30.07.2020 yildagi PQ-4795-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar sohada ilm-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish, hududlarni rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ilg‘or xorijiy tajriba va agrotexnologiyalar bo‘yicha yetarli bilim va malakalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar ta’limda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ta’limning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. Bunda, ta’limning kredit tizimida talabalar uchun haftada besh kunlik o‘qish hamda haftaning shanba kunini mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim dasturlarining o‘quv rejalari va fan dasturlarini agrar soha oliy ta’lim muassasalari tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistratura mutaxassisliklarida o‘qish muddatini 1 yil, ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi iqtidorli talabalar uchun o‘qish muddatini 2 yil etib belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga sohada 5 yillik stajga ega bo‘lgan xodimlarni tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda o‘qish muddatini sirtqi ta’lim shaklida 4 yil etib belgilash hamda 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt miqdorini kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtirish;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba-sinov tariqasida, Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha masofaviy ta’lim olish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt miqdorini, istisno tariqasida, ikki barobarga kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavriat yo‘nalishida kasbiy ta’lim (yo‘nalishlar bo‘yicha) bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda uch oy muddatda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini tubdan takomillashtirishni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi (AKIS) strategiyasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Toshkent davlat agrar universitetining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutini Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi tizimiga o‘tkazgan holda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti sifatida tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot institutini Toshkent viloyati Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy manzilidagi binoga bepul foydalanish huquqi bilan joylashtirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan qishloq xo‘jaligining dolzarb muammolari bo‘yicha davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida bajariladigan maqsadli fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalarni qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtirish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Agrar ta’lim tizimini 2030-yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlanish strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oliy ta’lim muassasalarining kafedralariga yo‘nalishlar bo‘yicha biriktiriladigan agrosanoat majmuiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy markazlar va tashkilotlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligining 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlari negizida oliy maktablar o‘rniga agrotexnologiyalar texnikumlarini (keyingi o‘rinlarda — Texnikumlar) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, Institut Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining, Texnikumlar qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlarining barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan Toshkent davlat agrar universiteti va Institutda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari hamda professional ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘yicha prorektor lavozimlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti qoshida respublika oliy ta’lim muassasalarining iqtidorli talabalari tarkibidan tanlab olingan yoshlar uchun “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish va uni raqamli transformatsiyalash” loyihasini amalga oshirish doirasida maxsus fakultet tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida tashkil etiladigan yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab faoliyat yuritadigan agrotexnologiyalar texnikumlari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarda yuqori malakali pedagog-xodimlar tarkibini shakllantirishda ta’limning uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash maqsadida agrar sohadagi oliy ta’lim muassasalari hamda hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalarining turdosh kafedralari professor-o‘qituvchilariga ustuvorlik beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar yakka tartibdagi suhbat asosida kirish imtihonlarisiz qishloq xo‘jaligi oliy ta’lim muassasalarining mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa oliy ta’lim muassasalaridagi qishloq xo‘jaligi sohasiga oid turdosh bakalavriat va magistratura mutaxassisligi ta’lim yo‘nalishlari kafedra mudirlarini lavozimga tayinlash hamda ozod etish Toshkent davlat agrar universiteti bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Toshkent davlat agrar universiteti Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Institut va Texnikumlarning tuzilmasi va Ustavi tasdiqlanishini hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pedagog-xodimlarning har yili O‘zbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka o‘tashlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quv-uslubiy jarayonning tashkil etilishini ta’minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv-laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-resurs markazlarini zarur o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish choralari ko‘rilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumining qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni inobatga olib, xorijiy olimlar, oliy ta’lim va agrar sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni jalb etgan holda tayyorlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi islohotlarning zamonaviy bosqichi ehtiyojlari va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda o‘quv rejalari hamda dasturlarini yangilash va qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar Institut va Texnikumlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilab qo‘yilsinki, Institut va Texnikumlarni joriy saqlash xarajatlari 2020-yilda “Maorif” sohasi bo‘yicha tasdiqlangan budjet parametrlari doirasida, 2021-yildan boshlab mazkur sohaga har yili ajratiladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Andijon viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining Andijon viloyati, Andijon tumani, Kuyganyor shaharchasi, Oliygoh ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlari, tegishli hududi, o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv adabiyotlari hamda boshqa mol-mulkini Institutga, qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejlarining mol-mulklarini Texnikumlarga belgilangan tartibda bepul berilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tashkil etilayotgan Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialida 2019/2020 o‘quv yilida tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalarga ularning o‘qishini tugatguniga qadar Institutda o‘qishini yakunlash imkoniyatini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutga boshqa hududlardan ishga qabul qilingan professor-o‘qituvchilarni faoliyat yuritgan davrida turar joy bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasining qishloq xo‘jaligi sohasida professor-o‘qituvchilar va ilmiy-tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish hamda xo‘jalik shartnomalari hisobidan tushgan mablag‘lardan to‘lanadigan soliq stavkalarini ikki barobarga kamaytirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ta’lim muassasalarini soha bo‘yicha yuksak bilimlarga ega bo‘lgan, chet tillarini yaxshi biladigan, zamonaviy informatsion texnologiyalardan xabardor malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy tilni, xususan ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirganligini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lgan (IELTS darajasi 6,5 va undan yuqori) professor-o‘qituvchilarni (xorijiy tillar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar bundan mustasno) oylik maoshlariga 10 foiz ustama belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish, professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlarini chop etish xarajatlarini qoplash uchun xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2021-yil 1-yanvardan boshlab professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda “Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga xorijiy davlatlarning yetakchi oliy va ilmiy-tadqiqot muassasalariga maqsadli stajirovka o‘tashga yuborish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4795-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy ta’lim muassasalarining kafedralariga yo‘nalishlar bo‘yicha biriktiriladigan agrosanoat majmuiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy markazlar va tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Oliy ta’lim muassasasi nomi

Ta’lim yo‘nalishlari
va mutaxassisliklari nomi

Biriktirilgan ilmiy-tadqiqot muassasalari
va tashkilotlar nomi

1.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Dehqonchilik va melioratsiya

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

Suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

2.

Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

O‘simlikshunoslik

O‘simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti, uning Surxondaryo va Andijon filiallari

3.

Toshkent davlat agrar universiteti va Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Soya va moyli ekinlar

Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti va uning Nukus filiali

4.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Qishloq xo‘jaligi ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiali

Genetika va eksperimental biologiya ilmiy tadqiqot instituti

5.

Toshkent davlat agrar universiteti

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy tadqiqot instituti

6.

Toshkent davlat agrar universiteti

Agrokimyo va tuproqshunoslik

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti

7.

Toshkent davlat agrar universiteti

O‘simliklarni himoya qilish

O‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti

8.

Toshkent davlat agrar universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Qishloq xo‘jaligi fitopatologiyasi

O‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti va uning Surxondaryo filiali

9.

Toshkent davlat agrar universiteti va Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

O‘simliklar va qishloq xo‘jalik mahsulotlari karantini

O‘simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti va uning Surxondaryo filiali

10.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Mevachilik va uzumchilik

M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

11.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Sabzavotchilik,polizchilik va kartoshkachilik

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

12.

Toshkent davlat agrar universiteti

Qishloq xo‘jaligida ekologik xavfsizlik va botanika

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ilmiy tadqiqot instituti

Botanika instituti

13.

Toshkent davlat agrar universiteti, uning Samarqand filiali, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash

M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallari

14.

Toshkent davlat agrar universiteti

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlash

Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish ilmiy tadqiqot instituti

15.

Toshkent davlat agrar universiteti

Agrobiotexnologiya

Genomika va bioinformatika markazi

Mikrobiologiya instituti

16.

Toshkent davlat agrar universiteti

Ipakchilik va tutchilik

Ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti

17.

Toshkent davlat agrar universiteti

Baliqchilik

Baliqchilik ilmiy tadqiqot instituti

18.

Toshkent davlat agrar universiteti

Umumiy zootexnologiya

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy tadqiqot instituti

19.

Toshkent davlat agrar universiteti, Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

O‘rmonchilik

O‘rmonchilik ilmiy tadqiqot instituti va uning Andijon filiali

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi PF-183-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida tashkil etiladigan yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ta’lim yo‘nalishi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

1.

Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash

2.

Qishloq xo‘jaligi huquqi

3.

Uzumchilik va vinochilik

Magistratura mutaxassisliklari

1.

Agrotuproqshunoslik va agrofizika (sohalar bo‘yicha)

2.

Agrokimyo

3.

Agronomiya

4.

Seleksiya va urug‘chilik (ekinlar guruhlari bo‘yicha)

5.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha)

6.

Sabzavotchilik va polizchilik

7.

Mevachilik

8.

Himoyalangan yer meva-sabzavotchiligi

9.

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)

10.

Qishloq xo‘jaligi biotexnologiyasi

11.

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4795-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab faoliyat yuritadigan agrotexnologiyalar texnikumlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tuman (shahar) nomi

Ta’lim muassasasi nomi

Quvvati

Metodik yordam ko‘rsatuvchi oliy ta’lim muassasasi

Yangi nomi

Andijon viloyati

1.

Shahrixon tumani

Shahrixon qishloq xo‘jaligi kolleji

900

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Shahrixon agrotexnologiyalar texnikumi

11.

Marhamat tumani

Marhamat agrotexnologiyalar texnikumi

1 200

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Marhamat agrotexnologiyalar texnikumi

12.

Asaka tumani

Asaka oziq-ovqat texnologiyasi va sanoati kolleji

900

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Asaka agrotexnologiyalar texnikumi

Buxoro viloyati

2.

Romitan tumani

Romitan qishloq xo‘jaligi kolleji

600

Toshkent davlat agrar universiteti

Romitan agrotexnologiyalar texnikumi

3.

G‘ijduvon tumani

G‘ijduvon qishloq xo‘jaligi kolleji

720

Toshkent davlat agrar universiteti

G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumi

Jizzax viloyati

4.

G‘allaorol tumani

G‘allaorol tumani qishloq xo‘jaligi kolleji

720

Toshkent davlat agrar universiteti

G‘allaorol agrotexnologiyalar texnikumi

Navoiy viloyati

5.

Xatirchi tumani

Xatirchi qishloq xo‘jaligi kolleji

585

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Xatirchi agrotexnologiyalar texnikumi

Namangan viloyati

6.

To‘raqo‘rg‘on tumani

To‘raqo‘rg‘on qishloq xo‘jaligi kolleji

1 050

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

To‘raqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumi

Samarqand viloyati

7.

Jomboy tumani

Jomboy qishloq xo‘jaligi kolleji

900

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Jomboy agrotexnologiyalar texnikumi

Sirdaryo viloyati

8.

Sirdaryo tumani

Sirdaryo qishloq xo‘jaligi kolleji

720

Toshkent davlat agrar universiteti

Sirdaryo agrotexnologiyalar texnikumi

Surxondaryo viloyati

9.

Qiziriq tumani

Qiziriq qishloq xo‘jaligi kolleji

735

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi

10.

Qumqo‘rg‘on tumani

Qumqo‘rg‘on qishloq xo‘jaligi kolleji

782

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Qumqo‘rg‘on agrotexnologiyalar texnikumi

101.

Denov tumani

Denov-Xazorbog‘ agrotexnologiyalar texnikumi

652

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

Denov-Xazorbog‘ agrotexnologiyalar texnikumi

Toshkent viloyati

11.

Zangiota tumani

Zangiota qishloq xo‘jaligi kolleji

615

Toshkent davlat agrar universiteti

Zangiota agrotexnologiyalar texnikumi

111.

Bo‘ka tumani

Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumi

715

Toshkent davlat agrar universiteti

Bo‘ka agrotexnologiyalar texnikumi

112.

Yangiyo‘l shahri

Yangiyo‘l tuman texnologiya iqtisodiyot kolleji

720

Toshkent davlat agrar universiteti

Yangiyo‘l agrotexnologiyalar texnikumi

Xorazm viloyati

12.

Urganch tumani

Urganch tuman qishloq xo‘jaligi kolleji

675

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

Urganch agrotexnologiyalar texnikumi

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2020-y., 07/20/4795/1129-son; 04.02.2021-y., 07/21/4975/0085-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2022-y., 06/22/183/0721-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)