi Toshkent viloyati boshqaruv raisi

19.

B. Hasanov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori

20.

O. Abdumoʻminov

Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz direktori oʻrinbosari

21.

Sh. Yusupov

Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshligʻi

22.

B. Abdulahadov

Mudofaa vazirligi markaziy harbiy klinik gospitali boshligʻining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

23.

U. Teshabayeva

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori

24.

F. Abidjanova

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining bosh ilmiy kotibi

25.

A. Jumashov

Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining boʻlim mudiri

26.

M. Rahimov

Tarix institutining boʻlim mudiri

27.

R. Nazarov

Tarix institutining katta ilmiy xodimi

28.

R. Shigabdinov

Tarix institutining katta ilmiy xodimi

29.

R. Shamsiddinov

Andijon davlat universiteti professori

30.

A. Egamnazarov

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

31.

X. Bobojonov

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining katta oʻqituvchisi

32.

B. Koshanov

Qoraqalpogʻiston davlat universitetining professori

33.

Lavozimiga koʻra

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining tegishli oʻrinbosarlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2020-y., 07/20/4820/1275-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2023-y., 06/23/75/0292-son; 16.11.2023-y., 07/23/365/0853-son)