Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi KENGAShINING
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2019-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasini tuzish toʻgʻrisida”gi 2379-III-sonli Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasi (bundan buyon matnda Boshqarma deb yuritiladi)ning tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasining shtatlar jadvali 2-ilovaga* muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasi xodimlarining mehnatiga Yagona tarif setkasi boʻyicha haq toʻlash razryadlari 3-ilovaga* muvofiq;
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining binosidan foydalanish boshqarmasi xodimlariga uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun har oylik ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom 4-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 4-ilovalar berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-dekabrdagi PQ-4053-sonli Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi faoliyatining moddiy-texnik, shu jumladan binolarning joriy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xoʻjalik departamentining tegishli xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mazkur tadbirlar uchun ajratiladigan mablagʻlar qayta taqsimlangan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga oʻtkazilayotgan xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning amaldagi razryadlari, tarif koeffitsiyenti va ish haqi saqlab qolinsin.
Boshqarma xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining rahbari oʻz farmoyishi bilan har oylik ustamalar belgilashi mumkinligi qayd etilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining rahbariga zarur hollarda Boshqarmaning umumiy shtat birliklari soni doirasida unga oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu Qarorni 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida mablagʻlar ajratsin hamda 2020-yildan boshlab esa har yili zarur budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
5. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Devonining rahbari M. Miralimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 1-aprel,
2421-III-son