Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2021-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Tuproqqalʼa tuman hokimining 2021-yil 26-oktabrdagi 70-12-218-Q/21-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni 2022-yilda ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil., 9-son, 320-modda), 6-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998-yil., 5-6-son, 97-modda), va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2017-yil, 09/17/965/0393-son)da talablari ijrosini taʼminlash maqsadida, qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam soni va ularga qoʻyiladigan talablarni aniqlash uchun maxsus komissiya tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam soni belgilanadigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi ish oʻrinlar soni 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Shu jumladan:
yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va 14 yoshgacha nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 11,7 foiz (15 kishi);
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 71.9 foiz (92 kishi);
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 3.1 foiz (4 kishi);
nogironlar uchun 2,3 foiz ( 3 kishi);
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 6.2 foiz (8 kishi);
jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun 3.1 foiz (4 kishi);
odam savdosi qurbonlari uchun 1,7 foiz (2 kishi) miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
3. Ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishi taʼminlansin.
Shu jumladan;
oʻn toʻrt yoshgacha bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda) beradigan ish oʻrinlari;
Aholi bandligiga koʻmaklashish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun maxsus malaka talab qilinmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni oʻtash muassasalaridan ozod qilingan, jazoni oʻtayotgan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy xarakterdagi majburiy choralar koʻrilgan shaxslar uchun ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari muayyan kasb-hunarga va malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa maxsus malakani talab qilmaydigan shuningdek, odam savdosidan jabrlanganlar uchun ish oʻrinlari tashkil qilinsin.
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam soni belgilangan va zaxiraga qoʻyilgan kasblar va lavozimlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
6. Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi (K. Yaqubov) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi (AV roʻyxat raqami № 3163-son, 31.05.2019-yil) buyrugʻiga asosan subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganligini hisobga olib, “ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng koʻp sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga — har bir xodim uchun 12 oy davomida har oyda eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida haq toʻlash” toʻgʻrisidagi normani 3-ilovada koʻrsatilgan barcha korxona, tashkilot va muassasalar eʼtiboriga yetkazsin va tushuntirish ishlarini olib borsin.
7. Muhtojlar uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash boʻyicha tuman hokimining ushbu qarori bajarilmaganda, shuningdek, ularni ishga qabul qilish asossiz ravishda rad etilganligi uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
8. Tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi besh kunlik muddatda ushbu qarorni 3-ilovada koʻrsatilgan korxona, tashkilot va muassasalar eʼtiboriga yetkazsin.
9. Ushbu qaror 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinsin.
10. Tuman hokimligi bosh yuriskonsulti (A. Abdullayev):
mazkur qarorni tuman hokimligining tuproqqalatumani.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirsin;
Tuproqqalʼa tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun va mohiyatini aholiga tushuntirish ishlarini olib borsin.
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi O. Babayev zimmasiga yuklatilsin.
Tuman hokimi A. SALAYEV
Tuproqqalʼa t.,
2020-yil 30-sentabr,
409-q-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2020-y., 11/20/409-q/1539-son)