15.12.2020 yildagi 788-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 26.03.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi oliy taʼlimini modernizatsiyalashning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, ilgʻor taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda zamonaviy bilim va yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha boʻlgan innovatsion rivojlanish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Strategiya quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash, “Aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihalarni amalga oshirish orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun amaldagi taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va maʼnaviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchilarni oʻz yoʻnalishlari boʻyicha tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida agrobiznes bilan shugʻullanishiga amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish va jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasining maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha 2020/2021 oʻquv yiliga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar dasturi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Strategiya tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlar va har yili tasdiqlanadigan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Surxondaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar taʼlim tizimidagi oliy taʼlim muassasalarini 2030-yilgacha dunyoning nufuzli 1 000 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxati (QS reyting tizimi)ga kiritish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakunlanayotgan oʻquv yili boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini puxta oʻrganish asosida har yili 25-iyulga qadar Strategiyaning kelgusi oʻquv yillari uchun chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi sohasida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash raisi Sh.M. Gʻaniyev — masʼul vazirliklar va idoralar tomonidan Strategiya hamda chora-tadbirlar dasturida belgilangan tadbirlarning bajarilishida oʻzaro hamkorligini samarali tashkil etish hamda chora-tadbirlar dasturining bajarilishini monitoring qilish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.J. Teshayevga va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari B.A. Sulaymonovga — Strategiyaning maqsadli koʻrsatkichlariga erishish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
788-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 788-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha boʻlgan innovatsion rivojlanish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan-taʼlim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlash asosida taʼlim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-son qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiya Oʻzbekiston Respublikasining agrar taʼlim tizimidagi oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi bosqichlarini belgilaydi hamda sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim tizimining joriy holati va mavjud muammolar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda respublikamizda qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha Toshkent davlat agrar universiteti va uning Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, shuningdek, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti (keyingi oʻrinlarda — Oliy taʼlim muassasalari) mavjud. Soʻnggi 3 yilda yangi 2 ta filial tashkil etildi.
(2-bobning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/135/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan malakali kadrlar tayyorlash maqsadida 2018/2019 oʻquv yilida 10 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi tashkil etilgan boʻlsa, 2020/2021 oʻquv yilidan 10 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va 11 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilida 16 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha sirtqi taʼlim, AQSh, Rossiya, Polshaning 7 ta oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ikki tomonlama tan olinadigan qoʻshma taʼlim dasturlari asosida 7 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda 6 ta magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimi joriy etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning filiallarida tahsil olayotgan talabalar soni bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 13 541 nafar, magistratura mutaxassisligi boʻyicha esa 454 nafarni tashkil qilib, soʻnggi 3 yilda talabalar soni 1,3 baravarga oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabalarning 88,5 foizi qishloq va suv xoʻjaligi, 10,0 foizi ijtimoiy soha, iqtisod va huquq, 1,2 foizi gumanitar, 0,3 foizi xizmat koʻrsatish bilim sohalariga oid taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha tahsil olmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab Oliy taʼlim muassasalarida magistratura mutaxassisliklariga qabul toʻliq davlat granti asosida amalga oshirilib kelinmoqda. Shuningdek, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab magistratura mutaxassisliklarida qishloq xoʻjaligidagi agrotexnik tadbirlarning mavsumiyligini inobatga olib hamda ilmiy dissertatsiyalarda ikki yillik ilmiy-amaliy dala tajribasi natijalarini qamrab olish maqsadida oʻquv jarayonini yanvar oyidan boshlash yoʻlga qoʻyildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yili uchun talabalarni oʻqishga qabul qilish parametrlari 3 255 nafarni tashkil etdi va oʻtgan yilga nisbatan 34,4 foizga, 2016-yilga nisbatan esa 27,6 foizga oshdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018/2019 oʻquv yilidan Germaniyaning Leybnits nomidagi Markaziy Osiyoda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda “Xalqaro qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti” kafedrasi filiali tashkil etildi. Mazkur filialda 3 nafar doktorant va 2 nafar magistr tahsil olmoqda. Bundan tashqari, 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Belorussiya Respublikasining Grodno davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda “Oʻzbek-Belarus qishloq xoʻjaligi” qoʻshma fakulteti tashkil etildi hamda 2 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha hamkorlik qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet va uning Samarqand filiali, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida qishloq xoʻjaligi bilimlarini targʻib etish boʻyicha “Axborot-maslahat markazi” (Extension center) faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
(2-bobning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/135/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agroklasterlar va kooperatsiyalar uchun Toshkent davlat agrar universiteti qoshida respublika oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalari tarkibidan tanlab olingan yoshlar uchun “Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini innovatsion rivojlantirish va uni raqamli transformatsiyalash” loyihasini amalga oshirish doirasida maxsus fakultet tashkil etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, 2030-yilgacha respublikamizning meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan 54 ta tumanida “Axborot-maslahat markaz” (Extension center)lari tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda, Toshkent davlat agrar universitetida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar soni 2 tani tashkil etib, 10 ta ixtisoslik boʻyicha doktorlik dissertatsiyalari himoya qilinmoqda (2017-yilda 1 ta kengash 5 ta ixtisoslik faoliyat olib borgan). Soʻnggi 3 yilda 163 nafar professor-oʻqituvchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishi natijasida Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 510 nafarga yetdi (shundan 105 nafari fan doktori (DSc), 405 nafari fan nomzodi (PhD)) hamda ilmiy salohiyati 6,1 foizga oshishiga erishildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi 3 yilda Oliy taʼlim muassasalarida 336 nafar professor-oʻqituvchilarning xorijiy oliy taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashi va malaka oshirishi taʼminlandi. Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot tashkilotlarining magistratura mutaxassisligiga 26 nafar, doktoranturasiga 6 nafar yoshlar taʼlim olishga qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yilda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali 26 nafar professor-oʻqituvchining AQSh, Germaniya, Avstriya, Xitoy va Rossiya davlatlarida stajirovka oʻtab kelishdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2019-yillarda taʼlim jarayoniga 51 nafar xorijlik yuqori malakali pedagog va olimlar jalb etildi (AQShdan 4 nafar, Yevropa mamlakatlaridan 8 nafar, Osiyo mamlakatlaridan 21 nafar, MDH mamlakatlaridan 18 nafar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nufuzli xalqaro ilmiy jurnal va konferensiyalarlarda chop etilgan maqolalar soni 2017-yilda 1 208 ta, 2018-yilda 2 456 taga boʻlgan boʻlsa, 2019-yilda 4 356 taga yetgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida fan doktori ilmiy darajasiga ega professorlarning bazaviy lavozim maoshlari 2016-yilga nisbatan 3,1 baravarga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy taʼlim tizimi oldida bugungi kunda oʻz yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oliy taʼlim bilan qamrov va taʼlim sifatini taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv va kasbiy tayyorgarlik kurslari, taʼlim tizimi, shakli va oʻqitish usullari zamon talablariga javob bermaydi. Mehnat bozori talablarini oʻrganish va yangi mutaxassisliklarni joriy etish uchun tarmoqlararo va idoralararo muvofiqlashtirish tizimini yaratish talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining malaka talablari, oʻquv reja hamda dasturlari mazmun jihatidan bitiruvchilarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida zamonaviy agrotexnologiyalarni qoʻllash boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejalarida nomutaxassislik fanlarining ulushi yuqoriligicha qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar buyurtmachilari bilan oʻzaro hamkorlikda maqsadli kadrlar tayyorlash boʻyicha ishlar yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish koʻnikmalari yetarli darajada shakllantirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy texnologiyalarga ega ishlab chiqarish korxonalarida amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish va kafedra filiallarining faoliyati samarali tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish darajasi pastligi sababli xorijiy tajribalarni oʻrganishda bugungi kun talablaridan ortda qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-oʻquv adabiyotlar yetishmovchiligi haligacha saqlanib qolmoqda, mavjudlarining aksariyat qismi zamon talablariga javob bermaydi, oʻquv adabiyotlari sifatini yaxshilash, xorijiy adabiyotlardan qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv adabiyotlari sifatida foydalanish ishlari yetarli darajada tashkil etilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha fan olimpiadalarini doimiy oʻtkazilmasligi natijasida talabalarni tayyorlash, olimpiadalar gʻoliblari va qatnashchilarini ragʻbatlantirish tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey va kollejlarda tahsil olayotgan qishloq yoshlari oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish tadbirlari tizimli tashkil etilmaganligi oqibatida ularning orasidan iqtidorli yoshlarni Universitet va uning filiallariga saralab olish mexanizmlari mavjud emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari talabalarida milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak maʼnaviy gʻoyalar asosida vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy gʻoya va mafkuralarimizga qarshi yot boʻlgan fikrlarga nisbatan kuchli immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati mavjud;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida oʻzaro aloqalarning samarali mexanizmlari mavjud emasligi davlat tomonidan moliyalashtirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy qilishni sezilarli darajada cheklab qoʻymoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy tadqiqot faoliyati agrar sohadagi muammolarning yechimlariga qisman qaratilgan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqqan holda tashkil etilmagan va tahlillar asosida innovatsion rivojlanishni prognozlashtirish faoliyati yoʻlga qoʻyilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasi va uning tarmoqlariga ilmiy tadqiqot natijalarini keng joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy tadqiqotchilarni ragʻbatlantirish, iqtidorli yoshlarni jalb etish ishlari tizimli tashkil etilmagan, taʼlim, fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasi taʼminlanmagan;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalaridagi ilmiy salohiyat oʻrtacha 44,1 foizni tashkil etmoqda (TDAU — 49,4 foiz, AndQXAI — 35,6 foiz, QQXAI — 35,5 foiz, TAIRI — 33,5 foiz);
(2-bob “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/135/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy darajaga ega xodimlarning yoshi oʻrtacha 57 yoshni (fan doktorlari — 63 yosh, falsafa doktorlari va fan nomzodlari — 53 yosh) tashkil qilib, bu koʻrsatkich nisbatan yuqori hisoblanadi. Fan doktorlari orasida nafaqa yoshidagi pedagog-oʻqituvchilar soni yuqoriligicha qolmoqda, fan doktorlari orasida nafaqa yoshidagilarning ulushi 35 foizni tashkil etmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanayotgan professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va yosh olimlar faoliyatini ragʻbatlantirishning taʼsirchan mexanizmlari yaratilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutini tamomlab, doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish va olingan natijalarni ishlab chiqarishga tatbiq etilmasligi darajasi pastligicha qolmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi ekinlarining mahalliy navlari hosildorligi past hamda tashqi bozor talablariga javob bermaydi. Import qilinayotgan qimmat va mahalliy sharoitlarga moslashmagan qishloq xoʻjaligi ekinlari navlariga qaramlik yanada ortib bormoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hozirgi vaqtda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligiga oid bilim va axborotlar tarqatish uchun zamonaviy xususiy tuzilmalar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat taʼminoti, taʼlim, qayta tayyorlash va malaka oshirish va axborot-maslahat xizmatlari sohalarida zamonaviy, integratsiyalashgan hamda moslashuvchan tizimni yaratish mazkur ustuvor yoʻnalishning asosiy maqsadi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qishloq xoʻjaligi sohasida ushbu maqsadlarga erishish uchun ustuvor vazifalar etib belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot tashkilotlari faoliyati va ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
donor tashkilotlarning texnik koʻmagida kadrlarning taʼlim va kasbiy tayyorgarlik tizimini isloh qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrobiznes subyektlari uchun moʻljallangan davlat xizmatlari va tizimlarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash maqsadida mavjud maʼmuriy tizimlarni auditdan oʻtkazish, shuningdek, tarkibiy qayta tuzish va soddalashtirish rejalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologik xavfsiz usullar hamda qishloq xoʻjaligi amaliyotlari va texnologiyalari, iqlim oʻzgarishi taʼsirini yumshatish va unga moslashish borasidagi axborot-maslahat xizmatlarini muvofiqlashtirish markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida axborot-maslahat markazlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy agrotexnologiyalar boʻyicha axborot-maslahat markazlariga maxsus xodimlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar turar joylari, sport sogʻlomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari mavjud ehtiyojni toʻliq qanoatlantirmaydi, oʻquv-laboratoriyalarining aksariyat qismi bugungi kun talabiga javob beradigan zamonaviy moddiy-texnika bazasi bilan jihozlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy laboratoriyalar mavjud emas, xalqaro standartlarga javob beradigan oʻquv laboratoriya uskunalarining salmogʻi atigi 45 foizni tashkil etadi, shu bilan birga, oʻquv jarayoni laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bilan yetarlicha taʼminlanmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida moliyaviy xarajatlarning asosiy qismi ish haqi va kommunal toʻlovlarga sarflanib, oʻquv hamda ilmiy laboratoriyalarni yangilash, bino va inshootlarni taʼmirlash, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini xarid qilish va chop etishga yetarli mablagʻ yoʻnaltirishning imkoniyati yoʻq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) taʼlim sohasidagi jozibadorlikni oshirish, xalqaro miqyosda raqobatbardoshlikni taʼminlash sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar reytingining 1 000 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kirmagan (AndQXAI — 13 279 oʻrinda, TDAU — 19 010 oʻrinda, QQXAI — 21 279 oʻrinda, TAIRI — 28 431 oʻrinda);
(2-bob “g” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/22/135/0242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga, talabalarning mavjud turar joylari va ijtimoiy infratuzilma obyektlari xorijiy talabalarning ehtiyojlariga moslashtirilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda taʼlim olishga keng jalb qilish borasidagi targʻibot ishlari, jumladan PR-loyihalar (Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar oʻtkazish va boshqalar) yetarli darajada tashkil qilinmagan, bu borada interaktiv virtual platforma mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim tizimining rivojlanishi mazkur Strategiya ilovasida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar agrar oliy taʼlim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasi uchun yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni qoʻllash, “Aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap-loyihalarni amalga oshirish orqali qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarni keng joriy etish uchun amaldagi taʼlim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni qishloq xoʻjaligi sohasini modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va maʼnaviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini oʻzlarining yoʻnalishlari boʻyicha tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida agrobiznes bilan shugʻullanishiga amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish va jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayoniga kredit-modul tizimini, raqamli texnologiyalar, “Aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va zamonaviy usullarni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar taʼsirchanligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy maʼlumotli, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, agrosanoat majmui tarkibidagi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbar va mutaxassis kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini moliyaviy mustaqilligi hamda barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash orqali ularni tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi tizimli kurashish va bu borada shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qishloq xoʻjaligi sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni qishloq xoʻjaligi sohasiga qiziqishlarini oshirish uchun Oliy taʼlim muassasalari bilan oʻrta va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro uzviy va muvofiqlashgan hamkorlik faoliyatini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimiz hududlaridagi Oliy taʼlim muassasalarida meva-sabzavotchilik va uzumchilik, zamonaviy issiqxonalarda meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Toshkent davlat agrar universitetining ixtisoslashgan kafedralari filiallarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmasi bilan hamkorlikda Toshkent davlat agrar universiteti huzurida sitrus, subtropik oʻsimliklarni yetishtirish boʻyicha kichik innovatsion korxonani tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini ilgʻor xorijiy tajribalarga asoslangan holda yuqori malakali, zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional mutaxassis kadrlarni tayyorlovchi, qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha dunyoda yetakchi taʼlim va ilm-fan markaziga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining quvvati, ilmiy salohiyati va boshqa asosiy koʻrsatkichlaridan kelib chiqqan holda qabul parametrlarini mutaxassis kadrlarga boʻlgan ehtiyojni buyurtmachilar bilan hamkorlikda mustaqil belgilash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida oʻqitishning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarda mustaqil taʼlim olish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, tizimli tahlil qilish, tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, oʻquv jarayonida vakolatlarni kuchaytirishga qaratilgan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish, oʻquv jarayonini amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirish, bu borada oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan ilgʻor pedagogik texnologiyalar, oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy maʼlumotlarni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar bilimini baholash tizimini shaffofligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejalarida fanlar sonini nomutaxassislik fanlari hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov va qoʻshimcha fanlar roʻyxatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash, “Aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va raqamli texnologiyalar boʻyicha mutaxassis kadrlarni tayyorlashda sifatga alohida eʼtiborni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha xorijiy tillarda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlar salmogʻini oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
magistratura talabalarining yuqori saviyada ilmiy izlanishlar olib borish, pedagogik faoliyat yuritish, boshqaruv, tanqidiy fikrlash va tizimli tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻlishi uchun mazkur taʼlim bosqichi oʻquv reja va dasturlarini qishloq xoʻjaligi sohasida olib borilayotgan islohotlarni inobatga olgan holda muntazam takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy oʻquv adabiyotlarini xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qoʻshimcha yoki muqobil oʻquv adabiyotlari sifatida foydalanishni, elektron adabiyotlarni yaratishni kengaytirish, axborot-resurs markazlari fondini muntazam ravishda yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosida aniqlangan va oʻquv adabiyotlariga mualliflik qilayotgan professor-oʻqituvchilarning yillik oʻquv yuklamasini taqsimlash mexanizmini takomillashtirish, bunda ularning umumiy yillik yuklamalarida oʻquv adabiyotlarini yaratish uchun ajratilgan vaqtni dars oʻtish yuklamasi vaqti hisobidan oshirishni nazarda tutish, shuningdek, mualliflarni moddiy ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyati cheklangan talabalarga koʻrsatiladigan taʼlim xizmatlari turlarini koʻpaytirish va ularning sifatini yaxshilash, taʼlimda inklyuziv jarayonlarni rivojlantirish, adaptiv texnologiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida dars mashgʻulotlari boʻyicha talabalar fikrini oʻrganish (feedback) hamda oʻzaro tashrif (peer review) tizimini oʻquv jarayoniga tatbiq etish va shu asosda talabalarga taʼlim xizmatlari koʻrsatish sifatini yaxshilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda talaba yoshlarning akademik faoliyati, muammolari va turmush tarzi, oʻquv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar boʻyicha fikr-mulohazalarini oʻrganish maqsadida ular oʻrtasida har yili ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, olimlarni, shuningdek, ishlab chiqarish sohasida katta tajribaga ega boʻlgan mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb qilishning samarali mexanizmlarini yaratish, muayyan koʻrsatkichlar asosida ularning faoliyatini baholash tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida milliy hamda xalqaro baholash tizimlarining sertifikatlariga ega boʻlgan, xorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirgan professor-oʻqituvchilar va talabalar sonini oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi koʻmagida hamda xalqaro moliya institutlarining grantlari asosida professor-oʻqituvchilarni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka oʻtash, magistratura va doktoranturada oʻqitish orqali ularning kasbiy mahoratini doimiy oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilar sohaning tegishli korxona va tashkilotlarida stajirovka oʻtashlarini tizimli tashkil etish hamda stajirovka oʻtashning samarali mexanizmlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasining tarmoqlari mutaxassislari uchun uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etishning meʼyoriy-huquqiy va oʻquv-metodik asoslarini yaratish hamda amaliyotga tatbiq etish va bu borada masofaviy taʼlim imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida talabalarning ishdan ajralmagan holda oʻqishini taʼminlash maqsadida sirtqi va kechki, dual taʼlim shakllarida kadrlar tayyorlashni rivojlantirish, bunda raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning zamonaviy talablariga muvofiqlikni taʼminlash maqsadida Oliy taʼlim muassasalari tayanch hisoblangan taʼlim sohalari boʻyicha davlat taʼlim standartlari, taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini doimiy takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning oʻquv-ishlab chiqarish va boshqa turdagi amaliyotlarini samarali tashkil etish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turdosh oliy taʼlim muassasalari bilan ichki akademik mobillik dasturlarini, oʻzaro tajriba almashish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligida professor-oʻqituvchilar va doktorantlarning akademik mobilligi dasturlarini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha fan olimpiadalarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish, shaffoflikni taʼminlash, baholash mexanizmlarini xalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va usullarini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim jarayoniga qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish texnologiyalari va zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab barcha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida taʼlimning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish boʻyicha yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va taʼlim texnologiyalarining uzviy integratsiyasini taʼminlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy taʼlim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, “onlayn”, “blended learning”, “flipped classroom” texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼruza va amaliy mashgʻulotlar hamda seminarlarni “onlayn” kuzatish va oʻzlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek, ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-MINBAR” platformasini amaliyotga joriy etish, taʼlim jarayonlarida “bulutli texnologiyalar”dan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron taʼlim resurslari yaratilishini jadallashtirish, taʼlim jarayonida elektron resurslar salmogʻini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron oʻquv adabiyotlarini yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab va koʻchirib olish maqsadida Axborot-resurs markazlarida QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida konferensiya materiallari, bitiruv-malakaviy ishlari, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-texnik maʼlumotlar elektron bazasini yaratish, ilmiy-texnik maʼlumotlar yangiligini taʼminlash maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining oʻziga xosligidan kelib chiqqan holda taʼlim jarayonlarida xalqaro miqyosda keng qoʻllaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv tizimi va oʻquv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni taʼminlovchi “Elektron universitet” platformasiga bosqichma-bosqich oʻtish, taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining pedagog-xodimlari, bakalavriat, magistratura talabalari va doktorantlariga oid maʼlumotlarni oʻzida aks ettiruvchi va muntazam yangilanib boruvchi elektron baza (Student Record System) yuritilishini yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha dunyoda yetakchi oliy taʼlim muassasasiga aylantirish va rivojlantirish boʻyicha taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishning uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari, magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari talabalarini “Axborot-maslahat markaz” (Extension center)lari va texnoparklarda ilmiy va innovatsion faoliyat olib borishi uchun keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari tarkibini ilmiy daraja va unvonlarga ega xodimlar bilan yoshartirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion faoliyat infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida “Ekofiziologik tadqiqotlar” yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalariaro ilmiy tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi hamda Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tasarrufidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy-texnika bazasidan foydalanish, yetakchi olimlarni taʼlim jarayoniga va ilmiy rahbarlikka jalb qilish, magistratura va doktorantura bosqichlaridagi ilmiy ishlarni ilmiy tadqiqot tashkilotlarida olib borishi hamda himoya qilishi uchun sharoit yaratib berish;
(6-bobning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari tarkibida “Axborot-maslahat markaz” (Extension center)lari, texnopark, innovatsion klaster va startap markazlarni tashkil etish hamda ularni qishloq xoʻjaligi sohasi va tarmoqlari, shuningdek, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qilish va prognozlashtirish boʻyicha faoliyat olib borishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijoratlashtirish salohiyati yuqori boʻlgan yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni yaratish orqali Oliy taʼlim muassasalari huzurida ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shugʻullanuvchi davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro SsiVal axborot-tahlil tizimi yordamida jahondagi ilmiy tadqiqot natijalarini tahlil qilib borish asosida ilm-fanning ilgʻor yutuqlari bilan uygʻunlashgan holda rivojlanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universitetining “Agrar fani xabarnomasi” ilmiy jurnalini Scopus, Science Direct va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalariga bosqichma-bosqich kiritilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida konferensiya materiallari, bitiruv malakaviy ishi, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-texnik maʼlumotlarni elektron bazasini yaratish hamda antiplagiat tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon ilmiy tadqiqotlar bozori tendensiyalaridan kelib chiqib, Universitet va uning filiallarida (fakultet, kafedra va laboratoriyalarda) ilmiy tadqiqot ishlarini aniq va fanlar tutashligidagi sohalarga ixtisoslashtirish, ularni ishlab chiqarish va hududiy rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirish, qiyosiy ustunlikka ega boʻlgan istiqbolli ilmiy yoʻnalishlarni belgilash, ushbu yoʻnalishlarda yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va talabalar sonini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mentorlik modeli asosida nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy faoliyat nufuzini koʻtarish maqsadida doktorlik dissertatsiyalari ilmiy natijalarining amaliyotga tezkor joriy etilishini taʼminlash, yoshlarning ilmiy faoliyatga qiziqishlarini oshirish va ragʻbatlantirish, doktorlik (tayanch doktorlik) ilmiy darajasini beradigan binar (ikkitalik) himoyalarni koʻpaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil taʼlim soatlari ulushini oshirish hisobiga professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasini kamaytirish, yuritilishi lozim boʻlgan turli jurnal va oʻquv-uslubiy hujjatlar sonini qatʼiy qisqartirish orqali ularni ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida doktorantlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, jumladan ularning yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida “Doktorantlar uylari”ni barpo etish va oila aʼzolari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni hududlardagi Agrotexnologiyalar texnikumlariga jalb qilish, Oliy taʼlim muassasalariga saralab olish, chuqurlashtirilgan taʼlim dasturlari asosida oʻqitish, fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatga boʻlgan qiziqishini oshirish, “ustoz-shogird” tizimi asosida sohada yuqori natijalarga erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish va bu yoʻnalishda maʼlumotlarning elektron bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, maqsadli doktorantura orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qoʻshma ilmiy daraja berish dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutlari faoliyatini xorijiy tajriba asosida takomillashtirish, ilmiy kengashlar va himoyalar tizimini xalqaro tajribaga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy daraja va unvonlar berish vakolatini Oliy taʼlim muassasalariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy daraja va unvonlar beruvchi ilmiy kengashlar majlislarini hududlardagi filiallardan turib “onlayn” kuzatish platformasini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar buyurtmachilari bilan oʻzaro hamkorlikda maqsadli kadrlar tayyorlash tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruv va bitiruv oldi kurs talabalari uchun buyurtmachilari boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining dars mashgʻulotlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar buyurtmachilari boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan oʻtkaziladigan dars mashgʻulotlarining mazmunidan kelib chiqqan holda talabalarning ish beruvchilarning muammolarini hal etishga yoʻnaltirilgan guruhiy loyiha ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar buyurtmachilari boʻlgan yirik ish beruvchilar, xoʻjalik birlashmalari, agroklasterlar va kooperatsiyalarda mutaxassislik kafedralarining filiallarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlar buyurtmachilari bazalarida talabalarning ishlab chiqarish malakaviy amaliyotini tashkil etish hamda ularning ishga joylashishini taʼminlash maqsadida uch tomonlama shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari oʻquv rejalari va dasturlarining mazmuni hamda mutaxassislik fanlari boʻyicha oʻquv yuklamalari taqsimotini kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruv-malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularini ish beruvchilarning muammolaridan kelib chiqqan holda shakllantirish hamda mavzularni tor qamrovda chuqur tadqiq qilishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari, meva-sabzavot, moyli ekinlar, dorivor oʻsimliklarni qayta ishlash va qadoqlash boʻyicha zamonaviy mini sexlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari hamda daromadlar mablagʻlarini jalb etgan holda tashkil etish, ishlab chiqarish korxonalarini imtiyozli shartlar asosida klaster usulida faoliyat yuritishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi hamda barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnika taʼminotini mustahkamlash boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazish, moliyaviy barqarorlikni taʼminlash, mehnatga haq toʻlash tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning samarali va shaffof mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining taʼlim xizmatlari va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish boʻyicha faoliyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash ishlarini zamon talablari asosida tashkil etish va ushbu jarayonda innovatsion texnologiyalarga asoslangan, resurs tejaydigan hamda tez barpo etiladigan yengil konstruksiyali materiallardan foydalanish orqali ilgʻor muhandislik yechimlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy dasturiy mahsulotlar bilan taʼminlash, oʻquv va ilmiy jarayonlarini zamonaviy laboratoriya uskunalari, shuningdek, laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar va boshqa obyektlar) bilan muntazam ravishda taʼminlab borishning samarali mexanizmini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning turar joylari, axborot-resurs markazi, oʻquv ustaxonalari, laboratoriyalar, sport sogʻlomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga boʻlgan ehtiyojni oʻz vaqtida taʼminlash va zamon talablari asosida ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida xorijiy fuqarolarning istiqomat qilishi va taʼlim olishlari uchun qulay sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini yuqori tezlikdagi internet bilan uzluksiz taʼminlash, talabalarning mustaqil taʼlim olishi uchun infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar, oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilarning elektron taʼlim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va maʼlumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imkoniyati cheklangan talabalarga fakultetlar va talabalar turar joylarida qoʻshimcha sharoitlar yaratish va ularni zarur oʻquv adabiyotlari, metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv binolari va boshqa ijtimoiy inshootlarni isitish tizimi va sovuq suv uchun sarflanadigan toʻlovlarni iqtisod qilish maqsadida zamonaviy qozonxona va yer ostidan suv chiqarish inshootlarini qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkazilishi natijasida iqtisod qilib qolinadigan davlat budjeti mablagʻlarini taʼlim tizimiga yoʻnaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kadrlar tayyorlash sifati va koʻlamini inobatga olgan holda fakultet, kafedralar va markazlarni quyidagi toifalarga ajratish hamda ularni rivojlantirish strategiyalarini belgilash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifa — flagman fakultet va kafedralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifa — ilm-fan va innovatsion markaz funksiyasini bajaruvchi Oliy taʼlim muassasalaridagi “Axborot-maslahat markaz” (Extension center)lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallarini universitet tarkibidan chiqarish hamda mustaqil faoliyat yuritadigan institutga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qishloq xoʻjaligi oliy taʼlimini rivojlantirish boʻyicha hujjat loyihalarini ishlab chiqish va muhokama etishda “Qishloq xoʻjaligi sohasida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash” nufuzi va faolligini oshirish, Oliy taʼlim muassasalarida jamoatchilik nazoratining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) oliy taʼlim tizimida boshqaruv jarayonlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida maqbullashtirish, davlat interaktiv xizmatlaridan foydalanish koʻlamini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirishda strategik rejalashtirish tamoyillarini joriy etish va bunda vasiylik kengashlari masʼuliyati va rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) taʼlim sifatini baholashning yangi mexanizmlarini joriy etish, kadrlar buyurtmachilari va talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalarini chuqur tahlil qilish orqali muammolarni bartaraf etish, bitiruvchilar talabalarning sifati va ularni ixtisosligi boʻyicha ishga joylashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) taʼlim sifatini nazorat qilish, fakultet va kafedralarning reytingini yuritish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Oliy taʼlim muassasalarida, texnikumlarda, shuningdek, fakultet va kafedralarda rahbarlik lavozimlariga tayinlashda gender tengligi tamoyillariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) Oliy taʼlim muassasalarida, texnikumlarda rahbarlik lavozimlariga zaxira kadrlarni shakllantirish, shuningdek, agrosanoat majmui uchun “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Oliy taʼlim muassasalari va texnikumlarda rahbar xodimlarni rotatsiya qilish mexanizmini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) fermer xoʻjaliklari va agroklasterlar rahbarlari hamda va tomorqa yer egalarining qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash, eksport qilish boʻyicha malakalarini oshirish uchun Oliy taʼlim muassasalaridagi “Axborot-maslahat markaz” (Extension center)larida seminar-treninglarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Oliy taʼlim muassasalarini investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingining 1 000 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2030-yilga qadar Toshkent davlat agrar universitetini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingining 1 000 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini qishloq xoʻjaligi sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha milliy va xalqaro imidjini shakllantirishdagi ishtiroki va faolligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dars mashgʻulotlari xorijiy tillarda olib boriladigan ixtisoslik va mutaxassislik fanlarida ishtirok etadigan talabalar salmogʻini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqarolarni Oliy taʼlim muassasalari tomonidan belgilanadigan tartibda oʻtkaziladigan suhbat asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari va doktoranturaga qabul qilish boʻyicha ishlarni tizimli yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda taʼlim xizmatlarini rivojlantirish va ularning meʼyoriy-huquqiy normalarini tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlimda brend va ilmiy anʼanalar tizimini yaratish orqali Oliy taʼlim muassasalari imidjini shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha xalqaro fan olimpiadalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari rasmiy veb-saytlarining Webometrics tashkiloti reyting tizimida egallagan oʻrnini muntazam yaxshilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan birgalikdagi qoʻshma taʼlim dasturlari asosida malakali kadrlar tayyorlashni kengaytirish, hamkorlikda oʻtkaziladigan ilmiy konferensiyalar va seminarlar sonini koʻpaytirish, xalqaro ilmiy va taʼlim loyihalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarini xalqaro darajada obroʻsini oshirish uchun iqtidorli bitiruvchi talabalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish hamda qishloq xoʻjaligi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar taʼlim tizimidagi Oliy taʼlim muassasalarni 2030-yilgacha dunyoning nufuzli 1000 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxati (QS reyting tizimi)ga kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga bosqichma-bosqich taʼlimning kredit-modul tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va kadrlar buyurtmachilarining takliflari asosida 2030-yilgacha qishloq xoʻjaligida innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash, “Aqlli qishloq xoʻjaligi” (Smart agriculture) va raqamlashtirilgan agrotexnologiyalarni joriy qilish orqali kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida qishloq xoʻjaligi sohasida taʼlim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bogʻliqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasi bosqichma-bosqich joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida “Axborot-maslahat markazi” (Extension center)lari, texnoparklar, startap markazlari tashkil etiladi va ular qishloq xoʻjaligi sohasi va uning tarmoqlari, shuningdek, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalari darajasiga olib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish hamda professor-oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, kafedralarning moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida mutaxassislik kafedralar huzurida kichik innovatsion korxonalar tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishiga va maqolalarga iqtiboslik koʻrsatkichlari oshishiga imkoniyat yaratiladi, shuningdek, “Agrar fani xabarnomasi” ilmiy jurnalini Scopus, Science Direct va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalariga bosqichma-bosqich kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarida oliy taʼlimning investitsiyaviy jozibadorligi oshiriladi, xorijiy taʼlim texnologiyalari jalb etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligining oliy taʼlim mazmuni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtariladi, soha va uning tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qoʻshadigan, mehnat bozorida oʻz oʻrnini topa oladigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining infratuzilmasi hamda moddiy-texnika bazasi yaxshilanadi va bosqichma-bosqich oʻzini oʻzi moliyalashtirish tizimiga oʻtkaziladi hamda moliyaviy barqarorligi taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalarining akademik mustaqilligi taʼminlanadi, jumladan, Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallari institutga aylantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 788-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasining

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

yillar

2019

2020

2023

2025

2030

I. Qishloq xoʻjaligi sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini oshirish

1.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturlari

qoʻshma taʼlim dasturlari soni

13

15

20

25

30

2.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari dasturlari asosida oʻqitishni tashkil qilish

xorijiy dasturlar asosida tashkil etilgan oliy taʼlim muassasalari soni

-

1

1

2

2

3.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida taʼlim olayotgan talabalar

talabalar soni

(ming kishi)

13,9

15,0

18,0

20,0

25,0

4.

shu jumladan, davlat granti asosida tahsil oluvchi talabalar

talabalar soni

(ming kishi)

2,8

3,0

3,6

4,0

5,0

5.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilaridan magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabalar

foizda

(bakalavriat taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilariga nisbatan)

8,7

10

15

17

20

6.

Oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb qilingan xorijiy professor-oʻqituvchilar ulushi

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

1

2

7

10

15

7.

Xorijda malaka oshirgan yoki stajirovka oʻtagan professor-oʻqituvchilar ulushi

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

2

3

10

15

20

8.

Malaka oshirish kurslarida dars beruvchi xorijda malaka oshirgan professor-oʻqituvchilar ulushi

foizda

(malaka oshirish kurslarida dars beruvchi professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

10

15

20

30

50

9.

Kredit-modul tizimi joriy �tiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari

foizda

(bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari soniga nisbatan)

10

43,7

100

100

100

10.

Oʻquv reja va dasturlarni xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish

foizda

(oʻquv reja va dasturlar soniga nisbatan)

10

100

100

100

100

11.

Oʻquv rejalarida amaliy koʻnikmalarni oshirishga qaratilgan mutaxassislik fanlari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar ulushi

foizda

(mashgʻulotlar soniga nisbatan)

29

35

50

60

70

II. Taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish

12.

Oʻquv va ilmiy adabiyotlar hamda oʻquv-uslubiy majmualarning elektron shaklidan foydalanish

foizda

(oʻquv, ilmiy adabiyotlar va oʻquv-uslubiy majmualar soniga nisbatan)

10

20

35

50

70

13.

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutida taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimining joriy etilishi

foizda

(oliy taʼlim muassasalari soniga nisbatan)

-

25

75

100

100

14.

Taʼlim sifatini taʼminlash jarayonlarini elektron taʼlim boshqaruvi tizimi orqali nazorat qilish

foizda

(oliy taʼlim muassasalari soniga nisbatan)

-

25

50

100

100

15.

Oʻqitishda raqamli texnologiyalar, shu jumladan “E-MINBAR” elektron platformasi, onlayn, vebinar texnologiyalarini joriy etish

foizda

(oliy taʼlim muassasalari soniga nisbatan)

-

25

50

100

100

III. Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish

16.

Oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyati

foizda

(professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

44,1

50

55

60

65

17.

Xorijda magistratura va doktoranturada tahsil olgan professor-oʻqituvchilar ulushi

professor-oʻqituvchilar soni

3

5

8

10

12

18.

Bitta oʻqituvchiga nisbatan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini tijoratlashtirishdan tushadigan moliyaviy mablagʻlarning oʻsish dinamikasi

foizda

(avvalgi yildagi tijoratlashtirishdan tushgan mablagʻlarga nisbatan)

9

15

20

25

30

19.

Ilmiy-texnikaviy tadqiqot ishlari natijalarini nashr etish

foizda

(yoqlangan ilmiy-texnikaviy tadqiqot ishlari soniga nisbatan)

10

22

28

40

45

20.

Kafedralar qoshida davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bilan shugʻullanuvchi kichik innovatsion korxonalarni tashkil etish

korxonalar soni

5

10

15

20

30

21.

Magistratura bitiruvchilarini ilmiy faoliyatga yoʻnaltirish

foizda

(magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari soniga nisbatan)

15

30

35

40

45

22.

Ilmiy unvonga ega professor-oʻqituvchilarning ilmiy darajaga ega oʻqituvchilarga nisbatan ulushi

foizda

(ilmiy darajaga ega professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan)

30

40

45

50

55

23.

Impakt faktori 0,5 dan yuqori boʻlgan ilmiy jurnallarda chiqarilgan maqolalarning yuz nafar professor-oʻqituvchiga nisbati

maqolalar soni

0,5

2

5

10

15

24.

Scopus”, “ScienceDirect”, “Web of Science” va impakt faktori koʻrsatkichlariga ega hamda boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi maqolalar

indekslanuvchi maqolalar soni

230

300

400

500

700

25.

Xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan ilmiy jurnallar

ilmiy jurnallar soni

-

-

1

1

1

26.

Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlari tarkibidan xalqaro miqyosda eʼtirof etilganlar ulushi

foizda

(pedagog kadrlar soniga nisbatan)

-

0,5

1

1,5

2

IV. Oliy taʼlim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini taʼminlash, moddiy-texnik taʼminotini mustahkamlash

27.

Oliy taʼlim muassasalari umumiy yillik xarajatlarida budjetdan tashqari mablagʻlar ulushi

foizda

(xarajatlar miqdoriga nisbatan)

60

62

65

68

75

28.

Oliy taʼlim muassasalarini bosqichma-bosqich oʻzini-oʻzi moliyalashtirish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish

oliy taʼlim muassasalari soni

-

-

-

-

1

29.

Oliy taʼlim muassasalarida talabalarni talabalar turar joylari bilan taʼminlanganlik darajasi

foizda

(talabalar soniga nisbatan)

20,5

22

25

30

40

V. Oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish

30.

Qishloq xoʻjaligi sohasida koʻrsatiladigan interaktiv xizmatlari

interaktiv xizmatlari soni

1

5

10

15

20

31.

Agrosanoat majmui uchun mutaxassis va rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish

foizda

(boshqaruv kadrlar zaxirasidagi xodimlar soniga nisbatan

-

10

20

30

40

VI. Oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni taʼminlashning taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish

32.

Oliy taʼlim muassasalarida ochiq axborot tizimlarini joriy etish

foizda

(oliy taʼlim muassasalari soniga nisbatan)

-

25

50

75

100

33.

Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha anonim soʻrovnomalar oʻtkazish

anonim soʻrovnomalar soni

-

8

12

16

20

34.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar, Oliy taʼlim muassasalari, texnikumlarda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha oʻtkaziladigan seminar va tadbirlar (anonim soʻrovnomalardan tashqari)

seminar va tadbirlar soni

30

40

50

60

70

VII. Oliy taʼlim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini taʼminlash

35.

Xorijiy talabalarning ulushi

foizda

(jami talabalar soniga nisbatan)

0,3

1

2

3

5

36.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamk�rlikda amalga oshirilgan loyihalar ulushi

foizda

(jami loyihalar soniga nisbatan)

15

15

20

25

30

37.

Professor-oʻqituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi

foizda

(professor-oʻqituvchilar va talabalar soniga nisbatan)

1,5

2

4

7

10

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-dekabrdagi 788-son qaroriga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha 2020/2021 oʻquv yiliga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Oʻquv jarayoni

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-sonli qaroriga asosan 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari taʼlimning kredit-modul tizimini joriy etish hamda 2021/2022 oʻquv yilida Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filialida yangidan tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish.

1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida 2020/2021 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich taʼlimning kredit-modul tizimini joriy etish maqsadida malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

-

2021-yil yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

2. Yangi taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha dars mashgʻulotlarini olib boruvchi 20 nafar professor-oʻqituvchilarni qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun xorijiy davlatlarga yuborish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari grantlari, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi

2020/2021 oʻquv yili davomida

3. Talablarni yangidan kiritilgan fanlar boʻyicha oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2021-yil yanvar

2.

2020/2021 oʻquv yilidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida taʼlimning kredit-modul tizimini joriy etish.

1. 2020/2021 oʻquv yilida 1-kursga qabul qilingan 25 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda 33 ta magistratura mutaxassisliklarida taʼlimning kredit-modul tizimini joriy etish.

2021-yil yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari, Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti

2. Kredit-modul tizimi joriy etilgan taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga professor-oʻqituvchilar tomonidan elektron platforma uchun fanlar boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish.

2021-yil fevral

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4575-son qaroriga asosan oliy taʼlim muassasalarida tashkil etiladigan ixtisoslashgan kafedra filiallarining mutaxassislik fanlari boʻyicha taʼlim beruvchi pedagog-kadrlar bilan taʼminlash hamda oʻquv-uslubiy yordam koʻrsatish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda ixtisoslashgan kafedra filial�ari tashkil etiladigan oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini aniqlash.

-

2021-yil yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari

2. Mevachilik va uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik, issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish taʼlim yoʻnalishlari qabul kvotalarini belgilash.

-

2021-yil mart

3. Ixtisoslashgan kafedra filiallarini bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari, oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash.

-

2021-yil yanvar

4.

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari hamda Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti (keyingi oʻrinlarda — Oliy taʼlim muassasalari deb yuritiladi)ga xorijiy fuqarolarni, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini kengroq jalb etish.

1. Xorijiy davlatlarda targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish uchun universitet va uning filiallari faoliyatini aks ettiruvchi videoroliklar, bukletlar, poster, jurnallar tayyorlash, universitetning www.tdau.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib borish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar

Belgilangan muddatlarda

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, oliy taʼlim muassasalari

5.

Taʼlim jarayoni uchun oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish hamda axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish.

1. Yangidan tashkil etilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari uchun 118 ta fan boʻyicha oʻquv adabiyotlarini yaratish boʻyicha mualliflar guruhini shakllantirish hamda oʻquv adabiyotlarini yaratish reja-grafigini ishlab chiqish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik mablagʻlari

2021-yil yanvar

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, oliy taʼlim muassasalari

2. Universitet xarajatlar smetasida xorijiy oʻquv adabiyotlarini xarid qilish hamda chop etish uchun 200 mln.soʻm mablagʻ ajratishni nazarda tutish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik mablagʻlari

2021-yil yanvar

II. Boshqaruv kadrlar salohiyati va pedagog kadrlar sifat tarkibi

6.

Agrosanoat majmui tarkibidagi tashkilotlar, muassasalar va agroklasterlar rahbar hamda mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishida markaz faoliyatini takomillashtirish.

1. “Agrobiznes va boshqaruv” yoʻnalishi boʻyicha rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga nomzodlarni tavsiya etish boʻyicha vazirlik, idoralar roʻyxatini shakllantirish va qabul kvotalarini belgilash.

Budjetdan tashqari mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari

2021-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Toshkent davlat agrar universiteti

2. Agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining oʻquv reja, dasturlarini ishlab chiqish hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2021-yil aprel

7.

Professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyatini 55 — 60 foizga yetkazish, yangi ixtisosliklar boʻyicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Universitetdagi mavjud ixtisosliklar sonini 18 tadan 21 tagacha oshirish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yil may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Tayanch doktorantura, doktorantura va stajor tadqiqotchilik institutiga qabul kvotalarini oshirish.

-

2021-yil iyun

3. Ilmiy darajaga ega boʻlgan malakali xodimlarni pedagogik faoliyatga jalb etish.

-

2021-yil iyun

8.

Xorijiy davlatlarda professor-oʻqituvchilar, doktorantlar va magistrlarni malaka oshirish va stajirovka oʻtashlarini tashkil etish.

1. Hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuboriladigan professor-oʻqituvchilar hamda iqtidorli talabalar roʻyxatini shakllantirish.

-

2021-yil may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Professor-oʻqituvchilarni tor ixtisosliklar boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi hamda xalqaro moliya institutlarining grantlari orqali xorijiy davlatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari

2021-yil sentyabr

9.

Professor-oʻqituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻzlashtirish hamda kasbiy mahoratini oshirib borish.

1. Professor-oʻqituvchilar uchun xorijiy tillar va axborot-kommunikatsion texnologiyalari boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar

2021-yil may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Yangi pedagogik texnologiyalar boʻyicha mahorat darslarini tashkil etish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar

2021-yil aprel

III. Ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish

10.

Qishloq xoʻjaligi sohasining dolzarb yoʻnalishlari hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarni oʻtkazish.

1. Qishloq xoʻjaligining dolzarb muammolari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan 4 ta respublika hamda 4 ta xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlarni tashkil etish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari

Tasdiqlangan reja-grafik asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, Oliy taʼlim muassasalari

2. Ilmiy anjumanlarni ommaviy-axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish, anjuman materiallarini xalqaro eʼtirof etilgan bazalarga joylashtirish choralarini koʻrish.

11.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajariladigan ilmiy-tadqiqotlar hamda xoʻjalik shartnomalari asosida universitetga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etish samaradorligini oshirish.

1. Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida eʼlon qilingan loyihalar tanlovlarida professor-oʻqituvchilarning loyihalar bilan ishtirok etish darajasini oshirish.

-

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga keng tatbiq etish hamda tijoratlashtirish choralarini koʻrish.

Xoʻjalik shartnomalari asosida

20212030-yillar davomida

12.

Professor-oʻqituvchilar va ilmiy-tadqiqotchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish hamda ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish.

1. Davlat xususiy she�iklik shartlari asosida kichik innovatsion korxonalar sonini 10 taga yetkazish.

Tashabbuskorlar mablagʻlari hisobiga

2021-yil davomida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Budjetdan tashqari mablagʻlar tushumini oshirish maqsadida xoʻjalik shartnomalarini tuzish.

Xoʻjalik shartnomalaridan tushgan mablagʻlar

2020-2021-yillar davomida

13.

Ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy laboratoriya tashkil etish.

1. Oliy taʼlim muassasalariaro “Ekofiziologik tadqiqotlar” ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari

Tasdiqlangan reja grafik asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. “Ekofiziologik tadqiqotlar” ilmiy laboratoriyasida faoliyat olib boradigan mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish va ularni xorijiy davlatlarga qisqa muddatli malaka oshirish va stajirovkalar oʻtash uchun yuborish.

2021-yil noyabr-dekabr

14.

“Oʻzbekiston agrar fani xabarnomasi” jurnali nufuzini oshirish.

1. “Oʻzbekiston agrar fani xabarnomasi” jurnaliga maqolalarni qabul qilish talablarini xalqaro talablarga moslashtirish hamda https:// uzjournals.edu.uz elektron platformasiga kiritish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari grantlari

2021-yil sentyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti

2. “Oʻzbekiston agrar fani xabarnomasi” jurnalini Scopus bazasiga joylashtirish uchun “Elsevierkompaniyasi tomonidan soʻralgan maʼlumotlarni taqdim etish.

2021-yil may

3. “Oʻzbekiston agrar fani xabarnomasi” jurnali tahrir hayʼatiga xalqaro ekspertlarni jalb etish.

2021-yil iyul

15.

Soha buyurtmachilari mablagʻlari hisobiga bajariladigan xoʻjalik shartnomalari miqdorini va natijadorligi oshirish.

1. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dolzarb muammolar yechimlariga qaratilgan loyihalar roʻyxatini shakllantirish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Soha buyurtmachilari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda tushgan mablagʻlarni universitetning moddiy-texnika bazasi va professor-oʻqituvchilar moddiy manfatdorligini oshirishga yoʻnaltirish.

Xoʻjalik shartnomalaridan tushgan mablagʻlar

Doimiy

IV. Beshta tashabbusni oʻzida mujassam etgan maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat

16.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha respublika miqyosida fan olimpiadalarini tashkil etish.

1. Fan olimpiadalariga iqtidorli talabalarni tanlab olish sifatini oshirish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yil avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Tanlab olingan talabalarni tajribali professor-oʻqituvchilarga “ustoz-shogird” anʼanalari asosida biriktirish.

-

2021-yil sentyabr

3. Qishloq xoʻjaligi fanlari boʻyicha respublika miqyosida fan olimpiadasini oʻtkazish.

Davlat budjeti mablagʻlari

2021-yil dekabr

17.

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli tadbirlarni tashkil etish.

1. Universitetning “Axborot resurs markazi” fondini jahon va respublikada nashr etilgan yangi badiiy adabiyotlar bilan boyitish hamda uni doimiy ravishda toʻldirib borish.

Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar

Doimiy

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Har bir fakultetda “Eng yaxshi kitobxon” koʻrik-tanlovini oʻtkazish, gʻolib jamoalarni munosib ragʻbatlantirish.

Homiylik mablagʻlari hisobidan

2021-yil dekabr

3. Universitet hududida kitob yarmarkalarini tashkil etish.

-

Tasdiqlangan reja grafik asosida

18.

Talaba qizlarning mashgʻulotlardan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan ijodiy toʻgaraklar faoliyatini yanada kuchaytirish.

1. Talaba-qizlarni turli ijodiy toʻgaraklarga jalb etish.

-

Tasdiqlangan reja-grafik asosida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan turli mavzularda tadbirlar, uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etib borish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar

Har oyda bir marta reja-grafik asosida

V. Moddiy-texnik taʼmino�ni taʼminlash va modernizatsiya qilish

19.

Taʼlim sifatini va ilmiy tadqiqotlar natijadorligini oshirish maqsadida universitetning oʻquv-laboratoriyalarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash.

1. Toshkent davlat agrar universitetining 7 ta, Nukus filialining 11 ta, Termiz filialining 10 ta va Samarqand filialining 9 ta oʻquv laboratoriyalari boʻyicha texnik talab (pasport)larni ishlab chiqish.

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari, homiylik mablagʻlari

2021-yil fevral

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Oʻquv laboratoriyalarini xarid qilish hamda oʻquv auditoriyalariga joylashtirish.

Tasdiqlangan reja-grafik asosida

3. Oʻquv laboratoriyalaridan foydalanish boʻyicha pedagog-xodimlar va talabalar uchun uslubiy koʻrsatmalar tayyorlash.

2021-yil mart

20.

Toshkent davlat agrar universitetining issiq suv, ichimlik suvi va isitish tizimidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida universitet hududida zamonaviy 7 ta qozonxona hamda 4 ta yer ostidan suv chiqarish inshootlarini qurish ishlarini 2021-2022-yillar Investitsiya dasturiga kiritish.

1. Zamonaviy qozonxonalar hamda yer osti suvlarini chiqarish inshootlarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan oʻtkazish.

-

2021-yil fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti

2. Qozonxona va yer osti suvlarini chiqarish inshootlarini qurish ishlarini 2021-2022-yillar Investitsiya dasturiga kiritish.

-

2021-yil mart-aprel

VI. AKT va oʻqitishning zamonaviy vositalarini joriy qilinishi

21.

Oliy taʼlim muassasalari talabalarini oʻqitishda raqamli texnologiyalar, shu jumladan “E-MINBAR” elektron platformasi, onlayn vebinar texnologiyalardan keng foydalanish.

1. Mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalarining “E-MINBAR” elektron platformasi, onlayn, vebinar texnologiyalarni tatbiq etish boʻyicha ilgʻor tajribalarini oʻrganish.

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari, homiylik mablagʻlari

2021-yil may

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Oliy taʼlim muassasalarida “E-MINBAR” elektron platformasini yaratish boʻyicha texnik topshiriq ishlab chiqish va joriy etish.

2021-yil iyul

22.

Oliy taʼlim muassasalarining konferensiya materiallari, BMI, MD dan iborat ilmiy-texnik maʼlumotlar elektron bazasini yaratish hamda antiplagiat tizimini joriy etish.

1. Il�iy-texnik maʼlumotlar elektron bazasini yaratish hamda maʼlumotlar bilan boyitib borish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar

2021-yil davomida

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Antiplagiat dasturini sotib olish.

2021-yil iyun

3. Antiplagiat tizimini qoʻllash boʻyicha seminar tashkil etish.

2021-yil sentyabr

23.

RFID texnologiyasi asosida “Axborot-resurs markazi” fondini roʻyxatga olish, hisobiga qoʻshish, tarqatish va himoyalash tizimini yaratish.

1. Axborot-resurs markazidagi mavjud oʻquv adabiyotlarini QR code tizimi orqali raqamlashtirish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari grantlari

2021-yil noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Universitet va uning filiallarida “ARMAT++” elektron platformasini maʼlumotlar bazasi bilan toʻldirish.

Doimiy

24.

Talabalarning sifatli taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish.

1. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida talabalar uchun masofaviy taʼlim dasturlari platformasini joriy etish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari grantlari

2021-yil dekabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Yuqori tezlikdagi internet bilan taʼminlash va Wi-Fi qamrovini kengaytirish.

2021-yil may

3. Oʻquv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan taʼminlash va “Smart oʻquv xonasi”ni tashkil etish.

2021-yil mart

VII. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

25.

Oliy taʼlim muassasalarida bakalavriat taʼlim yoʻna�ishlari va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tahsil olayotgan talabalarni kelishuv asosida Germaniya, Koreya Respublikasi, Xitoy va Rossiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va xalqaro moliya tashkilotlari orqali xorijiy davlatlarga ishlab chiqarish amaliyotlarini hamda stajirovkalarni oʻtash uchun yuborish.

1. Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar orasidan chet tillarini biladigan talabalar roʻyxatini shakllantirish.

PRAXX, Agroimpuls, A-Z Germany va xalqaro moliya institutlari grantlari

2021-yil iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy taʼlim muassasalari

2. Talabalarni Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy va Rossiya kabi rivojlangan davlatlarning oliy taʼlim muassasalari va xalqaro moliya tashkilotlari orqali xorijiy davlatlarga ishlab chiqarish amaliyotlarini hamda stajirovkalarni oʻtash uchun yuborish toʻgʻrisidagi maʼ�umotlarni universitetning veb-saytiga joylashtirish va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

Oʻquv jarayoni jadvali asosida

26.

Reytingi yuqori boʻlgan eng yaxshi xorijiy oliy taʼlim muassasalarining malakali professor-oʻqituvchilari va mutaxassislarini oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etish.

1. Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlariga mos keluvchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari roʻyxatini shakllantirish.

Homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari

2021-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, Oliy taʼlim muassasalari

2. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. hamda ilmiy-pedagogik faoliyat boʻyicha hamkorlik shartnomalarini tuzish.

2021-yil may

3. Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan oʻquv jarayoni va malaka oshirish kurslariga jalb etiladigan pedagog-xodimlar va mutaxassislar ishtirokida “onlayn” videoseminarlar va vebinarlar tashkil etish.

Homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari grantlari

2021-yil kelishuv asosida

27.

Toshkent davlat agrar universitetining rektori maslahatchisi lavozimiga xorijiy mutaxassisni jalb etish.

1. Janubiy Koreyaning “KOPIA” tashkiloti rahbarini rektor maslahatchisi lavozimiga jalb etish.

KOPIA, NRF dasturlari doirasida

2021-yil fevral

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti

2. “KOPIA” tashkiloti bilan birgalikda respublikamizda noanʼanaviy sabzavot ekinlarini yetishtirish boʻyi�a ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

2021-yil aprel

28.

Toshkent davlat agrar universitetini 2030-yilga qadar dunyoning nufuzli 1 000 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxati (QS reyting tizimi)ga kiritish.

1. QS reyting tizimi hamda boshqa xalqaro reyting koʻrsatkichlari indikatorlarini oʻrganish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar, xalqaro moliya institutlari grantlari

2021-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari

2. Toshkent davlat agrar universitetini dunyoning nufuzli 1 000 ta oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga (QS reyting tizimi) kiritish boʻyicha 20212025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2021-yil aprel

VIII. Kadrlar buyurtmachilari bilan ishlash (integratsiya jarayoni)

29.

Kadrlar buyurtmachilari bilan oʻzaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.

1. Asosiy kadrlar ist�ʼmolchilari hisoblangan vazirlik, idora va tashkilotlarda kafedra filiallarini tashkil etish.

Budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik mablagʻlari

2021-yil sentyabr

Manfaatdor vazirlik va idoralar, Oliy taʼlim muassasalari

2. Tashkilotlar hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi mutaxassislarini oʻquv jarayoniga jalb etish.

2021-yil sentyabr

30.

Talabalarning ishlab chiqarish amaliyotlarini kadrlar buyurtmachilari hisoblangan vazirlik, idora, tashkilotlar, agroklasterlar va fermer xoʻjaliklari bazalarida tashkil etish.

1. Talabalar malakaviy amaliyotini bevosita ularning boʻlgʻusi ish joylarida tashkil etish maqsadida uch tomonlama shartnomalar tuzish.

-

2021-yil mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Oliy taʼlim muassasalari

2. Talabalarning malakaviy amaliyotlar oʻtkazishini va ish bilan taʼminlanishini monitoring qilish.

-

Oʻquv jarayoni jadvali asosida

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/788/1634-son; 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son; 26.03.2022-y., 09/22/135/0242-son)