18.12.2020 yildagi SQ-192-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimining hisoboti hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va yangi ish oʻrinlari yaratish orqali aholi turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2020-yilning toʻqqiz oyi davomida yalpi hududiy mahsulot hajmi 18 trln. 554,6 mlrd. soʻmni, oʻsish surʼati esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet daromadlari prognoz rejasi (1 trln. 10,4 mlrd. soʻm) amalda 105,6 foizga (1 trln. 86,8 mlrd. soʻm) bajarilganligi natijasida budjetga 76,3 mlrd. soʻm qoʻshimcha manbalar shakllantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pandemiya davrida 252 ta korxonaning 5,6 mlrd. soʻm miqdoridagi soliq qarzdorligi, tadbirkorlik subyektlarining 2 ming 412 ta kredit shartnomasi boʻyicha 502,6 mlrd. soʻmlik toʻlovlar muddati uzaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 258,7 mln. AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar oʻzlashtirilib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 3,4 trln. soʻmga teng boʻlgan 1 ming 270 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 16 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat korxonalari tomonidan 347,4 mln. AQSh dollari miqdorida, xususan viloyatning eksport geografiyasiga yangi qoʻshilgan Moldova, Makedoniya, Gana, Kipr, Suriya kabi davlatlarga 6,7 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilinishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyatda Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2 ming 539 nafar shaxs kasbga tayyorlangan, 2 ming 651 nafar ishsiz shaxslarga ijtimoiy toʻlovlar toʻlab berilgan, 4 ming 236 nafar kam taʼminlangan fuqaroga subsidiyalar ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uychi va Norin tumanlarini Andijon viloyatining Baliqchi tumani bilan bogʻlovchi Norin koʻprigi avariya holati bartaraf etilib, zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda “jinoyatchilikni jilovlash”, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 775 ta mahalladan 375 tasida (48,4 foiz) jinoyat sodir etilmagan, 301 ta mahallada (41,8 foiz) jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlinmasida xizmatga jalb etilgan kuch va vositalarni markazlashgan holda boshqarish imkonini beruvchi “Vaziyatlar markazi” tashkil etilgan, shaharning yagona geoinformatsion xaritasi yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda “temir daftar” ga kiritilgan 34,7 mingdan ortiq oilalarga 18 mlrd. soʻm miqdorida manzilli yordam koʻrsatilgan, ushbu oilalarning 47,4 ming nafar mehnatga layoqatli aʼzolari ish bilan taʼminlangan va doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan. Natijada sektor rahbarlarining tavsiyalari asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan 24,4 mingdan ziyod oilalar “temir daftar” roʻyxatidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash ishlari doirasida xorijiy davlatlardan qaytib kelgan xotin-qizlarning 1 120 nafari ish bilan taʼminlangan, 551 nafariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun imtiyozli kreditlar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bilan taʼminlanmagan, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi bor 684 nafar ayolning 321 nafari oilaviy tadbirkorlikka jalb etilib, uy sharoitida doimiy daromad olish imkoniyatiga ega boʻlgan. Uy-joyga muhtoj 44 nafar ayolga yangi qurilayotgan uy-joylarning boshlangʻich toʻlovlari toʻlab berilgan, 80 nafarining uy-joylari taʼmirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ajratilgan 6 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga 16 ta loyiha moliyalashtirilib, 1 251 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba-sinov tariqasida tanlangan Namangan shahri va Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi xonadonlar toʻliq oʻrganilib, “ayollar daftari”ga kiritilgan 4,7 ming nafardan ortiq xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va ijroga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir tuman (shahar) hududida “Yoshlar” kichik sanoat zonasini tashkil etish ishlari boshlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Namangan shahrida yosh tadbirkorlar uchun “Yoshlar” maxsus kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 30 gektarli hududda 65 ta loyiha amalga oshirilishi hamda kelgusida “yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻgʻil-qizlar uchun 3,5 mingta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ishchi guruhi tomonidan viloyatni oʻrganish jarayonida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida oʻz yechimini kutib turgan muammo va kamchiliklar mavjudligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur muammoli masalalar viloyat hamda respublika darajasida hal etilishi nuqtai nazaridan chuqur tahlil etildi. Mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan vakolat doirasida muammo va kamchiliklarni hal etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” loyihasi ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 2020-yil 28-noyabrda boʻlib oʻtgan sessiyasida bu borada amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish natijalari muhokama etildi, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi, mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ishlar samaradorligini yanada oshirish, belgilangan chora-tadbirlar ijrosining nazoratini taʼminlashga mahalliy vakillik organlarini keng jalb etish maqsadida hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Qonunning 322-moddasi va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunning 102-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Abdurazakovning viloyatni kompleks ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi raisi T. Madumarovning Namangan viloyatini oʻrganish yakunlari haqidagi axboroti (ilova qilinadi) maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Namangan viloyatini har tomonlama rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi sessiyasi oʻtkazilganligi, unda viloyatni kompleks oʻrganish yakunlari muhokama etilib, tegishli qaror qabul qilinganligi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) 2020-yil yakuniga qadar Namangan viloyatida soliq toʻlovchilarning budjet oldidagi mavjud qarzdorligini undirish, shuningdek soliq toʻlovchilarga budjetga ortiqcha toʻlangan soliq summalarini qaytarish boʻyicha tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi (M. Saliyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 10-yanvarga qadar ogʻir toifadagi shirkatlarni boshqaruv tashkilotlariga oʻtkazish jarayonida ularning tijorat banklari oldidagi kredit qarzdorligi masalalari hal etilmaganligi bois 2017 — 2020-yillarda koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash maqsadida jalb qilingan kreditlarni qaytarish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 15-yanvarga qadar Namangan tuman kanalizatsiya nasos stansiyasidan tozalash inshootigacha boʻlgan 12,5 km. masofadagi D-300 mm. boʻlgan yuqori bosimli ikkita tarmoqni qayta taʼmirlash, Uchqoʻrgʻon tumanida yangi 10 ming litr3 hajmdagi suv tozalash inshootini qurish va uzunligi 10 km. boʻlgan, maʼnan eskirgan tarmoqlarni yangilash boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda 2021-2022-yillar davomida Namangan shahar I. Karimov koʻchasidagi hamda Davlatobod tumanidagi lokal qozonxonalarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Energetika vazirligi (A. Sultanov) Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida tabiiy gaz tanqisligining oldini olish uchun tabiiy gaz bosimining, elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun bir kunlik erkin isteʼmoli koʻrsatkichining meʼyorda boʻlishi yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Transport vazirligi (I. Mahkamov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-mayga qadar Mingbuloq tumanidagi 4R-126 “Baliqchi-Mingbuloq-Nayman-Pungon” avtomobil yoʻlining 62 — 66 km. oraligʻini, 4R-260 “Jomashuy-Tegirmon-Navbahor” avtomobil yoʻlining 14 — 37 km. oraligʻini taʼmirlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda Toʻraqoʻrgʻon tumanidan oʻtuvchi 4R-112 Fargʻona halqa avtomobil yoʻlining Chust tumani chegarasidan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi umumfoydalanishdagi 54 — 73 km. (19 km.) yoʻlning 2-toifali (54 — 66 km. 2 tasmali, 66 — 73 km. 4 tasmali) qismini rekonstruksiya qilish masalasini investitsiya dasturiga kiritish masalasini oʻrganib, tegishli choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-fevralga qadar Namangan shahrining davlat ahamiyatidagi 4R-117 “Toʻraqoʻrgʻon sh. — Namangan sh. — Chortoq sh. — Keskanyor q. — Sassiqsoy q.” avtomobil yoʻlining 20 km. va 4R-114 “Namangan sh. — Kosonsoy sh. — Qirgʻiziston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 3 km. kesishmasida, shuningdek Goʻzal va Hamroh koʻchalari kesishmasida yangi yoʻl oʻtkazgich (koʻprik) qurish masalasini oʻrganib chiqib, tegishli takliflar tayyorlasin hamda koʻrib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamroyev), Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda Namangan viloyatida 2020-yilda foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud boʻlgan yer maydonlarini oʻzlashtirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-martga qadar paxta-toʻqimachilik klastyerlari faoliyatini tahlil etgan holda klastyerlar tomonidan tumanlarda yetishtiriladigan paxta xomashyosini hududning oʻzida qayta ishlaydigan korxonalar tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (A. Vahobov) Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (D. Kasimov), Adliya vazirligi (R. Davletov) bilan birgalikda 2021-yil 1-fevralga qadar tadbirkorlik subyektlarida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi talablari bajarilishini, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni oʻrganish (moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda) ishlarini Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olmagan holda amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maktabgacha taʼlim vazirligi (A. Shin):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq tumanlari va Namangan shahrida bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qamrov darajasini oshirish, ehtiyoj mavjud boʻlgan mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Namangan viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis boʻlmagan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xalq taʼlimi vazirligi (Sh. Shermatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 25-dekabrga qadar Namangan viloyatidagi maktablarni yetkazilishi belgilangan darsliklar bilan toʻliq taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchqoʻrgʻon tumanining Qirgʻiziston bilan chegara hududidagi “Obod” mahallasida umumtaʼlim maktabi barpo etish masalasini oʻrganib chiqsin va bu borada tegishli choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majitov) Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov) bilan birgalikda Namangan viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining mavjud ehtiyojlari hamda moliyaviy imkoniyatlarini inobatga olgan holda talabalar uchun qoʻshimcha turar joy binolarini qurish masalasini koʻrib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan shahridagi “Mulla Qirgʻiz” madrasasi yaqinida “Namangan Qiangxing Investment” MChJ tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha yuzasidan oʻrganish ishlarini tashkil etsin hamda tegishli xulosa berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-fevralga qadar Namangan viloyatidagi 20 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabini oʻquv (qoʻllanmalar, notalar) darsliklari hamda cholgʻu asboblari bilan taʼminlash ishlarini yakunlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari hamda Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi tomonidan Namangan viloyatidagi 111 mlrd. 775,3 mln. soʻmlik 14 ta loyiha boʻyicha kredit yigʻma jildlari oʻrganib chiqilishini hamda xulosa berilishini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar tomonidan ushbu Qaror bilan yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qilib borsin, kiritilgan takliflar oʻrganib chiqilishini hamda tegishli choralar koʻrilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida 2021-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tahliliy axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Namangan viloyati hokimligi (Sh. Abdurazakov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatdagi faoliyati toʻxtagan korxonalarni tarmoqlar va hududlar kesimida tahlil etib, ularning faoliyatini qayta tiklash boʻyicha har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatdagi eksport prognoz rejasini toʻliq bajarmagan yoki umuman eksportni amalga oshirmagan korxonalarga 2021-yilda samarali faoliyat olib borishlariga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda viloyatdagi boʻsh turgan 54 ta davlat obyektidan samarali foydalanish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatda investitsiya dasturlari bajarilishi ishonchli monitoring qilib borilishini yoʻlga qoʻysin, hududiy investitsiya dasturi ijrosini taʼminlash yuzasidan tegishli choralarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan ekin yerlari davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga boshqa maqsadlar uchun foydalanishga ajratib berilganda yerdan oldingi foydalanuvchining koʻrgan zarari, shu jumladan boy berilgan foyda miqdori hisoblanishini hamda toʻlab berilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman hokimlari tomonidan qishloq xoʻjaligi foydalanishidagi sugʻoriladigan ekin yerlarni boshqa maqsadlar uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga ajratib berish holatlariga butunlay chek qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekin (suvli) yerlar, koʻp yillik daraxtzorlar, yaylov va pichanzorlar va boshqa yerlarning fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi natijasida ularni qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishga sabab boʻlgan, yetkazilgan zararlar vakolatli organlar tomonidan hisoblanishini hamda yer uchastkalari foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishini taʼminlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlari yakuniga yetkazilib, foydalanishga tayyor turgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini doimiy elektr liniyasiga ulash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yoshlar daftari” va “ayollar daftari” shakllantirilishini toʻliq yakuniga yetkazib, unga kiritilgan yoshlar va xotin-qizlarni talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitish, tadbirkorlikka keng jalb etish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni belgilasin hamda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjet erkin qoldiq mablagʻlarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida aholi tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni hal etishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobot va axborotlari belgilangan muddatlarda eshitib borilishini hamda muhokama qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi turmush darajasini oshirish, ular tomonidan koʻtarilayotgan muammolarni hal etish maqsadida ijro hokimiyati organlariga deputat soʻrovlarini kiritib borish va ularning ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“temir daftar”, “yoshlar daftari”, “ayollar daftari” asosida ehtiyojmand oilalar, yoshlar hamda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash borasida belgilangan vazifalar ijrosi ustidan Kengash nazoratini yoʻlga qoʻyish, bu borada deputatlarning faol hamda masʼuliyatli boʻlishlarini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6096-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan masʼul rahbarlarning hisobotlarini eshitib borish;”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari” asosida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha sektorlar rahbarlari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlinmalari, Yoshlar ishlari agentligining hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish hamda tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)ga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar, shaharlar Kengashlarining 2020-yil yakunlari boʻyicha oʻtkaziladigan sessiyalarini yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari mazkur Qarorda belgilangan vazifalarning tegishli vazirlik va idoralar tomonidan ijrosi taʼminlanishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari Z. Nizamxodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 18-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192-IV-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020-yil 18-dekabrdagi SQ-192-IV-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisobotini eshitish masalasani tayyorlash maqsadida viloyatni kompleks oʻrganish yakunlari yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 23 — 28-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar kompleks oʻrganildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish davomida budjet, iqtisodiy islohotlar, agrar, suv xoʻjaligi, kommunal, yoʻl-qurilish va transport infratuzilmasi, ijtimoiy soha, jinoyatchilik va sud-huquq, kambagʻallikni qisqartirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar Namangan viloyatida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va yangi ish oʻrinlari yaratish orqali aholi turmush darajasini oshirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilganligini koʻrsatdi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2020-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida yalpi hududiy mahsulot hajmi 18 trln. 554,6 mlrd. soʻmni, oʻsish surʼati esa oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 104,5 foizni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat boʻyicha 7,4 trln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan, 6 trln. 345,5 mlrd. soʻmlik xizmatlar koʻrsatilgan, chakana savdo aylanmasi 8 trln. 21,5 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy budjet daromadlari prognoz rejasi (1 trln. 10,4 mlrd. soʻm) amalda 105,6 foizga (1 trln. 86,8 mlrd. soʻm) bajarilganligi natijasida budjetga 76,3 mlrd. soʻm qoʻshimcha manbalar shakllantirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pandemiya sharoitida moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun roʻyxatga olingan 34 ming 761 ta muhtoj oilaga 91,9 mlrd. soʻmlik ijtimoiy yordam koʻrsatilgan, 47 ming nafar ishsiz fuqaroning doimiy va mavsumiy ish bilan bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pandemiya davrida 252 ta korxonaning jami 5,6 mlrd. soʻm miqdoridagi soliq qarzdorligi muddati uzaytirilgan, mikrofirma va kichik korxonalardan 33,1 mlrd. soʻmlik inkasso topshiriqnomalari qaytarib olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini ijaraga olgan 760 ta tadbirkorlik subyekti uchun ijara toʻlovlarini hisoblash toʻxtatilgan hamda tadbirkorlik subyektlarining 2 ming 412 ta kredit shartnomasi boʻyicha 502,6 mlrd. soʻmlik toʻlovlarning muddati uzaytirilgan. Natijada faoliyati vaqtincha toʻxtagan 8 ming 529 ta korxona faoliyati qayta tiklanishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyatni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan 1 ming 686 ta loyiha uchun 1,5 trln. soʻmdan ortiq kreditlar boʻyicha 345,0 mlrd. soʻmlik moliyaviy yordam (kafillik va kompensatsiya koʻrinishida) berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturiga asosan 32 ta loyiha doirasida 161,3 mlrd. soʻmdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilgan, qoʻshimcha 363 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorlarni qoʻllab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish borasidagi ishlar natijasida 258,7 mln. AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar oʻzlashtirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 107,5 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy investitsiya dasturi doirasida qiymati 3,4 trln. soʻmga teng 1 ming 270 ta loyiha ishga tushirilgan va 16 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning 25-noyabr holatiga koʻra, viloyat korxonalari tomonidan 347,4 mln. AQSh dollari miqdorida, xususan viloyatning eksport geografiyasiga yangi qoʻshilgan Moldova, Makedoniya, Gana, Kipr, Suriya kabi davlatlarga 6,7 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilinishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida tijorat banklari tomonidan joriy yilning oʻtgan davri davomida qariyb 33,7 mingta jismoniy va yuridik shaxslarga 669,9 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratilgan, mazkur kreditlarning 79,8 mlrd. soʻmi “temir daftar”ga kiritilgan 6 ming 428 ta oilaga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda turizm sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar natijasida 2019-yilda xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan turistlar soni 2018-yilga nisbatan 3 barobarga oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning turizm salohiyati Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Turkmaniston, Belorussiya kabi davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro koʻrgazmalarda namoyish etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirda turizm sohasi boʻyicha umumiy qiymati 1 trln. soʻmga yaqin boʻlgan 40 ta investitsion loyiha amalga oshirilmoqda, xususan, Chortoq tumanida “Chartak Resort” MChJ shaklidagi Oʻzbekiston-Niderlandiya qoʻshma korxonasi tomonidan loyiha qiymati 149 mlrd. soʻm boʻlgan 250 oʻrinli, zamonaviy chet el texnologiyalariga asoslangan “Sanatoriya, sogʻlomlashtirish markazi” barpo etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusida Chust tumanini turizm markaziga aylantirish, Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” bogʻini viloyatning “chorlovchi nuqtasi” sifatida rivojlantirish, tekstil korxonalari salohiyatlaridan foydalangan holda, Namangan shahrini Osiyoning “Milan” shahriga aylantirish rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlar hisobidan 2 ming 539 nafar shaxs kasbga tayyorlangan, 2 ming 651 nafar ishsiz shaxslarga ijtimoiy toʻlovlar toʻlab berilgan, 4 ming 236 nafar kam taʼminlangan fuqaroga subsidiyalar ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda bugungi kunda 185 ming 811 gektar sugʻoriladigan yer maydoniga qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻliq joylashtirilgan, joriy yilda 856 ming tonna sabzavot, 104 ming tonna poliz, 278,4 ming tonna kartoshka, 300 ming tonna meva, 124 ming tonna uzum, 74,4 ming tonna dukkakli don mahsulotlari yetishtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yilda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda 3 ming 660 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish (3 ming 150 gektar tomchilatib, 160 gektar yomgʻirlatib, 350 gektar pulsar tizimi orqali) boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavjud 1 ming 342 gektar yaroqsiz bogʻlar oʻrniga va qoʻshimcha 154 gektar maydonda jami 1 ming 496 gektar yangi intensiv bogʻlar barpo etilgan, 217 gektar ochiq maydonga va 43 gektar eski samarasiz tokzorlar oʻrniga yangi tokzorlar barpo etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi 244 gektar issiqxona xoʻjaliklarida yiliga 18,5 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda, shuningdek Pop tumanida 27 gektar limonchilik yoʻnalishida yangi issiqxonalar qurish ishlari yakunlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda 2020-yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 7 ta yoʻnalish boʻyicha (koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash, ijtimoiy sohani tayyorlash, issiqlik, ichimlik suvi, elektr, gaz va koʻmir taʼminoti) ishlar tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, issiqlik taʼminotida 6 ta qozon va 2,5 km. issiqlik tarmogʻi mukammal taʼmirlangan, 1,3 km. elektr tarmogʻi tortilgan, 585 dona transformator punkti va 3 ta kompressor mukammal taʼmirlangan, tabiiy gaz taʼminotida 1 km. gaz quvuri va 14 ta gaz taqsimlash punkti mukammal taʼmirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Namangan shahridagi uzoq yillardan buyon aholi noroziligiga sabab boʻlib kelayotgan “Hududiy oqava suv tozalash” inshootini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning Uychi va Norin tumanlarini Andijon viloyatining Baliqchi tumani bilan bogʻlovchi Norin koʻprigi avariya holati bartaraf etilib, zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida 40 ta obyektda 151,6 mlrd. soʻmlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan. Namangan shahar hududi kengayishi hisobiga aholi soni ortganligi inobatga olinib, sobiq endokrinologiya binosida 150 oʻrinli bolalar shifoxonasini tashkil etish uchun 5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil yakuniga qadar viloyatda bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasini 56,7 foizdan 62 foizga yetkazish maqsadida davlat-xususiy sherikchilik asosida 4 ming 225 oʻringa moʻljallangan 44 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun jami 67,3 mlrd. soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyatda “jinoyatchilikni jilovlash”, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida 775 ta mahalladan 375 tasida (48,4%) jinoyat sodir etilmagan, 301 ta mahallada (41,8%) jinoyatlar soni kamayishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholida huquqbuzarlikka nisbatan toqatsizlik hissini shakllantirish maqsadida “Mening mahallamda jinoyat sodir etilmasligi kerak” nomli targʻibot plakatlari joylashtirilgan, “Sening kelajaging oʻz qoʻlingda”, “Oʻz uyingni oʻzing asra”, “Hushyorlikni yoʻqotma” mazmunidagi bukletlar tarqatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida Namangan shahar IIO FMBda xizmatga jalb etilgan kuch va vositalarni markazlashgan holda boshqarish imkonini beruvchi “Vaziyatlar markazi” tashkil etilgan, shaharning yagona geoinformatsion xaritasi yaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tizimga 178 ta obyektdagi 6,7 mingta zamonaviy raqamli videokuzatuv moslamalari oʻrnatilgan, 10 ta chorrahadagi 88 dona videokuzatuv va qayd etish kameralari, obyektlardagi 395 dona zamonaviy raqamli videokuzatuv kameralari toʻgʻridan toʻgʻri ulangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan shahridagi 3 ta bozor hamda 84-maktabga “Inson yuzini aniqlovchi videokuzatuv kameralari”, “Chorsu dehqon bozori” va “Doʻstlik buyum bozori”ga “Tezkor chaqiruv tugmalari” (SOS) oʻrnatilib, markazga ulangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 4 marotaba oʻtkazilgan “Turmush” tadbirida qariyb 74 mingta oila oʻrganilgan, 1,4 mingta oilaviy nizolar muhokama qilingan, natijada 853 ta nizoli oilaning notinchligiga barham berilgan, 547 ta oilada ajrimlarning oldi olinishiga erishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda “temir daftar”ga kiritilgan 34,7 mingdan ortiq oilalarga 18 mlrd. soʻm miqdorida manzilli yordam koʻrsatilgan, ushbu oilalarning 47,4 ming nafar mehnatga layoqatli aʼzolari ish bilan taʼminlangan va doimiy daromad manbaiga ega boʻlgan. Natijada sektor rahbarlarining tavsiyalari asosida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan 24,4 mingdan ziyod oilalar “temir daftar” roʻyxatidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Namangan viloyati hokimligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida xotin-qizlar muammolarini hal etish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash ishlari davom ettirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, xorijiy davlatlardan qaytgan 2 920 nafar xotin-qizlarning 1 120 nafari ish bilan taʼminlangan, 551 nafariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun 12,5 mlrd. soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda 45 marotaba mehnat yarmarkasi tashkil etilib, ularda ishtirok etgan 1,4 ming nafardan ortiq xotin-qizlarga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berilgan hamda 1 ming nafardan ziyodi ishga joylashtirilgan. Norasmiy ish bilan band boʻlgan 1 ming 486 nafar xotin-qizlar vaqtinchalik oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar sifatida rasmiylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻir ijtimoiy sharoitda yashayotgan 924 nafar ishsiz ayollar bandligini taʼminlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlar belgilanib, bugungi kungacha 577 nafar xotin-qizlar bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish bilan taʼminlanmagan, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi bor 684 nafar ayolning 321 nafari oilaviy tadbirkorlikka jalb etilib, uy sharoitida doimiy daromad olish imkoniyatiga ega boʻlgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ajratilgan 6 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga 16 ta loyiha moliyalashtirilib, 1 251 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlangan, 12 nafar ayollarga tikuv mashinalari olib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyga muhtoj 251 nafar xotin-qizlar roʻyxati asosida bugungi kunga qadar 44 nafar ayolga yangi qurilayotgan uy-joylarning boshlangʻich toʻlovlari toʻlab berilgan, 80 nafarining uy-joylari taʼmirlangan. 673 nafar xotin-qizlarning turli toʻlovlari (qarzlari) homiylar yordamida toʻlab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 284 nafar davolanishga muhtoj ayollar bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, zarur dori-darmon va tibbiy vositalar bilan taʼminlangan, 266 nafar ayollarga moddiy yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda “ayollar daftari” yuritilishini yoʻlga qoʻyish, ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilanib, tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, tajriba-sinov tariqasida olingan Namangan shahri va Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 171 ta mahallalarda yashovchi 150,3 ming mingdan ortiq (Namangan shahrida 108 ming 88 ta va Toʻraqoʻrgʻon tumanida 42 ming 217 ta) xonadonlarda xatlov yakuniga yetkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov davomida 150 ming 305 ta xonadonda yashovchi 134 ming 785 nafar (Namangan shahrida 94 ming 795 nafar va Toʻraqoʻrgʻon tumanida 39 ming 990 nafar) yoshlar va 143 ming 715 nafar (Namangan shahrida 103 ming 518 nafar va Toʻraqoʻrgʻon tumanida 40 ming 197 nafar) ayollar bilan suhbatlar oʻtkazilib, muammolari oʻrganib chiqilgan hamda anketa-soʻrovnomalari toʻldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatlov yakunlariga koʻra, Namangan shahrida 3 ming 848 nafar va Toʻraqoʻrgʻon tumanida 866 nafar ayollar “ayollar daftari”ga kiritilgan va ularni ijtimoiy-huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlash, kasb-hunarga oʻrgatish, ularning bandligini taʼminlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatning qolgan 10 ta hududida ham “ayollar daftari” boʻyicha xatlov ishlari olib borilmoqda. Viloyat boʻyicha 339 ming 305 ta xonadon xatlovdan oʻtkazilib, 433 ming 188 nafar ayollar bilan suhbatlashilgan va anketa-soʻrovnoma toʻldirilgan hamda 351 ming 316 ta (81,1 foizi) anketa-soʻrovnoma elektron bazaga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida har bir tuman (shahar) hududida “Yoshlar” kichik sanoat zonasini tashkil etish ishlari boshlangan. Xususan, Namangan shahridagi Yuksalish dahasida yosh tadbirkorlar uchun “Yoshlar” maxsus kichik sanoat zonasi tashkil etilib, 30 gektarli hududda 65 ta loyiha amalga oshirilishi va kelgusida “yoshlar daftari”ga kiritilgan oʻgʻil-qizlar uchun 3,5 mingta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganish davomida viloyatni har tomonlama rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish borasida koʻplab ishlar amalga oshirilishi bilan bir qatorda, oʻz yechimini kutib turgan muammolar va kamchiliklar mavjudligi ham aniqlandi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq toʻlovchilarning budjet oldidagi qarzdorligi joriy yilning 1-noyabr holatiga 109,9 mlrd. soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 2,5 mlrd. soʻmga oshgan. Ayniqsa, yil boshiga nisbatan soliq qarzdorligi Yangiqoʻrgʻon tumanida 23 foizga, Kosonsoy tumanida 35 foizga, Chust tumanida 64 foizga oʻsgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga ortiqcha toʻlangan soliq summalari joriy yilning 1-oktabr holatiga 86,3 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Soliq toʻlovchilardan budjetga ortiqcha toʻlovlarning undirilishi asosan Mingbuloq, Pop tumanlariga toʻgʻri kelib, birgina joriy yilning oktyabr oyida qariyb 1,8 mlrd. soʻm ortiqcha toʻlov undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Budjet xarajatlarining maqsadli sarflanishi yuzasidan 2020-yilning 9 oyida 514 ta moliyaviy nazorat tadbiri oʻtkazilib, qariyb 10,0 mlrd. soʻmlik qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Moliyaviy xato va kamchiliklarning 2,4 mlrd. soʻmi yoki 24 foizi xalq taʼlimi sohasi tashkilotlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Joriy yil boshiga shahar va tumanlar budjetlarida mavjud erkin qoldiq mablagʻlarining kamida 10 foizini jamoatchilik fikri asosida sarflash boʻyicha portal muhokamasiga jamoatchilik tomonidan jami 2 ming 425 ta taklif berilgan boʻlsada, amalda Kosonsoy tumanidan tashqari birorta tumanda eng koʻp ovoz olgan tadbirlarga mablagʻlar yoʻnaltirilmagan va bu borada jamoatchilik fikri inobatga olinmagan. Vaholanki, berilgan takliflarning 60 foizi taʼlim va tibbiyot muassasalarini hamda ichki yoʻllarni taʼmirlash bilan bogʻliq masalalar tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Budjet kodeksining 126-moddasiga zid ravishda bir qator holatlarda tegishli budjetdan moliyalashtirilishi nazarda tutilmagan tashkilotlarni saqlab turish uchun mablagʻlar ajratilgan. Masalan, viloyat prokuraturasiga Mingbuloq tumani budjetining yil boshiga erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan tuman prokuraturasi binosini joriy taʼmirlash uchun 2020-yil oktyabr oyida 200 mln. soʻm mablagʻ oʻtkazib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5283-son Farmonining 2-bandida respublika tumanlari (shaharlari) xalq deputatlari Kengashlari sessiyalarida qoʻshimcha manbalar, shu jumladan, mahalliy budjetlarning daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash hisobidan moliyalashtiriladigan xarajatlar koʻrib chiqib tasdiqlanishi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, bugungi kunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda barcha shahar, tumanlar budjetlarining 2020-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari markazlashgan holda viloyat budjetiga oʻtkazilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday amaliyotning qoʻllanilishi kelgusida mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini cheklash bilan birga, budjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha olib borilayotgan saʼy-harakatlariga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Koronavirus pandemiyasi taʼsirini yumshatish tadbirlari uchun Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan ajratilgan 160,1 mlrd. soʻm mablagʻning maqsadli sarflanishi oʻrganilganda 3,1 mlrd soʻmdan ortiq moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, 2,3 mlrd. soʻm mablagʻ sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlariga ortiqcha toʻlab berilgan boʻlsa, birgina gipoxlorid dezinfeksiya vositasining qimmat narxda xarid qilinishi natijasida qariyb 248,9 mln. soʻm mablagʻ ortiqcha sarflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat SENOM tomonidan tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilishda haqiqatda ishlamagan transport vositalari orqali utilizatsiya qilish punktiga yetkazilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar rasmiylashtirilishi hamda tibbiy chiqindilarni utilizatsiya qilish narxlariga asossiz qiymatlarni kiritish natijasida 532,4 mln. soʻm budjet mablagʻlari asossiz sarflab yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Joriy yilning yanvar — sentyabr oylarida 4 ming 900 ta yangi tadbirkorlik subyekti roʻyxatdan oʻtkazilgan, shu bilan birga ushbu davr mobaynida 635 ta korxona faoliyati tugatilgan, 483 ta korxona faoliyati toʻxtagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayniqsa, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan faoliyati tugatilgan korxonalar soni Mingbuloq (40 foiz), Yangiqoʻrgʻon (41 foiz), Namangan (46 foiz), Chortoq (91 foiz) oshgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Viloyatdagi 10 ta tuman (shahar)da eksport prognozi rejasi bajarilmagan. Shu jumladan, sanoat sohasida 53 ta korxona tomonidan prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan boʻlsa, 19 ta korxona tomonidan umuman eksport amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Viloyatda 54 ta boʻsh turgan davlat obyektidan samarali foydalanish boʻyicha zarur choralar koʻrilmagan, ularning asosiy qismi xalq taʼlimi tizimidagi obyektlar hisoblanadi. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12 ta boʻsh turgan obyektdan unumli foydalanish boʻyicha takliflar mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 ta obyekt boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilmaganligi bois ixtiyoriy ravishda boshqa tashkilotlar balansiga berib yuborilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 ta obyekt boʻyicha foydalanishga yaroqsizligi toʻgʻrisida Davlat arxitektura qurilish nazorati inspeksiyasidan xulosa olinib, buzish uchun tanlovga kiritilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22 ta obyekt esa bugungi kunda ijaraga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kredit mablagʻlarini ajratish masalalari kechikayotganligi sababli 117 mlrd. 774,8 mln. soʻmlik 14 ta loyihani belgilangan muddatdan kechikib ishga tushirish xavfi mavjud. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga resurs olish uchun 9 mlrd. 504 mln. soʻmlik 3 ta loyiha boʻyicha kredit yigʻma jildlari taqdim etilgan boʻlsa-da, hanuzgacha mablagʻ masalasi hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining hududiy filiallari tomonidan bosh ofislariga 102 mlrd. 271,3 mln. soʻmlik 11 ta loyiha boʻyicha kredit yigʻma jildlari yuborilgan, biroq ular tomonidan hanuzgacha maʼqullanmaganligi sababli kredit mablagʻlari ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pandemiya tufayli xorijiy hamkor tomonidan uskunalar olib kelinmaganligi sababli 96,8 mlrd. soʻmlik 1 ta yirik loyiha ishga tushirilishi kechikmoqda. (“Pop sement” MChJ).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Viloyatda investitsiya dasturlari bajarilishi boʻyicha taqdim etilgan maʼlumotlarda tafovutlar mavjud. Masalan, hududiy investitsiya dasturi (2020-yil 7-iyuldagi № 02-0243) doirasida ishga tushirilgan 1 ming 270 ta loyihadan 19 tasi boʻyicha 29,8 mln. AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya jalb qilinishi koʻzda tutilgan boʻlib, viloyat investitsiya boshqarmasi tomonidan ushbu reja 71,1 foizga (21,3 mln. AQSh dollari) bajarilganligi qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektlarning viloyat statistika boshqarmasiga taqdim etgan hisobotlariga asosan, haqiqatda jalb qilingan toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar miqdori 16,5 mln. AQSh dollarini tashkil etgan va reja 55,2 foizga bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Namangan shahridagi “Namangan Qiangxing Investment” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan 70,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi loyiha qurilishi uchun “Mulla Qirgʻiz” madrasasi yaqinida joylashganligi sababli Madaniyat vazirligidan tegishli xulosa olish jarayoni hal boʻlmayotganligi sababli qurilish jarayonlari kechikmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya sohalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyatda 2020-yilda 1 ming 900 gektar paxta maydonida tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish rejalashtirilgan boʻlib, amalda reja 57 foizga (1 ming 80 gektar) bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchqoʻrgʻon tumanida rejaga nisbatan 31 foiz (87 gektar), Namangan tumanida 39 foiz (65 gektar), Norin tumanida 62 foiz (112 gektar), Chust tumanida 74 foiz (89 gektar) paxta maydonida tomchilatib sugʻorish texnologiyasi joriy etilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4700-sonli qaroriga asosan Namangan viloyatida 2020-yilda foydalanishdan chiqib ketgan va yer osti suvlari zaxirasi mavjud boʻlgan 9 ming 959 gektar, shundan yer osti suvidan foydalanish hisobiga 8 ming 644 gektar yer maydonini oʻzlashtirish belgilangan. Amalda bugungi kungacha 2 ming 416 gektar (24 foiz) yer maydoni qayta foydalanishga kiritilgan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan maydonning 2 ming 776 gektari (28 foizi) belgilangan irrigatsiya tadbirlari yakuniga yetkazilmaganligi, 4 ming 767 gektariga (48 foizi) talabgorlar boʻlmaganligi sababli foydalanishga kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan suv resurslari va yerlardan foydalanish ustidan nazorat “Oʻzagroinspeksiya” Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlib, nazorat obyektining 90 foizi tadbirkorlik subyektlari, fermer xoʻjaliklari, klasster tashkilotlari va boshqalar hisoblanadi. Amaldagi tartibga koʻra, tadbirkorlik subyektlarida oʻtkazilayotgan tekshiruvlar “Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimi”da roʻyxatga olingan holda oʻtkazilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu esa, suv resurslari va yerlardan foydalanishda sodir etilayotgan qonunbuzarlik holatlarini joyida zudlik bilan bartaraf etish imkonini bermayapti. Natijada esa tabiiy resurslardan oʻzboshimchalik bilan nooqilona foydalanish holatlari ortib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyatda umumiy hisobda 59,05 ming tonna asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini maxsus tashkil etilgan muzlatgich va omborxonalarga zaxiraga jamgʻarish belgilangan boʻlib, amalda reja 89,5 foizga bajarilgan. Jumladan, rejaga nisbatan kartoshka 89,7 foiz (31,3 ming tonna), piyoz 95,6 foiz (13,3 ming tonna), sabzi 87,5 foiz (9,6 ming tonna), guruch 77,2 foiz (4,6 ming tonna) zaxiraga jamgʻarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat boʻyicha 2019-yilda 66 ta (163,4 gektar), 2020-yilning oʻtgan davri mobaynida 21 ta (19,23 gektar) holatda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan ekin yerlari davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga boshqa maqsadlar uchun doimiy va vaqtinchalik foydalanishga ajratib berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq ushbu jarayonda yerdan oldingi foydalanuvchining koʻrgan zarari, shu jumladan, boy berilgan foyda miqdori hisoblanmagan hamda fermer xoʻjaligiga toʻlab berish choralari koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat boʻyicha jami 58 ta (Yangiqoʻrgʻon tumanida 22 ta, Kosonsoy tumanida 21 ta, Namangan tumanida 4 ta, Toʻraqoʻrgʻon tumanida 3 ta, Chust tumanida 3 ta, Uchqoʻrgʻon tumanida 2 ta, Pop tumanida 2 ta, Uychi tumanida 1 ta) holatda tuman hokimlari tomonidan vakolati boʻlmasa-da, qishloq xoʻjaligi foydalanishidagi sugʻoriladigan ekin yerlarni boshqa maqsadlar uchun fuqarolar va yuridik shaxslarga ajratib berish toʻgʻrisida tegishli qarorlar qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmonining 5-bandida sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xoʻjaligidan boshqa maqsadlarga, shu jumladan, sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun ajratilishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2020-yilning oʻtgan davri mobaynida jami 1 ming 198 ta holatda 1 ming 568 gektar, shundan 1 ming 467,5 gektar ekin (suvli) yerlar, 44,01 gektar koʻp yillik daraxtzorlar, 10,37 gektar yaylov va pichanzorlar hamda 46,34 gektar boshqa yerlar fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yerlarning oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi natijasida ularni qishloq xoʻjaligi muomalasidan chiqishga sabab boʻlgan yetkazilgan zararlar vakolatli organlar tomonidan hisoblanmagan va yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish choralari koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kommunal, yoʻl-qurilish va transport infratuzilmasi sohalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Koʻp qavatli uylar atrofi boʻlgan 29 ta hududda bolalar maydonchasi mavjud emas, koʻp qavatli uylarga kirish yoʻlaklarining (tratuar) 30 ming 240 m2 qismi taʼmirtalab ahvolda, 132 ta koʻp qavatli uyning 283 ta tashqi yoritish tizimi taʼmirga muhtoj. Shuningdek, koʻp qavatli uylarning 10 ming 315 p/m irrigatsiya tarmogʻi ishlamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ogʻir toifadagi shirkatlarni boshqaruv tashkilotlariga oʻtkazish jarayonida shirkatlarning tijorat banklari oldidagi kredit qarzdorligi masalalari hal etilmagan. 2017 — 2020-yillarda koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash maqsadida jalb qilingan tijorat banklarining kreditlarini qaytarish tizimini takomillashtirish talab etilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Namangan tuman kanalizatsiya nasos stansiyasi 1984-yilda qurilgan boʻlib, hozirgi vaqtga qadar taʼmirlash ishlari olib borilmagan, Uchqoʻrgʻon tumani markazidagi 1985-yilda qurilgan suv tozalash inshooti sutkasiga 1 400 metr3 chiqindini qabul qilish va tozalash quvvatiga ega boʻlib, bugungi kunda sutkasiga 2 500 metr3 chiqindi qabul qilinayotganligi sababli tez-tez avariya holatlari yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyatda isteʼmolchilarni tabiiy gaz bilan taʼminlash gaz taqsimlash stansiyalari (GTS) orqali meʼyor boʻyicha 5-6 kg/sm2 bosimda boʻlishi zarur, ammo hozirgi kunda oʻrtacha 1,5 — 2,0 kg/sm2 bosimda tabiiy gaz bilan taʼminlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buning oqibatida viloyatning barcha hududlarida tabiiy gaz tanqisligi kuzatilmoqda, jumladan, viloyat boʻyicha tabiiy gaz bilan taʼminlanadigan 380 ta MFY hududida yashovchi qariyb 176 mingta xonadondan 205 ta MFYdagi 55 mingga yaqin xonadonga tabiiy gaz yetib bormasligi holatlari vujudga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholi xonadonlariga oʻrnatilgan zamonaviy aqlli hisoblagichlardan 3 ming 655 tasining dasturda ulash maʼlumotlari “Texnopark” MChJga isteʼmol qilingan gaz hajmlari dasturida aks ettirilishini taʼminlash uchun taqdim etilgan boʻlsa-da, dasturga integratsiya qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektr energiyasi boʻyicha viloyatning bir kunlik erkin isteʼmoli 17 mln. kVt.s tashkil etadi, ammo bugungi kunda bir kunda 14,9 mln. kVt.s elektr energiya yetkazib berilmoqda, yaʼni bir kunda oʻrtacha 2,1 mln. kVt.s elektr energiyasi yetishmovchiligi mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “2018 — 2022-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida avtomobil koʻpriklari, yoʻl oʻtkazgichlar va boshqa sunʼiy inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va toʻliq taʼmirlash Dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-3632-sonli qaroriga asosan Namangan shahrida qurilishi belgilangan davlat ahamiyatidagi 4R-117 “Turaqoʻrgʻon sh. — Namangan sh. — Chortoq sh. — Keskanyor q. — Sassiqsoy q.” avtomobil yoʻlining 20 km. va 4R-114 “Namangan sh. — Kosonsoy sh. — Qirgʻiziston Respublikasi chegarasi” avtomobil yoʻlining 3 km. kesishmasida, Namangan shahridagi Goʻzal va Hamroh koʻchalari kesishmasida yangi yoʻl oʻtkazgich (koʻprik) qurish boʻyicha amaliy ishlar boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toʻraqoʻrgʻon tumanidan oʻtuvchi 4R-112 Fargʻona halqa avtomobil yoʻlining Chust tumani chegarasidan boshlab Toʻraqoʻrgʻon tumani hududidan oʻtuvchi umumfoydalanishdagi 54 — 73 km (19km.) yoʻlning 2-toifali (54 — 66 km.lar 2 tasmali, 66 — 73 km.lar 4 tasmali) qismini rekonstruksiya qilish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mingbuloq tumanidagi 4R-126 “Baliqchi — Mingbuloq — Nayman — Pungon” avtomobil yoʻlining 62 — 66 km. oraligʻi, 4R-260 “Jomashuy — Tegirmon — Navbahor” avtomobil yoʻlining 14 — 37 km. oraligʻi taʼmirga muhtoj ahvolda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyatda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 118 ming 331 nafar bolalar qamrab olingan boʻlib, qamrov koʻrsatkichi 51,9 foizni tashkil etadi. Ammo Kosonsoy (49,2 foiz), Chortoq (47,1 foiz) tumanlari, Namangan shahrida (45 foiz) qamrov koʻrsatkichi pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatdagi jami 563 ta maktabgacha taʼlim tashkilotidan 136 tasi (24,1 foizi) kapital rekonstruksiyaga, 189 tasi (33,5 foizi) kapital taʼmirga, 69 tasi (12,2 foizi) joriy taʼmirga muhtoj. Shuningdek, ehtiyoj mavjud boʻlgan 182 ta (23,4 foiz) mahalla hududida maktabgacha taʼlim muassasasi mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning 30 foizi oliy, 70 foizi oʻrta maxsus maʼlumotga ega, ularning 243 nafari (2,4 foizi) mutaxassis emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bugungi kungacha maktablarga 83,9 foiz (1,9 mln. dona) darsliklar yetkazib berilgan, holbuki oʻquv yili boshlanishida maktablar 100 foiz darsliklar bilan taʼminlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uchqoʻrgʻon tumanining Qirgʻiziston davlati bilan chegara hududidagi “Obod” mahallasida maktab mavjud emasligi bois oʻquvchilar 5 km. uzoqlikda boʻlgan qoʻshni mahalladagi maktabga oʻqishga qatnamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyatdagi oʻrta maxsus taʼlim muassasalarining 5 tasida isitish qozonlari jismonan va maʼnan eskirgan (Mingbuloq tumanidagi 1-, 2-son, Chortoq tumanidagi 2-son, Namangan shahridagi 2-son kasb-hunar maktablari, Fargʻona pedagogika instituti huzuridagi Toʻraqoʻrgʻon xizmat koʻrsatish hamda Oʻzbekiston jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Uychi jismoniy tarbiya va sport texnikumlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyatdagi 3 ta oliy taʼlim muassasasida jami 7 ming 600 ta yotoqxonaga ehtiyoj mavjud (Namangan davlat universitetida 4 mingta, Namangan muhandislik-qurilish institutida 2 ming 100 ta, Namangan muhandislik-texnologiya institutida 1 ming 500 ta).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashqi elektr tarmogʻini tortish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-yanvardagi 01-07/1-1057-sonli yigʻilish bayoniga asosan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilganligi uchun obyektlarning loyiha-smeta hujjatlariga tashqi elektr tarmogʻini tortish ishlari kiritilmagan, mahalliy budjetdan esa ushbu tadbirlar uchun mablagʻ ajratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois foydalanishga tayyor holatda turgan baʼzi maktabgacha taʼlim muassasalarida hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan doimiy elektr liniyasiga ulash ishlari amalga oshirilmagan, buning natijasida obyektlarni foydalanishga topshirishda asossiz kechikishlar paydo boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, Mingbuloq tumanida 13-son, Norin tumanida 22-, 47-son, Pop tumanida 40-son, Uychi tumanida 12-son, 13-son maktabgacha taʼlim tashkilotlarida elektr transformator punktlari oʻrnatilgan boʻlsa-da, transformatorgacha keladigan tashqi elektr tarmogʻini tortish ishlari amalga oshirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyatda joriy yilning 10 oyida 2 ming 708 ta jinoyat sodir etilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 788 taga yoki 41 foizga ortgan. Jumladan, ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar 88 taga (463 — 551), qotillik 5 taga (19 — 24), qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish 11 taga (41 — 52), talonchilik 4 taga (14 — 18), bosqinchilik 9 taga (5 — 14), oʻgʻirlik 60 taga (314 — 374), firibgarlik 149 taga (209 — 358), bezorilik 87 taga (51 — 138), oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazish 65 taga (19 — 84), yengil tan jarohati yetkazish 91 taga (24 — 115) koʻpaygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Noaniq sharoitda sodir etilgan 547 ta jinoyatning 123 tasi (22,4 %) fosh etilmagan, ular Namangan shahrida 44 tani, Yangiqoʻrgʻon tumanida 13 tani, Uychi, Uchqoʻrgʻon va Chortoq tumanlarida 10 tadan, Norin tumanida 9 tani, Kosonsoy va Toʻraqoʻrgʻon tumanlarida 7 tadan, Namangan tumanida 4 tani, Mingbuloq, Pop va Chust tumanlarida 3 tadan tashkil etadi. Viloyatdagi 775 ta mahallaning 76 tasida jinoyat soni ortib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2019-yil va joriy yilning 10 oyi davomida prokuratura organlari tomonidan 159 ta holatda 211 nafar mansabdor shaxsga nisbatan korrupsiyaga oid jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilgan. Mazkur jinoyatlarning 27 tasini poraxoʻrlik, 132 tasini mansabni suiisteʼmol qilish tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu sohada tergov qilingan jinoyatlarning idoralar kesimida tahliliga koʻra, 1 nafar hokim oʻrinbosari, 2 nafar MIB, 7 nafar IIV va 1 nafar Mudofaa vazirligi quyi tizimlari, 1 nafar Milliy gvardiya, 6 nafar bandlik, 8 nafar oliy va oʻrta maxsus taʼlim, 22 nafar xalq taʼlimi, 6 nafar maktabgacha taʼlim, 8 nafar qishloq xoʻjaligi sohasi, 2 nafar yer-geodezkadastr tizimi, 5 nafar boshqa davlat organlari, 10 nafar bank, 16 nafar davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, 89 nafar davlat ulushi boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi subyekt, 27 nafar nodavlat notijorat tashkiloti rahbarlari va xodimlari jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Adliya organlari tomonidan 2019-yilda 5 ta, 2020-yilda 2 ta normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihalari belgilangan talablarga rioya qilinmay taqdim qilinganligi sababli ekspertizadan oʻtkazilmasdan qaytarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim hollarda normativ tusdagi hujjatlar tegishli adliya organi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan noqonuniy ravishda qabul qilingan. Xususan, 2019-yilda 73 ta, 2020-yilning oʻtgan davrida 7 ta normativ tusdagi qaror va farmoyishlar adliya organlarida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan qabul qilinganligi aniqlanib, kiritilgan taqdimnomalarga asosan bekor qilinishi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2019-yilda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiyaning kelib chiqishiga, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishiga sharoit yaratib beradigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy qiladigan qoida va normalarni, tadbirkorlik subyektlarida asossiz xarajatlarni vujudga keltiruvchi qoidalar mavjud boʻlgan viloyat hokimining 128 ta qarori va 3 ta farmoyishini, Xalq deputatlari viloyat kengashining 6 ta qarorini qonunchilik normalariga muvofiqlashtirish va bekor qilish toʻgʻrisida taklif kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Madaniyat, yoshlar va xotin-qizlar masalalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2020-2021-yillar davomida Chust tumanidagi “Varzik”, Uychi tumanidagi “Jiydakapa” madaniyat markazlarini taʼmirlash va jihozlash boʻyicha ishlar mablagʻ ajratilmaganligi bois boshlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyatdagi 20 ta bolalar musiqa va sanʼat maktabini jami 750 dona oʻquv (qoʻllanmalar, notalar) darsliklari hamda 867 ta oʻzbek va yevropa cholgʻu asboblari bilan taʼminlash ishlari yakunlanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Mahalliy Kengashlar faoliyati boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatini toʻgʻri va samarali tashkil etish, deputatlik nazoratini taʼminlash, sessiyalarda mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining hisobot va axborotlarini eshitish borasida ayrim kamchiliklar mavjud. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarining mahalliy Kengashlar sessiyalarida hisobotlarini eshitib borish tizimli yoʻlga qoʻyilmagan. Xususan, tuman hokimlarining baʼzi oʻrinbosarlari, moliya, soliq organlari rahbarlarining har chorakda hisobotlari eshitib borilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan ijro hokimiyati organlari rahbarlariga kiritilgan deputat soʻrovlariga belgilangan muddatda javob bermaslik holatlari mavjud. Masalan, Chust tuman Kengashi deputati Gʻ. Ergashevning 2020-yil 2-fevralda tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi boshligʻiga, deputat Sh. Madalimovning 2020-yil 17-fevralda tuman elektr taʼminoti boʻlimi boshligʻiga, 2020-yil 11-mart kuni tuman gaz taʼminoti boʻlimi rahbariga kiritgan deputat soʻrovlariga javob berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy Kengashlar deputatlarining oʻz deputatlik faoliyatini tashkil etishlari, Kengash sessiyalariga tayyorgarlik koʻrishlari, aholi murojaatlari bilan ishlashlari uchun shart-sharoit yaratish maqsadida “deputatlar xonalari” tashkil etish borasidagi ishlar ayrim tumanlarda qoniqarli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganish davomida mahalliy Kengashlar deputatlari bilan muloqotlar olib borildi, ularga faoliyatni toʻgʻri tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berildi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatildi.