Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2025 17.12.2020 yildagi 791-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-sentabrdagi 590-sonli “ Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konservatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash va xatlovdan o‘tkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tadbirlarini moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda konservatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev va O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
791-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-dekabrdagi 791-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom degradatsiyaga uchragan, kam mahsuldor hamda zaharli sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
degradatsiyaga uchragan yerlar — tabiiy va antropogen omillar, xo‘jalik va boshqa faoliyatning salbiy ta’sirlari natijasida tuproq sifati yomonlashgan qishloq xo‘jaligi yerlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni konservatsiya qilish — degradatsiyaga (sho‘rlanishga, cho‘llanishga, botqoqlashishga uchrashi hamda yaylov va pichanzorlarda tuproq-o‘simlik qoplami jiddiy tanazzulga) uchragan, kam mahsuldor, hosildorligi juda pasaygan va tabiiy xususiyatlari bo‘yicha salbiy tavsiflarga ega tuproqlar, yuqori darajada zaharli sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar, og‘ir metallar va boshqa kimyoviy elementlar bilan ifloslangan qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorlik va tabiiy xususiyatlarini tiklash, buzilgan yerlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini va degradatsiya sur’atlarini pasaytirish hamda oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga maqsadli foydalanishdan chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni konservatsiya qilish loyihasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyasining qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam mahsuldor yerlar — maqsadli foydalanish uchun ekologik xavfli va iqtisodiy jihatdan samarasiz deb topilgan, tuproq unumdorligi juda past va tabiiy xususiyatlari bo‘yicha salbiy tavsiflanadigan qishloq xo‘jaligi yerlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kartografik (plan-kartografik) material — xaritalarni yaratish va yangilash uchun foydalanish mumkin bo‘lgan yer uchastkasining fazoviy joylashishi to‘g‘risidagi axborot va hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi yerlari — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish (ishlab chiqarish) uchun doimiy foydalaniladigan ekin (haydalma) yerlar, pichanzor va yaylovlar, bo‘z (tashlandiq) yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan yerlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik talablar buzilishi natijasida tuproqlarning kuchli eroziyaga, sho‘rlanishga, cho‘llanishga, botqoqlashishga uchrashi hamda yaylov va pichanzorlarda tuproq-o‘simlik qoplami jiddiy tanazzulga uchraganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproqlarning inson salomatligi uchun xavfli darajada kimyoviy moddalar va boshqa turdagi ifloslantiruvchilar bilan zararlanishi yoki sho‘rlanishi yoki ishqorlilik darajasining oshishi natijasida yerlarning buzilishi yuzaga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarning kam mahsuldorligi, tuproq hosildorligi juda pasayganda va tabiiy xususiyatlari bo‘yicha salbiy tavsiflarga ega bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlar yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy konsentratsiyalardan yuqori darajada zaharli sanoat chiqindilari, radioaktiv moddalar, og‘ir metallar va boshqa kimyoviy elementlar bilan ifloslanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer uchastkasi jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishida yoki egaligida bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qishloq xo‘jaligi yerlariga nisbatan foydalanish yoki egalik huquqi rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, yerlarni konservatsiya qilish tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konservatsiya qilingan yerlarning qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanganligi bo‘yicha turi konservatsiya qilingan barcha davrda o‘zgarmaydi va statistika hisobotlarida alohida satrda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xo‘jaligi yerlarining buzilishga olib kelgan shaxslarni aniqlash va yetkazilgan zararni qoplash Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Konservatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash va xatlovdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Konservatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Qishloq xo‘jaligi vazirligi), Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qishloq xo‘jaligi yerlarini xatlovdan o‘tkazish va konservatsiya qilinadigan qishloq xo‘jaligi yerlarini aniqlash Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-son qarori bilan tasdiqlangan Yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq har besh yilda umumiy ko‘rikdan o‘tkazish, agrokimyoviy va geobotanik tadqiqotlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari qishloq xo‘jaligi yerlarini xatlovdan o‘tkazish uchun plan-kartografik materiallar va yer uchastkasi to‘g‘risidagi boshqa axborotlarni hamda ulardan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yer-axborot ma’lumotlar bazasiga kiritish uchun Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi yerlarining plan-kartografik va boshqa axborotlari hamda agrokimyoviy va geobotanik tadqiqotlar natijalari asosida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar tuproqlari holati to‘g‘risida milliy, hududiy va mahalliy elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Umumiy ko‘rik, agrokimyoviy va geobotanik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi yerlari konservatsiya qilinadigan guruhga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xo‘jaligi yerlarini degradatsiyaga uchragan, kam mahsuldor hamda zaharli sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslangan konservatsiya qilinadigan guruhga o‘tkazishda ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan tuproq tarkibini tavsiflovchi taxminiy ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mahsuldorligi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yerlari to‘rt toifaga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqli bo‘lgan yerlar — o‘zining tabiiy hosildorligi buzilmagan holda saqlab qolingan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xo‘jaligida foydalanishga yaroqsiz yerlar — so‘ngi uch yil ichida yerlarning buzilishiga, tuproq unumdorligi (ozuqa hajmi) sifati yomonlashuviga olib keladigan jarayonlar bir oz ta’sir qilgan, tuproqning ball boniteti, geobotanik farqlar va boshqa usullar bilan belgilangan bazaviy normativlari 20 foizdan oshmaydigan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kam mahsuldorligi o‘rta darajadagi qishloq xo‘jaligi yerlari — yerlarning buzilishiga olib keladigan jarayonlarga moyil bo‘lgan, so‘ngi uch yil ichida tuproq unumdorligining (ozuqa hajmi) sifati yomonlashuviga olib keladigan jarayonlar vujudga kelgan tuproqning boniteti, geobotanik farqlar va boshqa usullar bilan belgilangan bazaviy normativlari 20 — 40 foizni tashkil qiladigan yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kam mahsuldorligi yuqori darajadagi qishloq xo‘jaligi yerlari — tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladigan jarayonlarga juda sezgir, so‘ngi uch yil ichida tuproq unumdorligining (ozuqa hajmi) sifati yomonlashuviga olib keladigan jarayonlar vujudga kelgan tuproqning ball boniteti, geobotanik farqlar va boshqa usullar bilan belgilangan bazaviy normativlari — 40 foizdan ortiqni tashkil qiladigan yerlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish ishlari ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish agrotexnik va biologik tadbirlarni o‘z ichiga olgan yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha tasdiqlangan loyihalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrotexnik tadbirlarda yerni tekislash (rejalashtirish), qiyaliklarni shakllantirish, tuproqning yuza qatlamini olib tashlash, tuproqqa unumdor qatlamlarni yotqizish, gidrotexnik va melioratsiya inshootlarini qurish, zaharli yuza jinsni ko‘mib tashlash hamda yerlar degradatsiyasi, atrof-muhitga buzilgan yerlarning salbiy ta’sirlarini oldini olish, istiqbolda yerlardan belgilangan va ruxsat etilgan maqsadda foydalanish uchun boshqa ishlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biologik tadbirlar tuproqlarning agrofizik, agrokimyoviy, biokimyoviy va boshqa xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan agrotexnik va fitomeleorativ tadbirlar majmuasini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari (qishloq xo‘jaligi yerlariga nisbatan foydalanish yoki egalik huquqi rasmiylashtirilmagan yerlar uchun) qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga konservatsiya qilish zarurati va sabablarini asoslantirgan holda tegishli ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanish (egalik qilish) huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi dalalari bo‘yicha agrokimyoviy (yaylov va pichanzorlar uchun geobotanik) tadqiqotlar tahlili (konservatsiya qilish holatidagi qishloq xo‘jaligi yerlari bo‘yicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy kuzatuv materiallari (foto tasvir, video yozuv va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklarining (qishloq xo‘jaligi yerlariga nisbatan foydalanish yoki egalik huquqi rasmiylashtirilmagan yerlar uchun) arizasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari besh ish kuni ichida yerlarni joyiga chiqqan holda ko‘rikdan o‘tkazish va ularni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosani tayyorlash uchun komissiya tuzish haqida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi), Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalari hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining mas’ul xodimlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya a’zolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtiradi va umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv xo‘jaligi vazirligi — qishloq xo‘jaligi yerlarining meliorativ holatini, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarining ishchi holatini baholaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — o‘rmon fondi tarkibidagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holatlarini o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi — qishloq xo‘jaligi yerlarining zaharli sanoat chiqindilari va radioaktiv moddalar bilan ifloslanganlik darajasini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi — qishloq xo‘jaligi yerlari va o‘rmon fondi yerlarining xo‘jalik va huquqiy rejimi, joylashgan joyi (manzili), chegarasi, kontur raqami, maydoni, yer toifalarini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya yerlarni o‘n besh ish kunida joyiga chiqqan holda ko‘rikdan o‘tkazib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari vakillari tomonidan yerlarni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi va konservatsiya qilishga sabab bo‘lgan omillar to‘g‘risida hisobot va xulosa tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari o‘n ish kuni ichida taqdim etilgan materiallar va xulosalarni ko‘rib chiqib, konservatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan qarorga muvofiq konservatsiya qilish bo‘yicha ishchi yer tuzish loyihasi ishlab chiqiladi va unda yerlarni konservatsiya qilish usullari, konservatsiya qilish muddati, yerlardan foydalanish yo‘nalishlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yerlarni konservatsiya qilish loyihasi alohida hujjat ko‘rinishida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yerlarni konservatsiya qilish loyihasi quyidagilarni inobatga olgan holda ishlab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buzilgan yer maydoni, degradatsiya darajasi va tavsiflari yerlarni ko‘rikdan o‘tkazish natijasida aniqlangan salbiy holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilishga oid talablar, texnik reglamentlar hamda yer uchastkasi joylashgan joyi va hududning tabiiy-iqlim sharoitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buzilgan yerlardan foydalanishning belgilangan va ruxsat etilgan maqsadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yerlarni konservatsiya qilish loyihasi quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Tushuntirish” bo‘limi, unda quyidagilar yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerni konservatsiya qilishning dastlabki shartlari, uning maydoni, joylashgan joyi, yer degradatsiyasining darajasi va tavsiflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konservatsiya qilinadigan yer uchastkasining kadastr raqami, konservatsiya qilinadigan yerlar chegarasi va chegaradosh yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va yer tuzish xaritasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konservatsiya qilinadigan yer uchastkasidan foydalanish bo‘yicha belgilangan maqsad va ruxsat etilgan yo‘nalish to‘g‘risidagi axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining alohida shartlarda foydalaniladigan hududlar bilan chegaradoshligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Yerlarni konservatsiya qilishning ekologik va iqtisodiy asosnomasi” bo‘limi, unda quyidagilar yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konservatsiya qilish tugagandan so‘ng yer uchastkasidan belgilangan maqsad va ruxsat etilgan yo‘nalishda foydalanilishini hisobga olgan holda, yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar va texnik yechimlarning ekologik va iqtisodiy asosnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni konservatsiya qilish ishlarining parametrlari va sifat xususiyatlariga qo‘yilgan talablar tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Yerlarni konservatsiya qilish ishlari tarkibi, hajmi va muddatlari” bo‘limi, unda quyidagilar yoritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni ko‘rikdan o‘tkazish natijalari asosida aniqlanadigan konservatsiya qilish bo‘yicha ishlar tarkibi hamda yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha ishlarini amalga oshirish zaruratini asoslash uchun tuproq va boshqa dala tadqiqotlari, laboratoriya tahlillari, shu jumladan tuproq tarkibining fizik, kimyoviy va biologik ko‘rsatkichlari hamda muhandislik-qidiruv natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish ketma-ketligi va hajmi tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni konservatsiya qilish ishlarini yakunlash rejalashtirilgan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Yerlarni konservatsiya qilish ishlarini o‘tkazish uchun xarajatlar smetasi” bo‘limi. Bunda yerlarni konservatsiya qilish ishlarining turi va tarkibi bo‘yicha alohida va umumiy xarajatlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar (tumanlar, shaharlar) hokimliklari, yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yerlarni konservatsiya qilish loyihalarining buyurtmachilari (keyingi o‘rinlarda — buyurtmachi) bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yerlarni konservatsiya qilish loyihalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer tuzish ishlarini bajaruvchi yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilgan holda, yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qishloq xo‘jaligi yerlariga nisbatan foydalanish yoki egalik huquqi rasmiylashtirilmagan bo‘lsa, yerlarni konservatsiya qilish loyihalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer tuzish ishlarini bajaruvchi yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilgan holda, tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Yerlarni konservatsiya qilish loyihasi tasdiqlangunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) kelishish uchun yerlarni konservatsiya qilish loyihasini ilovalari va xat bilan birgalikda taqdim qiladi. Yerlar degradatsiyasi darajasini pasaytirish, buzilgan yerlarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va kelgusida degradatsiyaga uchrashining oldini olish maqsadlariga erishish uchun yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha nazarda tutilgan tadbirlarning yetarliligi va asoslanganligi loyihani kelishish predmeti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari yerlarni konservatsiya qilish loyihasi taqdim etilgan kundan boshlab o‘n besh kun davomida loyihaning kelishilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida rasmiy xat berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yerlarni konservatsiya qilish loyihasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’ul xodimlari tomonidan asossiz ravishda o‘n besh kun davomida ko‘rib chiqilmasa, loyiha kelishilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari quyidagi holatlardan birida yerlarni konservatsiya qilish loyihasini kelishishni rad etish to‘g‘risida xabarnoma yuborishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni konservatsiya qilish loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar yerlar degradatsiyasi darajasini pasaytirish, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni va yerlarning keyinchalik degradatsiyasining oldini olish maqsadlariga erishishni ta’minlamasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni konservatsiya qilish loyihasida ko‘rsatilgan yer uchastkalari va konservatsiya qilinadigan yerlar maydonlari konservatsiya qilish talablariga nomuvofiq bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlarni konservatsiya qilish loyihasining “Tushuntirish” bo‘limida yerlar va yer uchastkalarini konservatsiya qilinishi to‘g‘risida ishonchsiz va shubhali ma’lumotlar mavjud bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konservatsiya qilish davrida yer uchastkalaridan belgilangan va ruxsat etilgan maqsadda foydalanish buzilishiga taalluqli tadbirlar belgilangan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini kelishishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada yerlarni konservatsiya qilish loyihasini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha rad etish sabablari va tavsiyalar asoslangan holda ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yerlarni konservatsiya qilish loyihasi rad etish sabablari bartaraf etilgandan so‘ng yerlarni konservatsiya qilish loyihasini kelishib berishni rad etish to‘g‘risida xabarnoma olgan kundan boshlab uch oydan kechikmasdan qayta kelishish uchun taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarni konservatsiya qilish loyihasida ko‘rsatilgan yer uchastkalari va konservatsiya qilinadigan yerlar maydonlari konservatsiya qilish talablariga nomuvofiq bo‘lsa, loyiha qayta kelishish uchun qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari qayta kiritilgan yerlarni konservatsiya qilish loyihasini besh ish kunida kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yerlarni konservatsiya qilish loyihalarini texnik loyihalar (dasturlar) ekspertizasidan o‘tkazish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Qishloq xo‘jaligi vazirligining hududiy bo‘linmalari uch ish kunida yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha tayyorlangan tegishli materiallarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya o‘n kundan kechikmasdan yerlarni konservatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yerlarni konservatsiya qilish loyihalarining buyurtmachilari yerlarni konservatsiya qilish loyihalarining nusxasini yer tuzish hujjatlarining mahalliy fondida saqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarni konservatsiya qilish loyihalarini amalga oshirish davrida Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari mas’ul xodimlari ishtirokida konservatsiya qilinayotgan yer uchastkasi chegarasiga konservatsiya qilinganligi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish muddati yerlarni konservatsiya qilish loyihasida belgilanadi va ushbu muddat besh yildan yigirma besh yilgacha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish bo‘yicha konservatsiya qilish loyihasini amalga oshirishda mualliflik nazoratini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘limlari qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish loyihalarining amalga oshirilishi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida yer monitoringi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq monitoring olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yerni konservatsiya qilish bo‘yicha konservatsiya qilish loyihasida belgilangan muddat tugagandan so‘ng bir oy muddat ichida yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi), Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari hamda Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot institutining mas’ul xodimlaridan iborat konservatsiya qilingan yerni joyiga chiqib ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Komissiya konservatsiya qilingan yerni joyiga chiqib ko‘rikdan o‘tkazadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga yerlarni foydalanish bo‘yicha avvalgi maqomga qaytarish, konservatsiya muddatini uzaytirish yoki undan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikka yo‘naltirilgan boshqa takliflar to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Konservatsiya qilingan yerni joyiga chiqib ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha komissiya xulosasiga muvofiq yigirma besh yildan kam muddatga konservatsiya qilingan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish muddatini uzaytirishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) o‘zi aybdor bo‘lmagan holatda iqtisodiy samarasiz, ekologik xavfli va texnogen ifloslangan yer uchastkasi o‘rniga xuddi shu yer uchastkasiga teng qiymatdagi yer uchastkasini ajratish to‘g‘risida iltimosnoma bilan tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari huzuridagi Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) talabini tuman zaxirasidagi yerlar hisobidan qanoatlantirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira yerlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) talabi rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Konservatsiya amalga oshirilayotgan vaqtda yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadini o‘zgartirish va yerlarni konservatsiya qilish loyihalarida nazarda tutilgandan tashqari har qanday faoliyat taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Konservatsiya davrida yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) yerga nisbatan ijara (egalik) huquqlari saqlab qolinadi va Yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) xohishiga ko‘ra konservatsiya qilinayotgan yerlar zaxira yerlar tarkibiga o‘tkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Har yili 1-yanvar holatiga ko‘ra konservatsiya qilingan maydonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga taqdim etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tadbirlarini moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari, yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha davlat dasturlarida nazarda tutilgan yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer va tuproqlarni konservatsiya qilish uchun izlanishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sug‘oriladigan yerlarni konservatsiya qilish loyihalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish doirasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konservatsiya qilingan qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilishni rag‘batlantirish tadbirlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan quyidagilar moliyalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlardan foydalanish va muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarida nazarda tutilgan yerlarni konservatsiya qilish tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlarda nazarda tutilgan yerlarni konservatsiya qilishni rag‘batlantirish tadbirlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) mablag‘lari hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilishgacha bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) aybi bilan ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan yer buzilishi holatlari yuzaga kelganda, yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha barcha tadbirlar moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tabiiy-qishloq xo‘jaligi mintaqalaridagi yerlarni konservatsiya qilishda zarur sharoitlarni va tuproq tarkibini tavsiflovchi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAXMINIY KO‘RSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuproq xususiyatlari va belgilari

O‘lchov birliklari

Tuproq xususiyatlari ko‘rsatkichlari (mintaqaviy joylashuvini hisobga olgan holda)

1.

Eroziyaga uchraganligi (yuvilgan va deflyatsiyaga uchragan)

Tuproqning eroziyaga uchraganlik darajasi

Xiralashgan, kuchli va o‘rtacha darajada yuvilgan, kuchli va o‘rtacha darajada deflyatsiyaga uchragan

2.

Tarkibiy tuzilishi

O‘lchami 3 mm tog‘ jinsi siniq (qoldiq)lari miqdori, foiz hisobida

Tuproqlar hajmidan > 26 foiz (30 sm lik tuproq qatlamlarida)

3.

Yengil mexanik (granulometrik) tarkibi

Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida

Har uchala (cho‘l, yarimcho‘l, tog‘oldi va tog‘osti) mintaqalarida 05 dan 2530 foizgacha

4.

Tuproqning ustki qatlamida og‘ir mexanik (granulometrik) tarkib

Fizik loy (gil)lar miqdori (0,01 mm dan kichik diametrdagi zarrachalar), foiz hisobida

45 foiz dan ko‘p

5.

Gumuslilik

Gumus miqdori, tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida

a) cho‘l mintaqasida — 0,5 kam;

b) yarim cho‘l mintaqasida 0,5 — 1,0 kam;

v) tog‘ va tog‘oldi mintaqalarda 1,0 — 2,0 foiz

6.

Tuproq ishqorliligi

rN

Barcha mintaqalarda

a) 7,0 dan kam (nordon)

b) 8,0 dan yuqori (ishqoriy)

7.

Harakatchan aluminiy miqdori

100 g tuproqda mg-ekv

3,0 dan yuqori

8.

Harakatchan fosfor miqdori

-

-

9.

Almashuvchan kaliy miqdori

-

-

10.

Gumus (chirindi) miqdori

-

-

11.

Singdirilgan natriy miqdori

Singdirilgan asoslarning umumiy miqdoridan, foiz

10 mg-ekv. dan kam (sho‘rlanmagan).

10 mg-ekv. dan ko‘p (sho‘rlangan)

12.

Sho‘rlanganligi

Zaharli tuzlar miqdori bo‘yicha hisoblanganda tuproq massasiga nisbatan foiz hisobida

a) sodali — 0,1 foizdan ko‘p;

b) sulfat-xloridli — 0,2 foizdan ko‘p;

v) sulfatli — 0,4 foizdan ko‘p

13.

Fizik degradatsiyaga uchraganligi

Massa hajmi, g/sm3

a) loy va gilsimon tuproqlar uchun — 1,5 dan ko‘p;

b) qumli va qumloq tuproqlar uchun — 1,7 dan ko‘p

14.

Organogenli (torfli) tuproqning joylashish chuqurligi

Organogenli qatlamning qalinligi, sm

30 dan kam

15.

Ikkilamchi suv bosishi (botqoqlashishi)

Grunt (sizot) suvlari sathi, m

1,0 dan yuqori

16.

Kimyoviy ifloslanish

Oxirgi darajada ruxsat etilgan konsentratsiya

Harakatchan shakldagi ruxsat etilgan konsentratsiyaning oxirgi darajadan oshishi (ammoniy-atsetatli modda)

17.

Radiatsiyali ifloslanish

Ifloslanish qalinligi

Seziy — 137

Stronsiy — 90 KOI/kv.km

Cs137 — 15 dan ko‘p;

Sr90 — 3 dan ko‘p.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish ishlarini amalga oshirish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalariga yerlarni konservatsiya qilish zarurligi bo‘yicha (konservatsiya qilish sabablarini ko‘rsatgan holda) rasmiy murojaat qilish.

Yil davomida

2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari

Yer uchastkasidan foydalanuvchining (egalik qiluvchining) arizasiga asosan yerlarni joyiga chiqqan holda ko‘rikdan o‘tkazish va ularni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosani tayyorlash uchun komissiya tuzish.

Yerlarni joyiga chiqqan holda ko‘rikdan o‘tkazish va yerlarni konservatsiya qilishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida hisobot va xulosa tayyorlash.

Taqdim qilingan materiallar va komissiya xulosalarini ko‘rib chiqish va konservatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

30 Ish kunida

3-bosqich

Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari

Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini ishlab chiqish.

Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (o‘rmon xo‘jaligi yerlarida), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari bilan kelishish.

30 Ish kunida

4-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari

Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini kelishish yoki rad etish bo‘yicha rasmiy xulosa tayyorlash va taqdim etish.

15 Ish kunida

5-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari

Yerlarni konservatsiya qilish bo‘yicha tayyorlangan tegishli materiallarni mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etish.

3 Ish kunida

6-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyasining yerlarni konservatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi.

10 Ish kunida

7-bosqich

Yer uchastkasidan foydalanuvchi (egalik qiluvchi) yoki tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari

Yerlarni konservatsiya qilish loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish).

Loyihada belgilangan muddatda

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2020-y., 09/20/791/1635-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)