1-ILOVA
T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash | ||||
1. | Oziq-ovqat va mahsulot xavfsizligi tizimini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish maqsadida vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlash vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuklash, oziq-ovqat xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini institutsional baholash, vazirlik va idoralarning ushbu sohadagi o‘z vakolatlarini amalga oshirishini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
2. | G‘allaga davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirishni nazarda tutuvchi boshoqli don ichki bozorida intervension xaridlar tizimini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, |
3. | Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini ijtimoiy obyektlar bilan integratsiyalash. | Kompleks | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
4. | Xalqaro darajada tan olingan metodologiyalar va ilg‘or tajribalar asosida oziq-ovqat xavfsizligini baholash tizimini joriy qilish hamda doimiy monitoringini olib borish. | Tashkiliy | 2020-yil keyinchalik doimiy ravishda | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish | ||||
5. | Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni, fermer xo‘jaliklarining daromadini oshirishga qaratilgan shaffof bozor mexanizmlari asosida klasterlar va fermerlar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni takomillashtirishni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni aniqlash maqsadida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini baholash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zpaxtasanoat” AJ |
6. | Xalqaro bozorlarda tan olingan sifat va muvofiqlik standartlarini (Global G.A.P, Organic, HACCP va boshqalar) joriy etishga ko‘maklashuvchi mexanizmlarni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zstandart” agentligi |
7. | Eksport bozorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etish, eksportga tayyorgarlik, savdo rejimi va savdoni moliyalashtirish bo‘yicha maslahat xizmatlarini rivojlantirish. | Kompleks | 2020-yil | Investitsiyalar va tashqi Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
8. | Hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni nazorat qilishning milliy tizimini Butunjahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti (XEB) standartlariga moslashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zstandart” agentligi |
9. | Yetakchi agrokorxonalar bilan munosabatlarning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy qilish. Bunda: yangi maqsadli eksport bozorlarida muzokaralar o‘tkazish mahalliy va maqsadli xalqaro bozorlarda qishloq xo‘jaligi mahalliy oziq-ovqat mahsulotlarini maqsadli eksport bozorlariga chiqarish uchun “Made in Uzbekistan” brendidan keng foydalanish imkoniyatlarini baholash; milliy sifat tizimini takomillashtirish bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqish nazarda tutiladi. | Tashkiliy | 2020-yil | Investitsiyalar va tashqi |
10. | Qishloq xo‘jaligini standartlashtirish markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlarni takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
11. | Milliy karantin va o‘simliklarni himoya qilish tizimini Jahon savdo tashkilotining Sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash bo‘yicha kelishuvi talablariga moslashtirish choralarini ko‘rish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Vazirlar Ma?kamasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
12. | Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirish, yangi o‘simlik turlarini saqlash maqsadida Milliy gen bankini yaratish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
13. | Xalqaro ilg‘or tajribalar asosida qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash uchun Innovatsion ta’lim markazini tashkil etish. | Tashkiliy | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
14. | Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi va sifatini nazorat qilish tizimini modernizatsiyalash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2020-yil 1-noyabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi |
15. | O‘simlik navlari mualliflarining huquqlarini (shu jumladan, patent sinovlarini) muhofaza qilish tizimini takomillashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi |
III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish | ||||
16. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish. Bunda: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini qayta ko‘rib chiqish; strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ajratilayotgan tijorat kreditlarining foiz stavkalarini subsidiyalash; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy savodxonligini oshirish nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar |
17. | O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bo‘yicha faoliyatini kengaytirish. Bunda, qo‘shimcha mexanizmlar va moliyaviy vositalarni joriy etish hamda bozor ishtirokchilariga teng imkoniyatlar yaratish orqali hamkorlikning shaffof mexanizmini ishlab chiqish nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Respublika tovar-xomashyo birjasi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi |
IV. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish | ||||
18. | Yerlarning meliorativ holati va sho‘rlanish darajasini monitoring qilish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. | Kompleks | 2020-yil | Suv xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
19. | Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni hisobga olishning kadastr tizimini takomillashtirish hamda yerdan foydalanish | Kompleks | 2020-yil | “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari |
20. | O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish: yerdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan yer uchastkalari ijarasi shartnomasini bekor qilish shartlarini qayta ko‘rib chiqib, soddalashtirilgan va shaffof mexanizmga mos talablarni ishlab chiqish; yerdan foydalanish huquqini himoya qilish mexanizmini takomillashtirish; dehqon xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida ularga yer uchastkalarini imtiyozli shartlarda ajratish; istiqbolli investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun dehqon xo‘jaliklariga qo‘shimcha yer uchastkalaridan foydalanish huquqini berish; yer uchastkalariga tutash hududdagi yerdan foydalanuvchilarga mazkur yer uchastkasiga ijara huquqini olishni dastlabki rad etish huquqini kiritish; qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning kadastr bahosini aniqlash tizimini qayta ko‘rib chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa |
21. | Maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyotni (GAEP) ishlab chiqish va joriy etish. Bunda: qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan mo‘ljallangan maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP) tamoyillariga rioya etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqish; qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyot (GAEP), shuningdek, agrar tadbirkorlik uchun maqbul ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi |
22. | Qishloq xo‘jaligida ekologiya va iqlim uchun xavfsiz amaliyotni targ‘ib qilish. Bunda: iqlim o‘zgarishiga mos ekinlar navlarini, permakultura va agroo‘rmonchilik yondashuvlarini, ekologik standartlarni bosqichma-bosqich joriy etish; pestitsidlar qo‘llashni nazorat qilish; zararkunandalarga qarshi kompleks kurashish; qishloq xo‘jaligi chiqindilarini boshqarish bo‘yicha targ‘ibot ishlari nazarda tutiladi. | Kompleks | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa |
23. | Iqlim o‘zgarishi ta’sirini oldini olish bo‘yicha harakatlar milliy rejasini qabul qilish. Bunda qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish va parnik gazlarini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Gidrometeorologiya xizmati markazi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
24. | Tuproqni tahlil qilishning mobil laboratoriyalari faoliyatini kengaytirish orqali tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda o‘g‘itdan foydalanishning samarali amaliyotini joriy etish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish choralarini ko‘rish. | Kompleks | Doimiy | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi |
V. Davlat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini rivojlantirish | ||||
25. | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini funksional baholash, uning natijalariga ko‘ra vazirlik faoliyatining yangi vakolat va faoliyat yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida tashkiliy tuzilmasi va hududiy bo‘linmalarining funksiyalari qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda: vertikal va gorizontal boshqaruv tizimini takomillashtirish; davlat xizmatlarining rolini bosqichma-bosqich kamaytirish kadrlar salohiyati kompetensiyasini oshirish bo‘yicha kasbiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish nazarda tutiladi. | Kompleks | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
26. | Boshoqli donni va paxtani qayta ishlash sohalarida, resurs ta’minoti va qishloq xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi, davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarni xususiylashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, |
VI. Tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish | ||||
27. | Qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan sug‘oriladigan maydonlarda yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosildorligiga qarab, davlat xaridi uchun yetkazib berilgan don xarid narxiga belgilanadigan ustama yoki chegirma qo‘llanilishi tizimini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi, |
28. | Ilmiy-tadqiqot, ilmiy-texnologik va konstruktorlik faoliyati hamda axborot va maslahat xizmatlari uchun ajratilayotgan mablag‘lar hajmini oshirishni nazarda tutgan holda, qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun xarajatlar taqsimoti tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil | Moliya vazirligi, |
29. | Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘i bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rsatilayotgan xizmatlarni bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish. | Kompleks | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
30. | O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyati kengaytirilgunga qadar, 2020-yil paxta xomashyosi va boshoqli don hosili yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladigan kredit foizini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 50 foizi miqdorida (shundan 2,0 foiz bank marjasini tashkil etadi) belgilash. | Amaliy | 2020-yil | Moliya vazirligi, |
VII. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish | ||||
31. | Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining o‘quv jarayonini tashkil etish va ilmiy- tadqiqotlar hamda tajriba-sinov ishlarini olib borish uchun import qilinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan materiallar, texnika, transport vositalari, agregatlar, moslamalar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, uchuvchisiz uchish apparatlarini (raqamlashtirish sohasida kadrlarni samarali tayyorlash maqsadida) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan ro‘yxat bo‘yicha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari, qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) ozod qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-aprel | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi |
32. | Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi va uning oliy ta’lim muassasalariga o‘tkazilgan faoliyati maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlariga xalqaro moliyaviy institutlarning mablag‘lari hisobidan keltirilgan laboratoriya jihozlari, mini sexlar, qishloq xo‘jaligi texnikalarini, o‘quv adabiyotlarini o‘rnatilgan tartibda beg‘araz o‘tkazish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2020-yil | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, |
33. | Agrosanoat majmui yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari tizimi va, umuman, ilm-fan sohasini tubdan isloh qilish. Bunda: tarmoq ilmiy-tadqiqot muassasalarini maqbullashtirish va aktivlarini xususiylashtirish maqsadida ularning faoliyat samaradorligini mustaqil baholashdan o‘tkazish; qishloq xo‘jaligi tadqiqotlarining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish maqsadida Qishloq xo‘jaligidagi tadqiqotlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish; qishloq xo‘jaligini yuritish va atrof muhitni muhofaza qilishning ilg‘or usullari va texnologiyalarini joriy etishga mo‘ljallangan maqsadli tadqiqotlarni amalga oshirish; ilmiy tadqiqotlarni mahalliy va xalqaro tashkilotlar ishtirokida olib borishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini tajriba tariqasida joriy etish bo‘yicha tajriba loyihalarining texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish va samaradorligini baholash; faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari asosida tadqiqotchilarni baholash va rag‘batlantirish tizimini joriy etish; moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan, xususiy sektor tomonidan moliyaviy resurslarni jalb etish uchun normativ-xuquqiy bazani takomillashtirish; xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan birgalikda tadqiqot dasturlarini amalga oshirishni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish; bilimlar va amaliy ko‘nikmalar darajasini oshirishga qaratilgan grant mablag‘larining maqsadli jalb etilishini ta’minlash, sohaviy vazirliklar bilan kelishilgan holda xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy tashkilotlar ishtirokida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar doirasida tajriba almashish nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, |
34. | Meva-sabzavotchilik va uzumchilik, zamonaviy issiqxonalarda meva-sabzavot ekinlarini yetishtirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarida Toshkent davlat agrar universitetining ixtisoslashgan kafedralari filiallarini tashkil etish. Bunda: Toshkent davlat agrar universitetining “Mevachilik-uzumchilik”, “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik”, “Issiqxona xo‘jaligini tashkil etish va yuritish” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ixtisoslashgan kafedralari filiallari tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab bakalavrlar tayyorlash uchun hamda tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalari ajratish; ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni jadallashtirish maqsadida 2020-yildan “Mevachilik va uzumchilik”, “Sabzavotchilik” hamda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” ixtisosliklari bo‘yicha istisno tariqasida tayanch doktoranturaga qo‘shimcha maqsadli qabul kvotalarini ajratish nazarda tutiladi. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, |
35. | Axborot va maslahat xizmatlari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi markazni tashkil etish. Bunda: maslahatchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va sertifikatlashtirish tartibini joriy etish; maslahat xizmatlarini rivojlantirish va, xususan, davlat-xususiy sheriklik shartlaridagi moliyalashtirish manbalari, shuningdek, xalqaro donorlar mablag‘ini jalb etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini ishlab chiqish; maqbul qishloq xo‘jaligi va ekologik amaliyoti (GAEP) hamda iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish va unga moslashish choralarini keng joriy etishga ko‘maklashish nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 30-oktabr | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi |
36. | Donor tashkilotlarining texnik ko‘magida qishloq xo‘jaligi ta’limi va kadrlarni kasbiy tayyorlash tizimini isloh qilish. Bunda: qishloq xo‘jaligi o‘quv muassasalarining salohiyatini baholash; zamonaviy kasbiy tayyorgarlik kurslari, o‘quv rejalari va qayta tayyorlash dasturlarini joriy etish, professor-o‘qituvchilar tarkibining almashinuvi; tarmoq vazirlik va idoralarda malaka oshirish kurslarini tashkil etish; davlat-xususiy sheriklik shartlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish; ingliz tilida so‘zlasha oladigan va xalqaro konferensiyalarda, stajirovkalarda qatnashish hamda xalqaro ta’lim muassasalarida dars berish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlarni jalb qilish orqali qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi o‘quv yurtlarining salohiyatini oshirish; agrobiznes ehtiyojlari va xalqaro tajribani hisobga olgan holda davlat oliy ta’lim muassasalari sonini hamda ta’lim yetakchi xorijiy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlar hamda xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish nazarda tutiladi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi “El-yurt umidi” jamg‘armasi |
37. | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent davlat agrar universitetiga o‘tkazilgan kasb-hunar kollejlari negizida oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarini tashkil etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, ToshDAU |
VIII. Tarmoq statistikasining shaffof tizimini yaratish | ||||
38. | Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga ko‘maklashish uchun yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilar to‘g‘risida ma’lumot va axborotlar katalogini chop etish. | Kompleks | 2020-yil | Investitsiyalar va tashqi Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
39. | Asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari (xarajat, daromad, foyda, rentabellik) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, taqqoslash va chop etish. | Kompleks chora-tadbirlar | 2020-yil | Davlat statistika qo‘mitasi, |
40. | “Aqlli qishloq xo‘jaligi”ni rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-iyul | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, |
41. | Mahsulot yetishtirish samaradorligi, tarmoqlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, mehnat qonunchiligi, soliqqa tortish, kreditlash va boshqa zarur ma’lumotlarni qamrab olgan fermer xo‘jaligini yuritish ma’lumotnomasini (spravochnik) chop etish. | Tashkiliy | 2020-yil | O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi |
42. | Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari statistikasini rivojlantirish rejasini qabul qilish. Bunda: sohada qo‘llanilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli xizmatlar va ma’lumotlar bazalarini baholash; moddiy-texnik bazani modernizatsiyalash hamda ma’lumotlar yig‘ish va tahlil qilishni bosqichma-bosqich raqamlashtirish; sohada davlatlararo ma’lumotlar almashishida ishtirok etish nazarda tutiladi. | Kompleks | 2020-yil | Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi |
43. | Sohada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda davlat siyosatining rejalashtirilayotgan tadbirlarini o‘z ichiga olgan qishloq xo‘jaligining yillik hisobotini (Annual agriculture report) chop etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2020-yil | Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi Milliy statistika qo‘mitasi |
2-ILOVA
|
|
Ilmiy-tadqiqot muassasalarining nomi |
|
2020-yilda | |
|
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘yicha | |
|
1. |
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti |
|
2. |
Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
|
3. |
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti |
|
4. |
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti |
|
5. |
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti |
|
2021-yilda | |
|
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bo‘yicha | |
|
1. |
O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti |
|
2. |
O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti |
|
3. |
Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti (Qashqadaryo filiali bilan) |
|
4. |
Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti |
|
5. |
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti |
|
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bo‘yicha | |
|
1. |
Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti |
|
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bo‘yicha | |
|
1. |
Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti |
|
2. |
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti |
|
3. |
Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti |
|
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi bo‘yicha | |
|
1. |
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti |